CHALLENGING PROBLEMS OF TEACHING MATHEMATICS IN SCHOOLS AND WAYS OF ITS IMPROVEMENT IN THE FUTURE.

HAC
Google Scholar
To share
Fozilov , M., Sulaymonova , R., & Abdullayeva , M. (2024). CHALLENGING PROBLEMS OF TEACHING MATHEMATICS IN SCHOOLS AND WAYS OF ITS IMPROVEMENT IN THE FUTURE. Modern Science and Research, 3(2), 812–816. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29483
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article examines the goals and tasks of teaching mathematics in general secondary schools, modern methods, and current problems and shortcomings. Studying the history of the development of the teaching methodology of mathematics. Also, the article describes different ways of thinking about learning mathematics, and shows ways to ensure literacy in the person of the document reader. At the same time, the history of the production of the methodology of teaching mathematics, the current level of education, the regular education of all students in the basics of science, the improvement of knowledge acquisition, the basic academic-scientific and general cultural knowledge of the national and considering universal values as the basis for the formation of the profession, moral and moral qualities, was analyzed and seen comprehensively as a result of its unique provision.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

812

MAKTABLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISHNING DOLZARB

MUAMMOLARI VA UNI KELAJAKDA TAKOMILLASHTIRISH SHAKLLARI.

Fozilov Mirabdulla Shoyadbek o`g`li

Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabasi.

E-mail:

fozilovmirabdulla@gmail.com

Sulaymonova Roxilaxon Muzaffar qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabasi.

E-mail:

sulaymonovarohilaxon@gmail.com

Abdullayeva Madina Ma`mirjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti talabasi.

E

-

mail:

abdulayevamadina@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679910

Annotatsiya. Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishning

maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda bu borada ayni damda mavjud muammo-
kamchiliklar xususida o’rganiladi. Matematika fanining o’qitish metodikasing rivoshlanish tarixi
o’rganib chiqilgan. Shuningdek, maqolada matematika fanini o‘qitishning turli maqsadlari
haqida fikr yuritilib, ularning o‘quvchi shaxsida matematik savodxonligini takomillashtirish
yo‘llari ko‘rsatib o’tiladi. Shu bilan birga matematika fanini o‘qitish metodikasi rivojlanish tarixi,
hozirgi ta’limni qamrab olish darajasi, hamda o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam
bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umum madaniy
bilimlari milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarini, kasb
tanlashni shakllantishda asosi hisoblanilishi tahlil qilingan va uni kelajakda takomillashtirish
choralari qamrovli ko’rilgan.

Kalit so‘zlar: matematik bilim, ko‘rgazmali qurollar, jadvallar, kompetentsiyalar,

mantiqiy fikrlash, o‘qitish metodikasi.

CHALLENGING PROBLEMS OF TEACHING MATHEMATICS IN SCHOOLS

AND WAYS OF ITS IMPROVEMENT IN THE FUTURE.

Abstract. The article examines the goals and tasks of teaching mathematics in general

secondary schools, modern methods, and current problems and shortcomings. Studying the history
of the development of the teaching methodology of mathematics. Also, the article describes
different ways of thinking about learning mathematics, and shows ways to ensure literacy in the
person of the document reader. At the same time, the history of the production of the methodology
of teaching mathematics, the current level of education, the regular education of all students in
the basics of science, the improvement of knowledge acquisition, the basic academic-scientific and
general cultural knowledge of the national and considering universal values as the basis for the
formation of the profession, moral and moral qualities, was analyzed and seen comprehensively
as a result of its unique provision.

Key words: mathematical knowledge, visual aids, tables, competencies, logical thinking,

teaching methodology.

СЛОЖНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ МАТЕМАТИКИ В ШКОЛЕ И

ПУТИ ЕЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ В БУДУЩЕМ.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

813

Аннотация. В статье рассматриваются цели и задачи преподавания математики

в общеобразовательных школах, современные методы, а также существующие проблемы
и недостатки. Изучение истории развития методики преподавания математики. Также
в статье описаны различные подходы к изучению математики и показаны способы
обеспечения грамотности человека, читающего документы. При этом история
производства методики преподавания математики, современный уровень образования,
систематическое обучение всех учащихся основам науки, совершенствование усвоения
знаний, основных учебно-научных и общекультурных знаний. национального и
рассматривающего общечеловеческие ценности как основу формирования профессии,
морально-нравственных качеств, была проанализирована и рассмотрена всесторонне как
результат ее уникального положения.

Ключевые слова: математические знания, наглядные пособия, таблицы,

компетенции, логическое мышление, методика обучения.


KIRISH

. Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi

uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Jumladan, hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga
ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan va davom etib kelmoqda. Xususan,
boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali kadr etib tayyorlash bugungi kunning kechiktirib
bo‘lmas muammolaridan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev quyidagilarni aytadi: “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga
moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur”.

Matematika fanining asosi hisoblangan arifmetika o’qitish predmeti sifatida uzoq asrlar

oldin paydo bo’lgan va maktab ta’limida mustahkam o’rin egallaydi. O’qitish jarayonlari tarixidan
ma’lumkiy arifmetika o’qitish metodikasi yaqin asriy yillarda rivojlandi. Matematikaning ajralmas
qismi arifmetika fani dastlab Hindistonda fan shaklini topgan, ya’ni o’nlik pozision sanoq
sistemasiga asoslangan arifmetik amallar qoidalari ishlab chiqilganligi bunga yaqqol misoldir.
Shuningdek, sonlarni kvadrat va kubga ko’tarish, sonlardagi kvadrat va kub ildiz chiqarish
qoidalari tuzilgan.

Ammo ta’kidlash joyizki arifmetika metodikasi mustaqil o’quv qo’llanmasi sifatida

birinchi bor MDH hududida 1701-yilda Rossiya shohligi davrida Pyotr I ko’rsatmasiga binoan
tashkil qilingan va arifmetika metodikasi sifatida rivojlanishiga sabab bo’lgan edi. Rossiyada
birinchi umumiy ta’lim maktabi bo’lmish “Matematika va navigatsion fanlar maktabi” bunga
sabab bo’lgan edi.

Ma’lumki, matematika fani - abstrakt fan hisoblanadi. Uning mazmuni boshidan

oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan hisoblanadi. Fanning
bunday abstrakt tuzilishi, o‘zini-o‘zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi matematik tushunchalar
va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. Xatto matematik masalalarni yechish
musobaqalari o‘tmishda inson aqlini peshlash uchun foydalanilgan. Shundan kelib chiqadigan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

814

bo‘lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o‘quvchilarni o‘ylashga, mantiqiy
fikrlashga va mushohada yuritishga o‘rgatishdan iborat ekanligi ifodaalnadi. Hech qaysi fan
matematika fanichalik o‘quvchilarni o‘ylashga va fikrlashga majbur qila olmasligi tabiiy.

Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali

o‘quvchilar to‘g‘ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o‘rgatadib kelmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchi yoshiga mos kundalik

turmushda va mehnat faoliyatida foydalanish, kelajakda ta’lim olishni davom ettirishda zarur
bo‘lgan matematik bilimlar va ko‘nikmalarini ongli ravishda mustahkam egallashni ta’minlash
bilan bog’liq. Matematika o‘qitish metodikasi fani bevosita falsafa, psixologiya, pedagogika,
didaktika, matematika fanlari, chizmachilik, mantiq, tarix va boshqa fanlar bilan o’rganamiz.

Matematika fani nazariyasi va uni o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni tadqiqot qilishda

matematika fani va uning o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Metodologiya qismi Arifmetika metodikasining o’quv qo’llanma va daslik sifatida
tarixan aniq malumotlarni 1703-yilda matematika va navigatsion maktab uchun maxsus ravishda
Leontiy Filippovich Magnitskiy “Arifmetika, sirech nauka chislitelnaya” nomli darslik
yaratilganligidan bilish mumkin. Bu o’z davri uchun ajoyib kitob bo’lgan. XVIII asrning birinchi
yarmi davomida bir qancha avlod arifmetikani shu kitob bo’yicha o’rgandilar.

Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab

yetadigan, avtoritar va sohta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar
fikrini hurmat qiladigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini
shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi ta’limni
texnologiyalashtirish bilan bog’liq.

Natijalar va ularning muhokamasi

Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan

tashkil topgan. Pedagogik texnologiya esa o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va
ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolaja yig’indisi. Agar metodikaning maqsadi nazariy
qoidalarni aniq hodisalar tekisligiga “o’tkazish” bo’lsa, pedagogik texnologiyaning maqsadi –
ta’lim jarayonining aloqali tomonlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarining ketma-
ketligini tuzish, ularni amalga oshirish shartlarini aniqlash va yakunida oldindan sifati ma’lum
bo’lgan “mahsulot” yaratish - shaxs kamolotini tarkib toptirish kerak. Fan va texnikaning
rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, sinflardagi o’qitish
imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qishloq xo’jaligi, elektron, axborot va
boshqa) foydalanilmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas
qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi
texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar lozim.

Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o’qitish bosqichlaridan, o’z navbatida bu

bosqichlaming har biri o’ziga hos amallardan iboratdir. Amaliyot o’qituvchining sinfda mavzu
bo’yicha o’quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig’indisi bo’lib, o’qitish
jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Agar o’quv predmetining har bir
mavzusi alohida bosqich hisoblansa, shu mavzu bo’yicha o’quv elementlarining har biri alohida
amal sifatida qaralishi kerak. Amaliy texnologiya asosini tashkil etib, ta’lim maqsadini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

815

rejalashtirishda va amalga oshirishda e'tiborga olinadigan asosiy element bo’ladi. Amallar bir qator
usullardan iborat bo’lib, ulaming har biri harakatlarga bo’linadi. Boshqacha qilib aytganda, biror
bir o’quv elementini tushuntirish uchun o’qituvchi samarali talim vositalari, metodlaridan
foydalanish davomida u yoki bu algoritmik harakatni maqsadiga mos holda aniq bajarishi kerak.

MUHOKAMA

Zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchi uchun dars jarayonidan tashqari vaqtlarda ham o‘z

ustida ishlashlari, bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun imkoniyat yaratish lozim.

Matematika boshqa fanlar (fizika, ximiya, tarix va hokazo) kabi haqiqiy borliqni o‘rgatadi.
Haqiqiy borliqning tuzilishi va undagi qonun qoidalarini tadqiqot qilib beradi. Haqiqiy

borliq haqida turli modellar shakllantiradi. Agar, tabiiy fanlar o‘z tadqiqotlarida tajribalarga
asoslanishsa, matematika tajribalarga asoslanmaydi. Matematikadagi nazariyani amaliyot bilan
bog‘lash bilan bog‘liq muammolarni tushunish va tasavvur qilishda tajribaga murojaat qilish
kerak. Tabiiy ilmiy fanlar haqiqiy borliqning noma’lum bo‘lgan xossalarni topish uchun tadqiqot
o‘tkazsa, matematika moddiy dunyoning qaralayotgan modellarida yangi xossalarni topadi va
yangi modellar paydo qiladi. Bunga borliqdagi hodisalarni yaxlit talqin qilishga imkon beruvchi
matematik modellashtirishlar misol bo‘la oladi. Matematika bu aniq fanlar guruhiga mansub
bo‘lib, uni o‘rganish va tadqiqot qilishning boshqa fanlardan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari
mavjud.

XULOSA

.

Ta’kidlash joizki, biror tabiiy hodisa va jarayonlarni matematika yordamida o‘rganish

uchun bu jarayonni soddalashtirib o‘rganish kerak. Undagi ko‘p xillik xossalardan biz uchun zarur
bo‘ladiganini ajratib olish va bunda ba’zi xususiyatlarni e’tiborsiz qoldirishga majbur bo’lamiz.

Hodisa va jarayonlarni bunday usulda matematika tilida ifodalashni matematik model deb

hisoblashadi. Matematikani o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish
malakalarini rivojlantiradi. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnik vositalardan,
matematik ko‘rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini
tarkib topishida yordam beradi. O‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga
o‘rgatish kerak. Bunda asosan o‘quvchilarni o‘quv darsliklaridan va ilmiy-ommaviy matematik
kitoblardan mustaqil o‘qib o‘rganish malakalarini shakllantirishdan muhim vazifalardandir.

Shunday ekan, o‘rta umumiy ta’lim tizimida matematika fanini o‘qitishning eng asosiy

vazifasi o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, to‘g‘ri mushohada yuritish layoqatlarini
(kompetentsiyalarini) tarkib toptirishdan iborat bo‘lishi kerak. Fanga oid umumiy
kompetentsiyalar matematika fanidan o‘quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo‘lgan nazariy bilim
va amaliy ko‘nikmalarni, fanga oid kognitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan
mantiqiy fikrlash, o‘qib-o‘rganish va fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni
amaliyotda qo‘llash bo‘yicha talablarini umumiy holda belgilangan. Umumiy xulosa qilib aytish
joyiz, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish sifati bo’yicha ta’lim maqsadlarining
tashxislanuvchanligi o’zlashtirishning zaruriy darajalarini aniqlashtirishni talab etadi.


REFERENCES

1.

Yunusova D.I. Matematikani oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari, (darslik) T.:2007


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

816

2.

Azamov A. Xaydarov B., Kuchkarov A., Sariqov Ye., Sagʻdiyev U. Geometriya.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 7- sinfi uchun darslik. –“Yangiyoʻlpoligrafservis”, 201

3.

Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.O„. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi.
T. «Fan va texnologiya», 2005.

4.

Xalikulov S.I., Quljonov O., Ostonov Q. Matematik mantiq elementlarini o’rganish.
Uslubiy qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2020.

5.

Ostonov Q., Mardonov E.M. «Matematika tarixi va matematika o’qitish uslubiyati.
Uslubiy qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2013.

6.

Xalikulov S.I., Ostonov Q. Matematik statistika elemementlarini o’rganish. Uslubiy
qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2019.

7.

Ostonov Q., Mardonov E.M. Matematika tarixi va matematika o’qitish uslubiyati»
predmeti bo’yicha o’quv–uslubiy majmua (bakalavriat).

References

Yunusova D.I. Matematikani oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari, (darslik) T.:2007

Azamov A. Xaydarov B., Kuchkarov A., Sariqov Ye., Sagʻdiyev U. Geometriya. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 7- sinfi uchun darslik. –“Yangiyoʻlpoligrafservis”, 201

Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.O„. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. T. «Fan va texnologiya», 2005.

Xalikulov S.I., Quljonov O., Ostonov Q. Matematik mantiq elementlarini o’rganish. Uslubiy qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2020.

Ostonov Q., Mardonov E.M. «Matematika tarixi va matematika o’qitish uslubiyati. Uslubiy qo’llanma. Samarqand: SamDU, 2013.

Xalikulov S.I., Ostonov Q. Matematik statistika elemementlarini o’rganish. Uslubiy qo’llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2019.

Ostonov Q., Mardonov E.M. Matematika tarixi va matematika o’qitish uslubiyati» predmeti bo’yicha o’quv–uslubiy majmua (bakalavriat).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов