NATIONAL COLOR AND COMPARATIVE ANALYSIS IN THE WORKS OF MAHTUMQULI, GAFUR GHULAM AND ANVAR SUYUN

HAC
Google Scholar
f
778-781
0
0
To share
Suvanov, H. . (2024). NATIONAL COLOR AND COMPARATIVE ANALYSIS IN THE WORKS OF MAHTUMQULI, GAFUR GHULAM AND ANVAR SUYUN. Modern Science and Research, 3(2), 778–781. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31198
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the poems of Mahtumquli Firog‘iy, G‘afur G‘ulom and Anvar Suyun, as well as the prose, express national culture. Compatibility of lacunae and realities in Turkmen and Uzbek national mentality. It is explained that the national spirit and national character are ideologically expressed in the work of every artist.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

778

MAHTUMQULI, G‘AFUR G‘ULOM VA ANVAR SUYUN ASARLARIDA MILLIY

KOLORIT VA QIYOSIY TAHLILI

Suvanov Husniddin Norqulovich

Termiz davlat universiteti. Tadqiqotchi.

E-mail:

hsuvanov@tersu.uz

Tel:+998977868805.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002398

Annotatsiya.

Maqolada Mahtumquli Firog‘iy, G‘afur G‘ulom va Anvar Suyun she’rlari

hamda nasrida milliy kolorit ifodalangan. Turkman va o‘zbek milliy mentalitetidagi lakuna va
realiyalar muvofiqligi. Har qaysi ijodkor ijodida milliy ruhga va milliy xarakter g‘oyaviy jihatdan
mos ifodalanishi yoritib berilgan.

Kalit so’z:

Supra, Badiiy adabiyot, xalqonalik, tili, milliy kolorit, milliy ruh.

NATIONAL COLOR AND COMPARATIVE ANALYSIS IN THE WORKS OF

MAHTUMQULI, GAFUR GHULAM AND ANVAR SUYUN

Abstract.

In the article, the poems of Mahtumquli Firog‘iy, G‘afur G‘ulom and Anvar

Suyun, as well as the prose, express national culture. Compatibility of lacunae and realities in
Turkmen and Uzbek national mentality. It is explained that the national spirit and national
character are ideologically expressed in the work of every artist.

Key words:

Supra, Belles-lettres, folklore, language, national culture, national spirit.

НАЦИОНАЛЬНЫЙ ЦВЕТ И СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ В ТВОРЧЕСТВЕ

МАХТУМКУЛИ, ГАФУРА ГУЛАМА И АНВАР СУЮНА

Аннотация.

В статье выражаеться национальный колорит в стихах Махтумкули

Фироги и в прозе Гафур Гулам и Анвар Суюн. Совместимость лакун и реалий туркменского
и узбекского национального менталитета. Поясняется, что национальный дух и
национальный характер идеологически выражаются в творчестве каждого художника.

Ключевые слова:

Супра, Художественная литература, фольклор, язык,

национальный колорит, национальный дух.

Dunyoda shunday insonlar bor-ki, bu yorug‘ olamni tark etishi bilan ismi ham o‘chadi.
Yana shunday insonlar borki, ma’lum bir vaqtgina nasli sabab ismi yodga olinadi. Yana

shunday insonlar borki, ham nasli sababli ham ijodiy merosi mangu yashaydi. Garchand
jismonan o‘lsada ruhan barhayotdir. Ijodkorning ijodiy merosi xalq orasida doim yashayveradi.

Ijodning turi ko‘p. Bunday ijod turidan biri adabiyot. Badiiy adabiyot bilan oshna qalb

sohiblari adabiyot vakillaridir. Adabiyot vakillari so‘z orqali inson psixologik ruhiyatini,
xarakterini va eng muhimi qalbni o‘rganadi. Noyob ijod sohibi purfikr ijodkorning ijodi qalblarga
huzur bag‘ishlaydi. Adabiyot insonning nozik qirralarini o‘rganadi va o‘rgatadi.

Shuningdek, qalb-qo‘rini qog‘ozga tushirib, millatga va millatlarga ma’naviy ozuqa bergan

turkman shoiri Mahtumquli Firog‘iy Yaratganning buyuk ne’matidan bahramanddir.

Bugungi kunda ham xalq uchun madaniy-ma’naviy ozuqa bag‘ishlab kelmoqda.
Maxtumquli Firog‘iy turkman shoiri va mutafakkiri bo‘lib, Otasi Davlatmamat Ozodiy

ismli kishi bo‘lib, Turkmanistonda ziyolilaridan bo‘lgan. Dastlab Maxtumquli Firog‘iy Idrisbobo
madrasasida, keyinchalik Buxoroning Koʻkaldosh, Xivaning Shergoziy madrasalarida tahsil
olgan. Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy va Navoiy kabi mashhur shoirlar ijodidan ilhomlanganligi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

779

yaqqol sezilib turadi. Mahtumquli Firog‘iy bir qancha lirik sheʼrlar, lirikepik dostonlar, gʻazal va
muhammaslar yozgan. Bizgacha uning lirik, falsafiy, pandnasihat xarakteridagi o‘n ming misradan
ortiq sheʼrlari yetib kelgan. Maxtumquli Firog‘iy sheʼrlarida turkman xalqining hayoti, urf-
odatlari, oʻz davrining muhim ijtimoiy-siyosiy vaziyatlari yoritilib berilgan. She’rlariga
Qur’onning mazmuni asos qilib olingan. Xalq dardini ifoda qiladi. Bu dunyo tashvishlarining
o‘tkinchi ekani va haqiqiy dunyo g‘amini chekishga undaydi. Shuningdek shoirning ichki
kechinmalari teran ifoda etilgan. She’rlarida turkman xalqini birlashishga chaqirgan. Ular
oʻrtasidagi nizo va janjallarni tugatishga uringan Taka, Yovmut, Koʻklang, Yozir va Alili kabi
urug‘larning ahilga da’vat etadi. Urug‘larning keltirilishi o‘zbek ijodkorlaridan Anvar Suyunning
“Eshmonbek” qissasida “Tuyoqli, O'raylar, Tulkichi, Xitoyi, Mitanlar, Laqallar, Cho'potlar,
Kesamirlar, Merkitlar, Yovmitlar, Qang'lar va Oyinlilar”[2:128 b] kabi urug'lar keltirilishi
o‘xshashlik jihatlari sezilib turadi. Yovmit urug‘ining keltirilishi ikki ijodkorda ham keltirilishi
tarixiy ildizimiz Yovmit urug‘i misolida ko‘rsak bo‘ladi. Millatlar bog‘liqligi milliy kolorit
jihatdan o‘xshashlik borligidir.

Mahtumqulining ishq-muhabbat, o‘tkir falsafiy mohiyat, hayot va oʻlim, mavzusidagi

sheʼrlarining ohangdorligi, goʻzal insoniy fazilatlar shuningdek, odob-axloqqa oid sheʼrlarida
islomiy hamda tasavvufiy qarashlar o‘z taʼsiri yaqqol sezdiradi. “Bu naqldir, odamzod…” she’rida
esa ko‘p qirrali milliy kolorit aksini topgan ko‘rib chiqamiz:

Yaratgan qudratidan tish bilan dahar berdi,
So‘zlamoqqa so‘z ila dahanda zabon berdi.[2, B. 128]
Bu baytdan ko‘rinib turibdiki, Alloh buyuk zot ekanligi va buyuk zot mo‘jizasi bilan

falakni, vaqtni va taqdirni berdi. Ikkinchi misrasida yaratgan ijozati bilan faqat insonga nutq va
zabol berganligini aytayapti. Hayvonlarga berilmagan aql va nutq insonga berilgani aytilyapti.

So‘z faqatgina Alloh tomonidan insongagina berilgan ne’mat ekanligi,

shuningdek, shukr

qilishga ishora qilyapti.

Ko‘ngling ketdi har yona, turding oyog‘ing yurdi
Bilding yaqin-yotni, ko‘zing dunyoni ko‘rdi,[1, B. 36]
Bu baytda esa, turkman millatiga xos jihatigina emas, balki barcha millat va elatlarga xos

xerakterli tushunchani bergan. Ko‘ngil va nafsni berdi, shu ikkisi orqali turding, yurding deyapti.

Nafs orqali shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvidan senga yaqin va begona insonlarni bilding,

yaxshi-yomonni, hayot achchiq-chuchugini bilganligimizni aytyapti.

Yetti-sakkiz yoshingda otang mullog‘a berdi.
O‘qib Qur’on – kitobni, ulg‘ayding – o‘nga kelding.[1, B.36]
Islomiy davlatlarga xos umumiy milliy koloritni badiiy yo‘sinda namoyon qilgan.
Qur’onni bilish orqali hayotiy va haqiqatni anglading. Umuman olganda lirik asari

mazmuni inson boshidan o‘kazadigan voqeiylikni islomiy nuqtayi-nazardan ochib bergan. Vaqting
borida umringning qadriga yetish kerakligini aytyapti. Shoir she’rlarida shariat va tasavvufiy
tushunchalar keng ma’noda o‘rin egallagan.

Mahtumquli ijodida sodda va samimiylik ko‘rinib turibdi. Shoir she’rlarini kitobxon

osongina tushunib oladi. Turkman xalqining milliy xosligi ham o‘z aksini topgan. “Turkmanning”
she’rida turkman xalqining geografik joylashuvi, tabiati va boshqa jihatlari yoritib berilgan. Pari
misoli bo‘lgan go‘zal qizlari va mard yigitlarini Turkmanning she’rida aytib o‘tadi. Haqqa bo‘lgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

780

muhabbat, xalqiga bo‘lgan muhabbat va Vatanga bo‘lgan muhabbati zamirida milliy koloritni aks
ettirmoqda. Rang-barang gullari, rayhonlari, Bek, to‘rasi, Go‘ro‘g‘lidek xalq og‘zaki ijodi
borligini baralla kuylaydi. Lirik she’rlarida realiyalar, lokal va milliy koloritga xos jihatlarni
ifodalaydi. She’rlarida milliy koloritga oid tasvirlar ko‘p uchraydi, shulardan birini ko‘ramiz.

Bir sufrada tayyor qilinsa oshlar
Baland bo‘lar baxt-iqboli turkmanning [1, B. 36]
Sufra – bu oshxonada xamir qilishda ishlatiladigan milliy buyum bo‘lib o‘zbek millatining

xamir qilishda ishlatadigan “Supra” buyumi aytilyapti. Yosh nosirimiz Anvar Suyunning
“Bolalikning so‘ngi kuni” asarida ham milliy buyumimiz “Supra” qo‘llanilgan.

Masalan: – Pechga o‘tin qalab, supra yozib xamir iylayotgan xotini qiya burildi.[5: B. 37]

Eshboy qizil uyiga kelganda xotini xamir qorishi tasvirlangan. Xalqmizning go‘zal urf-
odatlari[7:382]dank ko‘rinib turibdiki, o‘zbek va turkman xalqlari qardosh va har jabhada
nihoyatda bir-biriga yaqindir. Yuqoridagi tasvirlar ifodalanishi ijodkorning milliy mentalitetni
nozik qirralarini ochib beradi. She’rlarida suyujetlarning o‘sib borishida ham tasvirning o‘rni
beqiyos. Lokal tasvir she’rlarida asosli darajada tasvirlangan. Ifodaning haqiqiyligi milliy
bo‘yoqdorligini orttiradi. “Nuqsona kelgay” she’rida koloritming mezonlaridan biri urf-odat
haqida shunday deydi.

Urf-odat yo‘qoldi, bir xasb qoldi.
Yamon yalovlandi, yo‘l kesib qoldi.
Shariat yo‘q bo‘lib, taassuf qoldi,
Zamonaning zavqi shaytona kelgay.[1, B.76]
She’rdan anglashiladiki, urf-odatlar yo‘qolganidan shoir tashvishda ekani, milliy

taomlardan xasb qolgani haqida aytyapti. Yomonlar insonlar o‘sha davrda ham borligi va ular
insonlar yo‘liga to‘siq bo‘lishi, shariat nizomlari yo‘qligi hamda faqatgiga afsuslar qolgani va
zamon zavqiga shaytonlar kelganini aytyapti. Shoir ko‘ngli milliy koloritni istashi shu to‘rt qatorda
ifodalab beryapti.

Mahtumquli she’rlarida turkman xalqining koloriti keng ma’noda boyitib borilgan.
Kolorit har bir millatning urf-odatida, so‘zlashuv nutqida, xarakterida, xalq hayotining

madaniy-moddiy hayot sharoiti, ma’naviy turmush tarzi, tabiat tasviri, dini, adabiyoti va san'ati
hamda boshqa maxsus narsalar haqidagi tasavvurlari, tushunchalari baralla kuylangan. Koloritni
Mahtumquli she’rlarining ko‘p joyida uchratish mumkin. Mahtumquli asarlarida turkman
millatning tarixi madaniyati ko‘rsatiladi. Mahtimquli ijodida tarixiyligi madaniyatidan xalq
og‘zaki ijodi bo‘lgan Go‘ro‘g‘li dostoni ham keltirilgan:

Ul mardning o‘g‘lidir, marddir padari.
Go‘ro‘g‘li qardoshi, sarxushdir sari. [1, B. 36]
Misrada keltirilgan Go‘ro‘g‘li doston milliy asrlaridan biri ekani ifodalangan.
Milliy kolorit – har bir millatning o‘zligini saqlaydigan va sha’nini ulug‘laydigan urf

odatdir. Mahtumquli turkman koloritni o‘z asarlarida mujassamlashtirgan yozuvchilardandir.

G‘afur G‘ulum she’rlarida ham inson umri va qadri haqida chuqur falsafiy ma’no yotibdi.
Biz Mahtumqulining

“Bu naqldir, odamzod…” she’ridan anglashilgan umr qadri

tushunchasini G‘afur G‘ulomning “Sog‘inish” she’ridagi quydagi misralari bilan solishtirishimiz
mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

781

Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.[3, B.136]
O‘g‘liga yozilgan bo‘lsada odamlarga har lahzani, har onni vaqtida qadriga yetishga

undayapti. Umrni mazmunli va yaxshi fazilatlarga boyitish kerakligini aytyapti. Ikki ijodkor
she’rida ham quyidagilarga e’tibor qaratsa bo‘ladi:

-

insonga vaqt qadriga yetish kerakligi aytyapti

-

umrni mazmunli amallar bilan o‘tkazishga undayapti
qanday ma’noda bo‘lishidan qat’iy nazar insonlarni yaxshilikka chorlayapti. Har ikki

shoir xalq dardini she’r qilgan. Xalq dardi esa, ezgulikdir.

Xulosa qilib aytganda, Mahtumquli Farog‘iyning she’rlarini tushunish oson. Ayniqsa,

islomiy davlatlarning milliy ruhiyati yaxshi chizilgan. She’rlarida hayotiy tajribalar natijasidan
kelib chiqqan qimmatli fikrlarning xulosasini ko‘ramiz.

REFERENCES

1.

Маҳтумқули – Фироғий М.32/ сайланма Маҳтумқули – Фироғий. Т.: “Ўзбекистон”, 2
008. 36

2.

Husniddin, Suvanov. "ESHMONBEK" QISSASIDA MILLIY RUH TALQINI."
BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI (2022):
126-131.

3.

Ғафур Ғулом. Mукаммал асарлар тўплами: 12 томлик таҳрир ҳаяти:

4.

С.Азиmов. – Т.: “Фан” 1984 й.

5.

Анвар Суюн. “Эшмонбек”. – Тошкент: Академнашр, – 2015. – 56-бет.

6.

А. Суюн. Ғўбдинтоғ ҳикоялари. – Тошкент: Академнашр, – 2005. – 37 б.

7.

Suvanov H. N. et al. Kolorit ijodkorning va xalqning milliy qirralarini ochib berguvchi
omildir //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 6. – С. 962-965.

8.

Husniddin Norkulovich Suvanov Termiz State University Teacher Uzbekistan ARTISTIC
INTERPRETATION OF NATIONAL COLOR IN PROSE OF UZBEK YOUNG PEOPLE
28.02.2023.

9.

Sultonqulova, F. (2024). USMONI AZIM IJODIDA XALQ QO'SHIQLARINI IZODA
ETISHI

HAQIDA.

Zamonaviy

fan

va

tadqiqotlar,

3

(2),

282–285.

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30754

10.

Sultonqulova, F. (2020). Metaphorical images in Osman Azim poetry. ISJ Theoretical &
Applied Science, 04 (84), 537-539.

11.

Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry. ISJ Theoretical &
Applied Science, 02 (94), 350-353




References

Маҳтумқули – Фироғий М.32/ сайланма Маҳтумқули – Фироғий. Т.: “Ўзбекистон”, 2008. 36

Husniddin, Suvanov. "ESHMONBEK" QISSASIDA MILLIY RUH TALQINI." BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI (2022): 126-131.

Ғафур Ғулом. Mукаммал асарлар тўплами: 12 томлик таҳрир ҳаяти:

С.Азиmов. – Т.: “Фан” 1984 й.

Анвар Суюн. “Эшмонбек”. – Тошкент: Академнашр, – 2015. – 56-бет.

А. Суюн. Ғўбдинтоғ ҳикоялари. – Тошкент: Академнашр, – 2005. – 37 б.

Suvanov H. N. et al. Kolorit ijodkorning va xalqning milliy qirralarini ochib berguvchi omildir //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 6. – С. 962-965.

Husniddin Norkulovich Suvanov Termiz State University Teacher Uzbekistan ARTISTIC INTERPRETATION OF NATIONAL COLOR IN PROSE OF UZBEK YOUNG PEOPLE 28.02.2023.

Sultonqulova, F. (2024). USMONI AZIM IJODIDA XALQ QO'SHIQLARINI IZODA ETISHI HAQIDA. Zamonaviy fan va tadqiqotlar, 3 (2), 282–285. https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30754

Sultonqulova, F. (2020). Metaphorical images in Osman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 04 (84), 537-539.

Sultonqulova, F. (2021). Metaphors of colors in Usman Azim poetry. ISJ Theoretical & Applied Science, 02 (94), 350-353

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов