SYNONYM LINE OF THE LEXEMA "IRODA"

HAC
Google Scholar
To share
Ashurova , Z. (2024). SYNONYM LINE OF THE LEXEMA "IRODA". Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29573
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the general and specific meanings of the lexemes of patience, tolerance, fortitude, determination and endurance, which are synonymous with the lexeme "will". Using their denotative and connotative meaning, the characteristics of their use in speech styles were highlighted.


background image


418

“IRODA” LEKSEMASINING SINONIMIK QATORI

Ashurova Zarina Aʼloqul qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti fakultet 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684983

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “iroda” leksemasining sinonimik qatoriga kiruvchi sabr,

toqat, matonat, qatʼiyat va chidam leksemalarining umumiy va xususiy ma’nolari tahlil etilgan.

Ularning donotativ va konnotativ semali keltirib, nutq uslublarda qoʻllanish xususiyatlari

yoritildi.

Kalit soʻzlar:

sinonimiya, sinonimik uya, “iroda” lesemasi, sabr, chidam, toqat, qatʼiyat,

matonat, nutq uslublari.

SYNONYM LINE OF THE LEXEMA "IRODA"

Abstract.

This article analyzes the general and specific meanings of the lexemes of

patience, tolerance, fortitude, determination and endurance, which are synonymous with the

lexeme "will". Using their denotative and connotative meaning, the characteristics of their use in

speech styles were highlighted.

Key words:

synonymy, synonym nest, "will" leseme, patience, endurance, tolerance,

perseverance, tenacity, speech styles.

СИНОНИМНАЯ ЛИНИЯ ЛЕКСЕМЫ «ИРОДА»

Аннотация.

В статье анализируются общие и частные значения лексем терпения,

толерантности, силы духа, решительности и выносливости, которые являются

синонимами лексемы «воля». Используя их денотативное и коннотативное значение,

выделены особенности их употребления в стилях речи.

Ключевые слова:

синонимия, гнездо синонимов, лесема «воля», терпение,

выносливость, толерантность, настойчивость, упорство, стили речи.

Bugungi kun oʻzbek tilshunosligida leksemalardagi sinonimiya, antonimiya va polisemiya

kabi hodisalar bir qator tilshunos olimlar tomonidan turlicha taʼriflangan. Leksemalar bir-biri bilan

maʼlum bir oʻxshashlik asosida sinonimlikni yuzaga keltiradi. Sinonimlik munosabati leksik

maʼnosiga asoslanib yuzaga keladi. Tilshunos olima Sh.Orifjonova sinonimlik hodisasi haqidagi

maʼlumotlarni “Lugʻaviy sinonimiya va leksik graduonimiya munosabati xususida” kitobida

quyidagicha taʼriflagan: “bir xil maʼnoli soʻzlar”, “bir-biriga yaqin maʼnoli soʻzlar”, “yaqin yoki


background image


419

bir maʼnoli soʻzlar”, “uslubiy boʻyoqlari qoʻllanilish sathlari bilan farqlanuvchi soʻzlar”

1

nomlari

bilan yuritgan. Demak, sinonimlik hodisasi leksemalarda yuzaga kelishi uchun bir-biriga semantik

jihatdan yaqin boʻlishi lozim. Zero, har qanday leksemalar sinonimlikni hosil qila olmaydi. Uning

yuzaga kelishi uchun bu leksemalari oʻrtasida mantiqiy bogʻliqlik yuzaga kelishi talab etiladi.

Sinonimiya faqatgina tilshunoslik fani bilan emas, balki jamiyatda uchraydigan bir qator

sohalarda ham faol qoʻllaniluvchi jarayondir. Negaki har bir sohada qoʻllanilgan leksemalarning

maʼnoviy jihatdan oʻxshashligi boʻlgan variantlari mavjud. Misol sifatida, “iroda” leksemasining

falsafa, tibbiyot, din, huquq va maʼnaviyat sohalarida qoʻllaniluvchi maʼnodosh variantlarini

keltiraylik. Falsafada “iroda” lesemasi

valyuntarizm

atamasi bilan sinonimlikni yuzaga keltiradi,

huquq sohasida esa

votum,

siyosiy iroda

va

libertarizm

kabi koʻrinishlarida, tibbiyot sohasida

gipersublimasiya

kabi leksemalar koʻrinishida uchraydi.

Leksemalari oʻrtasida bir-biriga mazmun jihatidan oʻxshashlik mavjud boʻlgan soʻzlar bir

semantik uyani tashkil etadi. Tilda har qanday leksemalar ham bir semantik uya tarkibiga kira

olmaydi. Masalan, “iroda” leksemasini birma’noviy guruhning yadrosi deb qaraydigan boʻlsak,

uning tarkibiy qismlari sifatida:

1) sabr;

2) toqat;

3) chidam;

4) bardosh;

5) matonat;

6) qatʼiyat;

7) jasorat kabi leksemalarni kiritishimiz mumkin. Ushbu leksemalarning har biri maʼlum semantik

oʻxshashliklar asosida “iroda” leksemasini sinonimik uyasi tarkibiga kiradi.

“Iroda” leksemasini semantik jihatdan tahlil qiladigan boʻlsak, iroda leksemasi “maqsadni

amalga oshirish uchun kishida bo‘lgan ishonch” maʼnosiga ega. 1)oʻz-oʻzini tuta olish;

2)chidamlilik; 3) intizom; 4) jasorat kabi semalar ostida birlashadi. Ushbu sema maʼno

xususiyatiga koʻra denotativ sema boʻlib, “iroda” sememasi tarkibidagi yuqorida ajratilgan

semalar mazkur maʼno haqida yetarlicha maʼlumot beradi. Maʼlumki, semema tarkibida denotativ

sema ham, konnotativ sema ham boʻlishi mumkin. Ammo bizga berilgan “iroda” leksemasida

voqelikka boʻlgan subyektiv munosabat deyarli kuzatilmaydi.

1

Orifjonova Sh. "Lugʻaviy sinonimiya va graduonimiya munosabati xususida" -Toshkent, 2007-yil. 109-bet.


background image


420

Stilistika boʻlimida “iroda” leksemasi faol qoʻllaniladi. Kishilar har qanday sharoitda va

faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va

fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-biridan maʼlum darajada farq qiladi. Umumxalq tili

doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqda xilma-xil koʻrinishlarning paydo

boʻlishiga olib keladi. Tilda mavjud boʻlgan har bir soʻz maʼlum bir uslubda, maʼlum bir maqsad

yuzasidan qoʻllaniladi.

Soʻzlashuv uslubi ikki guruhga ajraladi: 1) adabiy soʻzlashuv uslubi; 2) oddiy soʻzlashuv

uslubi.

“Iroda” leksemasi adabiy soʻzlashuv uslubiga xosdir, negaki ushbu soʻzda oddiy

soʻzlashuv uslubiga xos boʻlgan piching, hazil-mutoyiba, askiya kabi maʼnolar mavjud emas.

Rasmiy uslub organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va natarial ishlar va boshqa

sohalarni oʻz ichiga qamrab olib, rasmiy hujjatlar, qaror va farmoyishlar ariza, shikoyat,

bayonnoma kabilar bu uslubning ahamiyatli vositalaridandir. Shu sababdan ham bu uslubda

“iroda” umumiy maʼnoli atov birliklar qoʻllanilmaydi.

Ilmiy uslubda bu leksema keng qoʻllanilib, asosan falsafa va psixologiyada faol atama

hisoblanadi. Masalan, iroda – mustaqil psixik jarayon hisoblanib, boshqa psixik hodisalarning

jarayoni sifatida ham keng qoʻllaniladigan, shaxs xatti-harakatlarini boshqarish shaklidir.

Publitsistik uslubda ommaviy axborot vositalarida, gazeta va jurnallarda olib boriladigan

intervyular, maqolalar bu uslubning xarakterli xususiyati sanaladi. Bu uslubda ham “iroda”

leksemasi maʼlum bir maqsadga qaratilgan holda ishlatiladi.

Badiiy uslub inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga

taalluqliligi, barchaga barobarligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda qoʻllanilgan leksemalar estetik

taʼsirni kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan

foydalanish, shuningdek yangidan yangi ifoda vositalari yaratish imkonini beradi. Badiiy uslubida

qoʻllanilgan “iroda” leksemasi muallif tomonidan qahramonning yuksak insoniy fazilatga ega

ekanligini aks ettiradi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, “iroda” leksemasining sinonimik uya tarkibiga kiruvchi

soʻzlar shaxs maʼnaviyatini shakllantirishga, nutq jarayonida soʻzlovchi nutqining soʻz

takrorlaridan holi boʻlishiga olib keladi.


background image


421

REFERENCES

1.

A. Hojiyev “Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati”- Toshkent, 1974-yil. 6-bet

2.

Orifjonova Sh. “Lugʻaviy sinonimiya va graduonimiya munosabati xususida” -Toshkent,

2007-yil. 109-bet.

3.

B. Polvonova “Oʻzbek tilida sinonimlar talqini”. – Toshkent, 2021-yil. 7-bet

4.

Yuldashev F. A. HUMANITY AND TOLERANCE-A VITAL FACTOR IN THE

INDEPENDENT LIFE OF THE NATION AND THE YOUNG GENERATION

//Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology.

– 2020. – Т. 2. – №. 3. – С. 278-284.

5.

Yuldoshev I. et al. Modeling the operation of a 10 kW grid-tied photovoltaic power plant

and its features //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2552. – №. 1.

6.

Yuldashev

F.,

Yuldasheva

M.,

Djalolova

M.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL

DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan)

//International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

7.

Yuldashev

F.,

Yuldasheva

M.,

Djalolova

M.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL

DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan)

//International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

8.

Yuldashev F. USE OF SOFTWARE TOOLS IN DIAGNOSIS OF PRIMARY SCHOOL

LEARNING //SCIENCE AND EDUCATION: PROBLEMS AND INNOVATIONS. –

2020. – С. 204-206.

9.

Yuldashev F. DIAGNOSIS OF KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

//ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ ПЕДАГОГИКИ. – 2020. – С. 111-113.

10.

Юлдашев, Ф. (2022). “MA’NAVIYAT” VA “MAFKURA” LEKSEMALARINING

INTEGRAL VA DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI.

Перспективы узбекской

прикладной филологии

,

1

(1).

11.

Шарипова З. Б. и Худаярович Ф. Ю. (2021). Актуальность образования в области

кибербезопасности в классе.

ACADEMICIA: международный междисциплинарный

исследовательский журнал

,

11

(5), 637-645.

12.

Zhabbor M., Matluba S., Farrukh Y. STAGES OF DESIGNING A TWO-CASCADE

AMPLIFIER CIRCUIT IN THE “MULTISIM” PROGRAMM //Universum: технические

науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 43-47.


background image


422

13.

Расулджон о'Гли Х. С., Фаррукс Д. СОСТОЯНИЕ ТЕПЛОПРОВОДНОСТИ СТЕН

ЖИЛЫХ ЗДАНИЙ // МЕЖДУНАРОДНЫЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ "НАУКА И

ИННОВАЦИИ", ТОМ 1, ВЫПУСК 7 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337. – 2022.

References

A. Hojiyev “Oʻzbek tili sinonimlarining izohli lugʻati”- Toshkent, 1974-yil. 6-bet

Orifjonova Sh. “Lugʻaviy sinonimiya va graduonimiya munosabati xususida” -Toshkent, 2007-yil. 109-bet.

B. Polvonova “Oʻzbek tilida sinonimlar talqini”. – Toshkent, 2021-yil. 7-bet

Yuldashev F. A. HUMANITY AND TOLERANCE-A VITAL FACTOR IN THE INDEPENDENT LIFE OF THE NATION AND THE YOUNG GENERATION //Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology. – 2020. – Т. 2. – №. 3. – С. 278-284.

Yuldoshev I. et al. Modeling the operation of a 10 kW grid-tied photovoltaic power plant and its features //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2552. – №. 1.

Yuldashev F., Yuldasheva M., Djalolova M. SOCIO-PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan) //International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

Yuldashev F., Yuldasheva M., Djalolova M. SOCIO-PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan) //International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

Yuldashev F. USE OF SOFTWARE TOOLS IN DIAGNOSIS OF PRIMARY SCHOOL LEARNING //SCIENCE AND EDUCATION: PROBLEMS AND INNOVATIONS. – 2020. – С. 204-206.

Yuldashev F. DIAGNOSIS OF KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ ПЕДАГОГИКИ. – 2020. – С. 111-113.

Юлдашев, Ф. (2022). “MA’NAVIYAT” VA “MAFKURA” LEKSEMALARINING INTEGRAL VA DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI. Перспективы узбекской прикладной филологии, 1(1).

Шарипова З. Б. и Худаярович Ф. Ю. (2021). Актуальность образования в области кибербезопасности в классе. ACADEMICIA: международный междисциплинарный исследовательский журнал, 11(5), 637-645.

Zhabbor M., Matluba S., Farrukh Y. STAGES OF DESIGNING A TWO-CASCADE AMPLIFIER CIRCUIT IN THE “MULTISIM” PROGRAMM //Universum: технические науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 43-47.

Расулджон о'Гли Х. С., Фаррукс Д. СОСТОЯНИЕ ТЕПЛОПРОВОДНОСТИ СТЕН ЖИЛЫХ ЗДАНИЙ // МЕЖДУНАРОДНЫЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ "НАУКА И ИННОВАЦИИ", ТОМ 1, ВЫПУСК 7 UIF-2022: 8.2| ISSN: 2181-3337. – 2022.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов