PATRIOTISM IN THE CREATION OF RAUF PARFI

HAC
Google Scholar
To share
Qayumova, G. ., & Mirboboyeva, D. (2024). PATRIOTISM IN THE CREATION OF RAUF PARFI. Modern Science and Research, 3(2), 609–611. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29414
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Rauf Parfi, one of the brightest representatives of Uzbek literature of the 20th century, has always had his admirers, his sincere and silent poems. In this article, the great representative of modern Uzbek poetry, the talented poet Rauf Parfi, depicts symbols such as Motherland and Motherland in a unique and beautiful way.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

609

RAUF PARFI IJODIDA VATANPARVARLIK

Qayumova Gulsanam Sadriddin qizi

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

Mirboboyeva Dilnoza Rustamovna

Samarqand viloyat Urgut tumaniga qarashli 56-maktab o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10664133

Annotatsiya. XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri – Rauf Parfi

uning samimiy va jimjimadorlikdan holi bo‘lgan she’rlari hamma vaqtlarda ham o‘z muxlislariga
ega bo‘lgan. Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili, iste’dodli shoir Rauf
Parfi ijodida ona yurt, ona Vatan kabi timsollar o‘ziga xos tarzda go‘zal tasvirlangan.

Kalit so‘zlar: She’r, she’riyat, badiiy tahlil va talqin, badiiy ijod, lirik kechinma, milliy

ruh, milliy g‘oya.

PATRIOTISM IN THE CREATION OF RAUF PARFI

Abstract. Rauf Parfi, one of the brightest representatives of Uzbek literature of the 20th

century, has always had his admirers, his sincere and silent poems. In this article, the great
representative of modern Uzbek poetry, the talented poet Rauf Parfi, depicts symbols such as
Motherland and Motherland in a unique and beautiful way.

Key words: Poetry, poetry, artistic analysis and interpretation, artistic creativity, lyrical

experience, national spirit, national idea.

ПАТРИОТИЗМ В СОЗДАНИИ RAUF PARFI

Аннотация. Рауф Парфи – один из ярких представителей узбекской литературы

ХХ века. Его стихи, искренние и лишенные молчания, всегда имели своих поклонников. В
этой статье великий представитель современной узбекской поэзии, талантливый поэт
Рауф Парфи неповторимо и красиво изображает такие символы, как Родина и Родина.

Ключевые слова: Поэзия, поэзия, художественный анализ и интерпретация,

художественное творчество, лирический опыт, национальный дух, национальная идея.


Shoirning “Ona tilim”, “Turkiston”, “Uyg‘onar Turkiston, uyg‘onar dunyo”, “Abdulhamid

Sulaymon Cho‘lpon” kabi o‘nlab she’rlarida Vatanning olis o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan
bog‘liq badiiy talqinlarini ko‘ramiz. Badiiy so‘zning shunchalar imkoniyati kengligidan,
betakrorligidan hayratlanamiz, zavqlanamiz. Vatan – muqaddas, juda ham chiroyli va shukuhli
so‘z. Mana shu so‘z shoir ijodida alohida mavqega egaligi uning she’rlarida namoyon. Shoirning
“Ona Turkiston” she’rida Vatanga bo‘lgan lirik qahramon munosabati go‘zal aks ettirilgan:

Ko‘ringiz tarixni. Ko‘z oldim parda.
Qo‘limda uchmoqda bu yer, bu Vatan…
Oshno tutinarman po‘lat xanjarga…
Jang maydoni sari otilarman man…
Vatan, aylanarman bir keskir tanga,
Qoshingga o‘q kabi uchib borarman…
Nahot til boshqadir, nahot dil boshqa?!

Shoirning bu misralarida ona yurt, ona Vatan uchun o‘z jonini-da qurbon qilishga shay lirik

qahramon holati aks ettirilganki, bu shoir mahoratining mevasidir. Chunki o‘quvchi she’rni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

610

o‘qigani zahoti qalbida o‘zining ham mana shu Vatanning bir zarrasi ekanligi, shu yurt, shu tuproq
uchun mas’ulligi uyg‘onadi. Yoki she’rning keyingi bandlariga murojaat qilar ekanmiz:

U ona Turkiston, kuylayman yonib,
Dunyo jur’atini berding qo‘limga.
Men endi angladim Turkiy dunyoni
Mana men tayyorman endi o‘limga.
Bergil faqat kuyib kuylamak haqqin,
Ortiq mas’ul etar topilgan bu Baxt.

Betakror va go‘zal jumlalar. Bu betakrorlik shoirning ona Vatani, ona Turkistoni uchun

hattoki o‘z jonini berishga tayyorligi, bu esa shoir lirik qahramoni uchun katta baxtligi tasvirlanadi.
Filalogiya fanlari doktori, professor N.Rahimjonov o‘zining “Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati”
nomli kitobida R.Parfi ijodi haqida: “Shoirning ko‘nglini , ijodini bilmoqchi bo‘lsang, uning ona
yurtini borib ko‘r, degan hikmat bor. Shoirning Vatani bu – uning sehrli, purhikmat ma’nolarni
o‘ziga singdirgan sirli qiyofalar dunyosi. R.Parfi lirikasidagi

So‘z, Ko‘z, Qushcha, Buloq, Daraxt,

Chiroq, Xayol, Nur

singari obrazlar tagdor, purma’no mazmun ifodalashiga ko‘ra timsolga

aylanayotir. Ular Turonzamin, Turkiston xalqlarini tarixiy hayoti sahifalarini suratlantiradi. Turkiy
xalqlar taqdiridagi fojiali voqealar mohiyatini aks ettiradi”. Darhaqiqat, shoirning bu kabi she’rlari
kitobxonni faollikka, qahramonlikka da’vat etadi. Bu usul shoirning Vatan haqidagi she’rlarining
yetakchi xususiyatlaridan biridir.

“Ishq so‘zidan kuydi bulbul maskani”,
Til bilan kuylanmas ona Vatanim
Men seni kuylamak istayman faqat.

Ishq, muhabbatni tarannum etish bulbulning asosiy mashg‘uloti. Mana shu ishq-

muhabbatning kuchliligi tufayli uning maskani kuydi. Uning o‘z maskaniga bo‘lgan muhabbati,
hattoki , o‘z uyini-da, kuydirdi. Chunki o‘sha qushning o‘z Vataniga bo‘lgan mehri kuchli. Lekin
bu muhabbatni til bilan kuylab bo‘lmaydi. Ammo shoir lirik qahramoni bu muhabbatni ichiga
sig‘dira olmaydi. Baribir, Vatanga bo‘lgan mehrini shoir misralarida nurlantirdi, jilvalantiradi.
Shuningdek, ijodkorning:

Ayriliq shamshiri boshimda sindi,
Borligim chopildi, ichdim qonimni.
Dunyo tarixini o‘qib yukindim,

Uyqudan uyg‘otdim Turkistonimni.

Kabi misralarida g‘aflatda yotgan xalqni hurlikka, ozodlikka olib chiqish onlari she’r

mazmunida o‘zining ifodasini topgan. Chunki yurt ozodligi hamma narsadan ustun va eng real
saodatligi misralar qatida namoyon. Rauf Parfi ijodi o‘zining isyonkor she’rlari bilan,
takrorlanmas metaforalari bilan, go‘zal oksyumoron va okkazional so‘zlar yaratgani bilan ham
ajralib turadi. Shoirning butun bir lirikasida o‘ziga xos mushohada yo‘sini, ruhiy kechinmalarning
nozik ifodasi, quyma satrlarda so‘zdan qanday injalik bilan foydalanganligida namoyon bo‘ladi.

Umuman olganda, biz isyonkor shoir Rauf Parfi she’rlarini tahlil qilar ekanmiz, bu haqda

adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshev fikrlarini keltirishni lozim topdik: “Rauf Parfi she’rlari
o‘quvchiga yo‘l ko‘rsatmaydi, aql o‘rgatmaydi. Haqiqat qayerda ekanini ta’kidlamaydi, balki o‘z
ruhini aks ettiradi, ifodalaydi”. Shoir she’rlarida ijtimoiy hayotning muayyan tomonini badiiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

tadqiq qilar ekan, u asosiy e’tiborini inson qalbida kechayotgan ziddiyatlar, tuyg‘ular tovlanishini
ifodalashga qaratadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Rauf Parfining samimiy she’riyati pokiza

ko‘ngilning holatini ifodalash ehtiyoji va natijasi o‘laroq yuzaga keldi. Shoir she’rlarida ona
Vatan, go‘zal Turkiston timsoli mahorat bilan tasvirlanganki, bu shoir yuksak iste’dodidan
nishonadir. Shu sababli ham Rauf Parfi she’riyati umrboqiydir.

REFERENCES

1.

Yo‘ldashev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006.

2.

Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent , Sharq, 2007.

3.

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. Ilmiy-adabiy maqolalar, talqinlar, etyudlar. –
Toshkent, Sharq, 2007.

4.

Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti. – Toshkent, Fan, 2007.

5.

Rauf Parfi. Tavba. – Toshkent, Yozuvchi, 2000.

6.

Rauf Parfi. Xotirot. – Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1975.

References

Yo‘ldashev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006.

Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent , Sharq, 2007.

Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. Ilmiy-adabiy maqolalar, talqinlar, etyudlar. – Toshkent, Sharq, 2007.

Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti. – Toshkent, Fan, 2007.

Rauf Parfi. Tavba. – Toshkent, Yozuvchi, 2000.

Rauf Parfi. Xotirot. – Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов