APPLICATION OF THE SUBJECT "ELECTRICAL PROPERTIES OF SOLIDS" IN LESSONS

HAC
Google Scholar
To share
Amonova, R. (2024). APPLICATION OF THE SUBJECT "ELECTRICAL PROPERTIES OF SOLIDS" IN LESSONS. Modern Science and Research, 3(2), 266–268. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29014
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Understanding the current state of physics in solids is a good way to help students develop a scientific outlook. This article has tried to give some information about "Properties of Solids".


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

266

“QATTIQ JISMLARNING ELEKTR XOSSALARI” MAVZUSINI DARSLARDA

QO‘LLASH

Amonova Ruxsora Hakim qizi

Navoiy viloyati Navbahor tumani

Navbahor kasb-hunar maktabi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10645186

Annotatsiya. O`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda qattiq jismlar

fizikasining hozirgi paytdagi istiqbollari to`g`risida tushunchalar yaxshi natija beradi. Mazkur
maqolada «Qattiq jismlar xossalari» xususida ayrim ma’lumotlar berishga harakat qilindi.

Kalit so‘zlar: Kristal, metatutg‘un, amorf jismlar, atom.

APPLICATION OF THE SUBJECT "ELECTRICAL PROPERTIES OF SOLIDS"

IN LESSONS

Abstract. Understanding the current state of physics in solids is a good way to help students

develop a scientific outlook. This article has tried to give some information about "Properties of
Solids".

Key words: Crystalline, metastable, amorphous bodies, atom.

ПРИМЕНЕНИЕ ПРЕДМЕТА «ЭЛЕКТРИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ТВЕРДЫХ

ТВЕРДЫХ ТЕЛА» НА УРОКАХ

Аннотатция. Понимание текущего состояния физики твердых тел — хороший

способ помочь учащимся развить научное мировоззрение. В этой статье мы попытались
дать некоторую информацию о «Свойствах твердых тел».

Ключевые слова: Кристаллические, метастабильные, аморфные тела, атом


Qattiq jismlar (metallar, yarim o’tkazgichlar va dielektriklar) hozirgi zamon elektronika va

asbobsozlik sanoatining asosiy elementlarii hisoblanadi. Bu elementlar asosida ishlaydigan
zamonaviy asboblarning ishlash prinsip va konstruksiyasi eng avvalo, qattiq jismlaming fizik
xossalari bilan bevosita bog’liq. Qattiq jismlarining tuzilishi, qattiq jismlarning elektr xossalari,
qo‘llanish sohalarini o‘rganish, elektronika va asbobsozlik sohasida qattiq jismlar bilan bog‘liq
bo‘lgan fundamental va amaliy masalalami yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qattiq jismlami elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha klassifikasiyalash. Zonalarning

elektronlar bilan to‘ldirilishi. Metallar, yarim o‘tkazgichlar, dielektriklar. Yarim o‘tkazgichlarda
elektr o‘tkazuvchanlik.

Qattiq jismlarning xossalari

” mavzusini o‘qitishda didaktik materiallarning

qo‘llanilishi.

Ta’lim jarayoni qonuniyatlari ya’ni fizikaviy qonuniyatlar va uni xossalarini o‘rganishda

hamda tadbiq etishda o‘quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam beruvchi barcha zarur
vositalar va zamonaviy pedagogic texnologiyalar o‘qitishning didaktik materiallarni tashkil qiladi.

Bu borada biz didaktik materiallardan foydalanishda quyidagicha ko‘rgazmali vositalardan

foydalanamiz.

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.
1. Ko‘rgazmali qurollar:
a) Chizmalar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

b) Rasmlar
2. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyasi:
a) Kompyuter (proektor)
b) Kodoskop
s) Vertual stendlar
d) Elektron darslik
3. Namoyishlar.
4. Tarqatma materiallar.
a) Savolnomalar
b) Testlar
Dars ishlanmasi
Dars mavzusi: “

Qattiq jismlarning xossalari

Dars vaqti: 80 minut
Dars rejasi:
Dars bosqichlari: (Minut)
1.Tashkiliy qism -5
2.Manaviy -ma’rifiy qism -5
3.Yangi mavzu bayoni- 25
Qattiq jism — moddaning shakli turg ‘un agregat holati. Bu holatda modda atomlarining

issiqlik harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat bo ‘ladi.
Kristall va amorf qattiq jismlar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda
davriy joylashadi. Amorf jismlarda atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. Qattiq
jismning turg ‘un (eng kichik ichki energiyali) holati kristall holatdir. Termodinamik nuqtai
nazardan amorf jism metaturg‘un holatda bo ‘ladi va vaqt o‘tishi bilan kristallanishi kerak.
Tabiatdagi barcha moddalar (suyuq geliydan tashqari) atm. bosimida va T>0 K trada qotadi. Qattiq
jism xossalarini uning atom molekulyar tuzilishini va zarralari harakatini bilgan holda tushuntirish
mumkin. Qattiq jismning makroskopik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash va
tartiblashtirish 17-asrdan boshlangan. Qattiq jismga mexanik kuch, yorug ‘lik, elektr va magnit
maydon va h.k.ning ta’sirini ifodalovchi bir qator empirik qonunlar ochildi:

-Guk qonuni (1660), - Dyulong va Pti qonuni (1918), -Om qonuni (1826), -Videman —

Frans qonuni (1835) va boshqalar. Qattiq jism atomlar, molekulalar va ionlardan tuziladi. Qattiq
jismning tuzilishi atomlar orasidagi ta’sir kuchiga bog‘liq. Bir xil atomlarning o‘zi turli
strukturalarni hosil qilishi mumkin (kul rang va oq qalay, grafit va olmos va h.k.). Tashqi bosim
yordamida atomlararo masofani o‘zgartirib, Qattiq jismning kristall tuzilishini va xossalarini
tubdan o ‘zgartirish mumkin. Ko‘pgina yarimo‘tkazgichlar bosim ostida metall holatga o‘tadi
(oltingugurt 8 120000 atm. bosimi ostida metallga aylanadi). Tashqi bosim tufayli 1 atomga to‘g‘ri
keladigan hajm atomning odatdagi hajmidan kichik bo‘lib qolganda atomlar o‘z indivialligini
yo‘qotadi va modsa o‘ta siqilgan electron yadroviy plazmaga aylanadi. Moddaning bunday
holatini o‘rganish, xususan, yulduzlarning strukturasini tushunish uchun juda muhim. Qattiq
jismning tuzilishi va xossalarining o‘zgarishi (fazaviy o ‘tishlar), temperatura o‘zgarganda, magnit
maydon ta’sirida va boshqalar tashqi ta’sirlar natijasida ham yuz berishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

Bog‘lanishlarning turi bo‘yicha Qattiq jism bir-biridan elektronlarning fazoviy taqsimoti

bilan farq qiladigan 5 sinfga ajraladi:

1) ionli kristallarda (№S1, KS1 va boshqalar) ionlar orasida asosan elektrostatik tortishish

kuchlari ta’sir etadi;

2) kovalent bog‘lanishli kristallarda (olmos, Oye, 81) qo‘shni atomlarning valent

elektronlari umumiylashgan bo ‘ladi. Kristall ulkan molekulaga o‘xshaydi;

3) ko‘pchilik metallarda bog‘lanish energiyasi harakatlanayotgan elektronlarning ion asos

bilan o ‘zaro ta’siri tufayli hosil bo‘ladi (metall bog ‘lanish);

4) molekulyar kristallarda molekulalar ularning dinamik qutblanishi tufayli paydo

bo‘ladigan zaif elektrostatik kuchlar (VanderVaals kuchlari) yordamida bog‘lanadi;

5) vodorod bog‘lanishli kristallarda vodorodning har bir atomi tortishish kuchlari

yordamida bir vaqtning o‘zida 2 ta boshqa atom bilan bog‘lanadi. Bog‘lanishlar turi bo‘yicha tasnif
shartli bo‘lib, ko‘pgina moddalarda turli bog ‘lanishlarning kombinatsiyasi kuzatiladi.

4.O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savol- javoblar-10
5.Uyga vazifa berish- 5
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga yangi mavzuni to‘liq tushuntirib berish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarga barkamol avlod ruhida tarbiyalash.
Dars davomida O‘quvchilarga axloqiy- ma’naviy elementlarni singdirish;
s) Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarga yangi bilim berish
Dars materiallari va jihozlari
1. O‘quvchilar uchun fizika kitobi
2. Doska, bo’r
3. Darsga tegishli bo’lgan plakatlar (4) va slaydlar (2) tarqatma materiallar.
4. Kompyuter, proyektor, kodoskop va elektron darslik.
Asosiy tushuncha va atamalar.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:

muammoli ta’lim, aqliy hujum, munozara, o‘z-ozini

nazorat.

REREFERENCES

1.

S.Q.Axrorov , T.U.Toshboyev, S.N.Srajev “Qattiq jismlar fizikasi” fanidan masalalar
to’plami. Uslubiy qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2010. - 45

2.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun fizika darsligi.

3.

www.Zivo.net

References

S.Q.Axrorov, T.U.Toshboyev, S.N.Srajev “Qattiq jismlar fizikasi” fanidan masalalar to’plami. Uslubiy qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2010. - 45

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun fizika darsligi.

www.Zivo.net

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов