IMPROVING THE EFFICIENCY OF AGRICULTURAL IRRIGATED LAND USE

HAC
Google Scholar
f
63-68
0
0
To share
G‘ofirov, A. (2024). IMPROVING THE EFFICIENCY OF AGRICULTURAL IRRIGATED LAND USE. Modern Science and Research, 3(2), 63–68. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29782
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes the state of agricultural lands of the Republic of Uzbekistan and studies the reasons for their reduction. It analyzed the issues of targeted and effective use of agricultural irrigated land and the program of implemented measures to improve their reclamation state, presented relevant proposals for their further effective use.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘ORILADIGAN YERLARIDAN FOYDALANISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Azim Jumayevich G‘ofirov

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, q.x.f.f.d. (PhD).

gofirov71@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10774947

Annotasiya.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi yerlarning holati tahlil

qilinib ularning qisqarib borish sabablari o‘rganilgan. Unda qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan
yerlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish masalalari va ularning meliorativ holatini
yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturlari tahlil qilinib, ulardan
yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

qishloq xo‘jaligi, yer, yer resurslari, qishloq xo‘jaligi yerlari, sug‘oriladigan

yerlar, yerlarning meliorativ holati, yerlardan maqsadli va samarali foydalanish.

IMPROVING THE EFFICIENCY OF AGRICULTURAL IRRIGATED LAND

USE

Abstract.

The article analyzes the state of agricultural lands of the Republic of Uzbekistan

and studies the reasons for their reduction. It analyzed the issues of targeted and effective use of
agricultural irrigated land and the program of implemented measures to improve their
reclamation state, presented relevant proposals for their further effective use.

Key words:

agriculture, land, land resources, agricultural land, reclamation

state of irrigated land, targeted and efficient use of land.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ОРОШАЕМЫХ ЗЕМЕЛЬ

Аннотация.

В статье проанализировано состояние сельскохозяйственных земель

Республики Узбекистан и изучены причины их сокращения. На нем проанализированы
вопросы целевого и эффективного использования сельскохозяйственных орошаемых земель
и программы реализуемых мер по улучшению их мелиоративного состояния, представлены
соответствующие предложения по их дальнейшему эффективному использованию.

Ключевые

слова:

сельское

хозяйство,

земля,

земельные

ресурсы,

сельскохозяйственные угодья, мелиоративное состояние орошаемых земель, целевое и
эффективное использование земель.


KIRISH.

Har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi yer bilan, birinchi navbatda undan foydalanish

bilan bog‘liq. Negaki inson xayoti-faoliyatining asosiy vositasi hamda mamlakat boyligining
boshlang‘ich manbai bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi. Shunday ekan,
mavjud yer maydonlaridan, ayniqsa sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish
bo‘yicha zaruriy ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda joriy etish muhim ahamiyatga ega.

Aholi sonining yildan – yilga o‘sib borishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishini,

aholini ish bilan ta'minlashni to‘xtovsiz oshirib borishni talab qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ekn
maydonlarini kamaytirishni hamda ular hosildorligini oshirib borishni taqozo qilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

64

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2023 yil 1 yanvar holatiga respublikamizni umumiy yer

maydoni 44896,4 ming ga ni, shundan haydalma yerlar 4028,5 ming gani, ko‘p yillik daraxtzorlar
438,5 ming gani, yaylov va pichanzorlar 21215,4 ming gani tashkil etadi. Bu maydonlar bugungi
kunda turli huquqlar asosida foydalanish maqsadlarida fermer xo‘jaliklariga, dehqon
xo‘jaliklariga, korxona, muassasa va tashkilotlarga berilgan

1

.

1980 yilda aholi jon boshiga o‘rtacha 0,22 gektar sug‘oriladigan yer maydoni to‘g‘ri kelgan

bo‘lsa, 1990 yilga 0,20 gektar, 2000 yilda esa 0,17 ga, 2010 yilda esa 0,15 ga, 2018 yilda esa 0,1
ga, 2023 yilga kelib 0,09 gekarni tashkil etdi. Demak yildan yilga jon boshiga ekin maydonlari
qisqarib bormoqda. Shu sababli, ekinlar hosildorligini oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishning eng dolzarb va asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda [2,3].

TADQIQOTNING OB’EKTI VA USULLARI.

Tadqiqot ob’ekti sifatida Respublika bo‘yicha qishloq xo‘jalik yer turlari maydonlari

xizmat qilgan. Tadqiqotning usullari sifatida. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil,
iqtisodiy-matematik, qiyosiy tahlil, monografik va boshqa usullaridan foydalanilgan, olingan
ma’lumotlar B.A.Dospexov qo‘llanmasi bo‘yicha (1985 y.) va Microsoft Excel dasturida
matematik - statistik tahlil qilingan [1].

TADQIQOT NATIJALARI.

Ma’lumki, jamiyat qishloq xo‘jaligi asosan sug‘oriladigan dehqonchiikka asoslangan, 95-

96 foiz qishloq xo‘jalik mahsulotlari aynan sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham
sug‘oriladigan yerlarni mahsuldorligini oshirish, ular maydonlarini kamaytirmasdan aksincha
mumkin qadar kengaytirish, sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini tiklash va oshirish, sug‘orish
suvidan samarali foydalanishni yaxshilash, doimo mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Ammo o‘tkazilgan tahlil natijalari ko‘rsatadiki, qator
ob'ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra sug‘oriladigan yer maydonlarining ma'lum miqdori qishloq
xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketmoqda. Bu holat asosan noqishloq xo‘jalik ob’ektlarini
joylashtirish, aholi yashash joylarini kengaytirish, tabiiy hamda inson ta’siri jarayonlari ta'sirida
yerni suv va shamol eroziyasiga uchrashi, qayta sho‘rlanishi, botqoqlashishi natijasida ro‘y
bermoqda.

Respublikamizda 2,7 mln ga dan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlari suv eroziyasiga, 20,4 mlan

ga dan ortig‘i shamol eroziyasiga 2 mlan ga dan ortiq yerlar esa bira to‘la suv va shamol
eroziyasiga uchragan. Sug‘oriladigan maydonlarning 11,3 foizi suv va 54,7 foizi shamol eroziya-
siga uchragan, 53,0 foizdan ortiq maydonda sho‘rlanish kuzatilmoqda [13].

Bularning natijasida 2023 yilga kelib 1990 yilga nisbatan sug‘oriladigan haydalma yerlar

maydoni 4,85 foizga, qishloq xo‘jalik yerlari 2,47 foizga kamaygan bo‘lsa, ko‘p yillik daraxtzorlar
maydoni 11,37 foizga, bo‘z yerlar 99,23 foizga, pichanzor va yaylovlar maydoni 12 foizga
ko‘paygan [2,3] (1–jadval).

1 – jadval

Respublika bo‘yicha qishloq xo‘jalik yer turlari maydonlarining o‘zgarish

2

1

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlar palatasi.

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisoboti. T., 2023.
2 O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Milliy
hisobotlari 2005-2020 yy, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

65

№ Yer turlarining

nomi

Maydoni, ming ga

2023

yilni

1990
yilga

nisbatan

farqi

1990

2004

2008

2012

2016

2020

2023

1

Haydalma
yerlar
Shu jumladan
sug‘oriladigan

4176,5

3407,3

4042,7

3297,7

4068,6

3310,7

4064,7

3307,3

4040,8

3284,5

4033,5

3259,9

4028,5

3242,1

-3,54

-4,85

2

Ko‘p

yillik

daraxtzorlar
Shu jumladan
sug‘oriladigan

366,8

354,5

337,0

323,5

342,3

329,0

356,7

341,5

380,8

362,4

403,8

380,5

438,5

394,8

+19,54

+11,37

3

Bo‘z yerlar
Shu jumladan
sug‘oriladigan

62,1

25,9

84,5

48,3

82,5

48,3

80,4

47,0

80,0

46,9

83,7

48,7

86,6

51,6

+39,45

+99,23

4

Pichanzor

va

yaylovlar
Shu jumladan
sug‘oriladigan

23475


37,5

21217,1


43,9

20872,2


43,1

20720,4


43,0

21128,4


43,0

21118,0


42,9

21215,4


42,0

-9,63


+12

5

Qishloq
xo‘jalik yerlari
jami
Shu jumladan
sug‘oriladigan

28080,4


3825,0

25681,3


3713,4

25365,6


3731,1

25252,2


3738,8

25630


3736,8

25639


3732

25769


3730,5

-8,23


-2,47


To‘g‘ri bu maydonlarning asosiy qismi fuqorolar tomorqa yerlari maydonlarini

kengaytirish va sanoat tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan. Lekin shu bilan bir vaqtda ushbu
muddat ichida sug‘oriladigan bo‘z yerlar maydoni 25,7 ming ga, 99,2 foizga o‘sgan. Bo‘z yerlar
tarkibiga samarasiz foydalanish natijasida, sug‘orish qoidalarining buzilishi va tuproq meliorativ
holatining yomonlashishi, eroziya ta’siri, kuchli sho‘rlanishi gipslashishi hamda yangi
o‘zlashtirilgan yelar holatining yomonlashishi oqibatida, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi
(oborot) dan chiqib qolgan sug‘oriladigan va lalmi ekin yerlari kiradi. Umuman qishloq xo‘jalik
korxonalari hududida bo‘z yerlar mavjud bo‘lishi va yildan yilga ko‘payib borishi tashvishli
holatdir. Bu sug‘oriladigan haydalma yerlardan foydalanishda agrotexnik, tashkiliy xo‘jalik
jihatlardan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar natijasidir. Bu esa o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishiga katta iqtisodiy zarar keltirmoqda. Jumladan, 1990 yilga nisbatan 2023 yilda

davlat kadastrlar palatasi. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisoboti. T., 2021-2023
yy.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

66

25,7 ming gektarga oshgan bo‘lib bo‘z yerlarning ko‘payishi sug‘oriladigan haydalma yerlarning
kamayishiga olib kelmoqda.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda maydonlarning sho‘rlanishi va qayta sho‘rlanishiga hamda

sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sug‘oriladigan
maydonlarning sho‘rlanishi, eroziyaga uchrashi va boshqa salbiy ta’sirlar natijasida tuproqlar
unumdorligi keskin pasayib bormoqda. 2020 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistondagi
sug‘oriladigan yerlarning 44,7 foizi turli darajada, xususan 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha,
1,9 foizi esa kuchli sho‘rlangani aytilgandi. 2023 yilda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda olib
borilgan tadqiqotlar respublikada sug‘oriladigan yerlarning qariyb 53 foizi turli darajada
sho‘rlangani, 69 foizga yaqin tuproq ustki qatlamida gumus miqdori 0,5-1 foizni tashkil etgani,
600 ming gektar yaylov yerlari degradasiyaga uchraganini ko‘rsatgan

3

. Buni Respublikamiz

bo‘yicha davriy o‘tkazilayotgan yer baholash ishlarining natijalaridan ham ko‘rish mumkin.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, masalan 2008 yilda 3606,878 ming ga yer maydonlari
baholanib 83,693 ming ga yuqori sifatga (81-100 ball) ega bo‘lgan bo‘lsa 2023 yilda 3334,91 ming
ga yer baholanib, uning 62,81 ming ga yuqori sifatga ega bo‘lgan [2,3].

2-жадвал

Tuproq sinflari sifati, bonitet ballari

Haydalma yerlar maydoni, ming ga

yillar

2008

2013

2018

2023

I-81-100 ball-yuqori

83,693

75,038

73,091

62,81

II-61-80 ball-yaxshi

900,094

974,385

991,272

954,9

III-41-60 ball-o‘rtacha

1738,199

1875,243

1947,625

1908,3

IV-21-40 ball-o‘rtachadan past

875,130

736,686

657,056

408,9

V-1-20 ball-yomon

9,762

1,968

0,526

-

Respublika bo‘yicha

3606,878

3663,32

3669,57

3334,91


2-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, haqiqatdan ham o‘tgan 16 davomida 81-100

ballik haydalma yerlar maydoni deyarli 20883 gektarga 24,95 % ga, 21-40 ballik yerlar 53,27 %
ga kamaygan va aksincha 41-60 ballik yerlar maydoni 9,78 % ga oshgan. Bu ma’lumotlar
haqiqatdan ham sug‘oriladigan haydalma yerlar sifatini yomonlashib ketayotganligini bildiradi.

Mamlakatimiz qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanilayotgan asosiy yer

maydonlaridagi tuproqlarning unumdorligini pasayib borayotganligini almashlab ekish tizimining
qo‘llanilmayotganligi, yerlarga ishlov berish sifatining pastligi, sug‘orish, ayrim yerlarda
ekinlardan hosil olishda faqat mineral o‘g‘itlar qo‘llanishi (bu tuproq tarkibidagi makro va mikro
ozuqa elementlarining maqbul nisbatini keskin o‘zgarishiga olib keladi), hamda yer tuzishning
barcha ilmiy yutuqlari bilan to‘liq amalda qo‘llanmasligi sabab bo‘lmoqda. Buning oqibatida
tuproq tarkibidagi gumusni kamayishi, tuproq strukturasining buzilishi, zichlashishi, tuproqda
ekinlarga kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarning ko‘payib borayotganligi, tuproqning zaharli
moddalar bilan ifloslanishi, ikkilamchi sho‘rlanish, eroziyaga uchrashi va boshqa salbiy holatlar
kuzatilmoqda.

3

https://kun.uz/kr/45695026


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

67

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan salbiy holatlar shuni ko‘rsatadiki, ekin maydonlaridan

kutilgan hosilni olish maqsadida bugungi dehqonchilikning mavjud agrotexnikasiga aniqrog‘i,
agrotexnologiyasiga asoslanib olib borish, umuman olganda, yerdan foydalanishning bugungi
holati, fikrimizcha tuproqlar unumdorligini pasayib ketish tendensiyasini keltirib chiqarmoqda.

Vaholangki, dehqonchilik o‘zining asli ta’rifi bo‘yicha yerlardan yildan yilga yuqori sifatli

hosil yetishtirish bilan bir qatorda tuproq unumdorligini oshirib borishga xizmat qilishi kerak.
Shuning uchun ham uzoq yillar davomida olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga
suyangan holda ushbu sug‘oriladigan maydonlar unumdorligin tiklash va oshirish, tuproqlar
sho‘rlanishini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

- barcha turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi sub’ektlar tuproq

ma’lumotlariga, yer kadastri bo‘yicha aniq va to‘liq axborotlarga va xaritalarga ega bo‘lishi
maqsadga muvofiq;

- qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishni to‘g‘ri va aniq belgilash, to‘g‘ri tanlash va ular

faoliyatini qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bilan birga to‘g‘ri
yo‘naltirish zarur;

- hududlarda yer tuzish ishlarini o‘tkazishda atrofdagi xo‘jalik yurituvchilar bilan

muvofiqlashtirib, mukammal ilmiy asosda tuproq unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan holda
ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash lozim;

- yer tuzishni o‘tkazishda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi sub’ektlar

dehqonchilik bilan chorvachilikni maqbul nisbatda bo‘lishini e’tiborga olish va ularni
rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olishlari lozim;

- xo‘jaliklarda yer tuzishda ekinlarni almashlab ekish, ekinlarni joylashtirish sxemalarini

qo‘llash asosida tuproqning kimyoviy tarkibini yaxshilash va unumdorligini oshirib borishga
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, buning uchun esa har gektar yerga har yili yoki bir necha yilda bir
marta ma’lum miqdorda, ya’ni imkoniyatga qarab tuproqni moddalarga boyituvchi ekinlar ekilishi
zarur;

- takroriy ekinlar ekishda tuproqqa ishlov berishni iloji boricha minimallashtirish va kam

chuqurlikda (10-15 sm) olib borish, ishlov berish mexanizmlarini yengillashtirish, ularning bir
marta yurganda bir necha funksiyalarni bajarishini ta'minlash zarur (Linken apparati – Angliya
texnologiyasi) tuproqni ekishga tayyorlaydigan resurstejamkor kombinasiyalashgan mashina
tuproqni zichlanishini oldini oladi, eroziyadan himoya kiladi, namni yo‘qolishini kamaytiradi,
mehnat unumdorligini oshiradi, sarf-xarajatlar va tuproqni ekishga tayyorlash muddatini keskin
kamaytiradi;

- qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarini

qo‘llash (suv tejaladi, ikkilamchi sho‘rlanish, eroziyaga uchrash kamayadi, yerlarning meliorativ
holati yaxshilanadi) kerak;

- taklif etilayotgan tavsiyalarni umumlashtirgan holda agroekotizimlarni tuproq hosil

bo‘lish jarayonlarida yuqori darajadagi unumdorlikka erishishini bir butun texnologik jarayon
darajasiga ko‘tarish zarur [4,5,6,7,8,9,10,11,12].

Shunday qilinganda to‘liq komponentli unumdor tuproqqa ega bo‘lgan yuksak darajada

madaniylashgan agrolandshaftlar hosil bo‘ladi, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi yer egaligida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

68

foydalaniladigan yerlar eng arzon, kompleks, har qanday nav va turdagi ekinlar talabiga muvofiq
keladigan holdagi ozuqa elementlari nisbatiga ega bo‘lgan organik o‘g‘it, go‘ng, kompostlar bilan
kerakli miqdorda o‘z joyida ta’minlanadi, bu o‘g‘itlar ta’sirida esa ekologik toza sifatga ega
bo‘lgan har xil sara qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiriladi, yengil sanoat va qayta ishlovchi
ishlab chiqarish sanoati ham xomashyo bilan ta’minlanadi. Pirovard natijada, yerdan foydalanish
jarayoni to‘liq, sermahsul, undan olinayotgan mahsulot ekologik toza bo‘lishi ta’minlanadi,
qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi.


REFERENCES

1.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.:Агропромиздат, 1985. С.415.

2.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr

agentligining davlat kadastrlar palatasi. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining
holati to‘g‘risida milliy hisoboti. T., 2021-2023.

3.

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri

davlat qo‘mitasi Milliy hisobotlari 2008-2020 yy.

4.

Т.М. Карабаева, А.Ж. Гофиров. Обследование и картографирование земельных

ресурсов с использованием ГИС технологии. Международный научный
сельскохозяйственныйжурнал. №1. 2019 с.47-49.

5.

Gаfirov Azim Jumaevich, Isaev Sabirjan Xusanbayevich. Effects of autumn

6.

wheat feeding on grain yield in light grain soil conditions, L Reclamation - Solid State

Technology, 2020.

7.

Исаев С.Х., Гофиров А.Ж. Влияние подкормки при возделывании озимой

пшеницы на урожайность в разной степени засоленных почвах// “Современные
научные исследования. Актуальные вопросы, достижения и инновации”
мавзусидаги XIII халқаро илмий-амалий конференция мақолалар тўплами, 15
августь, Пенза, 2020 йил, -Б. 93-95

8.

A.J.G‘ofirov, S.X.Isaev //Turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda kuzgi bug‘doyning

oziqa rejimi/ Monografiya //“Impress Media” MChJ bosmaxonasi. Toshkent, 2023. –B.
128. ISBN 978-9943-9469-1-0

9.

Isaev S.X., Gofirov A.J. Sirdaryo viloyati sharoitida kuzgi bug‘doyning Andijon-2 va

Andijon-4 navlaridan yuqori sifatli don hosili olish bo‘yicha tavsiyanoma //“Impress
Media” MChJ bosmaxonasi. Toshkent, 2020. –B. 50.

10.

A.J.Gofirov. Sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish Agro kimyo

himoya va o‘simliklar karantini ihmly amally jurnali. №6. 2018. 10-11 В.

11.

A.J.Gofirov Qashqadaryo viloyatida yerlarni agroekologik baholash tizimini

takomillashtirish (Monografiya) TIMI, 2015/11/27. №3

12.

Повышения

использования

орошаемых

земель

на

основе

оценки

агроэкологического потенциала территории. Журнал Экономика и финансы Том
2. №5. 2011.

13.

А.Ж.Гофиров, С.Х.Исаев. Орошение озимой пшеницы на различных засолённых

почвах. Актуальные проблемы современной науки, №2. 2020.105-109 с.

14.

https://kun.uz/kr/45695026

References

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.:Агропромиздат, 1985. С.415.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlar palatasi. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisoboti. T., 2021-2023.

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Milliy hisobotlari 2008-2020 yy.

Т.М. Карабаева, А.Ж. Гофиров. Обследование и картографирование земельных ресурсов с использованием ГИС технологии. Международный научный сельскохозяйственныйжурнал. №1. 2019 с.47-49.

Gаfirov Azim Jumaevich, Isaev Sabirjan Xusanbayevich. Effects of autumn

wheat feeding on grain yield in light grain soil conditions, L Reclamation - Solid State Technology, 2020.

Исаев С.Х., Гофиров А.Ж. Влияние подкормки при возделывании озимой пшеницы на урожайность в разной степени засоленных почвах// “Современные научные исследования. Актуальные вопросы, достижения и инновации” мавзусидаги XIII халқаро илмий-амалий конференция мақолалар тўплами, 15 августь, Пенза, 2020 йил, -Б. 93-95

A.J.G‘ofirov, S.X.Isaev //Turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda kuzgi bug‘doyning oziqa rejimi/ Monografiya //“Impress Media” MChJ bosmaxonasi. Toshkent, 2023. –B. 128. ISBN 978-9943-9469-1-0

Isaev S.X., Gofirov A.J. Sirdaryo viloyati sharoitida kuzgi bug‘doyning Andijon-2 va Andijon-4 navlaridan yuqori sifatli don hosili olish bo‘yicha tavsiyanoma //“Impress Media” MChJ bosmaxonasi. Toshkent, 2020. –B. 50.

A.J.Gofirov. Sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini ihmly amally jurnali. №6. 2018. 10-11 В.

A.J.Gofirov Qashqadaryo viloyatida yerlarni agroekologik baholash tizimini takomillashtirish (Monografiya) TIMI, 2015/11/27. №3

Повышения использования орошаемых земель на основе оценки агроэкологического потенциала территории. Журнал Экономика и финансы Том 2. №5. 2011.

А.Ж.Гофиров, С.Х.Исаев. Орошение озимой пшеницы на различных засолённых почвах. Актуальные проблемы современной науки, №2. 2020.105-109 с.

https://kun.uz/kr/45695026

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов