MANAGEMENT OF EMOTION DURING THE LESSON PROCESS

HAC
Google Scholar
f
5-8
0
0
To share
Xusainova, D. (2024). MANAGEMENT OF EMOTION DURING THE LESSON PROCESS . Modern Science and Research, 3(2), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30574
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, information is given about the importance of emotions in a good learning process, about not mixing various conflicts, personal problems and personal conflicts into the learning process, as well as about the impact of students' emotional states on the learning process.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

DARS JARAYONIDA EMOTSIYANI BOSHQARISH

Xusainova Dilrabo Ibragimjanovna

Fargona viloyati yuridik tehnikumi yuristlari uchun ingliz tili fani o'qituvchisi

3-darajali yurist

https://doi.org/10.5281/zenodo.10909533

Annotatsiya

Ushbu maqolada dars jarayonining yaxshi bo‘lishida emotsiyaning ahamiyati

haqida, turli xil konfiliktlarni, shaxsiy muammolarni va shaxsiy nizolarni dars jarayoniga
aralashtirmaslik haqida, shuningdek o‘quvchilardagi emotsional holatlarning dars jarayoniga
ta`siri haqida ma`lumotlar keltirib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

emotsional holatlar, o`quvchilarda emotsiya, o`qituvchilaning emotsional

holatlari, emotsiyaning dars jarayoniga ta`siri.

MANAGEMENT OF EMOTION DURING THE LESSON PROCESS

Abstract

In this article, information is given about the importance of emotions in a good

learning process, about not mixing various conflicts, personal problems and personal conflicts
into the learning process, as well as about the impact of students' emotional states on the learning
process.

Key words:

emotional states, students' emotions, teacher's emotional states, impact of

emotions on the teaching process.

УПРАВЛЕНИЕ ЭМОЦИЯМИ В ПРОЦЕССЕ УРОКА

Аннотация.

В данной статье дается информация о важности эмоций в хорошем

процессе обучения, о том, как не смешивать различные конфликты, личные проблемы и
личностные конфликты в процессе обучения, а также о влиянии эмоциональных состояний
учащихся на процесс обучения.

Ключевые слова:

эмоциональные состояния, эмоции учащихся, эмоциональные

состояния учителя, влияние эмоций на учебный процесс.


KIRISH.

Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib

chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz
kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan
kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab
oladi.

Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va

intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq
bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik
hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish,
toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.

Emotsiya (lotincha emovco – hayajonlantiraman, iztiroblayman) – maʼnaviy-ruhiy hodisa,

shaxsning muayyan voqelikka nisbatan oʻz munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning
ehtiyoji va qiziqishi, narsa va hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan turli daraja, mazmun va shakldagi
yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarining majmuasi. Emotsiya atamasi hissiyot tushunchasi bilan
bir maʼnoda ishlatiladi. Lekin “hissiyot” bilan “Emotsiya” tushunchasini aynan bir hisoblash


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

mumkin emas. Belgilari, xususan, yaqqol namoyon boʻladigan hissiyotlarni ichdan kechirishdan
iborat ruhiy jarayon vujudga kelishining aniq shaklinigina emotsiya deb atash toʻgʻri boʻladi.

Biroq vatanparvarlik, javobgarlik, vijdon azobi, masʼuliyat, burch, onaning bolaga

nisbatan mehr-muhabbati hislarini emotsiya deb atash mumkin emas. Shuningdek, ularni keskin
chegaralash ham baʼzi bir kamchiliklarga olib keladi. Emotsiya inson psixikasining oʻziga xos
sohasi boʻlib, shaxs faoliyatining ayrim jihati sifatida harakatdagi va oʻz miyasida tevarak
atrofdagi olamni aks ettirayotgan odam tomonidan turli tarzda ichdan kechiriladi. Emotsiya
borliqda sodir boʻlayotgan hodisa va narsalardan shaxs uchun ahamiyatli jihatlari haqida darak
beruvchi signallar tizimi hisoblanadi.

Uning xuddi shu signal funksiyasi psixologiyada emotsiya ning impressiv tomoni deyiladi

(lotincha – taassurot). Emotsiya va u kechishining turli shakllari faqat signal funksiyasini emas,
balki boshqaruvchilik funksiyasini ham bajaradi. Moslashish davridagi ixtiyorsiz va ongli
harakatlar psixologiyada emotsional holatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (lotincha expressio
– ifodalash). Shaxs emotsional sohasining tarkibiy qismlari: emotsional tus (ton), emotsional
holatlar (aktiv, passiv, astenik, stenik), affekt, stress, kayfiyat.

Emotsional holatlar hissiy kechinmalarning odatdagi va oʻziga xos shaklidan iboratdir.

Inson faoliyatining qaysi bir turi yoki qaysi bir sohasi hislardan qaysi birining ustuvor, yuksak his
ekaniga qarab muayyan turkumlarga ajratiladi:


1) mehnat faoliyatida kechiriladigan hislar, yaʼni praksik hislar (yunoncha praxis – ish,

faoliyat, yumush);

2) intellektual hislar (lotincha intellectus – tushunish, aql);
3) axloqiy hislar (lotincha moralis – axloqiy);
4) estetik hislar (yunoncha aistesis – hissiy idrok).

Inson emotsiyasini va hislarini bir me`yorda tutishi lozim, ba`zi insonlar o`z hissiyotlarini
tutolmaydilar bu esa ularning ish faoliyatiga, kundalik hayotiga, atrof-muhit bilan
munosabatlariga yomon ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Inson umri davomida borliqdagi narsa, kimsa, voqea va hodisalarga o’zining ijobiy yoki

salbiy munosabatini bildiradi bu uning hissiy kechinmalari bo’lib emotsiya orqali namoyon qiladi.
Emotsiyasiz inson mavjud emas, har birimizda emotsiya mavjud. Emotsiya kundalik hayotimizni
va tajribamizni boyitadi. Hissiyotlar ruhiy jarayonlarning eng muhim tomonlaridan birini tashkil
qilib, inson tomonidan borliqni his qilishni xarakterlaydi.

Hissiyotlar 2 xil vazifani bajaradi. Bular signal va boshqaruvdir. Signal bizga tashqi

muhitdan ta’sir ettirilgan stimul vazifasini bajaradi va biz signalni sezgilarimiz orqali qabul
qilamiz. Shu orqali biz ta’sirotlarni farqlaymiz va muvofiq ravishda emotsiyamizni ma’lum
qilamiz. Shuning bilan birga emotsional reaksiya mavjud bo’lib u quyidagicha tafsiflanadi.
Emotsional reaksiyalar yuzaga kelayotgan kechinmalarni, ularni chaqiruvchi tashqi holatlarga
bog’liqligi bilan xarakterlanadi. Bunda reaksiyalar bizning borliqqa qanday ko‘z bilan
qarashimizga bog‘liq.

Inson xulq-atvorini boshqarishda emotsiyaning rolini baholash qiyin. Emotsiyani

o’rgangan barcha olimlar, ularning motivatsiyaga undovchi kuch ekanligini, ularni ehtiyojlar va
ularning qondirilishi bilan bejizga bog’lashmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

Ma’lumki, shaxs kamolga yetib borar ekan unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo

munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir koʻrsatadi.
Shu bois shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa
oʻz oʻzidan shaxsda emotsional holatlarda zoʻriqish, xavotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi
va shaxsning kamolga yetishiga toʻsqinlik qiladi.

Bunday muammolarning oldini olish hamda yoshlardagi turli salbiy ta’sirlarni bartaraf

etish choralarini koʻrish bugungi kunda zamon talabiga aylanib bormoqda. Deyarli barcha psixik
hodisalarda emotsionalholatlarni nazorat qilish jarayonini koʻrishimiz mumkin.

Ayniqsa o`qituvchilar yuqori darajada psixik bilimlarga ega bo`lishlari, har qanday psixik

jarayonlar haqida ma`lumotga ega bo`lishlari va uni nafaqat o`z hayotlarida balki dars jarayonida
ham qo`llashlari lozimdir.

Emotsiya kuchli psixologik jarayon hisoblanadi. Agar pedagog o`zini nazorat qilolmasa

har qanday vaziyatdan chiqib ketolmasa, zaif va kuchsiz bo`lsa demak uning dars sifati ham juda
past bo`ladi. Emotsiyaning kayfiyatga qanday ta`siri bor deb so`rashingiz mumkin. Albatta juda
katta ta`siri bor. Qanday deysizmi? Keling bir nechta misollar bilan vaziyatga oydinlik kiritaylik.

Aytaylik pedagogning oila a`zolaridan biri hasta, uning bor e`tibor uyida bo`ladi va irodasi

kuchsizligi sababidan dars jarayonida ma`lumotlarni bolalarga yaxshi yetkazolmaydi va hattoki
o`quvchilarga qo`pollik qilishi turli xil dilxiraliklarga sabab bo`lishi mumkin. Faqatgina juda
yuqori irodaga ega bo`lgan pedagokgina hatto eng og`ir vaziyatda ham dars jarayonining
tuzilishiga yo`l qo`ymay darsni davom ettira oladi.

Yoki yana bir misol pedagogning talabalardan biri bilan shaxsiy adovati bor, bu uni dars

jarayonida, baholash jarayonida bu xolis bo`lishi juda muhim. Emotsiyani boshqarish har bir
o`qituvchining vazifasidir. Bu dars jarayonining sifatli bo`lishiga yordam beradi.

Emotsiyalarning organizm faoliyatidagi fiziologik roli benixoya kattadir. Emotsiyalar

organizmni biror faoliyatiga tayyorlashda ishtirok etadi. Xayvonlarda emotsiyalarning funksiyasi
faqat baxolovchi – bir butun funksiya bo‘lib, xarakat qilishga undovchi faoliyat bilan bevosita
bog‘liqdir. Oliy xayvonlarda emotsiyalar yuksak darajada tabaqalashuv va murakkablikka
erishishi xamda ularga tashqi va ichki muxitning organizmga xar qanday ta'sirini baxolash va
adekvat reaksiya uyg‘otishni ta'minlaydi.

U yoki bu xis-tuyg‘uning uzoq davom etishi va ifodalaninish darajasiga qarab quyidagi

emotsiyalar: kayfiyat, extiros, affekt mavjud bo‘ladi. Kayfiyat - uzoq davom etadigan emotsional
xolat bo‘lib, u ko‘proq intensivlikka erishmaydi va yetarli darajadagi uzoq davr mobaynida muxim
tebranishlarga ega bo‘lmaydi. Ijobiy yoki salbiy kayfiyatning davom etishi bir necha soatdan bir
necha kungacha va xatto xaftagacha davom etadi.

Kayfiyat faoliyatining tegishli darajasini ta'minlaydi. Agar emotsional faoliyatda nisbatan

barqaror kayfiyatni ta'minlab turadigan muvoznatlashtiruvchi regulyator bo‘lmaganda edi, u xolda
odam to‘xtovsiz ravishda doimo paydo bo‘lib turadigan emotsiyalar va xis- tuyg`ular og`ushida
bo‘lardi xamda samarali faoliyatga qobil bo‘lmasdi. Bunday xollar kasallik xolatida sodir bo‘ladi.
Xuddi shunday vaziyatlarda dars jarayonini tashkil qilish mumkin emas, chunki ham dars
jarayoniga ham o`quvchilar psixologiyasiga ham ta`sir qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

XULOSA

Xulosa qilib shuni ayta olamanki, bizning hissiyot va emotsiyalarimiz hayotimizning

ko‘rkidir. Chunki bularsiz hayotimiz o‘z mazmun mohiyatini yo‘qotadigandek go‘yo. Har
birimizda takrorlanmas emotsiyalar mavjud va bu emotsiyalar jamoyatning shakllanishida
mustahkamlanishida, do‘stlik, oilaviy munosabatlarni shakllantirishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunda albatta ijobiy emotsiyalarni nazarda tutdim. Salbiy emotsiyala rbizda patalogik
holatlarn ivujudga keltirar ekan, shuning uchun biz ushbu emotsiyalarimizni jilovlashni
o‘rganmog‘imiz lozim.

Dars jarayonida emotsiyani boshqarish dars jarayonini chiroyli o`tishiga, shuningdek

darsni emotsiyali shaklda qiziq o`tish ham mumkin. Demak insonning psixologiyasi har narsaga
ta`sir ko`rsata oladi.

REFERENCES

1.

G‘oziyev.E.G. “Umumiy psixologiya”. Toshkent. 2007. 1-2 kitob

2.

G‘oziyev.E.G. “Muomala psixologiyasi”. T-2001

3.

Karimova.V.M. “Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot”.-T. Universitet, 2002

4.

Maklakov. A. G. “Obshaya psixologiya” M.; “Piter” 2003

5.

http://www.wikipedia.org

6.

http://www.ziyonet.uz

7.

www.natlib.uz

8.

www.fikr.uz

References

G‘oziyev.E.G. “Umumiy psixologiya”. Toshkent. 2007. 1-2 kitob

G‘oziyev.E.G. “Muomala psixologiyasi”. T-2001

Karimova.V.M. “Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot”.-T. Universitet, 2002

Maklakov. A. G. “Obshaya psixologiya” M.; “Piter” 2003

http://www.wikipedia.org

http://www.ziyonet.uz

www.natlib.uz

www.fikr.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов