210
BIBI ROBIA’ SAIDOVA ASARLARIDA MILLIY MENTALITETGA XOS MILLIY
KOLORITNING NAMOYON BO‘LISHI
Suvanov Husniddin Norqulovich
Termiz davlat universiteti, Oʻzbek filologiyasi fakulteti,
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
Tel:+998977868805 E-mail:
https://doi.org/
10.5281/zenodo.8418040
Annotatsiya.
Bibi Robia’ Saidova asarlarida milliy koloritning qay darajada tasvirlanishi
va o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan xarakterning ifodalanishi. Badiiy ijodining mahsuli bo‘lgan
“Hizr tashlagan qanot”, “Kakku ovozi” va “Malikaning qaytishi” kabi hikoyalarida syujetining,
kompozitsiyasining hamda shakl va mazmuning koloritga mos tarzda yoritilishi. XX asrda xalq
hayotida milliy koloritning yorqin ifodalanishi.
Kalit so‘z:
Milliy kolorit, badiiy ijod, Hizir, Kakku ovozi, xarakter.
MANIFESTATION OF THE NATIONAL COLOR CHARACTERISTIC OF THE
NATIONAL MENTALITY IN THE WORKS OF BIBI ROBIA' SAIDOVA
Abstract.
Bibi Robia' Saidova's works depict the national color and the character
characteristic of the Uzbek mentality. In stories such as “Hizr tashlagan qanot”, “Kakku ovozi”
va “Malikaning qaytishi” which are the products of his artistic creation, the plot, composition,
form and content are highlighted in a colorful way. A bright expression of national color in the
life of the people in the 20th century.
Key words:
National color, artistic creation, Hizir, Kakku's voice, character.
ПРОЯВЛЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНОГО КОЛОРИТА, ХАРАКТЕРНОГО ДЛЯ
НАЦИОНАЛЬНОГО МЕНТАЛИТЕТА, В ТВОРЧЕСТВЕ БИБИ РОБИА
САИДОВОЙ
Аннотация.
В произведениях Биби Робиа Саидовой отражен национальный
колорит и характер, свойственный узбекскому менталитету. В таких рассказах, как
«Опущенное Хызром крыло», «Голос Какку» и «Возвращение принцессы», являющихся
продуктами его художественного творчества, красочно выделены сюжет, композиция,
форма и содержание. . Яркое выражение национального колорита в жизни народа ХХ века.
Ключевые слова:
Национальный колорит, художественное творчество, Хизир,
голос Какку, характер.
211
Badiiy adabiyotda milliy kolorit insonning tarixiyligini, milliyligini, madaniy yashash tarzini
o‘rganadi. Bu esa millatning psixologik ruhiy olami o‘tmishi va hozirgi yashash madaniy hayotini
uzviy bog‘lab o‘rganadi. Har qanday millatning tarixiy ko‘rinishi va zamonaviy ko‘rinishini o‘z-
o‘zidan mutanosibligini yuzaga keltiruvchi milliy koloritdir. Milliy koloritni badiiy adabiyotda
so‘z bilan, porteret yaratishda tasviriy belgilar, maqol, topishmoq, frazelogiyalar, so‘z birikmasi
milliy ruh singdirilgan xarakterda ifodalanadi. Kolorit badiiy adabiyotda keng ma’noda
qo‘llaniladi. Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyotda avangardlik qiluvchi ma’lum belgi bu
koloritdir. Tasviriy ifodada, nutqiy birliklarda va logik ifodalarda milliy koloritini namoyon
bo‘lishi kolorit ayni ko‘rinishidir. Har qanday badiiy ijodkor asar yozar ekan makon, zamon va
tipologik jihatdan kelib chiqib, milliy mentalitetga xos ravishda yondashishi tabiiydir. Badiiy ijod
mahsuli bo‘lgan badiiy asarning syujeti, kompozitsiyasi, shakl va mazmuni kabi asosiy tarkibiy
qismlari ijod mohiyatini ochib beradi. Badiiy ijodning asosiy mezoni bu obraz va obrazlilikdir.
Ijodkor inikosida voqea hodisalar o‘zining dunyoqarashiga munosib ko‘rinishda bo‘ladi va o‘sha
ko‘rinish orqali madaniy- tarixiy, milliy, zamonaviy komunikativlik asosida badiiy to‘qimani
shakllantiradi. Individual psixologik kechinmalarini asarga ko‘chirishda badiiy ijodkorga xohish,
uslubiy metod, tajriba va so‘z boyligi muhim bo‘ladi. Bugungi kunda ijodda o‘z qarashiga, o‘z
nutqiy metodiga ega bo‘lgan yosh ijodkorlar bor. Bu ijodkorlar hikoya janrida ham ilg‘or. Biz
aynan nasrning hikoya janriga e’tibor bersak, Bibi Robia’ Saidova xalqimizning o‘tmishida
bo‘lgan va hozirgi kunda bo‘layotgan real voqealar asosida sermazmun hikoyalar yozmoqda desak
to‘g‘ri bo‘ladi. “Hizr tashlagan qanot”, “Kakku ovozi”, “Malikaning qaytishi” va “Kuz yomg‘iri”
kabi asarlarida milliy koloritga xos tarzdagi konservativlik xususiyatini saqlay bilgan.
Zamonaviylikni da’vo qilsada asarlarida etnografizm, etnopsixologizm, milliy mentalitet va
syurrealizm kabi mohiyatlar asarda barq urib turibdi. Nutqiy faoliyatini ham realiyalardan keng
ko‘lamda foydalangan. Bibi Robia’ Saidovaning asarlari xalq hayotidan olinib, xalq yuragiga yetib
bormoqda. “Hizr tashlagan qanot” hikoyasida inson umri bir zumda o‘tishi sodda-ravon qilib
tushuntirib bergan. Asar shunday yosh qizaloqning “Ko‘cha bo‘ylab jajji oyoqlar u yoqdan bu
yoqqa yugurishyapti”
1
tarzdagi jumlalari bilan boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki asarda qahramon
beg‘uborligi, bolalikning podshosi bo‘lgan jajji dilozor Qizning yugurishi bilan boshlanadi.
“Bolalik - podsholik”
2
, deb bekorga aytmaydi. Bolalikdagi niyatlarning ro‘yobini albatta, ko‘rasan
kishi. Asar to‘rt yoshar qizcha va akasining hayrat bilan yugurishi bilan boshlanadi. Beg‘uborlik
1
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
2
Xalq nutqida
212
va tashvishsiz bo‘lgan aka-singil go‘yoki baxt qasri kichik shahzodasi va kichik qirolichasi edi.
Asar syujeti o‘sib borishi quyidagicha o‘sib boradi. O‘yinqaroq aka mitti qirolichani ko‘ylagini
tortib yubaradi va qizcha orqasiga qarab yiqilib tushadi. Tirsagidagi qonni ko‘rgan qiz hoyu-annoz
solib yig‘laydi. Bu kabi tantilik har qanday yosh bolaning xarakterida uchraydi. Asarni yozuvchi
qahramonning beg‘uborlik vaqtidan boshlashi ham asar qimmatini orttiradi. Bibi Robia’ Saidova
asarda ko‘proq tabiat tasviridan foydalangan. Tabiat tasviri orqali qahramonning ideasini
shakllantiradi. Ijodkor quydagicha tasvirlaydi: “Uning butun ruhi, butun vujudi, barcha xayollari
ana shu opoqqina bulutlarga aylanib borayotgan edi”
3
deya peyzaj tasviri orqali orzular olamida
yashagan qizaqloqning hayoti qanday tus olishini ifodalab bergan. Asarda uchmoq orzusi bilan
yashagan qizcha jismonan uchmoqlik baxtiga muyassar bo‘lmaydi. Sababi, uchish insoniyatga
berilmagan imkoniyat edi. Jismonan ucha olmasada ruhan ushib halovat topishi asarda
tasvirlangan. Ruhiy erkinlik qahramon orzusini amalga oshiradi. Qahramonning ruhiy jihati
qanchalik yorqin ifodalansa, ijodkor asarda qo‘yilgan muammolari yechimi tushunimli bo‘ladi.
“Badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok etilayotgan narsa farqlash zarur”
4
. Asarda Qizning
hayotining opoqqina osmonga o‘xshatilishi, yoshlikdagi orzulari osmondek g‘uborsiz ekanligidan
dalolatdir. Osmon musaffo bo‘ladi. Musaffolik esa, yosh bola ko‘nglidek soflikka o‘xshatilyapti.
Hizr alayhu salomning nazari tushishini mitti qahramonimiz orzu qiladi. Hizr alayhi salomni
ko‘rish baxtiga erishmaydi, eshitganlarini orzu qiladi va faqatgina orzuligicha qoladi. Yoshlikda
nimani so‘rasak, albatta unga erishamiz. Asarda syujetlar o‘sib borishi ham tez va mujmal
bo‘lsada, asardan yoritilgan muammo adabiyotning obyekti bo‘lgan inson orzu-niyatlari
yo‘g‘rilgan mazmunli hayotidir. Asarda to‘rt, yetti, to‘qqiz, o‘n ikki, o‘n olti, yigirma, yigirma
olti, qirq olti va yetmish yoshlar kesimida Qizning yoshini tasvirlash mobaynida asarda inson
hayoti o‘tkinchi ekanligini ya’ni raqamlar orqali tez o‘tishiga ishora tarzida ifodalanyapti.
Belgilab berilgan qisqa vaqt inson hayotining qadrli ekanligini anglatishini ham muallif yoritib
bergan. Asar makoni bir joy olingan bo‘lsada, vaqt siklikligi Qiz hayotiga nisbatan tezlashganini
asarda ko‘ramiz.
Asarda qahramon tilidan korrupsiya
avjida ekanligini va o‘qishga pullari
kiritishini aytadi. Qiz o‘qishga kiraolmay ruhan azoblanadi, haqiqat yo‘qligidan azob chekadi.
Muallif syujetlar o‘sish jarayonini tezlashtiradi. Qizning hayot jarayonining asosiy joylarini
hikoyaga joylasada mazmunan keng qamrovlilik yaqqol seziladi. Ona mehri cheksizlikdan iborat.
O‘g‘lining xorijdan kelishini xursandchilik bilan kutgan Qizning hayoti ijobiy tus olganidan
3
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
4
D. Quronov. “Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari”, Navoiy universiteti -2018 y.
213
kitobxon orom oladi. Chunki, umr bir xil davom etmasligini, hayot yaxshi va yomon kunlar bilan
totli ekanligini isbotlaydi. Asarda Qiz so‘ragan ezgu niyatlari otasi tomonidan bajarilishi
keltirilgan. Bir ayol o‘zini baxtli his qilishi uchun nimani istasa asarda qahramonimiz erishganiga
amin bo‘lamiz. Asar konsepsiyasini ifodalashda reallik va ideallikning uyg‘unlashuvini ko‘ramiz.
Besh betli asar bo‘lsa-da, mazmuni o‘tkir. Shakli umuman mazmunga salbiy ta’sir
ko‘rsatmagan. “Malikaning qaytishi” nomli asarida ota va qiz obrazi orqali hayotning achchiq
haqiqatlari so‘zlangan. Yo‘qchillik sababli qiynalgan ota va yo‘qchillik sababli yorug‘ olamni tark
etgan yoshgina qizaloq taqdiri tasvirlab berilgan. Asar qahramoni Ibrat qizi Hadichaga ishdan
qaytayotganda biror narsa olib kelolmasligidan quydagicha “uh, qanaqa ota bo‘ldim-a, qizimga
biror narsa olib berolmasam. Faqat ijara puli, ijara puli. Ustiga-ustak u qurg‘ur maoshdan
katta…”
5
. Ko‘rinib turibdiki asar qahramoni Ibratillo turar joyiga ham pul to‘lashi muammo
bo‘layapti. Ijara puli, oladigan maoshdan ortiq bo‘lishi, uning ustiga dardmand qizning dorisiga
pul yetmasligi juda achinarli holat. Maosh olishi bilan dunyo tashvishlarini unitib bozorlik qilib
keladi. Hayajondan o‘zini qo‘yarga joy topolmay eshik qo‘ng‘irog‘ini chaldi. Xotini Gulyuzning
xursand bo‘lishini tasavvur qilib yanada quvondi. “ – Mana senga olam-olam gul. Bularni ko‘rib
xushingdan ketib qolma yana. Oylik olgandim. – deya Ibrat bozorliklarini namoyish qilib turgan
ikki qo‘lini baland ko‘tardi”
6
. Ibrat qancha xursand bo‘lsa, xotini Gulyuz ilon chaqqandek
tasodifan chinqirib yuboradi. Ibrat biror joyining og‘riyotganini so‘rasa, aksincha og‘rimayotgani
va nimalar qilib qo‘ydingiz deb, dod solidi. Bu qichqiriq hayotning ayovsiz zarblarining alomatlari
edi. Oylikni kutib yurgan Gulyuz shunday deydi: “ - Axir… axir shu oyligingizni kutib
o‘tirgandik-ku. Qizimizga dorilarini olishimiz kerak edi. Ahvoli yomonlashyapti. Bu yoqda
ijarachi xotin…- dedi. yig‘lamsirab”
7
. Asarning tuguni shu o‘rinda boshlanadi. Hikoyaning
muammosi esa farzand dardi va yo‘qlik. Ha, yo‘qchilik yiqitar yigit zo‘rini deganidek , Ibrat
yiqilgan yigit edi. Birinchi dorixonadagi yigit og‘ir kasallikka beriladigan doriligini aytadi va
Ibratning ahvolini tang holga soldi. Eski narxlarda hosoblaganini aytib dori sotuvchi yuz ming
qaytaradi. Kambag‘al mard bo‘ladi degani rostda, qaytgan yuz mingni olmasligini aytadi. Chunki,
sadaqa deb o‘ylaydi. Dorixonachi sadaqa emasligini, gapining rostligini isbotlagandan so‘ng oladi.
Nochor ahvolda qolsada g‘ururi osmonligicha, pulni olmadi. Ikkinchi dorixonaga boradi, narxdan
tushishini aytganda aroq ichganmisan deydi va savdoga bozor emasligini aytadi. Va nihoyat,
5
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
6
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
7
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
214
uchinchi dorixonaga boradi, Allohdan yordam so‘raydi. Ming eshik yopiq bo‘lsa ham ming
birinchisi ochiq deganidek dorilarni olib qaytadi. Dado‘-o‘-v deb talpina to‘rt-besh qadamgina
bosa oladigan majolsiz, dardmand va xasta jigargo‘shasi Hadichaning yoniga kelib dorisini
ichiradi. Sotilmaydigan dorilar omboriga aylangan Hadichaning hayoti yakuniga yetadi. Farzand
dog‘ini ko‘rgan Ibrat yo‘qligi uchun o‘zini koyib ruhan azob tortadi. Bu azob xalqimizning bolajon
xalq ekanligini ko‘rsatadi, bundan tashqari o‘zbek milliy koloritini kuylovchi mehr oqibat asar
kulminatsiyasiga ko‘tarilgan. Eskilar aytgandek, “o‘rnini to‘ldirsin” deganidek, Hadicha yorug‘
olamni tark etsada, yana chaqaloqli bo‘lishini eshitib Ibrat ruhan tasalli oladi. Bu xursandchilik
qahramoning ijobiy tus olganiga isbotdir. Hayotiy
voqealar tasvirlangan, vantastik obrazlardan
yiroq bo‘lgan “Kakku ovozi” hikoyasda dugonalar asar markazida bo‘ladi. Voqealar soxta
emasligi va haqqoniyligi bilan ajralib turadi. To‘yda o‘tirgan dugonalar qaytish vaqti dugonalar
urf-odatimiz bo‘lgan duoga qo‘l ochishadi. Hanifa har bir qiz yurakdan qiladigan niyati va orzusini
eshittirib aytib yuboradi. Dasturxon boshidan yaxshi niyat qilib, turib ketish o‘zbek millatining
muhim odatlaridan biri. Bu odat ayni milliy koloritning o‘zidir. Fotiha aytib, duo qilish har
xonadonda bor va shuning bilan birga har insonning qon-qoniga singib ketgan go‘zal fazilatdir.
Inson xarakterining bunday namoyon bo‘lishi milliy koloritimizga xos ko‘rinishdir. Hanifa
dugonalar yonida bo‘lsa ham uyalib, yuzi qizarishida o‘zbek iboli qizining barchasiga tegishli
holatdir. Albatta, yuz qizarish - uyalish, iymanish va tortinish kabilar o‘zbek qizlarining xarakterli
ifodasi. To‘ydan keyin xayr-xo‘shlashishi ham mentalitetimiz belgisi. O‘zbeklarning
mehmonlarga bo‘lgan izzat-hurmat belgisi mehmonlarni kuzatib qo‘yishi ham doimiy
odatimizdan. Hanifa bir ko‘rishdayoq “Yusuf payg‘ambarning o‘g‘li, yo‘g‘-e avlodi emasmikan”
8
yoqtirib qolishi va u yigit, Hanifa kutgan turmush o‘rtog‘i ekanligini sezadi. Bu sezgi insongagina
berilgan ne’matdir. Xalqimizda shunaqa gap bor: “Yuragim sezdi”
9
deydi. Sezish qobiliyati
insoniyatga berilgan nozik tuyg‘u. Yozuvchi sezgi tuyg‘usiga voqealar rivojini bog‘lab, asar
oxirida ikki yoshning hayot yo‘lini birlashtiradi. Ijodkorning tasviriy ifodasida Hanifaning
sevgilisiga ilk bo‘lgan nigohi jinoyatchini ko‘rgandek tasvirlanishi ham muhabbat atalmish
tuyg‘uning vohimali ko‘rinishidir. Ijodkor esa o‘zbek qiziga munosib qarash bilan sevgini
ta’riflaydi. O‘zbek qizi sevgini tan olgusi kelmaydi, hadiksiraydi va jinoyachiga qaragandek
qaraydi. Bu xarakter o‘zbek qizlariga xos iffatdir. “Orqa o‘rindiqda o‘z xayollari bilan o‘tirgan
Hanifaning mashina old peshtoqidagi oynadan haydovchi yigitga tushdi. Nigohi ko‘zgudagi aksni
8
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
9
Xalq nutqida
215
ko‘rdi-yu, ortga qaytishni unutdi, bir necha daqiqa undan uzilmadi. “Yusuf payg‘ambarning o‘g‘li,
yo‘g‘-e avlodi emasmikan”. Xayoliga shu fikr kelgan ham ediki, ko‘zguda haydovchining nigohi
ham Hanifaning nigohiga qadaldi. Jinoyat ustida qo‘lga tushgan o‘g‘riday Hanifa o‘zini qo‘yarga
joy topolmay, tashqariga qaradi. Bu qilig‘i uchun o‘zini behayolikda aybladi. Imkoni bo‘lsa-yu
mashinadan tushib qolsa”
10
. Shu jumlalargina millatimiz ko‘zgusi bo‘lgan millat qizining
iffatlarini ko‘rsatadi. Telefon to‘g‘ri foydalangan kishi uchun yutuqdir. Aksincha, oqilona
foydalanaolmaganlar uchun umr vavosidir.
Hanifani aldagan dugonasi Mahliyo va uning singlisi
Gulhayo obrazlari salbiy qahramonlar. Har qanday badiiy asarda ijobiy va salbiy obrazlar mavjud
bo‘ladi.
Mahliyoning singlisi gulhayodan ikki marotaba gul, gul va shokolad jo‘natishi Hanifaning
aldanishiga olib keladi. Chunki, uyushtirilgan edi. Sodda va samimiy bo‘lgani uchun ishonadi. O‘z
vaqtida bilishga ham ulguradi. Aldanib yurganini bilib qolishi esa tasodifan sodir bo‘ladi.
Ustozidan ruxsat olib, Shosha-pisha otasi jo‘natgan pulni olgani ketayotganda tasodifan “...
“Hanifa” degan chorlov uni, taqqa to‘xtatdi”
11
chaqirib qolgan dekanatda ishlaydigan G‘anisher
aka ekan. G‘anisher akaning anketani to‘ldirtirishi asarda butkul burulish yasaydi. Asarda
Mahliyoning ikkinchi raqami sifatida kiritilgan raqami tanish bo‘ladi. Qahramonimizni istirobdan
qutqarib tashvishli hayot sari yetaklaydi. Asarda butkul katta o‘zgarish bo‘ladi. Kakku ovozli
xabarni kutib yashovchi Hanifa, g‘ururi ustunlik qilib, otasi kontrakt uchun jo‘natgan pulni
dugonasi Mahliyoning hasadini keltirish uchun jahldan sarflab yuboradi. A’lochi o‘qishada
o‘qishdan haydalish darajasiga borsada orini saqlashga harakat qildi. Bu xarakter kitobdan bosh
ko‘tarmaydigan, telefonda ham faqat ota-onasi bilan gaplashadigan Hanifaga xos emasligi ham
atrofidagilarni, ham kitobxonni umuman shoshirib tashlaydi. Hanifa obrazi bilan hikoyanavis
o‘zgacha noan’anviy stilistik uslub kashf qildi. Ijodkorga ham bo‘y sinmagan holatda Hanifa
qolipli xarakteridan chiqadi. Mas’uliyatli, o‘qimishli ekanligini muallif ta’rif bermagan, lekin
Mahliyo va o‘qituvchi nutqida aytilgan so‘zlar Hanifani ta’riflaydi va shu ta’rifdan anglash
mumkin. Bundan ko‘rinadiki, Hanifa muallif va kitobxon tasavvur qilgan qahramon qolipdan
chiqadi. Imijalogik o‘zgarishi, turmush tarzining o‘zgarishi dugonalarini va kitobxonni ham
hayratga soladi. Hanifa uch kun ichida kantraktni to‘lamasa, o‘qishdan haydalishini eshitib karaxt
holatga tushadi. Ruhan tushkunlik butun vujudini qoplaydi. Qishloqdosh dugonasi Rohilaning
qator smslari yana asarda kesnin burulish yasaydi. Bu burulish Hanifaning turmushga chiqishiga
sabab bo‘ladi. Ijodkor Hanifaning hayoti yaxshilik bilan tugashiga ishora qiladi.
10
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
11
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
216
REFERENCES
1.
Bibi Robia’ Saidova “Kakku ovozi” G‘afur G‘ulom nashryoti. 2019-yil
2.
Хайруллина А. А. Национально-региональный компонент в содержании обучения
иностранным языкам // Иностранные языки в школе. 2013. № 7. С. 24–26.
3.
3.Чепель Н. П. Приемы воссоздания национального колорита оригинала в переводе (на
материале перевода романа А.Толстого «Петр Первый » на английский язык) // Вестник
Волгогр.гос.ун-та. Сер.2, Языкозн. 2010. № 2. С.120–125.
4.
Husniddin,
Suvanov.
"ESHMONBEK"
QISSASIDA
MILLIY
RUH
TALQINI."
BARQARORLIK
VA
YETAKCHI
TADQIQOTLAR
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
(2022): 126-131.
5.
Suvanov H. N. et al. Kolorit ijodkorning va xalqning milliy qirralarini ochib berguvchi
omildir //Science and Education. – 2023. – Т. 4. – №. 6. – С. 962-965.
6.
Ahmad, Amini Aziz. "SHIMOLIY AFGONISTON OZBEKLARI NUTQIDA
DEHQONCHILIK ASBOBLARI NOMLARI VA ULARNING LISONIY TALQINI."
Science and innovation 1.B2 (2022): 485-490.
7.
Husniddin Norkulovich Suvanov Termiz State University Teacher Uzbekistan ARTISTIC
INTERPRETATION OF NATIONAL COLOR IN PROSE OF UZBEK YOUNG PEOPLE
28.02.2023
