IMPROVING THE COOPERATION OF PRESCHOOL AND PRIMARY EDUCATION PEDAGOGUES IN THE PROCESS OF INCLUSIVE EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Rasuleva, D. . (2024). IMPROVING THE COOPERATION OF PRESCHOOL AND PRIMARY EDUCATION PEDAGOGUES IN THE PROCESS OF INCLUSIVE EDUCATION. Modern Science and Research, 3(2), 611–614. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31140
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the new educational system introduced in our country, that is, the improvement of the inclusive education system, and new decisions and decrees have been adopted and assigned tasks in order to develop this educational system, and this educational system is used in preschool educational organizations and in general. it is introduced in educational schools and the importance of integrating the work of pedagogues working in these educational organizations.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM

PEDAGOGLARINING HAMKORLIK ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Rasuleva Dildora Yadgarovna

Xalqaro Nordik Universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10996629

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yurtimizda joriy qilinayotgan yangi ta'lim tizimi ya'ni

inklyuziv ta'lim tizimining takomillashuvi va bu ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror
va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi, va bu ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim
tashkilotlarida hamda umumta’lim maktablarida joriy qilinganligi hamda ushbu ta’lim
tashkilotlarda faoliyat yurutuvchi pedagoglarning o’zaro hamkorlik ishlarinini integratsiya qilish
muhimligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar

: inklyuziv ta'lim, inklyuziya, integratsiya, alohida ta’limga ega bolalar,

individual qobiliyatlar, kuchli va zaif tomonlari, kompetensiya, usullar.

IMPROVING THE COOPERATION OF PRESCHOOL AND PRIMARY

EDUCATION PEDAGOGUES IN THE PROCESS OF INCLUSIVE EDUCATION

Abstract.

In this article, the new educational system introduced in our country, that is, the

improvement of the inclusive education system, and new decisions and decrees have been adopted
and assigned tasks in order to develop this educational system, and this educational system is used
in preschool educational organizations and in general. it is introduced in educational schools and
the importance of integrating the work of pedagogues working in these educational organizations.

Key words:

inclusive education, inclusion, integration, children with special education,

individual abilities, strengths and weaknesses, competence, methods.

УЛУЧШЕНИЕ СОТРУДНИЧЕСТВА ПЕДАГОГОВ ДОШКОЛЬНОГО И

НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ПРОЦЕССЕ ИНКЛЮЗИВНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье введена новая система образования, т.е.

совершенствование системы инклюзивного образования, приняты новые решения и
постановления и поставлены задачи по развитию этой системы образования, а также эта
образовательная система реализуется в дошкольном образовании. организаций и в
общеобразовательных школах и важность интеграции работы педагогов, работающих в
этих образовательных организациях.

Ключевые слова:

инклюзивное образование, инклюзия, интеграция, дети со

специальным образованием, индивидуальные способности, сильные и слабые стороны,
компетентность, методы.


KIRISH

Jahon miqyosida juda ko’plab davlatlarda inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida

amaliy tajribalar olib borilmoqda. Horijiy manbalarni tizimli tahlil qilish asosida inklyuziya
g‘oyasini amalga oshirishda nazariy va amaliy tajriba ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda inklyuziv
ta’limni rivojlantirishning hozirgi holati va tendensiyalari aniqlangan. Germaniya, Buyuk Britaniya,
Daniya, Italiya, Shvetsiya va Amerika Qo'shma Shtatlari va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi
ta'lim tizimini takomillashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Buyuk Britaniya, Daniya, Koreya,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

Yaponiya, Avstraliya kabi bir qator mamlakatlarda maktab turini tanlash qonun tomonidan
belgilanadi, ota-onalar esa ta’lim turini tanlashni yozma ravishda tasdiqlashi, ayrim hollarda asoslab
berishlari lozim, deb topilgan.1979 yilda Germaniyada ta’lim to’g’risidagi majlis qatnashchilari
tomonidan maxsus ehtiyojli bolalarni integrasiya ta’lim tizimida o’qitish konsepsiyasi ishlab
chiqildi. Bu konsepsiyada integrasiyaning xilma xilligi va uning mazmun-mohiyati yoritib
berildi. B.L.Puzanov va Yu.A.Kostenkova yozishlaricha 80 yillarga kelib Germaniya ta’lim
tizimida integrasiyalashning yangicha talqini o’quv materialini o’quvchilar imkoniyatlariga
moslashtirish ishlari amalga oshirila boshladi. Shvetsariya rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar
ta'limning asosiy qismini ommaviy maktabda olishlarini ko'zda tutuvchi dastur mavjud.

O'qituvchilar to'rt kishidan ommaviy maktabning uchta o'qituvchisi va imkoniyati

cheklangan bolalar bilan ishlash bo'yicha maxsus tayyorgarlikka ega bitta o'qituvchidan iborat
guruh faoliyat ko'rsatadi. Maktab ma'muriyati uch oyda bir marotaba ta'lim psixologiyasi
doirasidagi mutaxassislar bilan bir marta uchrashib, zarur tadbirlar va ota-onalar bilan uchrashuvlar
borasida maslahatlashib oladilar. Bunday yondashuv, o'qituvchi mehnatini samaradorligini
oshirish, integratsiya sinflarida ta'lim metodlarini qo'llashda muhim omildir.

Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan

bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari hamda ularning haq-huquqlari qonun hujjatlari bilan
mustahkamlanib va himoya qilinmoqda.

Yangi O’zbekistonda 2023-yil 30-aprel kunida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi

referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 9-bob 50-moddasida ”Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim
ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi” deb belgilb
qo’yildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan

tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasida alohida ta'limga ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari
sifatini yaxshilashning bir qancha chora-tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha vazifalar belgilandi.

Xalq ta’limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 86

ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-internat mavjudligi, ularda 20 610 nafar bola ta’lim
olishi qayd etilgan bo'lib, shuningdek jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan va uzoq
muddatli davolanishga muhtoj 13437 nafar bolalar uyda ta’lim olayotganliklari alohida ko'rsatilib
o'tilgan.

Respublikamizda 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan

bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
prezident qarorining 1-ilovasida 2020 - 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni
rivojlantirish Konsepsiyasining 2-bobi 3 bandida “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni
sog‘lom bolalar qatorida umumta’lim maktablarida o‘qitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning umumta’lim
maktablariga integratsiyalashuvi tajribasi qo‘llanilishi natijasida so‘ngi yillarda 500 nafarga yaqin
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qaytarilganligi va
hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin
o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olinganligi “ko’rsatib o’tilgan

.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

ADABIYOTLAR SHARHI

Uzluksiz ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’yicha

tadqiqotchi olimlar С.H. Германовна , Е. В. Кетриш, Э.Федюшина, Д.Ю. Скрябина
Я.Е.Корлякова olib borgan tadqiqot ishlarida horijdagi inklyuziv ta’lim jarayonlari hamda
pedagoglarni tayyorlash haqida o’z fikrlarini bildirishgan. Л.Бутабаева, А. Умирбекова, С.
Исмагулова, А. Жусип tomonidan olib borilgan tadqiqot ishida pedagoglarning refleksiyasini
keng yoritib berilgan. Л.Антонова, Л.В.Желнакова, Б.П.Пузанов, Н.П.Коняева, Б.Б.Горскин,
Е. Ю. Головинская inklyuziv ta’limning ijtimoiy hayotdagi metodologik jihatlari tadqiqot
ishlarida keng yoritilgan.

O’zbek taqqiqotchilari D.S.Qaxarova inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlarini

takomillashtirishni , F.U.Qodirova,D.A.Pulatova tomonidan inklyuzv ta’lim fani bo`yicha o`quv-
metodik qo`llanmalar ishlab chiqilgan. A.T.G’aniyevaning ilmiy maqolasida inklyuziv ta’limni
horijda rivojlanishini yoritib berilgan. .M.Yusupova boshlang’ich sinf o’qituvchisining inklyuziv
ta’limdagi tutgan o’rni haqida fikr bildirgan. G.S Xoldarova, F.U.Qodirova,SH.Z.Matupaeva,
inklyuziv ta’lim jarayonidagi muammo va yechmlarini o’rganishdagi fikrlari qayd etilgan. Horijiy
davlatlardagi inklyuziv ta’lim bo’yicha tadqiqot ishlarini olib boruvchi H.Warming, J.Linda,
Melike Yozgatli, L.Trofin, A. Gremalschi,,V. Cojocaru,I. Lonean,, S.Velea, M.Lefter,V. Strat,
Stephen Roche inklyuziv ta’lim texnologiyalari hamda o’qituvchilarning kasbiy kompitensiyalari
haqidagi qarashlarini bayon etishgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalar oiladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan,

ko’ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kerakli hujjatlar asosida
umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinfida o’qishi belgilanadi. Ko’ptarmoqli
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari bu bolalar bilan olib borilgan ta’limiy,
tarbiyaviy, korreksion ishlar, qo’llanilgan metodlar bola tashkilotda bo’lgan vaqtda amalga
oshirilgan bo’ladi. Bolaning kuchli va zaif tomonlari o’rganilib,ularning bilim, ko’nikma va
malakalarini rivojlantirishda alohida yondashuv asosida ta’lim,tarbiya jarayonlari to’g’ri va
samarali tashkil etish uchun pedagoglarning o’zaro hamkorligi asosida aniq maqsadlar belgilab
olinadi.

NATIJALAR

Uzluksiz ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim uzviyligini ta’minlash texnologiyasining ilmiy

-nazariy jihatdan asoslash,tahlil qilish,umumlashtirishda maktabgacha ta’lim tashkiloti va
boshlang’ich sinf pedagoglarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda o’zaro hamkorlik
ishlarining to’g’ri va samarali yo’lga qo’yilishi, bo’lajak 1-sinf o’quvchilarining ota-onalar bilan
hamkorlik ishlarini tashkillashtirish hamda rahbariyat tomonidan bunga yetarlicha shart-
sharoitlarni yaratilishi mavzu yuzasidan qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga olib keladi.

XULOSA VA MUNOZARA

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda inklyuziv ta’lim uzviyligini ta’minlashda hamkorlik

ishlarini yo'lga qo'yish kerak. O'qituvchilar uchun hamkorlik va o'zaro fikr almashish muhim
sanaladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari hamda boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi o'z
faoliyatini tizimli baholab borishi, malakasini muntazam oshirishi, alohida ta'lim ehtiyojlari bor
bolalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ular bilan olib borilgan ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

614

ishlar, jarayonlarni tashkil etishda qo’llanilgan usullar, vositalar qanday samara berishini
kuzatishi, tahlil qilish, ish rejalarini tuzish, maqsad va vazifalarni belgilab olishlari pirovardda,
tarbiyalanuvchilar va o’quvchilar bilan til topishda, ularning imkoniyatlarini inobatga olishga har
taraflama yordam beradi. Alohida ta’limga ehtiyojli bolalar ta'limi uchun psixologik-pedagogik
yordamni yaratish uchun mutaxassislar bilan o'zaro aloqada bo'lish, interfaol texnologiyalar
yordamida yanda rivojlantirish o'qitishning moslashuvchan shakllariga, interfaol o'qitish
uslublariga ega bo'lishi zarurdir. Psixologik-pedagogik qo’llab quvvatlashda pedagog alohida
ta’limga ega bo’lgan bolalarning qobiliyatini yanada rivojlantirishga, bolaning hissiy barqarorligini
nazorat qilishni o’z oldiga maqsad qilib olishi va muammolarni vaqtida aniqlab, birgalikda hal
qilish, keng qamrovli maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti o’rtasida hamkorlik ishlarini yanada
rivojlantirilishni talab qiladi

Inklyuziv ta’lim jarayonida alohida ta’limga ega bolalarning ijtimoiy hayotga

moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayonini tizimli, maqsadli hamda to’g’ri tashkil etish
uzluksiz ta’limda faoliyat yurituvchi pedagoglarning kasbiy, shaxsiy, kommunikativ
kompetensiyalarini rivojlanganligiga va tajribasiga bog’liqdir.


REFERENCES

1.

Н.Г.Сигал: Современное состояние и тенденции развития инклюзивного образования
за рубежом Казань – 2016

2.

Б.П.Пузанов, Н.П.Коняева, Б.Б.Горскин и др:Обучение детей с нарушениями
интеллектуального развития :О-2 Олигофренопедагогика): учеб. пособие для студ.
высш. учеб. заведений /

3.

Б.П.Пузанова. – 4-е изд., стер. – М: Издательский центр «Акаде-

4.

мия», 2008

5.

A.T.G’aniyeva: Ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni samaradorligini oshirishning o'zbekiston
va xorijiy ta'lim tajribasi

6.

D.Ya.Rasuleva;To'plam 7.06.2023 -14-47.pdf Uzluksiz ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim
uzviyligini ta’minlash tamoyillari Toshkent-2023

7.

Ture Yonsson. Inklyuziv ta’lim. Toshkent -2003.

8.

https://spravochnick.ru/pedagogika/inklyuzivnoe_obrazovanie/

9.

https://uza.uz/oz/posts/inklyuziv-ta-lim-barcha-uchun-teng-va-bir-xil-imkoniyatlar-21-09-
2016

10.

https://yuz.uz/uz/news/inklyuziv-talim-rivojiga-talab-ham-ehtiyoj-ham-ortmoqda

11.

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikdayangi/bolalar_uchun_inklyuziv_talim_qanday_tas
hkil_etilad

i


References

Н.Г.Сигал: Современное состояние и тенденции развития инклюзивного образования за рубежом Казань – 2016

Б.П.Пузанов, Н.П.Коняева, Б.Б.Горскин и др:Обучение детей с нарушениями интеллектуального развития :О-2 Олигофренопедагогика): учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений /

Б.П.Пузанова. – 4-е изд., стер. – М: Издательский центр «Акаде-

мия», 2008

A.T.G’aniyeva: Ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni samaradorligini oshirishning o'zbekiston va xorijiy ta'lim tajribasi

D.Ya.Rasuleva;To'plam 7.06.2023 -14-47.pdf Uzluksiz ta’lim jarayonida inklyuziv ta’lim uzviyligini ta’minlash tamoyillari Toshkent-2023

Ture Yonsson. Inklyuziv ta’lim. Toshkent -2003.

https://spravochnick.ru/pedagogika/inklyuzivnoe_obrazovanie/

https://uza.uz/oz/posts/inklyuziv-ta-lim-barcha-uchun-teng-va-bir-xil-imkoniyatlar-21-09-2016

https://yuz.uz/uz/news/inklyuziv-talim-rivojiga-talab-ham-ehtiyoj-ham-ortmoqda

https://www.norma.uz/oz/qonunchilikdayangi/bolalar_uchun_inklyuziv_talim_qanday_tashkil_etiladi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов