OTTOMAN HISTORY AT A GLANCE (USMAN I)

HAC
Google Scholar
To share
Navruzova , A. (2024). OTTOMAN HISTORY AT A GLANCE (USMAN I). Modern Science and Research, 3(2), 627–630. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31145
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the entry and settlement of the Turks into the Asian continent, the founding of the Ottoman state, its internal and external policies, invasion campaigns, and the fact that a lot of scientific research has been conducted and studied about this.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

627

USMONIYLAR TARIXIGA BIR NAZAR

(USMON I)

Navruzova Aziza

Namangan Davlat Universiteti tarix yo’nalishi 1-kurs talabasi.

telefon: +998-93-682-06-33.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10996794

Annotatsiya.

Mazkur maqolada turklarning Osiyo qit’asiga kirib kelishi, joylashishi,

Usmoniylar davlatiga asos solinishi uning ichki va tashqi siyosati, bosqinchilik yurishlari va bu
haqida ko’plab ilmiy izlanish olib borilib, o’rganib chiqilganligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Turklar, Kichik Osiyo, ichki, tashqi, Bursa, Sog’ut, adolat.

OTTOMAN HISTORY AT A GLANCE

(USMAN I)

Abstract.

This article discusses the entry and settlement of the Turks into the Asian

continent, the founding of the Ottoman state, its internal and external policies, invasion
campaigns, and the fact that a lot of scientific research has been conducted and studied about this.

Key words:

Turks, Asia Minor, internal, external, Bursa, Sogut, justice.

ИСТОРИЯ ОМСАНЫ КРАТКИЙ ВЗГЛЯД

(УСМАН I)

Аннотация.

В данной статье рассматривается проникновение и расселение

тюрков на Азиатский континент, основание Османского государства, его внутренняя и
внешняя политика, вторжения, а также тот факт, что по этому поводу было проведено
и изучено множество научных исследований.

Ключевые слова:

тюрки, Малая Азия, внутреннее, внешнее, Бурса, Согут,

правосудие.


Turklarning dastlab Kichik Osiyoga kirib kelishi Saljuqiylar davridan boshlangan.

Yevropa manbalarida “Turkiya” so’zi birinchi marta 1190-yilda salibchilardan biri tomonidan
Kichik Osiyodagi turkiy qabilalar bosib olgan yerlarga nisbatan qo’llanilgan. Ayrim ko’chmanchi
turkiy qabilalar tomonidan milodiy IV asrdan boshlab Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyodagi
viloyatlaridan paydo bo’lganligi haqida yozma manbalarda qayd qilingan bo’lsa-da Saljuqiylar
boshchiligidagi og’uz-turkman qabilalarining Old Osiyoda paydo bo’lishi va mustamlakalarga ega
bo’lishi XI asrdan boshlanadi. Qisqa vaqt davomida Vizantiyaga qo’shni hududda Buyuk
Saljuqiylar davlati tashkil topadi. 1038-1308 yillar davomida boshqariladi. XI asr oxiridan boshlab
Buyuk saljuqiylar davlatining Mo’g’ullar bilan munosabati ancha sovuqlashadi va parchalanish
jarayoni yuz beradi. Shu davrdan boshlab Sajuqiylar davlati ancha zaiflashib qoladi va bir nechta
mustqail bekliklarga bo’linadi. Aynan shu mustaqil bo’layotgan bekliklar orasida Ko’niyaga tobe
bo’lgan Usmoniylar bekligi ham bor edi.

Usmoniylar hududiga Kichik Osiyo, Bolqon, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy

Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda hukmronlik qilayotgan turk sultonlari sulolasi edi.

Usmoniylar 1299-1922-yillarda hukmronlik qilgan. Usmonli turk imperiyasini

boshqargan. Sulola nomi uning asoschisi Usmon I ibn Erto’g’rul nomidan olingan. Movorounnahr
va Xurosonda yashovchi og’uz turklarning qay (qayig’) urug’iga mansub qavm Erto’g’rul


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

628

boshchiligida XIII asr 20-yillari mo’g’ullar istilosi davrida Kichik Osiyoga borib o’rnashib
qolishadi. Ular saljuqiylarning Ko’niya sultonligi hududiga borib o’rnashadi va Saljuqiylar
kuchsizlanib qolgach, beylik mustqail davlatga aylanadi. Erto’g’rul beklik boshqaruvini 1281-
yilda o’g’li Usmon I G’oziyga topshiradi. Bu beklik 1299-yilda o’zini mustaqil davlat deb e’lon
qiladi. Keyinchalik bu davlat turk sultonligi nomi bn dunyoga tanilib, o’rta asrlarda jahondagi
qudratli davlatlardan biriga aylangan. Sulola asoschisi Usmonbey (1258-yil Syogut; Eskishahar
yaqinida tug’ilgan. 1326-yil Bursada vafot etgan) turk sultoni edi.

Hukmronlik yillari 1299-1326-yillarda davlatni adolat bilan boshqaradi. Harbiy sarkarda

va urug’ boshlig’I oilasida tug’ilgan. Otasidan harbiy ishni puxta o’rganadi. 1281-yilda otasi
Erto’g’rul Ko’niyaning shimliy-g’arbiy chegara hududida mulkka ega bo’ladi. Bu paytda ko’niya
tanazzulga uchrab, bir nechta beklikka bo’linib ketgan edi. 1289-yilda Usmon I ning bey unvoni
Ko’niya sultoni tomonidan e’tirof etilib, unga hokimiyat ramzi bo’lgan nog’ora va bunchuk
berilgan.

Usmoniylar davlatining dastlabki poytaxti Sog’ut (1302-1326) edi. Usmon o’z davlatini

rivojlantirish maqsadida ichki siyosatda savdo-sotiqni rivojlantitsh va shaharlar hayotini
jonlantirish borasida islohotlar o’tkazadi. Ichki boshqaruv o’rnatiladi. Usmoniylar tangasi zarb
etila boshlanadi, tanganing bosilishi shu davlatning mustaqillikni anglatar edi, haqiqiy armiyaga
asos solinadi va uning asosiy qismini yancharlardan iborat edi, undan tashqari kavaleriya qayta
tiklanadi.

Usmon tashqi siyosatda asosan qo’shinga tayanar edi. Usmon G’oziy davridayoq qo’shni

Vizantiya imperiyasiga qarshi bir necha bor hujum qilinib Qoracha Hisor, Yor Hisor va Bursaning
atroflari egallanadi. Tez orada Anadoludagi boshqa turk beylari ham Usmon I tomonidan
bo’ysundirilari. Garchi Usmon hayotligidayoq Bursani egallay olmagan bo’lsada, uning o’g’li
O’rxon davrida Bursa uzil-kesil egallanadi va shu paytda sharqdagi Bolu shahri ham Usmoniylar
davlatiga taslim bo’ladi. Shu davrdan boshlab Usmoniylar davlatining poytaxti Bursa (1326-1365)
etib belgilanadi. Usmon adolatli davlat qurish uchun ko’p harakat qildi va buni uddasidan chiqdi.
Usmon qurgan davlat qariyb 6 asr davomida Usmoniylar nomi bilan shuhrat qozondi. Usmoning
vorislari davrida ham davlat adolat va oqilona siyosat bilan boshqariladi.

Usmon qurgan davlat ko’p yillar davomida juda ko’p hududlarni bosib oldi va adolat bilan

boshqarilganligi sababli boshqa davlatlarga nisbatan ko’proq yashaydi. Biroq XVII asr oxiridan
boshlab sultonlikning harbiy, siyosiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshlagan.

Yevropa mamlakatlari oʻzaro ittifoq tuzib, Usmonli imperiyasiga qarshi kurashga

chogʻlanganlar. Vena atrofida boʻlgan ikki jangda turk qoʻshini Avstriya, Olmoniya, Polshaning
birlashgan armiyasiga qarshi 1683-yil Venaga bo‘lgan yurish muvaffaqiyatsiz yakun topgach,
Imperiya sekin-asta tanazzulga yuz tutishni boshladi. Muntazam davom etib turgan Rossiya -
Turkiya urushlari (1676-1681, 1684-1699, 1710-1711, 1768-1774, 1787-1791, 1807-1812, 1828-
1829, 1853-1856, 1877-1878, 1914-1916 va boshqalar) oqibatida Usmonli imperiyasi asta-sekin
zaiflashib borgan. Sulton Abdulmajid islohotlar (Tanzimat) oʻtkazish (1839) orqali, bir tomondan,
sultonlik inqirozini toʻxtatishga, ikkinchi tomondan, yangi turk ziyolilarini (ular oʻzlarini yangi
usmonlilar deyishgan) shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Bu paytda boʻlgan Qrim urushida Turkiya
oʻzining eski raqibi Rossiya imperiyasi ustidan gʻolib chiqdi hamda Qora dengiz va Dunay
daryosidagi mavqeini qayta tikladi. Ichki ziddiyatlar imperiyani parchalab yubormasligi uchun


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

629

Usmoniylar yangi islohotlar o‘tkazdi. Ulardan biri 1870-yildagi Tanzimat islohoti hisoblanib, u
mamlakatni isloh qilish va har bir fuqaroga teng huquq berishni ko‘zda tutardi.

Ammo endi juda kech bo‘lgandi. Yevropaliklar va ayniqsa, Bolqondagi aholi Usmoniylar

hukmronligi ostida yashashdan charchagandi. Chunki G‘arbiy Yevropaga solishtirganda ahvol
nihoyatda og‘ir, hududlar rivojlanmagandi. Juda ko‘p isyonlardan keyin bu imperiya bilan yaxshi
hayotga erishishga odamlar endi ishonmay qo‘ygandi. Endi ularda kuchli millatchilik hissi
uyg‘ongan edi.

Butun Bolqon yarimoroli turli etnik guruhlarga bo‘linib ketgan va ularning har biri

ozodlikka chiqishni xohlardi. Ozodlik kurashlarining ba’zilarini G‘arbdagi kuchlar qo‘llab-
quvvatladi. 1821-yili ruminlar adolatsiz hokimiyatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Yunonlar ham
ozodlik uchun kurash boshladi va mustaqillikka erishdi. Siyosiy millatchilik tobora avj olib bordi.
1850-yildan keyin esa Serbiya, Bolgariya va Ruminiya to‘liq mustaqillikka intila boshladi.

1859-yilda Ruminiya knyazliklari yagona shaxs qo‘li ostida birlashdi. Qo‘zg‘olon Bosniya

va Bolgariyada bo‘lib o‘tdi. Tanzimat va 1876-yilda qabul qilingan dastlabki konstitutsiya sulton
Abdulhamid II tomonidan bekor qilingach (1878), mamlakatda istibdod davri boshlangan. Bu
davrda sultonlik Yevropa davlatlariga iqtisodiy jihatdan qaram boʻla boshlagan. Faqatgina
Usmonli imperiyasi birinchi jahon urushida mag’lub bo’lganligi tufayli1920- yil Sevr
shartnomasiga ko’ra boshqa Yevropa davlatlari tomonidan bo’lb olinishi ko’zda tutiladi va 1922-
yilda butunlay imperiya sifatida tugatiladi.

1922-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi sultonlikni tugatish toʻgʻrisida qaror

qabul qildi. Mustafo Kamol (Otaturk) bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan milliy ozodlik harakatiga
rahbarlik qilib, sultonlikning asosan turklar yashaydigan hududi — Kichik Osiyo va qisman
Yevropada 1923-yil 29-oktyabrda Turkiya jumhuriyatiga asos soldi.

REFERENCES

1.

N.Todorov “Балканский город XV-XIX веков” Toshkent-2017, bet-19

2.

G.A.Xidoyatov , X.G.Gulyamov “Всемирная история” Toshkent-1999, bet-254

3.

Sarimsokov Abdulatip Abduraximov, Dexkanov Narimon Burxanjonovich “Jahon tarixi”
(Osiyo va Afrika mamlakatlarining o’rta asrlar tarixi) Toshkent-2021, bet-148

4.

N.Abdullayev, Z.Qodirov, X.Hamidov, SH.Ikromov “Turkiya tarixi” Toshkent-2018, bet-
123

5.

Akobir Matlyubov, Alisher Egamberdiyev, Firuza Ostanova, Umirzoq Raxmatov “Sulola
tarixi” Toshkent-2016, bet-117

6.

Salimovich, Murodov H. "Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its
Problems."

International Journal on Integrated Education

, vol. 5, no. 6, 2022, pp. 298-

302.

7.

Salimovich,

M.

H.

(2023).

MARKAZIY

OSIYO

TURIZM

SANOATI

RIVOJLANISHIDAGI YUTUQ VA MUAMMOLAR.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR

,

1

(4), 175-184.

8.

Мурадов, Х. (2023). ОБЗОР ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА.

Ижтимоий-

гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-
гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences.

,

3

(S/8).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

630

https://doi.org/10.47390/SPR1342V3SI8Y2023N05

9.

Salimovich,

M.

H.

(2023).

BUXORO

TURIZMI

RIVOJIDA

MILLIY

HUNARMANDCHILIKNING

ORNI.

SAMARALI

TA’LIM

VA

BARQAROR

INNOVATSIYALAR

,

1

(5), 115-122.

10.

Ashurova, G. S., & Murodov, H. S. (2023). ISSUES OF EDUCATION IN THE MIDDLE
AGES (IX-XII) CENTURIES AND DEVELOPMENT HISTORY.

Results of National

Scientific Research International Journal

,

2

(12), 238-240.

11.

Ismigul, I., & Halim, M. (2023). Mustaqillik arafasida Ozbekistonda turizm sohasining
holati.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

,

1

(5), 256-266.

12.

Murodov

Halim

Salimovich.

(2023).

BUXORO

TURIZMI

VA

MILLIY

HUNARMANDCHILIK.

JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE

,

2

(12),

93–96. Retrieved from

https://jets.innovascience.uz/index.php/jets/article/view/149

13.

Salimovich,

M.

H.

(2024).

SANATORIYA–KURORT

MUASSASALARI

FAOLIYATINING BUXORO TURIZMI RIVOJIDA ORNI.

SAMARALI TA’LIM VA

BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI

,

1

(6), 199-204.

14.

Salimovich, M. H. (2024). The Role of the Cultural Sector in the Development of Bukhara
Tourism.

Miasto

Przyszłości

,

45

,

729–735.

Retrieved

from

https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2725

15.

Murodov, H. (2024). VISA POLICY DURING THE ACTION STRATEGY PERIOD.
Modern

Science

and

Research,

3(2),

637–644.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30326

16.

Халим,

М.

(2022).

РАЗВИТИЕ

МЕЖДУНАРОДНОГО

ТУРИЗМА

В

УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРВЫЕ ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ И ЕГО НОРМАТИВНО-
ПРАВОВАЯ БАЗА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари /
Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of
Humanities and Social Sciences., 1(4), 13. https://doi.org/10.47390/B 1342142022N1



References

N.Todorov “Балканский город XV-XIX веков” Toshkent-2017, bet-19

G.A.Xidoyatov , X.G.Gulyamov “Всемирная история” Toshkent-1999, bet-254

Sarimsokov Abdulatip Abduraximov, Dexkanov Narimon Burxanjonovich “Jahon tarixi” (Osiyo va Afrika mamlakatlarining o’rta asrlar tarixi) Toshkent-2021, bet-148

N.Abdullayev, Z.Qodirov, X.Hamidov, SH.Ikromov “Turkiya tarixi” Toshkent-2018, bet-123

Akobir Matlyubov, Alisher Egamberdiyev, Firuza Ostanova, Umirzoq Raxmatov “Sulola tarixi” Toshkent-2016, bet-117

Salimovich, Murodov H. "Tourism Development in Bukhara During the 1990s and Its Problems." International Journal on Integrated Education, vol. 5, no. 6, 2022, pp. 298-302.

Salimovich, M. H. (2023). MARKAZIY OSIYO TURIZM SANOATI RIVOJLANISHIDAGI YUTUQ VA MUAMMOLAR. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(4), 175-184.

Мурадов, Х. (2023). ОБЗОР ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ ТУРИЗМА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/8). https://doi.org/10.47390/SPR1342V3SI8Y2023N05

Salimovich, M. H. (2023). BUXORO TURIZMI RIVOJIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING ORNI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(5), 115-122.

Ashurova, G. S., & Murodov, H. S. (2023). ISSUES OF EDUCATION IN THE MIDDLE AGES (IX-XII) CENTURIES AND DEVELOPMENT HISTORY. Results of National Scientific Research International Journal, 2(12), 238-240.

Ismigul, I., & Halim, M. (2023). Mustaqillik arafasida Ozbekistonda turizm sohasining holati. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR, 1(5), 256-266.

Murodov Halim Salimovich. (2023). BUXORO TURIZMI VA MILLIY HUNARMANDCHILIK. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12), 93–96. Retrieved from https://jets.innovascience.uz/index.php/jets/article/view/149

Salimovich, M. H. (2024). SANATORIYA–KURORT MUASSASALARI FAOLIYATINING BUXORO TURIZMI RIVOJIDA ORNI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 1(6), 199-204.

Salimovich, M. H. (2024). The Role of the Cultural Sector in the Development of Bukhara Tourism. Miasto Przyszłości, 45, 729–735. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2725

Murodov, H. (2024). VISA POLICY DURING THE ACTION STRATEGY PERIOD. Modern Science and Research, 3(2), 637–644. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30326

Халим, М. (2022). РАЗВИТИЕ МЕЖДУНАРОДНОГО ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ В ПЕРВЫЕ ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ И ЕГО НОРМАТИВНО-ПРАВОВАЯ БАЗА. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 1(4), 13. https://doi.org/10.47390/B 1342142022N1

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов