METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY CLASSES

HAC
Google Scholar
f
1001-1003
0
0
To share
Ochilova, Y. (2024). METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY CLASSES. Modern Science and Research, 3(2), 1001–1003. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31321
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The globalization process of the current world requires people to learn several foreign languages in addition to their mother tongue. In this article, effective, modern and effective methods of foreign language teaching to increase students’ interest in language learning in primary grades are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1001

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O’QITISH METODIKASI

Ochilova Yulduz

“Iqtisodiyot va Pedagogika” universiteti 2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11057926

Annotatsiya

. Hozirgi dunyo globallashuvi jarayoni insonlardan o‘z ona tilidan tashqari

yana bir necha xorijiy tillarni o‘rganishni taqozo qilmoqda. Ushbu maqolada boshlang‘ich
sinflarda o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun chet tili o‘qitishning
samarali, zamonaviy va innovatsion metodlari haqida to‘xtalib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar

: chet tillari, qiziqarli o‘yinlar, lingvistik kapital, boshlang‘ich sinflar,

zamonaviy innovatsion metodlar.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ

Аннотация

. Процесс глобализации современного мира требует от людей изучения

нескольких иностранных языков помимо родного. В этой статье обсуждаются
эффективные, современные и действенные методы преподавания иностранного языка для
повышения интереса учащихся к изучению языка в начальных классах.

Ключевые слова

: иностранные языки, смешанная техника, интересные игры,

начальные классы, современные инновационные методики, пантомима.

METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH IN PRIMARY CLASSES

Abstract.

The globalization process of the current world requires people to learn several

foreign languages in addition to their mother tongue. In this article, effective, modern and effective
methods of foreign language teaching to increase students’ interest in language learning in
primary grades are discussed.

Keywords

: foreign languages, mixed media, interesting games, primary school, modern

innovative methods, pantomime.

Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan ortiq tillarda so‘zlasha

olishi barchaga ma’lum. Jahonda globallashuv jarayonlarini tezlashtirish, erkin bozor
munosabatlariga o‘tish va ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etishning
rag‘batlantirilishi «lingvistik kapital»ga, ya’ni chet tillarni (ayniqsa, ingliz tilini) mukammal
egallagan mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirmoqda.Tadqiqotlar hozirgi kunda ushbu jarayonni
erta yoshda, asosan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida boshlash yaxshi samara berishini
ko‘rsatmoqda va amalda qo‘llashmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda
eng asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarga ona tilini o‘rgatish bilan bir qatorda xorijiy tillarni
o‘rgatish,shu nuqtayi nazardan ingliz tilini o‘rgatishdir. O‘quvchini ingliz tiliga qiziqtira olish,
ingliz tilida nutqni rivojlantirish, nutqiy munosabatga muomalaga o‘rgatishdir.

Hozirgi kunda yurtimizda ham ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratilib, xorijiy tillarni

o‘qitishda dunyoning yetakchi tashkilot va oliygohlari bilan hamkorlikda yangicha yondashuv
asosida dasturlar ishlab chiqarilmoqda.

Zamonaviy boshlang‘ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan

qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi
“Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1875-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1002

sonli Qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan, ingliz tilini boshlang‘ich sinfdan
boshlab o‘rgatish, ularni chet tillarini o‘rgatishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha
umumta’lim maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o‘yinlar tarzida
o‘qitish va shu bilan birga o‘quvchilarning og‘zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab
esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o‘tish
bosqichma-bosqich boshlandi. So‘nggi paytlarda ingliz tilini o‘rganadigan har qanday yoshdagi
odamlar soni juda ko‘paymoqda. Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash
qiyinlashib bormoqda. Ammo til o‘rganish ham yosh davrlariga bog‘liq. Hatto, olimlar bolalar
kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtirishni isbotlashgan. Bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan
tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga qaraganda bolalar
vaqtining ko‘pligi va o‘rgangan ma’lumotlarni tez xotirada saqlashi buning asosiy sabablaridandir.
Yana shunga e’tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushinib emas,
uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning unchun ham ingliz tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga tilni o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda
chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini susaytirip qo‘yishi mumkin.

Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish

uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin :

Ko‘rish orqali eslab qolish;

Qo‘shiq va she’rlar orqali tushinish;

Multfilmlar orqali o‘rgatish;

Qiziqarli o‘yinlar orqali o‘rganish;

Sezgi a’zolar orqali o‘rganish.
Bolalar maktab ostonasiga ijobiy (jismonan chiniqqan, tirishqoq va shijoatli, kirishimli) va

salbiy (tortinchoq, injiq, o‘jar, qaysar, kamgap) individual xususiyatlari bilan qadam qo‘yishadi.
Shuningdek tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ta’sirlanishlari bilan ham bir-birlaridan ajralib
turishadi. Masalan, ba’zi o‘quvchilar musiqadan zavqlanishadi, ba’zilari ranglardan, ayrimlari esa
hamon tasavvurlaridagi ertaklar olamida yashaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
mashg‘ulot davomida metodlarni qo‘llashda bolalarning xarakteriga ham alohida e’tibor qaratishi
lozim.

Bilamizki, bolalar qiziquvchan ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning uchun o‘qituvchi

doimo bir xil usullardan foydalangan holda dars o‘tishi emas,balki bunday usullarni o‘zgartirib,
yangilab dars o‘tishi lozim. Aks holda bolalar o‘qituvchining qanday dars o‘tishini fahmlab
olishadi va bunga tayyorgarlik ko‘rishadi. Usullarni yangilab dars o‘tish bolalarning intilishlarini
oshiradi.

Boshlangich sinf o‘quvchilarini baholashning zamonaviy yondashuvlari

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv foliyati davomidagi muvafaqqiyatlari bilan

atrofdagilarda ijobiy taassurot qoldirishga moyil bo‘lishadi. Bunday moyillik muvafaqqiyatga
erishish ishtiyoqini kuchaytiradi. Muvaffaqiyat boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining predmetga
nisbatan qiziqish va uni o‘rganishga motivatsiyasini oshirishda muhim omil sanaladi. Ma’lumki
chet tildan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallanganligini aniqlashning me’yorlarga va
mezonlarga asoslanadigan yondashuvlari mavjud. Me’yoriy yondashuvda o‘quvchi bilimi dasturiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1003

talablar asosida yoki sinfning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan baholanadi. Lekin boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari baholashda ularningning individual ko‘rsatkichlarini inobatga oladigan, raqobatchilik
kayfiyatidan xoli va motivatsiyasini oshiradigan bolaparvar baholash maqsadga muvofiq. Kichik
maktab yoshidagi o‘quvchi baholarga nisbatan o‘ta ta’sirchan bo‘ladi va “sen buni yomon
bajarding” mazmunidagi tanbehni “sen yomonsan” deya qabul qilishadi. Shuning uchun
o‘quvchilar bilimini baholashda dastlabki o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bilan qayd etilgan natija
orasidagi farq inobatga olinishi lozim. O‘quvchining eng kichik yutug‘i ham “Balli, sen bugun
avvalgidan tezroq o‘qiyapsan”, “Sen chiroyli gapiryapsan, muvaffaqqiyatingdan xursandman”
tarzida e’tirof etilishi kerak. Bunday rag‘bat o‘quvchini ilhomlantiradi va o‘quv predmetiga
nisbatan qiziqishini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o‘rgatish majburiyat sifatida emas,

qiziqarli mashg‘ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars o‘tish
ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o‘rganish
tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

2.

Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”
mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil

3.

Turdaliyeva G.N "Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar
va innovatsiyalar"// 2020

4.

Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to‘g‘risida (PQ-
1875-son)‖Xalq so‘zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.

5.

Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education of a
Perfect Person. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL
EDUCATION, 4(3), 208-214.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil

Turdaliyeva G.N "Boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar"// 2020

Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to‘g‘risida (PQ-1875-son)‖Xalq so‘zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr.

Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education of a Perfect Person. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 208-214.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов