ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1027
ZAVQIY VA MAXMUR SHE'RIYATIDA ALOHIDA OLINGAN SO'ZLARNING
TUTGAN O'RNI
(Zavqiy va Maxmur g'azallari tahlili asosida)
Mohinur Mahmudova
Munira Karimova
Nilufar Nomozova
TerDu O'zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11058323
Annotatsiya.
Maqolada Zavqiy va Maxmur g'azallari tahlili asosida alohida olingan
so'zlarning ahamiyati ochib berilgan. G'azallar tahlili davomida undov, taqlid, modal so'zlarning
hozirgi kundagi Muqobil variantlari solishtirilgan.
Kalit so'zlar:
Qadimgi turkiy til, g'azal, undov so'zlar, taqlid so'zlar, modal so'zlar,
sintaktik shakl, mimiologiya, she'r, adabiy til, tahlil.
THE ROLE OF INDIVIDUAL WORDS IN THE POETRY OF ZAVQI AND MAKHMUR
(based on the analysis of the ghazals of Zavqi and Makhmur)
Abstract.
The article reveals the significance of the words taken separately based on the
analysis of the ghazals of Zavqi and Makhmur. During the analysis of ghazals, current alternative
versions of exclamation, imitation, modal words are compared.
Key words:
Old Turkic language, ghazal, interjections, imitation words, modal words,
syntactic form, mimiology, poetry, literary language, analysis.
РОЛЬ ОТДЕЛЬНЫХ СЛОВ В ПОЭЗИИ ЗАВКИ И МАХМУРА
(на основе анализа газелей Завки и Махмура)
Аннотация.
В статье раскрывается значение слов, взятых по отдельности, на
основе анализа газелей Завки и Махмура. В ходе анализа газелей сравниваются современные
альтернативные варианты восклицательных, подражательных, модальных слов.
Ключевые слова:
древнетюркский язык, газель, междометия, слова-подражания,
модальные слова, синтаксическая форма, мимиология, поэзия, литературный язык, анализ.
KIRISH
Qadimgi turkiy til davrida ham alohida olingan so'z turkumlari uchta bo'lgan. Ular: taqlid
so'zlar, undov so'zlar va modal ma'no ifodalovchi so'zlardir.
I.Taqlid so'zlar (Mimemalar) Turkiy tillarda taqlid so'zlar o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Taqlid so'zlar lug'aviy ma'no anglatmasligi, maxsus sintaktik shakllarga ega emasligiga
ko'ra mustaqil so'z turkumlaridan ,so'zlar o'rtasidagi munosabatlarni bildirmasligiga ko'ra
yordamchi so'zlardan, emotsional-ekspressiv xususiyatlarga ega emasligiga ko'ra undoshlardan
farq qiladi.
Taqlid so'zlarni o'rganuvchi soha mimiologiya deb ataladi. Turkologiyadagi taqlid so'zlarni
o'rganish N.I.Ashmarin faoliyati bilan bo'liq. Olim 1918-yilda Qozonda "Основы чувашской
MиMОЛOгии" [ 1:38] asarini e'lon qiladi. Bu asarda taqlid so'z ma'nosidagi "mimema"
terminining mohiyati birinchilardan bo'lib izohlab berilgan.
N.K.Dimitriyev turkiy tillardagi taqlid so'zlarni o'rganar ekan, Ashmarin klassifikatsiyasi
va terminologiyasidan foydalandi. Dimitriyev taqlid so'zlarni to'rtga ajratgan:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1028
1) tovushga taqlidni bildiruvchi so'zlar: pit-pit -qadam tovushi, tiraq-zarb tovushi, itip-lup
-yengil jismning tushishdagi tovushi, tingir-quruq va tartibsiz tovush jingir-qo'ng'iroq tovushi,
tiqir-sanalayotgan tangalar tovushi;
1.N.I.Ashmarin "Основы чувашской мимологии" 38- bet
2) yorug'lik holati va harakatni bildiruvchi taqlid so'zlar: aput-aput -tebranib bormoq, pir -
pir uchish holat, efil-efil yengil tebranish, pir-pir -yonishga nisbatan, pant -parit- yorug'lik holatiga
nisbatan;
3) tirik organizm holati bilan bog'liq taqlid so'zlar: hisit-shamollashda, tomoq bo'g'ilishida
eshitiladigan tovush, ipit-ipit quvonchdan qayg'urish, tirit-tirit -sovuqdan qaltirash, zatjirdamoq-
tishlarning takkillashi;
4) bolalar nutqida taqlidni bildiruvchi so'zlar yoki bolalar nutqi shakllari: buwa-suv, nine-
ona, ninni-alla
II Undovlar. Yozuv yodgorliklarida qo'llangan undovlar juda kam sonni tashkil etadi.
Eski o'zbek tilidagi undovlarning bir guruhi so'zlovchining tinglovchiga murojaati, xitob
qilish, fikrni jalb etish kabi ma'nolarni ifodalab qo'llaniladi.
Ey(e)- Ey cita, bilür -men, meni sever-sen.
Hay-Koziuj karashma bild, hay yazuqli Sakkokiy
Ayd-aya kerk ichrd alam peidshahi
Ya undovi XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklar tiliga xos bo'lib, keyingi davrlarda deyarli
qo'llanilmagan.
III Modal so'zlar.
Ma'lumki modal so'zlar so'zlashuvchining aytilayotgan fikriga turli qo'shimcha
munosabatini ifodalaydi. Eski o'zbek tilida quyidagi modal so'zlar qo'llanilgan: magar, káshki,
sháyad, mabâda, basharti, bâvujudi, kerak, darkâr kabilar.
Qadimgi turkiy tildagi taqlid so'zlarga misollar:
qo'ňqay-tuva tili
suppay-qoraqalpoq tilida
qičgiriq-ozarbayjon tilida
aksuruk-yo'tal turkiy tilda
yildirim-chaqmoq turkiy tilda
so'lqildoq-qo'lqillab [kiyimga nisbatan]
Qadimgi turkologiyada undovlar:
1.Kel ey soqiy, tushmush Jama jom.
2.Hay yazuqli Sakkokiy
3.Ayo dilbar, xato qilmasmu sensen.
Qadimgi turkologiyada modal so'zlar:
1.Magar, el sani mayparast etgo'y.
2.Yerga kirsam, káshki.
3.Shayad uyqu ko'zimga mayl etgo'y.
4.Mavada-mobodo
5.Basharti e'tiborim bar erdi.
6.Bavujudi bu jamal istar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1029
MUHOKAMA
Zavqiyning g'azal va she'rlarida alohida olingan so'zlar ham turlicha ifodalangan. Masalan
uning "Berma ko'ngil bevafo yora" g'azali tahlili asosida ko'ramiz:
Arozingni qo'yib, lutf aylasang hech yo'qdur armonim,
Ko'zim nuri, tanimning quvvatisen, ey diloromim.
Mazkur baytda undov so'zlar qo'llangan. Undov so'z sifatida ey so'zi qo'llangan. Bu undov
buyruq-xitob undovi sifatida qo'llangan. Yoki mana bu baytda modal so'zdan mahorat bilan
foydalangan.
Sarf etarga xazon yo'q, kelmasa, kelmasin, netay?
Qadimgi turkiy tilda hozirgi turkiy tilda ham yo'q so'zi modal ma'no ifodalash uchun
qo'llanadi. Zavqiyning yana bir she'rida alohida olingan so'zlar qo'llanilgan ,,Nasihat" [ 2:138]
she'rini tahlil qilamiz.
Ey Zavqiy, xasta og'zing kam ochib, ibrat ko'zing ochg'il,
Ajabkim qo'l haqida yurgudek turfa xazon bo'ldi.
Bunda undov so'zlar qo'llanilgan. Maqta'da shoirga murojaat tarzida ey undov so'zidan
foydalangan.
Qo'rqmagan kimdurki oshiqlarni ohi sardidin, Besutun tog'idagi Farhodi g'am parvardidin.
Oh so'zi ,,Kimga dey" radifli g'azalida undov so'z vazifasini bajargan. Kishining ichki ruhiy
holatini ifodalash uchun shoir ushbu undovdan foydalangan. Bu undov so'z hozirgi o'zbek adabiy
tilida ham aynan shunday. ,,Netay" radifli g'azalida ham alohida olingan so'zlardan foydalangan.
Ko'zni tikib qudumiga tokay o'lurman intizor,
Ilmasa ko'zga kulbami, kelmasa kelmasun netay.
Bu baytda tokay so'zi maqsad ma'nosini ifodalovchi modal so'z ma'nosida qo'gllangan.
Zavqiyning ,,Kajdor, ey zamona" g'azalini tahlil qilamiz:
Zog'-zog' zag'ani yuribdi ozod,
2.Zavqiy "Ajab ermas" muxammasi tahlili S.Matjon ,Sh.Sariyev, O'zbek adabiyoti.T.:2007
Bulbulga qafas berur zamona...
Bu baytda zog'-zog' so'zi taqlid so'z sifatida qo'llanilgan. Bunda qushlarning tovushiga
taqlid ma'nosida qo'llanilgan.G'azallarini tahlil qilish jarayonida Zavqiy she'rlarida alohida olingan
so'zlardan mahorat bilan foydalanganiga guvoh bo'lamiz.,, Shohimardon xotirasi"she'rida taqlid
so'zlardan ustalik bilan foydalangan.Buni misra orqali ifodalaymiz:
Boloda tang-tang ko'chalar,
Turg'ayki, shayxu xo'jalar
Har dam ichib hay-hay deng,
Obi hayoti jon ekan.
Birinchi misrada qo'llanilgan tang-tang so'zi taqlid so'z ma'nosida kelgan. Bunda yurganda
tang ovozi chiqqanligi sababli tovushga taqlid so'zdan foydalangan deb tahlil qilamiz. lkkinchi
misra tarkibida undov so'zning takroriy holda qo'llanganligini ko'ramiz. Mazkur undov so'z
kishilarning diqqatini tortish uchun qo'llanilgan. Shu sababli ham biz uni buyruq -xitob undovi
sifatida tahlil qilamiz. Uning vazifasi ham diqqatini jalb etish uchun qo'llanilgan. Zavqiy qalamiga
mansub ,,Jahonda kamsuxan kim bo'ldi ,asrori nihon bo'ldi " [3: 67] g'azalini tahlil qilamiz:
Agar izzattalabsan, kamnamolig' orzusin qil,
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1030
Qay-u ajnos bisyor o'lsa, sudi yo'q, ziyoni bo'ldi.
Bu baytda qay-u ajnos so'zi modal ma'no ifodalab kelgan. Uning ma'nosi hozirgi chindan
ham so'ziga to'g'ri keladi.
Ey Zavqiy, xasta og'zing kam ochib, ibrat ko'zing ochg'il.
Bu misralarda undov so'zdan foydalangan. Ey so'zi shoirga murojaat tarzida undov so'z
bilan birgalikda qo'llangan. Buyruq -xitob vazifasini, diqqatini tortish vazifasini bajarib kelgan.
Maxmur g'azallarida ham xuddi Zavqiyda bo'lgani kabi alohida olingan
so'zlar faol qo'llanilgan. Maxmurning ,,Munojot va dargohi qoziyul -hojot "to'plamidan
o'rin olgan she'r va g'azallarini tahlil qilamiz. Unda quyidagi bayt keltirilgan:
3.1. Zavqiy she'rlar to'plami.
Sendan, ey xalloq yo'qdur nola-u faryodimiz,
Lek charxi kajravishni dastidindur dodimiz.
Bu baytda aynan xalloq so'zini aynan ta'kid ma'nosi bilan ifodalash uchun ey undovidan
foydalangan. Bumda murojaat, chaqiriq ma'nolarini o'zidan keyingi so'zga qo'shilgan holda
ifodalangan. Bu undov so'z hozirgi o'zbek adabiy tilida ham mavjud bo'lib, ayni holicha saqlanib
qo'llanilgan.
Chiqib ari-ari qildi chandon uzun,
Bo'lur saqfi gardung'a qilsang sutun.
Mazkur bayt Maxmurning "Avsofi qozi Muhammad Rajab avj" to'plamidan olingan.
Baytning birinchi misrasida ar-ar so'zi taqlid so'z sifatida qo'llanilgan. Misrani morfologik jihatdan
tahlil etadigan bo'lsak, qil fe'liga qo'shilgan holatda qo'shma fe'l vazifasida qo'shma holatni
ifodalab kishilarning ovoziga taqlid ma'nosini ifodalagan. Ari-ari so'zi qadimgi turkiy tildagi
variant sifatida qo'llanilgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa bu taqlid so'z ar-ar holatiga kelib
qolgan. Tarixiy taraqqiyot davomida so'zlarning
qilamiz:
Kelgil, ey, ahbob avval tarzi raftorimni ko'r,
Ba'd davri gumbazi dastor davvorimni ko'r.
Mazkur g'azalda ham ey so'zi undov so'z vazifasini bajargan. Kishilarning diqqatini
oshirish maqsadini so'z o'rtasida
murojaat tarzida qo'llangan. "Avsofi Hoji Niyoz "(Hoji Niyoz sifatlari) g'azalida modal ma'no
ifodalovchi so'zlarni tartib son orqali ko'rsatib bergan.
Uchinchidan erur hojiyi badburut,
Bo'lur yetti boshliq yuho, ikki put.
Uchinchidan tartib songa chiqish kelishigi qo'shimchasining qo'shilishidan hosil qilingan.
Bunda fikrning ketma-ketlik holatini ifodalagan. Bu so'z gapning fikriy mundarijasini
ko'rsatib berish uchun yordam bergan. Xuddi shu g'azalning o'zida yana bir modal so'z mavjud:
Shukrki, muncha hol ilan, xotiri pur malol ilan,
Nafsi saki vubol ilan, tozayu shayxu shoh o'zim.
Misrada shukrki so'zi modal ma'no ifodalash uchun qo'llanilgan. Shukrki modal so'zi
xayriyat, shukr so'zlari bilan birgalikda quvonch ma'nosini ifodalaydi. Tahlilda shoirning ahvoli
yomon bo'lsa ham shu holiga shukronalik, mamnunlik hissini tuyganligi birinchi misra mazmuniga
ham birvarakay taalluqli va ahamiyatlidir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1031
"Dar sifati hakim turobiyi hazor xalta " [4: 43] g'azalini tahlil qilamiz. Bu g'azal Hakim
Turobiy sifatlarini sanashga bag'ishlangan.
Beshinchidan tabibi Turobiy erur,
Beshinchidan so'zi modal ma'no ifodalab gapning fikriy mundarijasini bildirgan. Misralar
tahlilida Turobiyning sifatlarini ketma -ketlik mundarijasi orqali qo'shimcha subyektiv ma'no
ifodalagan.
Xulosa
Tahlil davomida shunga amin bo'ldimki, Zavqiy va Maxmurning g'azal va qo'llangan.
Har ikkala shoir ijodida ham aynan bir xillik va har xillik aks etganligini ko'rdik.
4. Maxmur hayoti va she'riyatida individuallik" Jamoliddin Temirov 2023
REFERENCES
1.
Zavqiy she'rlar to'plami.
2.
Zavqiy asarlari.Tarjimai holi.ilmlar.uz sayti
3.
Zavqiy "Ajab ermas" muxammasi tahlili.S.Matjon ,Sh.Sariyev, O'zbek
adabiyoti.T.:2007
4.
Maxmur she'rlari va g'azallari to'plami .ilmlar.uz sayti
5.
"Ayyomiy", Saylanma .T.:1984
6.
N.Qobulov ,V.Mo'minova,I.Haqqulov "Avaz va uning adabiy muhiti " ,T.:1987
7.
B.Qosimov "Izlay -izlay topganim.."T.:1983
8.
w.w.w.ziyonet.uz sayti
9.
Aziz.Qayumov."Maxmur". O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti
Toshkent-1958
10.
Maxmur devoni
11.
"Maxmur hayoti va she'riyatida individuallik" Jamoliddin Temirov 2023
12.
Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education
of a Perfect Person. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 208-214.
