THE IMPORTANCE OF LEGAL EDUCATION IN DEVELOPING STUDENTS' INDEPENDENT THINKING

HAC
Google Scholar
To share
Xusainova, D. (2023). THE IMPORTANCE OF LEGAL EDUCATION IN DEVELOPING STUDENTS’ INDEPENDENT THINKING. Modern Science and Research, 2(12), 37–42. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26545
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the formation of legal consciousness and legal culture among students is one of the most urgent issues today, legal education is of great importance in the life of the future young generation, and the reforms carried out in this regard in our country also help students to develop independent thinking. the importance of education is explained.


background image


37

O‘QUVCHILARNING MUSTAQILLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA

HUQUQIY TARBIYANING AHAMIYATI

Xusainova Dilrabo Ibragimjanovna

Fargona viloyati yuridik tehnikumi yuristlar uchun ingliz tili fani o'qituvchisi

3-darajali yurist

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10290008

Annotatsiya.

Mazkuz maqolada o‘quvchilarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

shakllantirish bugungi kunda qanchalik dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolayotganligi, huquqiy

tarbiya kelajak yosh avlod hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi va bu borada mamlakatimizda

olib borilayotgan islohotlar shuningdek, o‘quvchilarni mustaqillik tafakkurini rivojlantirishda

huquqiy ta’lim-tarbiyaning ahamiyati haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, konsepsiya, huquqiy davlat, huquqiy

ta’lim va tarbiya, yoshlar.

THE IMPORTANCE OF LEGAL EDUCATION IN DEVELOPING STUDENTS'

INDEPENDENT THINKING

Abstract.

In this article, the formation of legal consciousness and legal culture among

students is one of the most urgent issues today, legal education is of great importance in the life

of the future young generation, and the reforms carried out in this regard in our country also help

students to develop independent thinking. the importance of education is explained.

Key words:

Legal awareness, legal culture, concept, legal state, legal education and

training, youth.

ЗНАЧЕНИЕ ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ

САМОСТОЯТЕЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В данной статье формирование правосознания и правовой культуры у

студентов является одним из наиболее актуальных вопросов сегодня, юридическое

образование имеет большое значение в жизни будущего молодого поколения, а реформы,

проводимые в этом направлении в Наша страна также помогает студентам развивать

независимое мышление. Объясняется важность образования.

Ключевые слова:

Правосознание, правовая культура, концепция, правовое

государство, юридическое воспитание и воспитание, молодежь.

Hozirgi kunda, chinakkam huquqiy demokratik davlat qurish hamda fuqarolik jamiyatini

shakllantirishda, eng ustuvor vazifa sifatida jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni


background image


38

yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash eng muhim siyosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Darhaqiqat, bu borada davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy

ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, PF-

5618-son Farmoni asosida tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish”

Konsepsiyasi mazkur siyosiy faoliyat rivoji uchun amalga oshirilgan samarali islohot bo‘ldi.

Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z

huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda

qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz

munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish

Konsepsiyaning asosiy maqsadidir

1

.

Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga

asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-

toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun

ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga

yo‘naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir. Aholining huquqiy

savodxonligini va huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy

bilimlar tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga

asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usini, qonunlarni bilish va unga

qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish bugungi kunning zaruriy talabi bo‘lib

kelmoqda. Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, avvalo, har

bir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirib borish asosiy va muhim vazifa

hisoblanadi. Huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti - bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir.

Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi har bir shaxsning o‘z vazifasiga munosabati va

zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir.

So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni

shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga

oshirildi.Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga,

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy

savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib

qolinmoqda. Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya

1

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son.


background image


39

borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni

muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila,

mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta’minlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy

immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy

qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks

tarzda yondashilmadi. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda

belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta’sirchan mexanizmi mavjud emasligi

jamiyatda

huquqiy

madaniyatni

yuksaltirish

borasidagi

ishlarning

samarasiz

olib

borilayotganligini ko‘rsatadi. Huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishda shaxsiy

manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga

singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining

jiddiy salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek,

davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli

foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari

kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston huquqiy davlat barpo

etish sari qadam qo‘yilib, bu yo‘lda huquqiy ta‘lim-tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish

masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu mas’uliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim

maskanlarida va har bir shaxs bilan olib borish borasida ko‘p qirrali ishlar qilinmoqda. O‘zbekiston

Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni fikrimizning dalili bo‘ladi. Jamiyat oldida turgan

dolzarb muammolarni hal qilish uchun xalqning huquqiy madaniyatini oshirish lozim, bu esa

huquqiy savodxonlikni, huquqiy ta’lim-tarbiyani oshirishni talab qiladi

2

.

Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy huquqni fozil kishilarning haqiqiy

baxtga erishish vositasi deb tushungan. Huquq, uning fikricha, mamlakatda tinchlikni ta’minlash,

xavfsizlikni ta’min etish, taraqqiyotga shart- sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkon yaratish

vositasidir. Huquq - ehtiroslarni jilovlash vositasidir. Huquq - insonni asrash, avaylash qurolidir.

Forobiy asarlarini diqqat bilan o‘rgansak, uning qarashlari o‘z davridan ancha ilgarilab

ketganligini ko‘ramiz. Shuni aytish kerakki, alloma qadimgi mutafakkirlarning huquqiy sohadagi

asarlariga sharhlar yozish bilan ularni shunchaki takrorlamadi, balki boyitdi. Arastu va Aftolun

huquqiy qarashlariga bag‘ishlangan kitoblari uning huquqiy sohada juda chuqur bilimga egaligi

va fiqh fanlarini har tomonlama tadbiq etganligidan dalolat beradi. Shu sababli allomaning

2

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta‘lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son.


background image


40

huquqiy ta’limoti xalqimizning bebaho huquqiy merosini tiklash, uni avlodlarga yetkazishda katta

ahamiyatga ega.

Mutafakkirning fikricha, qonun adolatli bo‘lishi kerak va uning nomidan u (qonun) haqida

gapirilsa ham mo‘tabar ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Qonunni mensimaydigan va shu

bilan birga qo‘l ostidagilarni ham shunga undaydiganlar o‘z xatti-harakatlari ila katta tartibsizliklar

keltirib chiqaradi

3

, deydi Forobiy. Ulug‘ alloma qonunni joriy etuvchi odamlar orasida do‘stlik

tuyg‘ulari mavjudligini kuzatgan holda, qonunning kamchilik va nuqsonlardan holi bo‘lishini

ta`minlash uchun olimlar joriy etilgan qonunlarni chuqur ishonch, bilim bilan tushuntirib berishi,

sharhlashi zarurligini aytadi. Chunki agarda davlat o‘z qonunchiligida haqiqiy muhabbat, yuksak

aqlga asoslanmasa, uning qismati haloqat va parokandalik bo‘ladi. Bu qoida davlatga ham, alohida

odamga ham barobar taalluqli ekanligini alloma alohida qayd qiladi. Huquqiy ta’lim-tarbiyali

bo‘lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy

madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi

paytgacha huquqiy ta’lim-tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz

tomonidan to‘laligicha yoritilmagan.

Huquqiy ta’limning keng va tor ma’noda ko‘rish mumkin. Keng ma’noda butun

jamoaning, ko‘pchilikning ongiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan ta’lim, tor ma’noda esa alohida

shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo‘llari tushuniladi. Huquqiy ta’lim natijasida keng omma yoki

shaxs o‘z xatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka

harakat qilsa o‘zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga

erishilgan bo‘lib hisoblanadi.

Demak, huquqiy ta’lim bu - tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni

ko‘zlagan va shaxsga “guruh shaxslariga” ta’sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim,

qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Ma’lumki, qonunga rioya

qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy ta‘lim-tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga

nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi,

qonunlarga rioya etish yo‘llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim. Tartib buzuvchilar

orasida o‘z xatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham o‘ylamaslik

va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko‘p uchraydi. Shunday tushuncha hosil

bo`lmasligi uchun huquqiy ta‘lim-tarbiya jarayonida har bir jamoada o‘rnatilgan tartibni buzish,

qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib

3

Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”.Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 1993.


background image


41

chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur. Huquqiy ta’lim-tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi

yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham

huquqiy ta’lim - tarbiya bilan chambarchas bog‘liq holda olib olib borilayapti. Shaxs va jamiyat

o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish prinsiplariga mos bo‘lishi shaxs

faoliyatini yo‘naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog‘liq. Hayotiy pozitsiya esa ta’lim- tarbiya

jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat

o‘z nazoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. Shaxsni yashashga

o‘rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo‘lib kelgan. Ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy

vazifasi shaxsni biror – bir foydali ishga, faoliyatga o‘rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror

hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o‘rgatish.

Huquqiy ta’lim-tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi:

- davlat belgilangan qonun qoidalarini o‘qitish;

- ularni jamiyat a’zolari o‘rtasida tashviqot qilish;

- o‘quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o‘rgatish.

Huquqiy ta’lim-tarbiyani jamoa o‘rtasida yoki individual shaklda amalga oshirish mumkin.

Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi davlat

organlari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi, savol-javob kechalari tashkil etilishi yoki

huquqshunos uyushmalari tuzilishi ijobiy natija beradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim

berishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish

uyg‘otish, tarbiyalanuvchining ruhiy holatini o‘rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan

tarzda suhbat olib borish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish uni o‘rganish har

bir fuqarolarining majburiyati sanaladi. Shu bilan bir qatorda buni farzandlarimizda o‘rgatish

har birimizning muqaddas burchimizdir. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

yuksaltirib

borish

qonun

ustuvorligini ta’minlash

va

qonuniylikni mustahkamlanishida

o‘z hissamizni qo‘shishimiz darkor. Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib

borishni aniq ko‘rsatkichlar asosida o‘rganishimiz lozim. Aholining huquqiy xabardorligini

oshirish maqsadida “Huquqiy axborot” radio loyihalarini kuzatib borishimiz yurtimizdagi

huquqiy jarayonlardan xabardor bo‘lishimiz bizning fuqarolik burchimizdir.

REFRENCES

1.

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;


background image


42

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta‘lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-

son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son,

12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong

va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, PF-

5618-son

Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y.,

06/23/107/0441-son.

4.

Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”.Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq

merosi nashriyoti 1993.

Internet saytlari

5.

www.lex.uz

6.

www.norma.uz

7.

www.huquqiyportal.uz

References

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta‘lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi, PF-5618-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son.

Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”.Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 1993.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов