THE ROLE OF BALANCED ECONOMIC DEVELOPMENT IN ENSURING FOOD SECURITY

HAC
Google Scholar
To share
Xo‘jaboyeva , Y., & Ubaydullayeva, G. (2024). THE ROLE OF BALANCED ECONOMIC DEVELOPMENT IN ENSURING FOOD SECURITY. Modern Science and Research, 3(2), 691–695. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31181
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ensuring food safety at the national level and searching for new approaches, the issue of food safety, as well as the independence of Uzbekistan, socio-economic and political stability of all countries, were considered.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

691

IQTISODIYOTNI MUTANOSIBLI RIVOJLANTIRIShNING OZIQ-OVQAT

XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Xo‘jaboyeva Yulduz Davronqul qizi

o‘qituvchi.

Ubaydullayeva Go‘zal

Talaba.

Guliston davlat universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10999597

Annotatsiya.

Mamlakat miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda yangi

yondashuvlarni izlash, oziq-ovqat xavfsizligini masalasi barcha davlatlar qatori O‘zbekistonning
ham mustaqilligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib
chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

xavfsizlik, tadbirkorlik, samaradorlik, strategiya, ekologik vaziyat, oziq-

ovqat sanoati.

THE ROLE OF BALANCED ECONOMIC DEVELOPMENT IN ENSURING FOOD

SECURITY

Abstract.

Ensuring food safety at the national level and searching for new approaches, the

issue of food safety, as well as the independence of Uzbekistan, socio-economic and political
stability of all countries, were considered.

Key words:

security, entrepreneurship, efficiency, strategy, environmental situation, food

industry.

РОЛЬ СБАЛАНСИРОВАННОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В

ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Аннотация.

Обеспечение продовольственной безопасности на национальном

уровне и поиск новых подходов, вопрос продовольственной безопасности, а также
независимости, социально-экономической и политической стабильности Узбекистана
рассматривался во всех странах.

Ключевые слова:

безопасность, предпринимательство, эффективность,

стратегия, экологическая ситуация, пищевая промышленность.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash har qanday mamlakat iqtisodiy strategiyasi va

siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, millatlararo
barqarorlik uni amalga oshirish samaradorligiga bog‘liqdir. Buning uchun mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash tizimi va uni amalga oshirish mexanizmi shakllantirilishi lozim bo‘ladi.
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tizimi va mexanizmini shakllantirishning asosiy
maqsadi va vazifalari uning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash strategiyasida belgilab qo‘yilgan
bo‘ladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi muammosini global miqyosda xalqaro tashkilotlar va maxsus

organlar (FAO, Xalqaro savdo tashkiloti, Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi) hal qiladilar. Ularning
asosiy vazifasi insoniyat rivojlanishini ta’minlash maqsadida davlatlar iqtisodiyotini
barqarorlashtirishga ko‘maklashishdir. Mazkur vazifalarni amalga oshirish:

ishlab chiqarish hajmini oshirib borishga ta’sir ko‘rsatuvchi uzoq muddatli dastur va

loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

692

zaxiralarni yaratish va noqulay iqtisodiy va ekologik vaziyatlarda yordam tashkil qilish

orqali amalga oshiriladi.

Davlat va davlatlaro darajada oziq-ovqat xavfsizdigining asosiy maqsadi iqtisodiyotning

barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarini muvozanatlashtirishdan iborat.

Mintaqaviy darajadagi asosiy maqsad-aholining barcha guruhlari oziq-ovqatlarni

o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq iste’mol qilinishini kafolatlaydigan darajadagi daromadar bilan
ta’minlashdir.

Aholining ijtimoiy guruhlari darajasida oziq-ovqat mahsulotlarini ularning miqdori,

assortimenti, sifati bo‘yicha ratsional me’yorlarga muvofiq ovqatlanishini ta’minlash zarur.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning har bir darajasida mazkur jarayonni boshqarish

tegishli ma’muriy organlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ushbu organlarning vazifalari
zarur mahsulotlarni samarali ishlab chiqarish uchun; ularga qarashli hududlarda yashovchi
aholining tavsiya etilgan miqdorda mahsulotni sotib olish imkonini beradigan daromadga ega
bo‘lishlari uchun; savdo tarmoqlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishini ta’minlash
uchun; mahsulotlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan
iborat.

Davlatlararo darajada oziq-ovqat muammolarini hal qilish boshqa mamlakatlarda oziq-

ovqat taqchilligini bartaraf etishga ko‘maklashishi bilan bog‘liq. Bu uchun mamlakatlar
davlatlararo hamkorlikda ishtirok etadilar, xalqaro oziq-ovqat xavfsizligini yaratishga hissa
qo‘shadilar. Bunda ular o‘zlarining raqobatbardosh ishlab chiqarishlarini rivojlantirishni va
hududlarning hamda barcha ijtimoiy guruhlarning o‘z-o‘zini ta’minlashlarini rag‘batlantiradi.

Oziq-ovqat xavfsizligining har bir darajasi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro bir-birini taqozo

etuvchi ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligiga erishish quyidagi muhim vazifalarni davlat tomonidan amalga

oshirishni taqozo etadi:

1.

Aholi bandligi sohasida samarali siyosatni olib borish;

2.

Oziq-ovqatga ega bo‘lishda tengsizlik va qashshoqlikni bartaraf etishga yo‘naltirilgan

ijtimoiy siyosatni olib borish;

3.

Oziq-ovqat mahsulotlarini turli-tuman, barqaror va intensiv ishlab chiqarishga erishish,

uning samaradorligini oshirish;

4.

Xomashyo va

oziq-ovqat

mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda

ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;

5.

Hududlarni xomashyo va oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini ta’minlash va xalqaro mehnat

taqsimoti afzalliklardan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligini joylashtirish va
ixtisoslashtirishni takomillashtirish;

6.

Faol tashqi iqtisodiy siyosatni olib borish, eksport-import faoliyatini optimallashtirish;

7.

Agrar sektorni investitsiyalash.

Barqarorlik: oziq-ovqat ta’minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida har doim oziq-

ovqatga ega bo‘la olishi

lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy

bo‘hron) yoki tsiklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan
uzilib qolmasligi lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

693

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Oziq-ovqat sanoati ham muhim ro‘l o‘ynaydi. Oziq-

ovqat sanoati tayyor yoki yarim fabrikat holda ovqat mahsulotlari, shuningdek, ichimliklar tamaki
buyumlari hamda yog‘ ishlab chiqarish asosida sovul va yuvish vositalarining bir necha turlarini
ishlab chiqaruvchi tarmoqlar guruhidir. Xalqaro tarmoqlar standart klassifikatsiyasida oziq-ovqat
ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchi, ya’ni unumli tarmoqlar guruhiga kiritilgan.

Oziq-ovqat sanoatining bir qismi xom ashyo rayonlari, boshqa qismi iste’mol rayonlari

bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘zbekistonda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash
asosida shakllangan. Uning geografik, ya’ni hududiy joylashuvi qayta ishlanadigan xom ashyo
xususiyatlariga bog‘liq.Shu boisdan agar xom ashyo tez buziladigan

bo‘lsa, tarmoq korxonalari uni

ishlab chiqarish joylarida joylashtiriladi.

Hozirgi

vaqtga

kelib,

oziq-ovqat

sanoati

korxonalari

yuqori

darajada

mexanizatsiyalashgan, ma’lum darajada avtomatlashgan, kompyuter texnologiyalari va robotlar
qo‘llaniladigan ishlab chiqarishga aylangan. Shuning uchun mazkur tarmoq nafaqat
qishloqxo‘jaligi, shu bilan birga mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati bilan bevosita
integratsiyalashmoqda.

Shundan kelib chiqib oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining asosiy vazifalari

quyidagilardan iborat qilib belgilangan:

uyushma tarkibidagi oziq-ovqat korxonalari manfaatlarini qimoya qilish, ularning ish

faoliyatiga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini jalb etish;

oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorini o‘rganish, marketing izlanishlarini

tashkil etish;

korxonalarni modernizatsiyalash va texnik jixozlash, investitsiyalarni jalb etish;

korxonalar

tomonidan

ishlab

chiqariladiganmahsulotlarni

standartlashtirishga

ko‘maklashish;

yog‘-moy va paxta tozalash korxonalari o‘rtasidagi mexanizmni mukamallashtirish,

paxta yog‘i chiqishini va tayyor mahsulotning o‘rnatilgan tartibda sotilishini ta’minlansh;

uyushma tarmog‘idagi korxonalarga axborot ko‘magi berish, kadrlarni tayyorlash va

malakasini oshirishni tashkil etish.

“O‘zbekoziqovqatxolding”

xolding kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari

vayo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqatmahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini

o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlari o‘tkazish va buning asosida tarmoqni o‘rta va
uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlabchiqish;

yuqoriqo‘shilgan qiymatga ega ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lganyuqori sifatli

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida tarmoq korxonalarida qishloqxo‘jaligioziq-
ovqat xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash zamonaviy texnologik siklini tashkil etish;

qishloqxo‘jaligimahsulotlari ishlab chikaruvchilari, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash

va sotish tashkilotlari urtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saklanishi, yanada
chukurrok

qayta

ishlanishi

va

sotilishinihisobga

olgan

holda

ishlab

chikarilgan

qishloqxo‘jaligioziq- ovqatxom ashyosi xarakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish;

ilgor xorijiy texnologiya va dizayndan foydalangan holda zamonaviy tara-qadoqlash

mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

694

qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek boshka oziq- ovqat maxsulotlarining

eksportini tashkillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish
bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, oziq-ovqat maqsulotlari sifatini baholashning zamonaviy
xalqaro tizimini ishlab chiqarishga joriy etish;

ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash bo‘yicha

ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish, tarmoq korxonalariga axborot
xizmatlari ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish

135

.

Bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta’sirning kuchayib borishi,

isrofgarchilik, ilg‘or va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi oziq-ovqat balansi bo‘yicha farqning
o‘sayotgani, iqlim o‘zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti.

Noz-ne’matlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, o‘rmonlar, biologik xilma-xillik keskin

sur’atlarda kamayib bormoqda, er unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.

Oqibatda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och

qolayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga etadi. Ularning 12,9 foizi
rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘limning
45 foizi aynan to‘yib ovqat emaslik natijasida kelib chiqayotir.

Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan ko‘z yummoqda.
Qolaversa, sayyoramizdagi har to‘rt bolaning bir nafari o‘z yoshiga nisbatan o‘smay

qolgani aniqlangan. Maktab yoshidagi 66 mln. o‘g‘il-qiz darslarga beixtiyor och keladi.

Shulardan 23 mln. Afrikada istiqomat qiladi.
Qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun kurrai zamin

aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Bu qashshoq qishloqlardagi oilalar
uchun daromad keltiruvchi va bandlikni ta’minlovchi asosiy manbadir.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan lalmi bo‘lgan besh million kichik fermer

xo‘jaliklari oziq-ovqatning 80 foizini etkazib beradi. Shunday ekan, mazkur jabhaga investitsiya
kiritish aholi qatlamlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash qatorida mahalliy va tashqi bozorlarga
mahsulot etkazib berish bo‘yicha mamlakat imkoniyatlarini oshiradi.

Yaqinda BMT tomonidan sohada yana bir tashabbusga qo‘l urildi. Ya’ni oziq-ovqat

mahsulotlari isrofgarchiligiga qarshi kurashish bo‘yicha global kompaniya e’lon qilindi. Bu ham
aynan oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladi. Ushbu tuzilmaning Atrof-muhit bo‘yicha
tashkiloti(YuNEP) ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1,3 mlrd. tonna oziq-ovqat
mahsulotlari tashlab yuborilar ekan. Ne’matlarning bunday isrof qilinishidek mantiqsiz holatga
barham berish uchun birinchi navbatda ularni saqlash sharoitlarini o‘zgartirish taklifini beramiz.

Statistikaga ko‘ra, dunyoda har yili qariyb to‘rt mlrd. tonna oziq-ovqat ishlab chiqariladi,

agar ulardan oqilona foydalanilib, taqsimlansa,bu aslida sayyora ahlining barchasiga yetgan
bo‘lardi. Yuqoridagi kabi omillar tufayli dunyo oziq-ovqat bozorlarida narxning oshib
borayotganligini ko‘rish mumkin. Zero, oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisini shu kabi asosiy
mahsulotlar bilan o‘zini o‘zi, mustaqil ta’minlashga qodirligini ifodalaydi. Shuningdek, oziq-
ovqat importiga mamlakat o‘ta bog‘liq bo‘lmasligi kerak.

Shunday ekan, oziq-ovqat xavfsizligini masalasi barcha davlatlar qatori O‘zbekistonning

ham mustaqilligi, ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy barqarorligini ta’minlash garovi hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

695

Zero, ayni paytda oziq-ovqat mahcylotlapiga bo‘lgan talab oshyapti, aholi coni o‘sishi

asnosida jon boshiga icte’mol ko‘paymoqda. Binobarin, so‘nggi uch yilda mamlakatimizda oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini
oshirishga bo‘lgan yondashuv mutlaqo o‘zgardi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga
aylantirildi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i sanaladi. Unda 3,6

million kishi, ya’ni iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 27 foizi ishlaydi. YaIMda tarmoq ulushi 32
foizga teng bo‘lsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini
egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari
80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir e’tiborli jihati,
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo‘lga qo‘yilib, u keng quloch yozyapti. Ular
bilan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-to‘qimachilikda, 8 foizi chorvachilikda
va 7,5 foizi meva-sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdig‘idir.

Oziq-ovqat mahsulotlari importi ayrim sub’ektlar tomonidan monopoliyaga aylantirildi.
Xorijdan keltirilayotgan shakar, qand, o‘simlik yog‘lari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari

ichki bozorda ko‘payishi hamda narx-navo pasayishiga xoizmat qilishi kerak.

Pirovardida iste’mol tovarlari respublika tovar xom ashyo birjalarida sotilmoqda. Ichki

iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan yuqoridagi mahsulotlar importi tovar-xom ashyo birjalari va xorijiy birjalar elektron
savdolari tizimi orqali amalga oshirilyapti. Oziq-ovqat mahsulotlarining xaridi, jamg‘arma
tushumi va xarajatlari yagona portalda e’lon qilib borilmoqda.


REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi//-T.: “O‘zbekiston”. 2022. -412 b.

2.

Drucker P. Innovation and Entrepreneurship. Practice and Principles. – London: Heinemann,
1984.

3.

Shokirova F.N. Innovatsiyalar asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ayrim
nazariy jihatlari. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5,
sentyabr-oktyabr, 2018.

4.

Болшедворская В.К. Економика AПК: економика овошчеводства. Учебное пособие
– Иркуцк: Изд-во ИрГСХA, 2013 – 120 с.

References

Sh.M.Mirziyoev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi//-T.: “O‘zbekiston”. 2022. -412 b.

Drucker P. Innovation and Entrepreneurship. Practice and Principles. – London: Heinemann, 1984.

Shokirova F.N. Innovatsiyalar asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ayrim nazariy jihatlari. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2018.

Болшедворская В.К. Економика AПК: економика овошчеводства. Учебное пособие – Иркуцк: Изд-во ИрГСХA, 2013 – 120 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов