THEORETICAL BASIS OF ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Madraimova, G. . (2024). THEORETICAL BASIS OF ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(2), 348–351. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30775
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the organization of management activities in preschool educational organizations was studied to conduct education on the basis of innovative ideas. Methods of solving problems arising in the educational process in preschool educational organizations on the basis of innovative technologies were considered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI

TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

Madraimova Gulnora Kamoldinovna

Toshkent xalqaro Nordik Univarsiteti 2-MMT gurux talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10966809

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv faoliyatini

tashkil etishda ta’lim-tarbiyani innovatsion g’oyalar asosida olib borish o‘rganildi. Maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarni innovatsion
texnologiyalar asosida hal etish usullari ko’rib chiqildi.

Kalit so’zlar: Innovatsiya, pedagogika, kadrlar, interfaol, samaradorlik, innovatsion

texnologiya, innovatsion faoliyat.

THEORETICAL BASIS OF ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY IN

PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract. In this article, the organization of management activities in preschool

educational organizations was studied to conduct education on the basis of innovative ideas.

Methods of solving problems arising in the educational process in preschool educational

organizations on the basis of innovative technologies were considered.

Keywords: Innovation, pedagogy, personnel, interactive, efficiency, innovative technology,

innovative activities

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ИННОВАЦИОННОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация. В данной статье исследована организация управленческой

деятельности в дошкольных образовательных организациях на основе инновационных
идей. Рассмотрены методы решения проблем, возникающих в процессе обучения в
дошкольных образовательных организациях на основе инновационных технологий.

Ключевые слова: Инновации, педагогика, персонал, интерактив, эффективность,

инновационные технологии, инновационная деятельность.


Kirish

Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion pedagogik va axborot

texnologiyalaridan foydalanib, ta’limning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor
hamda talab kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilganda
pedagoglar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda
shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratish
masalalarini hal etishga harakat qiladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatli

tomoni, shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligidir.

Maktabgacha ta’limda yangi pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanish tarbiyani

ta’limga bog‘lash, har ikkisini tuzilishi va mazmuni jihatdan yaxlitlashtirishga, tarbiyalanuvchi
faoliyatini mujassamlashtirishga, mustaqil fikrlashga yo‘llash uchun qulay sharoit yaratadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yosh avlodni mustaqil

fikrlaydigan, ma’nan yetuk, barkamol shaxslarga aylantiradi. Shuning uchun ham ta’lim
muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar,
innovatsion texnologiyalarning ahamiyati va o‘rni beqiyosdir.

Muhokama

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda inovatsiyaga to’xtaladigan bo’lsak,

Innovatsiya (inglizcha innovatsion – yangilik kiritish) bu - tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirish
demakdir. Innovatsiyalar dolzarb ahamiyatli bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha
yondashuvlardir.

Pedagogika sohasiga innovatsiya tushunchasi XX asrning 80-yillarida kirib kelgan bo’lib,

ta’lim-tarbiya jarayonini va uning natijalarini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangiliklar tizimini
anglatadi. Pedagogik innovatsiyalar tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim
mazmunining rivoji uchun istiqbolli xizmat qiladi. Ta’lim tizimining rivojiga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Innovatsion texnologiyalarni ta’lim - tarbiya jarayonida to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘p jihatdan

pedagognimg mahorati va ijodkorligiga bog‘liqdir.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablariga muvofiq intellektual rivojlangan, ma’nan

yetuk, mahoratli va qobiliyatli, zamon talabi darajasidagi mutaxassis kadrlarni yetishtirish ta’limga
yangiliklar kiritishning davomiyligini kafolatlaydi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda pedagog faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar

kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi.

Boshqacha qilib aytganda, ta’lim va tarbiya berishning interfaol uslublarini bilish va

kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim va tarbiya
oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ularning biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish
va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarbiyalanuvchilarning mustaqil va erkin faoliyatiga
zamin yaratiladi.

Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi mashg‘ulotlarni innovatsion

texnologiyalar, interfaol usullar yordamida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ya’niki,
mashg‘ulotlar orqali samarali natijalarga erishish ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
orqali yuzaga keladi.

Pedagogik texnologiya ta’limga tizimli yondashuv asosida tadbiq etiladi hamda

tarbiyalanuvchining yoshi, ruhiyati, dunyoqarashi, bilimi, faollik darajasi, ta’lim-tarbiyaning
maqsadi, yo‘nalishi, mazmuni, shakllari, usullari e’tiborga olinadi. Pedagogning bu jarayon
tashkilotchisi, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va mahorati, texnik vositalardan
foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatish, bolani faollashtirishga xizmat
qiluvchi usullarni qo‘llab, kafolatlangan samaralarga erishish qobiliyati tashkil etadi.

Tahlil va natijalar

Innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida faoliyat yuritishdir. U uzoq vaqt

davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida innovatsion
jarayonni tashkil etish va boshqarishda asosiy shaxs bu tashkilot rahbari hisoblanadi. Tashkilot
rahbarining vazifasi innovatsion jarayonni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
hamda pedagoglar o‘rtasidagi raqobatbardoshlikni ta’minlashdan iborat. Shuningdek, tashkilot


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

350

rahbari xodimlar faoliyatini tahlil qilishi, samaradorlik darajasini aniqlashi, innovatsiyani doimiy
rivojlantirishi talab etiladi. Biz bilamizki, innovatsion jarayonlarni boshqarish o‘ziga xos
muammodir. Bu jarayonda rahbarning tashabbuskorlik faoliyati, boshqaruvchilik qobiliyati
alohida o‘rin egallaydi.

Takliflar:

ta’lim tizimidagi innovatsion jarayonlarning boshqaruvi 4 bosqichda amalga

oshirish mumkin:

- Rejalashtirish
-Tashkil etish
- Rahbarlik
- Nazorat qilish kabi jarayonlardir.
Bu izchillik rahbar tomonidan to‘laqonli amalga oshirilsa, ta’lim jarayonidagi innovatsion

faoliyatdagi mavjud to‘siqlar muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin.

Rejalashtirish

- faoliyat ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ta’lim strategiyalarini aniqlash,

kelgusida qanday natijalarga erishish ko‘zda tutilayotganligi, ta’lim samaradorligi, buning uchun
qanday harakatlar, qanday izchillikda va qaysi muddatda bajarilishi kerakligi, ya’ni nima, qayerda
va qaysi tartibda amalga oshirilishi lozimligini belgilab beradi. Faoliyatni rejalashtirish kelgusida
amalga oshiriladigan ishning maqsadi, tarkibi, tuzilmasi va bajarish muddatlarini belgilash
demakdir.

Ishni tashkil etish

- pedagogik jamoaning birgalikda samarali ishlashlari uchun kim va

qanday ishni bajarishi, majburiyatlari, huquqlari, javobgarligini, kim bilan va qay tarzda o‘zaro
munosabatda bo‘lish lozimligini belgilash, taqsimlashni hal etish jarayonidir.

Raxbarlik

- boshqaruvni rejalashtirish va tashkil qilishni to‘g‘ri bajarishi tufayli

maktabgacha ta’lim tashkilotidagi jamoani samarali birlashtirish imkoniyatini yaratadi. Pedagogik
jamoadagi qulay ijtimoiy - psixologik muhitni saqlab turish uchun boshqaruv sub’ekti amalga
oshiradigan hatti-harakatlar uyg’unligi rahbarlik qilish deb ataladi.

Nazorat qilish

- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko’nikish jarayonini nazorat qilish

tashkilot rahbari va tajribali pedagoglar zimmasiga yuklangan. Bu borada xodimlarning
innovatsion faoliyatni tashkil etish mahorati kuzatib boriladi.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat tomonidan tasdiqlangan 2018-

yil 7-iyuldagi Maktabgacha ta’lim Vazirligining 4-sonli hay’at yig’ilish qarorida ko’rib chiqilgan
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida ish tashkil etilgan. Dasturga muvofiq kichik va o‘rta
hamda katta, maktabga tayyorlash guruhlarda mashg‘ulot jarayonlarini innovatsion faoliyat
asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.

Bunda boladagi mavjud izlanuvchanlik, iste’dod, yaratuvchanlik, ixtirochilik qobiliyatlari

shakillanib boradi. Kelajakda bu bolalar fizika, astranomiya, informatika, iqtisodiyot va boshqa
fanlarning kasb egalari bo‘lishiga erishiladi. Tabiat bilan tanishtirish ochiq mashg’ulotlarida ham
interfaol o‘yinlar, innovatsion faoliyatni tashkil etgan holda o‘tkazilish yaxshi natija beradi. Bunda
bolalar ochiq tabiat qo‘ynida yangi bilim ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

Bu kabi innovatsion faoliyatni nutq o‘stirish qisqa o‘quv mashg‘ulotlarida, jismoniy

mashqlarni takroriy bajarish jarayonida, musiqiy bilim berish va badiy adabiyot, syujetli o‘yinlar,
atrofimizdagi olam bilan tanishtirish, nutqni rivojlantirish, elementar matematika, aplikatsiyalar
yasash, rasm chizishni o‘rganish vaqtida qo‘llash ijobiy samara beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

351

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni tashkil etish orqali bolaning

individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun
qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Bola bu faoliyat orqali berilayotgan bilimlarni tez o‘zlashtiradi.
Bolaning asosiy faoliyat turi o‘yin bo‘lib, innovatsion faoliyatni o‘yin bilan birga ko‘rsatish va
bajarish uning xotirasida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Xotiraning logik, harakat va emotsional
turi ham yaxshi rivojlanadi. O‘yin orqali bolaga ta’lim berish va rivojlantirish, innovatsion
faoliyatga moslashtirish mumkin. Bunda bolaning ijodiy rivojlanishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kelajakda bolada ikkinchi tilga bolgan qiziqishi ortadi va shu til haqidagi qisqa tasavvurlari paydo
bo‘ladi.

Xulosa

Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodni zamon

talablari darajasida o‘qitish kelajakda barkamol inson, mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida
tarbiyalashdek murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal etish ko‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy
mahorati, bilimdonligi, ijodkorligi, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanib o‘quv - tarbiya jarayonini tashkil etishi va boshqarishiga bog‘liqdir.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat talablari.– Toshkent. 2018

2.

“Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi. – Toshkent 2018-
yil

3.

“Bolajon” tayanch dasturi (Takomillashgan “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat
talablari” asosida ishlab chiqilgan) Toshkent – 2016

4.

Bilimdon (qisqa muddatli guruhlar uchun dastur) – L.G.Evstaf’eva I. V.Grosheva,
S.S.Mirjalolova, M.N.A’zamova –Toshkent 2014y

References

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari.– Toshkent. 2018

“Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi. – Toshkent 2018-yil

“Bolajon” tayanch dasturi (Takomillashgan “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablari” asosida ishlab chiqilgan) Toshkent – 2016

Bilimdon (qisqa muddatli guruhlar uchun dastur) – L.G.Evstaf’eva I. V.Grosheva, S.S.Mirjalolova, M.N.A’zamova –Toshkent 2014y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов