IMPROVING THE PROTECTION OF POPULATIONS AND TERRITORIES AGAINST EARTHQUAKE AND ITS SECONDARY CONSEQUENCES

Abstract

This article provides feedback on improving the protection of the population and territories from the earthquake and its secondary consequences

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Qobilov, B. . (2024). IMPROVING THE PROTECTION OF POPULATIONS AND TERRITORIES AGAINST EARTHQUAKE AND ITS SECONDARY CONSEQUENCES. Modern Science and Research, 3(2), 409–411. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31010
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides feedback on improving the protection of the population and territories from the earthquake and its secondary consequences


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

ZILZILA VA UNING IKKILAMCHI OQIBATLARIDAN AHOLI VA HUDUDLARNI

MUHOFAZA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Qobilov Baxtiyor Abdumannonovich

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hayot faoliyati xavfsizligi markazi oʼqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10971920

Annotatsiya. Mazkur maqolada zilzila va uning ikkilamchi oqibatlaridan aholi va

hududlarni muhofaza qilishni takomillashtirish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: tabiiy, zilzila, yer, nisbiy, seysmik, silkinish, xavfsizlik.

IMPROVING THE PROTECTION OF POPULATIONS AND TERRITORIES AGAINST

EARTHQUAKE AND ITS SECONDARY CONSEQUENCES

Abstract. This article provides feedback on improving the protection of the population and

territories from the earthquake and its secondary consequences.

Key words: natural, earthquake, earth, relative, seismic, shaking, safety.

УЛУЧШЕНИЕ ЗАЩИТЫ НАСЕЛЕНИЯ И ТЕРРИТОРИЙ ОТ ЗЕМЛЕТРЯСЕНИЯ

И ЕГО ВТОРИЧНЫХ ПОСЛЕДСТВИЙ

Аннотация. В данной статье приводятся отзывы по вопросам улучшения защиты

населения и территорий от землетрясения и его вторичных последствий.

Ключевые слова: природное, землетрясение, земля, относительное, сейсмическое,

сотрясение, безопасность.

Tabiiy ofatlar insoniyat boshiga og 'ir kulfatlar soluvchi, ekologik muhitga, xalq хо'jaligiga

beqiyos zarar yetkazuvchi hodisalar hisoblanib, har уili mamlakatimizning turli hududlarida turli
shakllarda sodir Ьо 'lib turadi. Masalan: Farg 'оnа vodiysi viloyatlarida sel kelishi, Xorazm va
Toshkent viloyatlari hududlarida suv toshqini, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida esa
chang-to'zonli shamollar, afg'оn shamollari tahlikali vaziyatlarni vujudga kelishiga sabab
bо'layotgani sir emas. Tabiiy hodisalar ichida eng dahshatlisi, tabiatga, jamiyatga va ekologik
holatga ko'p zarar yetkazuvchi, katta hududlarda yuz berayotgan zilzilalardir.

Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida ko’p marta yer qimirlashlarni

boshidan kechirgan, uning oqibatlarining guvohi bo’lgan. Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishini
kishilarning ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshoatlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer
yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar yer sathida yoriqlarning va buloqlarning paydo bo’lishi yuz
bergan hodisaning kuchini baholashga o’rnatgan. Natijada nisbiy baholash seysmik shkalasi paydo
bo’lgan. Quyida shu nisbiy sesmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz.
Respublikamizda va juda ko’p davlatlarda zilzila kuchi 12 balli shkala asosida baholanib, har bir
ballga ega bo’lgan zilzila o’z tafsilotiga ega. Bundan tashqari baholashda 8 balli Rixter seysmik
shkalasidan ham foydalaniladi.

Bizda asosan 2 turdagi yer qimirlashi kuzatilgan:
-uzoq davrli 1,5-2,5 daqiqa davom etadigan;
-yuqori chastotali tebranishli 1,5-2,5 soniya davom etadigan.
Uzoq davrli yer qimirlashda tebranish sekin – asta kuch yig’adi va u ko’p qavatli binolar

uchun xavfli hisoblanadi. Yuqori chastotali yer qimirlashi energiyasi qisqa davr ichida ajralishi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410

tufayli, oqibatlari ayanchli bo’lishi mumkin, sababi agar sust harakat qilinsa ko’p qurbonlikka olib
kelishi mumkin. Yer qimirlashning asosiy ko’rsatkichlari – qimirlash markazining chuqurligi va
tebranishni qancha muddat davomida takrorlanishidadir. Yuqorida aytilganidek yer yuzasidagi
uning ta’sir kuchi odatda ballarda baholaniladi.

Quyida shu nisbiy seysmik shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz:
1 ball Sezilarsiz –Faqatgina seysmik asboblardagina qayd qilinadi.
2 ball Juda kuchsiz Uy ichida o’tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari

titraydi).

3 ball Kuchsiz, ko’pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam sezishi

mumkin. Osilgan jismlar asta- sekin tebranadi.

4 ball O’rtacha sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar sezadi.
Uy devorlari qirsillaydi. Ro’zg’or anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi.
5 ball Ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam yug’onadi.
Ba’zi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishdagi suyuqlik chayqalib to’kiladi, osilgan uy

jihozlari qattiq tebranadi.

6 ball Kuchli, Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi. Ko’pchilik odamlar hovliga

yugurib chiqadi, uy hayvonlari betoqat bo’ladi. Ba’zi hollarda kitob javonidan kitoblar,
javonlardagi idishlar ag’darilib tushadi.

7 ball Juda kuchli. Ko’pchilik odamlarni qo’rquv bosadi, ko’chaga yugurib chiqadi,

avtomobil haydovchilari tomonidan harakat vaqtida ham seziladi, uy devorlarida katta-katta
yoriqlar paydo bo’ladi, havzalardagi suvlar chayqaladi va loyqalanadi.

8 ball Yemiruvchi. pishmagan g’ishtdan qurilgan imoratlarda butunlay vayron bo’ladi,

ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo bo’ladi, uy tepasidagi mo’rilar yiqiladi,
ba’zi daraxtlar butun tanasi bilan yiqilib tushadi, sinadi, tog’lik joylarda qulash, surilish hodisalari
yuz beradi.

9 ball Vayron qiluvchi. Yer qimirlashga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va

inshoatlar ham qattiq shikastlanadi, poydevorlardan siljib, qiyshayib qolishi mumkin, oddiy
imoratlar butunlay vayron bo’ladi, yer yuzasida yoriqlar paydo bo’ladi, yer osti suvlari sizib
chiqishi mumkin.

10 ball Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar katta shikast ko`radi. Temir yo’l relslari

to’lqinsimon shaklga kirib, bir tomonga qarab egilib qoladi.

Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning noxush oqibatiga уо'l

qo'ymaslik yoki uni maksimal darajada pasaytirish bo'yicha qo'llanniladigan choralar majmuaviy
tadbirlardir. Aholini himoyalashning samaraldorligiga mavjud barcha vosita va usullar to'la ishla
tilganda va хаvfsizlikni ta 'minlash tamoyillari to'laligicha anglab yetilgan taqdirdagina erishish
mumkin.

Xavfsizlikni ta'minlash tamoyillari qo'llanishiga ko'ra uch guruhga bo'linadi:
1. Oldindan tayyorgarlik ko'rmoq (shaxsiy va jamoaviy), himoya vositalarini to'plash,

ularni tayyor holda saqlash hamda aholini xavf1i hududdan evakuatsiya qilish bo'yicha tadbirlarni
tayyorlash уа amalga oshirish.

2. Differensiyallashgan yo'nalish tadbirlari hajmi xarakteri xavfli va zaharli omillar

manbaining turi mahalliy sharoitlarga bog'liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

411

3. Tadbirlar majmuasi oqibatlaridan himoyalanish usullari va vositalaridan samarali

foydalanish, zamonaviy texno-ijtimoiy muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha
tadbirlar bilan birga olib borishni taqozo etadi.

Ko'rilayotgan muammoni ushbu sharoitda hal qilishda Favqulotda Vaziyatlarda

odamlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha xavfning oldini olish va paydo bo'lish ehtimolini
kamaytirish, hamda uning oqibatlari hajmini kamaytirish masalalarini qamrab oladigan keng
qamrovli yondoshuy kerak.

Ushbu metodologik asosda o'zimizning уа xorijiy amaliyot tajribasini hisobga olgan holda,

samaradorlikni tobora ortib borishini asoslaydigan tadbirlar majmuasini oldindan tayyorlash,
boshqacha qilib aytganda, zamonaviy texno-ijtimoiy muhitda odamlarning xavfsizligini
ta'minlashning ko'p tabaqali tizimini joriy qilish kerak.

REFERENCES

1.

G'.Yormatov, O.R.Yo'ldashev, A.L.Hamrayeva "Hayot faoliyat xavfsizligi"

2.

I.Nigmatov, M.Tojiyev "Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi" Toshkent 2011

3.

A.Qudratov, T.G'aniyev, O'.Yo'ldashev, G'.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev
"Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2005

4.

O.Qudratov, T.G'aniyev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2004

References

G'.Yormatov, O.R.Yo'ldashev, A.L.Hamrayeva "Hayot faoliyat xavfsizligi"

I.Nigmatov, M.Tojiyev "Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi" Toshkent 2011

A.Qudratov, T.G'aniyev, O'.Yo'ldashev, G'.Y.Yormatov, N.Habibullayev, A.D.Hudayev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2005

O.Qudratov, T.G'aniyev "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" Toshkent 2004