SKILLS OF A DEFECTOLOGIST SPECIALIST, WORKING WITH CHILDREN WHO NEED SPECIAL HELP

HAC
Google Scholar
To share
Yo’ldasheva, O. (2023). SKILLS OF A DEFECTOLOGIST SPECIALIST, WORKING WITH CHILDREN WHO NEED SPECIAL HELP. Modern Science and Research, 2(10), 590–594. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24514
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article reveals the essence of the complex rehabilitation of children who need special assistance. When working with such children, special specialists will especially talk about what skills defectologist specialists have and what their tasks consist of. In the process of working with children who need special assistance, it is mentioned that the importance of correctional work is important, and its content is revealed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

590

DEFEKTOLOG MUTAXASSISINING, ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ

BOLALAR BILAN ISHLASH KO'NIKMALARI.

Yo'ldasheva Ozodaxon Hamdamovna

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,

Farg'ona mintaqaviy filyalining defektolog mutaxassisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10015475

Annotatsiya.

Maqolada

alohida

yordamga

muhtoj

bolalarni

kompleks

reobilitatsiyalashning mohiyati ochib berilgan. Bunday bolalar bilan ishlashda maxsus
mutaxassislar ayniqsa, defektolog mutaxassislari qanday ko'nikmalarga ega bo'lishlari va
ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida so'z boradi. Alohida yordamga muhtoj
bolalar bilan ishlash jarayonida, korreksion ishlarning ahamiyati muhim ekanligiga to'xtalib
o'tilgan va uning mazmuni ochib berilgan.

Kalit so'zilari:

Defektolog, yordamga muhtoj bolalar, reobilitatsiya, korreksiya,

integratsiya, rivojlanish, adaptatsiya, ta'lim-tarbiya, mashg'ulot, muloqot.

SKILLS OF A DEFECTOLOGIST SPECIALIST, WORKING WITH CHILDREN

WHO NEED SPECIAL HELP

Abstract.

The article reveals the essence of the complex rehabilitation of children who need

special assistance. When working with such children, special specialists will especially talk about
what skills defectologist specialists have and what their tasks consist of. In the process of working
with children who need special assistance, it is mentioned that the importance of correctional work
is important, and its content is revealed.

Key words:

Defectologist, children in need of help, Rehabilitation, Correction, integration,

development, adaptation, education, training, communication.

НАВЫКИ РАБОТЫ СО СПЕЦИАЛИСТОМ-ДЕФЕКТОЛОГОМ, С ДЕТЬМИ,

НУЖДАЮЩИМИСЯ В ОСОБОМ УХОДЕ

Аннатация.

В статье раскрыта сущность комплексной реабилитации детей с

особыми потребностями. В работе с такими детьми специализированные специалисты
особенно подробно рассказывают о том, какими навыками должны обладать
специалисты-дефектологи и каковы их задачи. В процессе работы с детьми,
нуждающимися в особой помощи, подчеркивается значимость коррекционной работы и
раскрывается ее содержание.

Ключевые слова:

дефектолог, дети, нуждающиеся в помощи, реабилитация,

коррекция, интеграция, развитие, адаптация, воспитание, обучение, общение.

"Bolalar hammani yaxshi ko'radilar, ayniqsa

Kirish ularga e'tibor va mehr ko'rsatganlarni ".

Mamlakatimizda bolalarga har tomonlama g'amxo'rlik qilish, onalik va bolalikni

muhofaza etish masalalari davlat siyosati darajasida ko'rilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish
ularga huquqiy erkinlikni yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar ayniqsa
nogironligi bor bolalar, ota-onasidan mahrum bo'lgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan qator
me'yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

591

Jumladan, O'zbekistonning "Birlashgan Millatlar Tashkiloti"ga a'zo bo'lishi, "Bolalar

huquqlar to'g'risida"gi Konvensiyani ratifikatsiya qilinishi va "Bola huquqlarining kafolatlari
to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi, o'sib kelayotgan yoshlarimizga ko'rsatilayotgan,
g'amxo'rlikning yorqin namunasidir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida,
eng avvalo, kelajak avlodning barkamol bo'lib ulg'ayishlari, hech kimdan kam bo'lmay dunyo
arenalarini zabt etishga qodir farzandlar bo'lib, ulg'ayishlari muhimdir. Ayniqsa, ota-ona
qaramog'isiz qolgan, rivojlanishda nuqsonli bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va
jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish borasida O'zbekiston
Respublikasida rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni huquq va erkinliklarini, teng
imkoniyatlarini ta'minlash, turmush faoliyatidagi cheklanish chegaralarini bartaraf etish, bunday
bolalar uchun ta'limni tashkil etish va boshqarishda, zomonaviy yondashuvlarni yaratish ishlari
jadallik bilan amalga oshirilib borilmoqda. Bolalar rivojlanishidagi kamchiliklar, qancha erta
aniqlansa uni hal qilish shunchalik oson kechadi. Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan olib
boriladigan korreksion va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda, maxsus mutaxassislar ya'ni
psixolog, defektolog, pedagog, virachlar va ota-onalarning birligi talab etiladi. Bunday birdamlik
ishlarida, yordamga muhtoj bolalarda natija bo'lishi isbotlangan. Yordamga muhtoj bolalar bilan,
ishlash jarayonida mutaxassislarga yetarlicha ma'suliyat yuklanadi. Buni his etgan holda ular o'z
faoliyatlaridan kelib chiqib, bolalar bilan ishlashlari lozim bo'ladi.

Asosiy qism:

Bugungi kunda defektologiya sohasiga alohida e'tibor berilmoqda.

Defektolog kasb egalari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchliklari bor bolalarning

psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o'rgandigan, ularning ta'lim va tarbiyasi bilan
shug'ullanadigan mutaxassislar hisoblanadi. Defektologiya so'zi lotincha defekt-kamchilik,
nuqson, yunoncha logos-ta'limot, fan, o'rganish degan so'zlardan olingan. Ruhiy yoki jismoniy
rivojlanishda kamchiliklari bor bolalar, alohida yordamga muhtoj bolalar deyiladi. Shu asnoda
defektologiya fanining predmeti ham alohida yordamga muhtoj bolalar sanaladi. Defektolog
mutaxassislarining asosiy vazifalari, bolalar rivojlanishidagi kamchiliklarning kelib chiqish
sabablari, turlarini, bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o'rganish. Shular
asosida ular uchun segregatsion, differensiol yoki integration, inkluziv sharoitda ta'limni tashkil
etish, ularning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishni qamrab oladi. Shuni alohida aytib o'tish
o'rinli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchliklari bo'lgan bolalarning rivojlanishi cheksiz,
nuqson tufayli u to'xtab qolmaydi, balki boshqacharoq rivojlanadi. Shuning uchun ham bolalar
o'sishida kamchliklar, aniqlansa ota-onalari darhol mutaxassislardan yordam so'rashlari zarur.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida, undan quydagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida
ajirab chiqdi:

- surdopedagogika, (lotincha surdu - kar, gung, so'zlaridan olingan) - eshitishda nuqsoni

bo'lgan bolalarni ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan;

- tiflopedagogika, (yunoncha tiflos-ko'r, so'qir, so'zidan olingan)- ko'zi ojiz bolalarning

ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan;

- oligofrenopedagogika (yunoncha oligos-kam, fren-aql so'zlaridan olingan) aqliy

tomonlama zaif bolalar bilan ta'lim-tarbiya ishlarni amalga oshiradigan fan;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

592

- logopediya (yunoncha logos-so'z, pedeo-tarbiyalash so'zlaridan olingan) - nutq

nuqsonlarini o'rganish, oldini olish, bartaraf etish yo'llari, usullarini o'rganadigan fanlar
yeg'indisidan iborat.

Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga muvofiq, alohida yordamga

muhtoj bolalarning defferensial va integratsiyalashgan inkluziv ta'limning barcha yo'nalishlari
bo'yicha natijali ishlar olib borilmoqda. Alohida yordamga muhtoj bolalarda nuqson bo'lishiga
qaramay, uning qo'lidan keladigan ish turini unga o'rgatib, o'qitib, tarbiyalab, jamiyatda o'z o'rnini
topib ketishiga yordam berish, ijtimoiy reabilitatsiyani qamrab oladi. Defektolog mutaxassislari
bu borada quydagi fikrlarni ilgari suradi. Yordamga muhtoj bo'lgan bolalar, uchun tashkil etilgan
ta'lim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o'rganiladi. Ijobiy tomonlari, qobiliyatlari
hisobga olinadi, boladagi kamchliklar o'rganiladi. Bunga modifikatsiya, kompensatsiya,
adaptatsiya, reobilitatsiyalar kiradi. Masalan: agarda bola eshitmasa uni eshitish apparatlsri bilan
ta'minlash, yurolmasa maxsus aravachasidan foydalanish, qo'lida oddiy qoshiqni ushlay olmasa,
uni boshqa qulay uskuna bilan ta'minlash va boshqa masalalarni e'tiborga olish lozim. Bolalarning
idroki, hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida buyumlarning rangi,
shakli, katta-kichikligiga qarab bir - biridan farq qila boshlaydi va tanish ohanglarni ajirata oladi.
Bu jarayonlarda ularda turli xil sensor qobiliyatlar ko'rish va ko'zdan kechirish, buyumlarning
tashqi belgilariga qarab ajiratish, ko'zi ko'rayotgan va eshitayotgan narsalarga taqlid qilish
qobiliyatlari rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi, buyumlarni ko'rishi, ushlab
bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi va tovushlarni eshitishi kerak. Bu jarayonlar bolalarning,
sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Defektolog mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki,
sensor qobiliyatlarning o'z vaqtida rivojlanishi bolalarning aqliy tomonlama rivojlanishi uchun
zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning
aqliy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o'z vaqtida va to'g'ri rivojlanishi bu
aqliy rivojlanishning asosidir. Nutq, ruhiy jarayonlar ya'ni idroki va xotiraning rivojlanishiga ta'sir
o'tkazadi. Shu asnoda, bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi.
Defektolog mutaxassis, alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari bilan ish olib
boradi. Ularga quydagilarni misol qilishimiz mumkin.

1) eshitish kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar;
2) ko'rish qobiliyati zaif bolalar;
3) aqliy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalar;
4) nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a'zolarida kamchiliklari bo'lgan bolalar;
6) ruhiy rivojlanishida kamchliklari bo'lgan bolalar;
7) autizm sindromiga chalingan bolalar.
Yordamga muhtoj bolalarning, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og'ish va

keskin o'zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Defektolog bunday
bolalar bilan ishlashda eng samarali va mo'tadil usullarni topishi kerak bo'ladi. Bunda eng avvalo
mutaxassis ota-onalari bilan suhbat o'tkazib olishi, bolaning sog'lig'iga qo'yilgan asosiy tashxisni
o'rganib chiqishi lozim bo'ladi. Shundan so'ng defektolog yordamga muhtoj bolalar uchun
mashg'ulotlar jadvalini tuzib chiqishlari joyiz bo'ladi. Kelib chiqish sabablariga ko'ra har qanday
nuqsonlarning rivojlanishi tug'ma yoki hayot davomida orttirilgan bo'lishi mumkin. Bunday


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

593

ma'lumotlarni bilish defektolog mutaxassisi uchun bola bilan ishlashda zaruriy yordamni
ko'rsatishga zamin ochadi. Defektolog bolani haqiqiy hayotga moslashishiga yordam berishi
kerak. Alohida yordamga muhtoj bolalarga, o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish ko'nikmalarini singdirish
juda zarur. Chunki ba'zida ota-onalar farzandlariga biror -bir yumushni o'zlari qilishga ruxsat
bermaydilar va bolani mustaqil hayot imkoniyatlaridan mahrum qiladilar. Bu borada defektolog,
bolalarga o'rgatadi, tarbiyalaydi, ularni atrofdagi dunyo bilan tanishtiradi. Ya'ni defektolog
boladagi buzilishlarga turiga qarab, ular bilan guruhiy va individual shug'ullanadi. Umumiy
maqsad bolalarda o'rganish uchun ongli mativatsiyani uyg'otishga qaratiladi. Yuqorida aytib
o'tilganidek, defektolog yordamga muhtoj bolalarni aniqlab olgandan so'ng, ular bilan ishlash
dasturiy mashg'ulotlar tartibini tuzib chiqadi. Mutaxassis bu dasturni ikkiga bo'lishi mumkin.

1. Yordamga muhtoj bolalar uchun, og'iz bo'shlig'i til, lab, mimika, yuz uchun

mashg'ulotlar;

2. Ularning ong osti, tanish, bilish, o'xshatish, farqlash, taqlid qilish, ko'nikmalarini

oshiruvchi o'yinli mashg'ulotlardan foydalanib bolalarga yordam berishni ko'zlaydi;

Defektolog ota-onalar bilan birga ishlaydi, ularga maslahatlar berib boradi. Mutaxassis

doimiy ravishda bolalar bilan o'zaro munosabatlarining yangicha usullarini topib borishi lozim.
Shu maqsadda defektolog mutaxassislari maxsus tashkil etilgan seminarlarda, konferensiyalarda
va kirslarda bo'lib, o'z ustida ishlashi talab etiladi. Defektolog kasb egalari, umumiy holatda bolalar
bilan ishlashlari uchun, quydagi ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Ular cheksiz sabr -toqatga
ega bo'lishlari eng birlamchi masala deb ayta olaman. Chunki muammoliy bolalar bilan muloqot
qilish odatdagidan ko'ra ancha qiyinroq. Kasbga da'vogar uchun bolalarga bo'lgan muhabba va
mas'uliyat hissi shuningdek xayrixohlik, ijodkorlik ko'nikmalari majburiydir. Shuningdek ish
jarayonida mutaxassisga, qat'iyatlilik, ehtiyotkorlik va shirin so'zlik yordam berdi. Defektolog
bolani tushunishlari kerak, aks holda u bu sohada ishlay olmaydi. Mutaxassisning asosiy vazifasi,
bolalarda kelajakda jamiyatda o'z o'rinlarini topishga va moslashishga yordam beradigan
ko'nikmalarini rivojlantirishdir. Defektolog tibbiy bilimlarni, shuningdek psixologiya, ijtimoiy
soha, konfliktologiya bo'yicha ham chuqur bilimlarni o'zlashtirgan bo'lishi maqsadga muvofiq.
Mutaxassis quydagi vazifalarni ishlash jarayonida bajaradi.

• bolalarning rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini baholash, umumiy holatni aniqlash va

nuqsonlarni bartaraf etish uchun tekshiruv o'tkazish;

• tibbiy kartalar bilan ishlash, nutq terapevtlari va shifokorlar bilan maslaxatlashish;
• bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, tuzatish dasturini tuzish uchun

ta'lim va o'qitish usulini tanlay olishi;

• muammoliy bolalar bilan tuzatish ishlarini bajarish, rejaga muvofiq ular bilan yakka yoki

guruhiy tartibda mashg'ulotlar o'tkazish;

• agar kerak bo'lgan bo'lsa, dasturni o'zgartirish;
• ota-onalar va o'qituvchilar bilan suhbatlar olib borish;
• bolalarning qobiliyatlari va istedotlarini rivojlantirish uchun yordam berish;
• bolalarni ijtimoiy moslashuv jarayonlarini rag'batlantirishni qamrab oladi. Aytib

o'tilganidek defektolog yordamga muhtoj bolalar bilan ishlashni erta yoshdan boshlashlari kerak
bo'ladi. Mutaxassisning barcha ishlari jismoniy yoki aqliy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni
o'qitish, tarbiyalash va ijtimoiy moslashtirishga qaratilganligi bilan e'tiborga molikdir. Ko'pincha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

594

defektolog, birlashtirilgan nuqsonlari bo'lgan bolalarga duch keladi. Statistika ma'lumotlarga ko'ra,
nogironligi bo'lgan bolalarning taxminan 40 foizida bir necha buzulishlar mavjud bo'ladi. Shuning
uchun ham mutaxassis tashxis jarayonlariga alohida e'tibor berishlari kerak lozim sanaladi.
Bugungi kunda defektologiya kasbiga ko'plab ehtiyojlar bor. Chunki bolalar rivojlanish jarayonida
turli vaziyatlarga tushadilar. Bu vaziyatlarning ayrimlari bolani rivojlantirsa, ayrimlari
rivojlatirishdan to'xtatadi. Bunday holatlarni boholash uchun ota-onalarga albatta defektolog
maslahati va yordami kerak bo'ladi. Mohir defektolog, quyida keltirib o'tilgan ko'nikmalarga ega
bo'lishlari ularni bolalar bilan ishlashlarida qiyinchiliklariga uchramasliklariga yordam beradi. Shu
asnoda defektolog mutaxassislari ijobiy natijalarga erish oladilar.

Xulosa:

Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma'naviy yuksalishi,

jahonning eng rivojlangan davlatlar qatorida o'rin olishi, bu bilimli, yuqori intellaktual salohiyatli,
qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlatirgan yoshlariga bog'liq hisoblanadi. Bugungi
kunda har jihatdan yetuk va barkamol, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o'qitishni sifatli
va mazmun jihatdan yuqori pog'onalarga olib chiqish eng muhim vazifalardan bir. Barkamol shaxs
tarbiyasini tashkil etish barcha davlatlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy
maqsadi bo'lib kelgan. Shu asnoda yurtimizda alohida yordamga muhtoj bolalarning ta'lim-tarbiya
ishlariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 23-moddasiga ko'ra,

rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklariga ega bo'lgan bolalar, ta'lim olish huquqiga ega
ekanliklari belgilanib qo'yilgan. Yurtimizda alohida yordamga muhtoj bolalarga yordamni tashkil
etish inson haqida g'amxo'rlik ko'rsatishning yorqin namunasidan biridir. Bu o'rinda maxsus
mutaxassislarga ham ehtiyoj sezilmoqda. Xususan defektolog mutaxassislariga e'tibor tobora
ortmoqda. Bu kasb yurtimizda hali yosh bo'lishiga qaramay, samarali ishlar olib borilmoqda.
Defektolog bo'lish bu o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lish va sizning yordamingizga muhtoj
bolalarga yordam qo'lini cho'za olishdir. Muxtasar qilib aytganda, bu jarayonlar yordamga muhtoj
bolalarning, hayot faoliyatlarda yangi istiqbollarini ochish bilan izohlanadi.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun www.lex.uz. 2020-yil.

2.

O'zbekiston Respublikasining " Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi Qonun. www.lex.uz.

3.

V. S. Roxmonova "Defektologiya asoslari" 2017 - yil.

4.

M.Y. Ayupova "Logopediya" 2007-yil.

5.

D. R. Baboyeva "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" 2018-yil.

6.

Z. Nishonova, G.Alimova "Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi" 2006- yil.

References

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun www.lex.uz. 2020-yil.

O'zbekiston Respublikasining " Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi Qonun. www.lex.uz.

V. S. Roxmonova "Defektologiya asoslari" 2017 - yil.

M.Y. Ayupova "Logopediya" 2007-yil.

D. R. Baboyeva "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" 2018-yil.

Z. Nishonova, G.Alimova "Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi" 2006- yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов