THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL SKILLS IN THE FORMATION OF COMPETENCE IN THE ANALYSIS OF AN ARTISTIC WORK IN ELEMENTARY READING CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Murtazoyeva, M. (2024). THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL SKILLS IN THE FORMATION OF COMPETENCE IN THE ANALYSIS OF AN ARTISTIC WORK IN ELEMENTARY READING CLASSES. Modern Science and Research, 3(2), 337–340. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29492
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the importance of pedagogical skills in the formation of competence in the analysis of an artistic work in the elementary reading classes, as well as the didactic nature of the specific methods used in the analysis of an artistic work, are studied in detail. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

337

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK MAHORATNING

AHAMIYATI

Murtazoyeva Mahliyo Mirzo qizi

Buxoro innovatsiyalar universiteti 2- bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10675367

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida badiiy asarni tahlil qilish

kompetensiyasini shakllantirishda pedagogik mahoratning ahamiyati hamda badiiy asar tahlilida
qo’llaniladigan o’ziga xos usullarning didaktik mohiyati atroflicha o’rganilgan. Maqola davomida
asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar: boshlang'ich sinf, didaktik mohiyat, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi,

pedagogik mahorat.

THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL SKILLS IN THE FORMATION OF

COMPETENCE IN THE ANALYSIS OF AN ARTISTIC WORK IN ELEMENTARY

READING CLASSES

Abstract. In this article, the importance of pedagogical skills in the formation of competence in

the analysis of an artistic work in the elementary reading classes, as well as the didactic nature of the
specific methods used in the analysis of an artistic work, are studied in detail. Reasonable opinions and
comments are used throughout the article.

Key words: primary grade, didactic essence, competence to analyze a work of art, pedagogical

skills.

ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ УМЕНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ

КОМПЕТЕНТНОСТИ АНАЛИЗА ХУДОЖЕСТВЕННОГО ПРОИЗВЕДЕНИЯ НА

НАЧАЛЬНЫХ ЗАНЯТИЯХ ПО ЧТЕНИЮ

Аннотация. В данной статье подробно раскрывается значение педагогических умений

в формировании компетентности анализа художественного произведения на уроках чтения в
начальной школе, а также дидактический характер конкретных методов, используемых при
анализе художественного произведения. изучал. На протяжении всей статьи используются
обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова: начальный класс, дидактическая сущность, умение анализировать

художественное произведение, педагогическое мастерство.

Rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng boshlang’ich sinflar uchun yangi dastur

va darsliklar yaratildi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’prok ahamiyat bеrilib,
matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, tеxnika vositalaridan foydalanishga
ko’proq e’tibor bеrildi.

Badiiy asar quyidagi mo`xim mеtodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1.Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tеz, ongli, ifodali o’qish malakasini shakllantirish

bir jarayonda boradi.

2.Asarning g’oyaviy-tеmatik asoslarini uning obrazlari, syujеt chizig’i, qurilishi va tasviriy

vositalarini tushuntirish o’quvchilarning Shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog’lanishli
nutqning usishini ta’minlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

338

3.O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi

va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.

4.Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof mo`xit haqidagi

bilimlarni kеngaytirish vositasi hisoblanadi.

Asarni tahlil qilishda uning missiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. O’quvchi matnni

o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda
o’quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estеtik didni tarbiyalasin.

Boshlang’ich sinflar «O’qish kitobi» da turli janrdagi badiiy va ilmiyommabop maqolalar

bеrilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida
inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borlikni, vokеlikni obrazlar
vositasida tasvirlash, ob’еktiv mazmun va sub’еtiv bahoni aniq matеrialda bеrish haqidagi qoidalar
mеtodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni
muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o`qituvchining diqqat markazida turadi.

O’quvchilar voqеlikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini asta tushuna

boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar tasvirlanadi. Asardagi
voqealarga tarixiy yondashilgandagina asarga haqqoniy baxo bеrish mumkin. Uchinchidan,
yozuvchining hayoti va qarashlari bilan o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish
maqsadga muvofik. To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g’oyaviy
yo`nalishini tushunishga o’rgatish muhimdir. Psixolog olimlarning ko’rsatishicha, badiiy asarni
idrok etish uchun uni tushunishning o’zigina еtarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon
bo’lib, asarga, unda tasvirlangan voqеlikka qandaydir munosabatning yuzaga kеlishini o’z ichiga
oladi. Kichik yoshdagi o’quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo`ladi.

1.Adabiy qahramonga emotsional munosabat,
2.Elеmеntar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi Shaxslarga baho bеrishda o’quvchilar o’z Shaxsiy tushunchalaridan

foydalanadilar. Qaxramonning boshqa fazilatlarini bog’lash uchun ularda so`z boyligi, tajriba
еtishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko`rsatish va
o’quvchilar nutqiga kiritishdir. Yana shu narsaga e’tibor bеrish maksadga muvofik:

1.O’quvchilar asar kahramoniga munosabatlarini ifodalashda u xarakat qilgan sharoitni

hisobga olmaydilar.

2.Qahramonning nima uchun shunday qilishi kеrakligini tushunolmaydklar.
uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borilishi zarur.
Adabiy ta’lim oldida turgan vazifalardan biri badiiy asarni guruh bilan tahlil qilishni talab

etadi. Maktab o’quvchilarida kitobga muhabbat o’qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan
keyingina shakllanadi. O’quvchi badiiy asardan lazzat tuysa, o’zining zavqini keltirgan tasviriy
unsurlarni payqay bilsa, chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini
egallagan bo`lsagina kitobxonga aylanadi. Chunki biror asarni o’qish jarayonida, uni tahlil qilish
mobaynida tuyilgan lazzat o`quvchini boshqa asarlarni o’qishga, ulardan zavqlanishga undaydi.

Amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo’naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik

va didaktik tahlilga bo’linadi. Filologik (ilmiy) tahlil badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning
adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil jarayonidagi har
bir fikr mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’ladi. Filologik tahlil


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

339

adabiy asarning badiiy mantiqi va estetik o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin
bo‘lib, kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan
xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil
jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan
asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy
adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi
kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis
nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi. Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning
badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan jihatlari qaysilar, badiiy joziba, so‘z sehri, san’atning sirli
tomoni nimada ekanligini ko‘rsata bilishdir. Muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o‘quvchi
tomoni idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham adib istaganiday bo‘lavermay ba’zan o‘quvchi
adib mutlaqo ko‘zda tutmagan, xayolga keltirmagan, muallifning qarashlariga zid, ammo hayot
haqiqati oldida to‘g‘ri bo‘lgan badiiy xulosaga kelishi mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning
o‘zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba’zan ijodkorning oddiy intim izhori dilidan
chuqur ijtimoiy ma’no topishga olib keladi. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantiqi
hamda estetik jozibasini aiglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga shu tariqa ta’rif
berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olninadi, deyish mumkin.

Didaktik (o’quv) tahlili – ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo’lib qolmay,

balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik har
qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Dars jarayonida to’g’ri amalga oshirilgan didaktik
tahlil o’quvchining badiiy madaniyatini yuksaltiradi, estetik hodisalarni ko’rish, undan mantiqiy-
hissiy ta’sirlanish va ular ta’sirida umumlashma xulosalarga kelish qobiliyatini shakllantiradi.

Chunki badiiy asar tahlil qilinayotganda tarbiyalanuvchining tafakkuri va hissiyoti faol

ishlashga majbur bo’ladi. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maktabda o‘rganilishi
ko‘zda tutilgan asarlarni ilmiy va estetik jihatdan to‘g‘ri tahlil etish hal qiluvchi o‘rin tutar ekan,
o‘quv tahlili va unga xos bo‘lgan xususiyatlarni tadqiq etish adabiy ta’lim amaliyotida muhim
ahamiyatga molik ekanligi tabiiydir. Har qanday didaktik tahlil ilmiy tahlil darajasiga ko‘tarilishga
intiladi va filologik tahlil darajasiga yetganda o‘quv tahlilidan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq
erishilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan jiddiy
farq ham qiladi. O‘quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo‘lib qolmay, balki
pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik har qanday
didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Agar filologik tahlil yolg‘iz olimning aqliy faoliyati natijasi
bo‘lsa, o‘quv tahlili odamlar bilan bevosita muloqot mobaynida amalga oshiriladigan jarayondir.

O‘quv tahlilini amalga oshirishdan maqsad badiiy asarni to‘g‘ri qabul etish orqali

o‘quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirish bo‘lsa, filologik tahlildan maqsad asarning hayotiy
va badiiy mantiqi hamda estetik o‘ziga xosligini imkon qadar to‘liq ochib berishdan iboratdir.

Didaktik tahlilning vazifasi badiiy asarning jozibasini, sirini, o‘ziga xosligini, ta’sir

ko‘rsata olish sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta’sirchan qalb, hassos tuyg‘ular, sog‘lom
estetik did, ravon va ifodali nutq shakllantirish bo‘lsa, ilmiy tahlilning vazifasi tekshirilayotgan
asarning jamiyat ijtimoiy tafakkuriga ta’siri va milliy badiiyat xazinasida tutgan o‘rnini
aniqlashdan iboratdir. Didaktik tahlil ilmiy tahlildan farq qilib, mantiqiy sillogizm (xulosa,
qonuniyat) larning o‘zigagina tayana olmaydi. Negaki o‘quv tahlilida hamisha ma’lum yoshdagi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

340

muayyan sinfdagi, o‘ziga yarasha hayotiy tajribaga va o‘z yoshi hamda taraqqiyoti darajasiga mos
bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ilmiy o‘quv tahlili vaqt jihatidan
ham cheklangan bo‘ladi va tahlil doimo bir dars mobaynida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
estetik-mantiqiy harakatlardan iborat bo‘ladi. Shu ma’noda o‘quv tahlili maktab umumpedagogik
jarayonining uzviy bir bo‘lagi hisoblanadi.

Filologik tahlilda tadqiqotchi vaqt jihatdan o‘zini cheklamagan holda ish ko‘radi.
Tahlillovchi uchun badiiy asarning butun sirini to‘liq namoyon etishdan bo‘lak maqsad

yo‘q. Badiiy asarning cheklanmagan, adog‘i yo‘q go‘zalligi bilan ish ko‘rayotgan adabiyot
o‘qituvchisi esa o‘quvchilar aqliy va hissiy imkoniyatlarining cheklanganligi, muayyan asarni
o‘rganishga ajratilgan vaqtning chegaralanganligi bilan hamisha hisoblashishga majbur bo‘ladi.

Didaktik tahlil har bir adabiyot o’qituvchisi uchun doim ikki bosqichli jarayon hisoblanadi.
Birinchi bosqichda o’qituvchi darsga tayyogarlanish jarayonida ertaga sinfda o’qitiladigan

asarni tahlil etadi, bu o’qituvchining yakka tartibidagi tahlili. Ikkinchi bosqichda o’qituvchi bilan
sinfdagi o’quvchilar hamkorligida darsda muayyan asar tahlil etiladi. Buni jamoa yordamidagi
tahlil deymiz.

Didaktik tahlil jarayonida o`quvchilarning ishtirok etishiga ko`ra tahlilni alohida, guruhli,

yoppasiga tahlil turlariga ajratish mumkin. O`quvchilar tomonidan berilgan har qanday javob
qabul qilinishi kerak. Fikrni aytgan o`quvchi uni asoslaydi, sababini tushuntiradi. Asosiysi,
o`quvchilar mavzuga kirishib ketadilar. Ajratilgan vaqt tugagach, o`quvchilar birma – bir
timsollarni tanishtirib o`tadilar. O`qituvchi fikrlarni xulosalaydi qaysi guruh qanday bajarganligi
izohlaydi. O`qituvchi guruhlarga savol tashlaydi. Har guruhdan o`quvchilar personajlar
xususiyatlarini sanaydilar. O`quvchilarni faolligini susaytirmaslik uchun o`qituvchi ularning
fikrini noto`g`ri deb aytmasligi lozim. Aksincha, asar bo`yicha savollar berib javoblarni asoslab
oladi. Fikrlarni o`qituvchi xulosalaydi, keyingi bosqichga o`tiladi. Bu bosqichda o`quvchilar asar
qahramonlarining ijobiy, salbiy va o`xshash tomonlarini topadilar. O`quvchilar timsollarining
o`xshash va farqli jihatlarini aytgach, fikrlar xulosalanadi. O`quvchilardan kutilmagan qiziqarli
javoblar chiqishi mumkin. Muhimi, ular mustaqil fikrlaydilar.

Yakuniy qismda o`qituvchi darsdan olgan xulosalarini aytib, asarni tahlilini pedagogik-

psixologik va ma’naviy-estetik jihatdan maqbulini asoslab berishi lozim. Badiiy asarni mazkur
tarzda sinf bilan tahlil qilish, o`quvchi ma’naviyatini shakllantirishga va badiiy adabiyotni
o`qishga qiziqishini oshirishda katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

Oripov K., Obidova M. Ifodali o'qish. T., «O'qituvchi», 1982- yil.

2.

Zunnunov А. ва boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. - Т.: O‘qituvchi, 1992. 160 - bet

References

Oripov K., Obidova M. Ifodali o'qish. T., «O'qituvchi», 1982- yil.

Zunnunov А. ва boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. - Т.: O‘qituvchi, 1992. 160 - bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов