CLUSTER AS THE BASIS OF THE INNOVATION SYSTEM

HAC
Google Scholar
f
968-971
0
0
To share
Anarkulov, D. (2024). CLUSTER AS THE BASIS OF THE INNOVATION SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 968–971. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31284
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Searching for new approaches to the organization and management of innovative activities at the country level, as well as creating a favorable environment for the creation, distribution and commercialization of innovations, were considered.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

968

KLASTERLAR INNOVATSION TIZIMNING ASOSI SIFATIDA

Anarkulov Dilshod Abdumalikovich

o‘qituvchi. Guliston davlat universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11033783

Annotatsiya.

Mamlakat miqyosida innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarishda

yangi yondashuvlarni izlash, shuningdek innovatsiyalarni yaratish, tarqatish va tijoratlashtirish
borasida qulay muhit yuzaga keltirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

sanoat klasterlari, innovatsiya, tadbirkorlik, samaradorlik, innovatsion

infratuzilma, xizmat.

CLUSTER AS THE BASIS OF THE INNOVATION SYSTEM

Abstract.

Searching for new approaches to the organization and management of innovative

activities at the country level, as well as creating a favorable environment for the creation,
distribution and commercialization of innovations, were considered.

Key words:

industrial clusters, innovation, entrepreneurship, efficiency, innovative

infrastructure, service.

КЛАСТЕР КАК ОСНОВА ИННОВАЦИОННОЙ СИСТЕМЫ

Аннотация.

Рассмотрен поиск новых подходов к организации и управлению

инновационной деятельностью на уровне страны, а также созданию благоприятной среды
для создания, распространения и коммерциализации инноваций.

Ключевые слова:

промышленные кластеры, инновации, предпринимательство,

эффективность, инновационная инфраструктура, сервис.

Kirish.

Innnovatsion klasterlar rivojlanishi mavjud sanoat kompaniyalariga ilmiy-tadqiqot

natijalarini intensiv ravishda joriy qilish, yirik korxonalar tomonidan qo‘shilgan qiymat zanjiriga kirish
uchun yangi kichik va o‘rta korxonalar davlat-hususiy sherikchiligi asosida tashkil etish hisobiga
amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni boshqarishda tarmoq yondashuvidan foydalanish

ustunlik qiladi, bu esa, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni innovatsion jihatdan to‘liq yangilashga
imkon bermaydi. Respublikada YaIMning fan sig‘imkorligi darajasi hanuz pastligicha qolmoqda.

Shu sababli mamlakat miqyosida innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarishda yangi

yondashuvlarni izlash, shuningdek innovatsiyalarni yaratish, tarqatish va tijoratlashtirish borasida
qulay muhit yuzaga keltirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar tahlili.

Zamonaviy iqtisodiyotda klasterli yondashuv hududlar iqtisodiyotini

rivojlantirish va tashkilotlarning raqobatbardoshlik hamda innovatsion faollik darajasini
oshirishning samarali vositalaridan biri hisob-lanadi, chunonchi, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlarning bu boradagi tajribasi haqiqatdan ham, iqtisodiyotni innovatsion jihatdan
rivojlantirishda klasterlashtirish amaliyotining o‘rni muhim ekanligidan dalolat beradi.

Dunyo xo‘jaligining iqtisodiy rivojlanishida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan jarayon yangi

iqtisodiy tushunchalarning kirib kelishi, iqtisodiyotda yangi yuqori texnologik kompyuter-
informatsion maxsulotlar ishlab chiqarish, ilm talab maxsulotlarni ko‘plab ishlab chiqarilishi
ta’sirida iqtisodiyot tarmoqlari shakllanmoqda. Buning ta’sirida investitsion iqlimni o‘zgarishi,
raqobatni rivojlanishi, inson kapitaliga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi, iqtisodiyotni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

969

innovatsion rivojlanishini qo‘llab-quvvatlanishi ta’sirida yuqori texnologik maxsulotlar ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar qishloq xo‘jaligi tizimida agrosanoat klasterlar tizimi tashkil topadi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligidagi innovatsion yangiliklar ta’sirida samarali iqtisodiy

rivojlanish mexanizmlari sifatida agrosanoat klasterlari faoliyatini tashkil etish va rivojlanishini
jadallashtirish sanaladi. Innovatsiyalar to‘g’risidagi dastlabki ilmiy ishlanmalar XX asrning
yigirma yilligida Y.SHumpeter tomonidan ishlab chiqilgan. Shu bilan birga “yangiliklar
diffuziyasi” deb ham nomlanadi.

XX asr oxiridan boshlab dunyo xo‘jaligida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar zaminida

mamlakatlar iqtisodiyotida yangi xo‘jalik yuritish tizimlarini shakllantirish sanaladi, mahsulot
ishlab chiqarish bo‘yicha, geografik yaqin bo‘lgan korxona va ularga hazmat ko‘rsatuvchi
tashkilotlarni o‘z ichiga olgan «klaster tizimini» yaratishdan iboratdir.

Qishloq xo‘jaligini bugunki kun davr o‘zgarishlaridan kelib chiqqan xolda tashkil etish

orqali “klaster”, “klasterizatsiya”, “klaster siyosati” kabi tushunchalar kirib kelmoqda. Qishloq
xo‘jaligini klasterlashtirish siyosati mamlakat mintaqalarida qishloq xo‘jaligini yangi tuzilmalarini
tashkil topishi orqali maxalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi ortadi va yangi
innovatsion impuls ta’sirida qishloq xo‘jaligida yangi maxsulotlar turlarining paydo bo‘lishiga olib
keladi

.

“Klaster – Germaniya iqtisodiyoti rivojlatirib, Evropa Ittifoqi doirasida iqtisodiy

o‘sishning motori sifatida maydonga chiqdi. Finlandiya iqtisodiyotida yuqori o‘sish darajasini
ko‘rsatdi”

1

. Shuningdek, “AQSH iqtisodiyotidagi yarmi ko‘p tashkilotlar shu modelda faoliyat

ko‘rsatishadi”

2

.

Qishloq xo‘jaligi tizimida klasterlarni tashkil etishda tuman va viloyatda yaqin joylashgan

bir-biriga yaqin bo‘lgan sohalarning o‘zaro xamkorligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa
xizmatlarni uyg’unlashtirish bilan birgalikda innovatsion faoliyatni tashkil etish asosida yangi
turdagi qishloq xo‘jalik maxsulotlariishlab chiqarishga yo‘naltirishdan iborat.

Aksariyat olimlar ta’kidlashicha, barcha klasterlar u yoki bu darajada innovatsion

rivojlanishga, innovatsion jarayonni u yoki bu daraja-da tezlashtirishga hissa qo‘shadi va hatto
ularning ba’zilari mazkur vazifani bajarishga ixtisoslashganligi bilan ham ajralib turadi. Aynan
ushbu g‘oya innovatsion klasterlar kontseptsiyasining asosini tashkil qiladi. Innovatsion klasterlar
innovatsiyalarga moyil bo‘lib, bu firmalarning o‘z faoliyatlarini tashkil etish va rivojlantirish,
mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ular iqtisodiy
sub’ektlarning innovatsiyalarni qabul qilishga moyilligini oshirish, biznesni oqilona tashkil qilish,
mahsuldorlikni oshirish kabi afzalliklarini rivojlantirishga yordam beradi.

Tahlil.

“Klaster” tushunchasini talqin qilish borasidagi yuqorida keltirib o‘tilgan

yondashuvlarni umumlashtirgan holda, innovatsion-sanoat klasteri bu - muayyan bir hududda
geografik jihatdan mahalliylashgan, bir-birini to‘ldiruvchi, raqobatdosh iqtisodiy sub’ektlar
majmuidir. Bunda klaster sub’ektlari o‘zaro, shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv organlari
bilan innova-tsiyalarni yoyish borasida qulay muhit yaratish, shuningdek, klaster sub’ektlari,

1

В.М. Джуха, А.В. Курицын, И.С. Штапова. Экономика отраслевых рынков: учебное пособие/ - Ростов н/Д:

Феникс, 2010 г.

2

В. П.Акатьев, М. Б.Алексеева, В. Ф. Богачев и др.; под ред. В. Ф. Богачева, А. Г. Столбова. Формирование

промышленных кластеров в концепции инновационного развития региона / - СПб.: Инфо-да, 2009 г.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

970

hududlar va milliy iqtisodiyotning innovatsion faolligini oshirish va raqabatbardoshligini
mustahkamlash maqsadida birlashadilar.

Klasterning uch tuzilmaviy unsurlarini ajratib ko‘rsatadi:
ishlab chiqaruvchilar, bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar, resurslar va xizmatlar etkazib

beruvchilar, sotuvchilar, xaridorlar hamda ilmiy-ma’rifiy markazni o‘z ichiga olgan “biznes”
unsuri;

universitet, biznes maktab, turli xil uyushma, savdo-sanoat palatasi va shu kabilarni o‘z

ichiga oluvchi “mahalliy muassasalar” unsuri;

davlat tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organ-larini o‘z ichiga

oluvchi, “davlat va hududiy boshqaruv organlari” unsuri.

Klasterlarni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, muayyan bir iqtisodiy natija-

raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishishdan iboratdir, bu, o‘z navbatida, alohida
olingan tashkilot samaradorligini oshirishga va umumiy tarzda iqtisodiy taraqqiyotning
tezlashishiga olib keladi.

Klaster modelini joriy etishning asosiy vazifasi - tadbirkorlarning psixologiyasini

o‘zgartirish, umumiy iqtisodiy manfaatlar doirasida barcha klaster ishtirokchilarining halol, ochiq
va o‘zaro manfaatli hamkorligining o‘ziga xos imkoniyatlarini tushunib etishlariga
ko‘maklashishdan iboratdir.

Klasterlarni yaratishdan kutilayotgan iqtisodiy samara quyidagilar bilan izohlanadi:
chegara hududlarda joylashgan klaster sub’ektlarining yalpi salohiyatidan yanada samarali

foydalanishga imkon beruvchi, savdo-ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

ishlarning bir qismini aniq faoliyatga ixtisoslashgan hamkorlarga o‘tkazish yo‘li bilan ishlab

chiqarish bazasini modernizatsiyalash xarajatlarini kamaytirish;

uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish asosida ishlab chiqarishni xomashyo,

materiallar bilan ta’minlash jarayonlari samaradorligini oshirish ;

mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilish orqali ayrim

boshqaruv funktsiyalarining samaradorligini oshirish;

investitsion-moliyaviy kooperatsiyaning ishonchliligini oshirish.

Klasterlar innovatsion tizim sifatida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun asos

bo‘lib xizmat qiladi. Klasterli yondashuv innovatsion ilmiy-texnik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishini
rag‘batlantirish, ularni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan bir qatorda, ta’lim, fan
va biznes sohasini bilvosita qo‘llab-quvvatlash orqali bilimlar iqtisodiyoti asoslarini yaratishda
istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.

Innovatsion klasterlarning boshqa iqtisodiy birlashmalardan farqi shundaki, klaster tarkibiga

kiruvchi kompaniyalar o‘zlarining yuridik maqomini saqlagan holda, to‘lig‘icha bir-birlari bilan
qo‘shilmaydilar, ular shunchaki, klasterni tashkil etuvchi va undan tashqarida joylashgan boshqa
korxonalar bilan birgalikda yaqindan hamkorlik qilishga imkon beruvchi o‘zaro ta’sir mexanizmini
yaratadilar.

Xulosa.

Bugungi kunda innovatsion klaster yuqori raqobatbardoshlikka erishishning eng

samarali shakli sifatida qabul qilinadi va turli tashkilotlarning (sanoat kompaniyalari, tadqiqot
markazlari, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari) birlashmasi sifatida, iqtisodiy tizimni
muvofiqlashtirishning ikki usuli – kompaniyaning ichki ierarxiyasi va bozor mexanizmidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

971

foydalangan holda, yangi bilim, ilmiy kashfiyot va ixtirolarni tezroq va samarali tarqatishga imkon
beruvchi afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.

Taraqqiy etgan mamlakatlarning innovatsiyalar borasidagi davlat siyosatida o‘ziga xos

yangicha jihatlar shakllandi va ushbu jihatlar eng avvalo, quyidagilarda namoyon bo‘lishi lozim:

innovatsion siyosatning asosiy mazmuni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning

innovatsion faoliyatini ixtisoslashtirilgan bilim tarmoq-larini yaratishga qaratilgan klaster
strategiyalarini shakllantirish orqali faollashtirish hisoblanadi. Hozirda innovatsion siyosatning
yangi klaster-tarmoq tamoyili shakllanishi;

hududlararo innovatsion hamkorlikning tabiati ham o‘zgarib bormoqda. Xususan, klaster

strategiyalarini amalga oshirish va hududiy- innovatsion tarmoqlarni shakllantirish transmilliy
o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hududlararo tarmoq tuzilmalarini shakllantirishga imkon berdi.

Ular hududlarning o‘zi tomonidan yaratiladi, innovatsion rivojlanishning umumiy

maqsadlari va shu kabilarni o‘z ichiga olgan holda, hudud va shuningdek, hududdan tashqari
tavsifga egaligi bilan ajralib turadi.

Respublikada innovatsion klasterlarning samarali faoliyat yuritishi uchun innovatsiyalar

rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, biznes va davlatning faol hamkorligini ta’minlash, milliy innovatsion infratuzilmani
yaratish orqali klaster siyosatini amalga oshirish lozim.


REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi // -T.: “O‘zbekiston”.

2022. -412

b.

2.

Drucker P. Innovation and Entrepreneurship. Practice and Principles. – London: Heinemann,

1984.

3.

Shokirova F.N. Innovatsiyalar asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ayrim nazariy

jihatlari. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-
oktyabr, 2018.

4.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING

SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of
Science and Education, (6-3 (109)), 56-61.

5.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... &

Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral
mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

References

Sh.M.Mirziyoev Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi // -T.: “O‘zbekiston”. 2022. -412 b.

Drucker P. Innovation and Entrepreneurship. Practice and Principles. – London: Heinemann, 1984.

Shokirova F.N. Innovatsiyalar asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning ayrim nazariy jihatlari. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2018.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education, (6-3 (109)), 56-61.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов