477
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA KOMPETENTSIYAVIY YONDASHUV
ASOSIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI BOSHQARISH
Xurramov Saxatmurot Maxammadievich
ORIENTAL Universiteti magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10701914
Annotatsiya.
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida kompetensiyaga asoslangan
yondashuv asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish haqida so’z boradi. Ayniqsa, uzluksiz
ta’lim tizimida maktab boshqaruviga alohida e’tibor qaratilgan. Umumta’lim maktablarining
boshqaruvi ularning xususiyatlari hamda rivojlantirish mumkin bo’lgan sohalarini
mukammallashtirib strategiyalash kunning dolzarb masalasi ekanligini muhokama qilingan.
Uzluksiz ta’limning pedagogik asoslarini, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatli, pedagogik
asoslarining amaliyotdagi talqini, unga ta’sir etuvchi jihatlariga oid ma’lumotlar tahlili bayon
etilgan.
Kalit so’zlar:
kompetensiya, boshqaruv strategiyasi, maqsad, ta’lim-tarbiya jarayonlari,
Strategik menejment, ta’lim maqsadlari, ko’nikma, uzluksiz ta’limni rivojlantirish, pedagogik-
psixologik yo‘nalishlar.
MANAGEMENT OF EDUCATIONAL PROCESSES IN GENERAL SECONDARY
SCHOOLS BASED ON THE COMPETENCE-BASED APPROACH
Abstract.
This article talks about managing the educational process in a secondary school
based on a competency-based approach. Particular attention is paid to school management in the
system of continuous education. It was discussed that the management of secondary schools is an
urgent problem of our time, requiring the development of a strategy by improving their
characteristics and areas that can be developed. The analysis of data on the pedagogical
foundations of lifelong education, the practical interpretation of the socio-economic, pedagogical
foundations and aspects influencing it are described.
Key words:
competence, management strategy, goal, educational processes, Strategic
management, educational goals, skills, development of lifelong education, pedagogical and
psychological directions.
УПРАВЛЕНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ ПРОЦЕССАМИ В ОБЩИХ СРЕДНИХ
ШКОЛАХ НА ОСНОВЕ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА
Аннотация.
В данной статье говорится об управлении образовательным
процессом в общеобразовательной школе на основе компетентностного подхода. Особое
внимание уделено управлению школой в системе непрерывного образования. Обсуждалось,
478
что управление общеобразовательными школами является актуальной проблемой
современности, требующей разработки стратегии путем совершенствования их
характеристик и направлений, которые можно развивать. Описан анализ данных о
педагогических основах непрерывного образования, практическая интерпретация
социально-экономических, педагогических основ и влияющих на нее аспектов.
Ключевые слова:
компетентность, стратегия управления, цель, образовательные
процессы, Стратегический менеджмент, образовательные цели, навыки, развитие
непрерывного образования, педагогико-психологические направления.
Ilmiy izlanishlardagi muammolar haqida va uni echish uchun kelib chiqayotgan
masalalarning asosiy qismiga o’tishdan avval, bugungi kunda amalda qo’llanilayotgan
kompetentsiyaviy yondashuvlar mazmunida ta’lim oluvchilarni zamonaviy dunyoqarashga olib
keladigan ta’lim jarayonini shakllantirish, ularni intiltirish hamda ishontirish uchun
kompetentsiyaviy yondashuvlarning sifati mazmunan qanday, degan savolga javob berishi zarur.
Javob berish uchun kompetentsiyaviy yondashuvlarni tahlil etish va tegishli xuloslarga kelish
zaruriyati paydo bo’ladi.
Shu o’rinda, Abdulla Avloniyning “Shijoatning haqiqati qalbning matonatidan, ruhning
salomatidan iborat. Hozirgi zamonda botirlik - boylikka, qaysi davlat va millatning davlati bo’lsa,
shul ustun bo’lmakdadur. Chunki hukumat uchun xalq, xalq uchun hunar, hunar uchun ilm, ilm
uchun aqcha lozimdur” deya, shaxs shakllanishi muarakkabligini o’sha davrda ilg’ab aytgandir.
Ma’lumki, bozor iqtisodi sharoitida shakllantiriladigan ta’lim jarayoni va uni tashkil etish
qobiliyatli va mukammal amaliy malakaga ega mutaxassis qo’liga o’tsagina ta’lim ilmiy asosli
taraqqiy etish bosqichiga ko’tarilishi bor gap va bu yo’lda ba’zi jiddiy ishlarni bajarish zarur
bo’lmoqda.
Mazkur holatlarni mukammal o’rganish zaruriyati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o’tishi uzluksiz ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan
islohotlarning keng ko’lamligi bilan bevosita bog’liq. Shu nuqtai nazardan qaralganda
quyidagilarga e’tibor qaratish zaruriyati mavjud deb hisoblaymiz.
1. Uzluksiz ta’lim jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvning pedagogik asoslarining
umumiy o’rganilganlik holatini tadqiq qilish.
2. Uzluksiz ta’lim jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etishning yo’nalishlari
hamda zahiralarini aniqlash.
479
3. Uzluksiz ta’lim jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvning pedagogik asoslari
talablarini ijtimoiy-iqtisodiy manfaatli tarkib toptirishining ilmiy tahlili.
4. Uzluksiz ta’lim jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvning pedagogik asoslarining
amaliyotdagi talqini, unga ta’sir etuvchi jihatlariga oid ma’lumotlar tahlilini qilish.
Mazkur holatlarga uzluksiz ta’lim jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvning pedagogik
asoslarini hal etuvchi vositasi sifatida qaralsa pedagog kadrlar kasbiy faoliyatini baholash
talablarini yagona qoidalarga olib kelishi mumkin bo’ladi. Uzluksiz ta’lim jarayonida
kompetentsiyaviy yondashuvning pedagogik asoslari mavjud ta’lim-tarbiya usullariga yangi
talablar nuqtai nazar bilan qarashlarning muhim o’rnidan chiqib munosabat bildirish joizligi
bugungi kun talabi ekanligini asoslash muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvning pedagogik
asoslarining hayotimizga kirib kelishini hisobga olgan holda o’quv adabiyotlari mazmuni va
sifatini takomillashtirishning vosita hamda yo’llarini ko’rsatib o’tish lozim bo’ladi. Shu nuqtai
nazardan uzluksiz ta’lim jarayonida kompetentsiyaviy yondashuvlarning tadqiqoti natijasida
pedagogika fanining nazariy metodologik asoslari va ilmiy izlanishlardagi jiddiy o’zgarish
istiqboldagi ijodiy va mas’uliyatli munosabatlarni shakllantiradigan amaliy asosdagi ta’lim, ya’ni
darslar va uning tashkil etilishiga bevosita bog‘liq jarayon hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Исаев И.Ф
. Профессионально-педагогическая культура преподавателя: Учебное
пособие для вузов
/ И. Ф. Исаев. – М: Академия, 2002.
2.
Очилов М., Очилова Н
. Педагог одоби. Педагог, Т
.: 1997
3.
Alex Moore.
Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture.
– Routledge, USA,
2012.
4.
Маҳмудов Н.
Тил тилсими тадқиқи.
–Тошкент, 2013. – Б. 60.
5.
http://bimm.uz - Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi.
6.
http://ziyonet.uz
- Ta’lim portali ZiyoNET.
http://natlib.uz
- Alisher Navoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi.
7.
Мусурмонова, Ш. И. (2021). IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS-INTEGRATIVE
CONTENT OF EDUCATION. Интернаука, (24-3), 84-85.
8.
Tovbaevna, M. N., & Hayrinso, O. (2022). Pedagogical fundamentals of developing the
creative professional activity of future primary school teachers.