METHODS OF TRAINING THE POPULATION TO ACT CORRECTLY IN EMERGENCY SITUATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Karimov, X. (2024). METHODS OF TRAINING THE POPULATION TO ACT CORRECTLY IN EMERGENCY SITUATIONS. Modern Science and Research, 3(2), 415–418. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31012
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the relevance of preparing the population to act in natural and man-made emergency situations in the current conditions, where the number and scale of natural and man-made emergency situations are increasing.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

415

FAVQULODDA VAZIYATLARGA AHOLINI TO'G'RI HARAKAT QILISHGA

O'RGATISH USULLARI

Karimov Xamraqul Sattarovich

Jizzax viloyati Hayot faoliyati xavfsizligi o'qitish markazi katta o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10971938

Annotatsiya. Ushbu maqolada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar soni

va ko‘lami ortib borayotgan hozirgi sharoitda aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash masalasining dolzarbligiga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: favqulodda vaziyatlar, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar,

aholini tayyorlash, favqulodda vaziyatlar vazirligi, fuqaro muhofazasi.

METHODS OF TRAINING THE POPULATION TO ACT CORRECTLY IN

EMERGENCY SITUATIONS

Abstract. This article focuses on the relevance of preparing the population to act in natural

and man-made emergency situations in the current conditions, where the number and scale of
natural and man-made emergency situations are increasing.

Key words: emergencies, natural and man-made emergencies, population training,

Ministry of Emergency Situations, civil protection.

МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ НАСЕЛЕНИЯ ПРАВИЛЬНЫМ ДЕЙСТВИЯМ В

ЧРЕЗВЫЧАЙНЫХ СИТУАЦИЯХ

Аннотация. В данной статье акцентируется внимание на актуальности

подготовки населения к действиям в чрезвычайных ситуациях природного и техногенного
характера в современных условиях, когда количество и масштабы чрезвычайных ситуаций
природного и техногенного характера возрастают.

Ключевые слова: чрезвычайные ситуации, чрезвычайные ситуации природного и

техногенного характера, обучение населения, МЧС, гражданская защита.

Ma’lumki, jamiyat taraqqiy etgani sari sanoat ob’ektlarining soni va qazilma

boyliklarning o‘zlashtirish miqdori ortib boradi. Bu tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlar soni ham ortib boraverishiga sababchi bo‘ladi. Bunday sharoitda aholini
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan aholining

barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi
sohasida tayyorlash tartibi belgilab berilgan. Bunda aholini tayyorlashda asosiy vazifalar
qilib quyidagilar belgilangan:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa

tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va
ko‘nikmalarini hosil qilish;

qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi

tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;

aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band

bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

416

maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talabalarini
favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish.

Ushbu vazifalarni bajarish, ya’ni aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va

fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tadbirlariga metodik rahbarlik qilish, ularni
muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun mas’ul organ qilib O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilangan bo‘lib, vazirlik tomonidan quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:

• favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini tayyorlash sohasida:
• tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, tadbirlarni muvofiqlashtiradi va

nazorat qiladi;

• tashkiliy ko‘rsatmalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;
• o‘quv mashqlari, mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
• zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiladi va keng

foydalanilishini tashkil etadi;

• tizimidagi aholini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalarning tinglovchilar bilan

jamlash rejalarini tegishli davr uchun shakllantiradi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘iga kiritadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholini tayyorlashning eng samarali usuli va

oliy shakli deb o‘quv mashqlari e’tirof etilib keng miqyosda har xil toifadagi ob’ektlar,
tashkilotlar va fuqarolarni jalb etgan holda o‘tkaziladigan o‘quv mashqlari tan olingan.

Shu sababli joylarda

kompleks

o‘quv

mashqlari,

qo‘mondonlik-shtab

o‘quv

mashqlari, maxsus-taktik o‘quv mashqlari, ob’ekt o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish belgilab
qo‘yilgan. O‘tkazilib kelinayotgan bunday o‘quv mashqlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi
tomonidan metodik yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashning ahamiyati katta

ekanligi hisobga olinib Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari
bilan kelishgan holda hayotiy faoliyat xavfsizligi va fuqaro muhofazasi yo‘nalishlaridagi
o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirilib borilmoqda.

Bundan tashqari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro

muhofazasi institutida har 3 yilda bir marta respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlar
rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda
ularning o‘rinbosarlarining malakalari oshirilib, qayta tayyorlanmoqda.

Joylarda tashkil etilgan ”Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazlarida 3 yilda bir

marta tumanlar va shaharlar miqyosidagi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul mutaxassislari,
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining malakasi oshirilib, qayta
tayyorlanmoqda. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish sifatini oshirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan kadrlar
tayyorlash ishlariga katta e’tibor berilib kelinmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

417

axborot uzatish vakolatiga ham ega bo‘lib, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan
keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga
tayyorlash tizimini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

Aholini

tayyorlash

ishlarini

yanada

takomillashtirish

maqsadida

Favqulodda

vaziyatlar vazirligi tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga Favqulodda
vaziyatlar boshqarmalari Hayotiy faoliyat xavfsizligi o‘quv markazlarida zamonaviy
ko‘rgazmali materiallar, interaktiv o‘qitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda
harakat qilishga tayyorlash majmualarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ish bilan band bo‘lmagan aholi toifasini tayyorlashning eng maqbul yo‘li mahallalar

vositasida aholini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish ekanligidan kelib chiqib Favqulodda vaziyatlar
vazirligi vositachiligida mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan aholini tayyorgarlikdan o‘tkazish
uchun zarur bo‘lgan moddiy bazani yaratish (xona ajratish, uni ko‘rgazmali o‘quv-
uslubiy materiallar, plakatlar, broshyuralar, eslatmalar, tashkiliy texnika hamda boshqalar
bilan jihozlash) aholi bilan turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha
amaliy mashq va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Aholini ko’chirish-ehtimoli bo’lgan yoki yuz bergan tabiiy, texnogen xususiyatli

favqulodda vaziyat hududidan aholini transportda, piyoda olib chiqish va avvaldan tayyorlab
qo’yilgan xavfsiz, ya’ni, favqulodda vaziyat ta’siri bo’lmagan joylarga vaqtincha joylashtirish
tadbirlari majmuidir.

Aholini turli xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha ob’yektlat,

tashkilot va muassasalar rahbarlarini eng asosiy vazifalaridan bo’lib, ushbu “Aholi va hududlarni
muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida bayon etilib belgilangan tartibda
evakuatsiyaga oid tadbirlarni o’tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan bazalar
tayyorlab qo’yish lozimligi qayd etilgan. Shu sababli hozirgi vaqtda ham favqulodda vaziyatning
ko’lamiga qarab muhofaza qilishni eng maqbul usullaridan biri, imkon darajasida aholini xavfli
joylardan olib chiqib ketish, ya’ni evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish xisoblanadi.

Lekin ushbu tadbirlarni o’tkazish ancha murakkab bo’lib, unda barcha davlat organlarini

tayyorgarligini oshirish, fuqarolarni qanday harakat qilishga o’rgatish masalalariga alohida e’tibor
qaratish muhim ahamiayt kasb etadi. Chunki, ofat yuz bergan joyga maxsus xizmatlarni yetib
kelguncha bir muncha vaqt kerak bo’ladi. Tezlik bilan harakat qilinmasa, favqulodda vaziyatlar
ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Mahalliy ko‘chirishlar - o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida

tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi.

Bunda ko‘chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o‘nlab ming kishigacha etishi mumkin

bo‘lib, ular, odatda, favqulodda vaziyat zonasi bilan yondosh havfsiz joylarga joylashtiriladi.

Mintaqaviy ko‘chirishlar - shikastlovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik

shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa
hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy ko‘chirishda favqulodda vaziyat
zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi doimiy yashab turgan joylaridan anchagina
uzoqqa ko‘chirilishi mumkin.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

418

REFERENCES

1.

Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). «Безопасность
жизнедеятельности» современная актуальность изучения науки. Ta’lim fidoyilari,
4(1).

2.

Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). Рассмотрение мер по
обеспечению личной безопасности и здоровья в сфере безопасности
жизнедеятельности. Ta’lim fidoyilari, 4(1).

3.

Ergashevich, U. M. N. M. B. (2023). PROBLEMS OF PREVENTING
ACCIDENTS ON RAILWAYS AND ENSURING THE SAFETY OF CITIZENS.
Journal of Modern Educational Achievements, 5(5).

4.

Abdazimov, S. K., & Medeshev, B. E. (2023). LABOR PROTECTION
RULES AND INSTRUCTIONS WHEN USING COMPUTER AND ORG
TECHNIQUES IN PRODUCTION ENTERPRISES, ORGANIZATIONS AND
INSTITUTIONS ARE WE DOING IT RIGHT?. International Bulletin of Applied
Science and Technology, 3(3).

5.

Erxonboyev, N., & Medeshov, B. (2023). O ‘TA XAVFLI YUQUMLI
KASALLIKLAR ANIQLANGANDA, HARAKATLANISH QOIDALARI. Наука и
технология в современном мире, 2(10).

References

Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). «Безопасность жизнедеятельности» современная актуальность изучения науки. Ta’lim fidoyilari, 4(1).

Амиров, М. У., & Эрхонбоев, Н. А. Ў. (2023). Рассмотрение мер по обеспечению личной безопасности и здоровья в сфере безопасности жизнедеятельности. Ta’lim fidoyilari, 4(1).

Ergashevich, U. M. N. M. B. (2023). PROBLEMS OF PREVENTING ACCIDENTS ON RAILWAYS AND ENSURING THE SAFETY OF CITIZENS. Journal of Modern Educational Achievements, 5(5).

Abdazimov, S. K., & Medeshev, B. E. (2023). LABOR PROTECTION RULES AND INSTRUCTIONS WHEN USING COMPUTER AND ORG TECHNIQUES IN PRODUCTION ENTERPRISES, ORGANIZATIONS AND INSTITUTIONS ARE WE DOING IT RIGHT?. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(3).

Erxonboyev, N., & Medeshov, B. (2023). O ‘TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR ANIQLANGANDA, HARAKATLANISH QOIDALARI. Наука и технология в современном мире, 2(10).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов