FOLK INSTRUMENTS ORCHESTRA AND ITS ACTIVITIES

HAC
Google Scholar
f
319-324
0
0
To share
Alimova, D. (2024). FOLK INSTRUMENTS ORCHESTRA AND ITS ACTIVITIES. Modern Science and Research, 3(2), 319–324. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31329
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on the folk instrument orchestra and its activities, group work, and technical skills in the art of music.

Similar Articles


background image


319

XALQ CHOLG’ULARI ORKESTRI VA UNING FAOLIYATI

Alimova Diyora Alimjon qizi

Andijon davlat pedadgogika instituti

“Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

dalimova708@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11058676

Annotatsiya.

Ushbu maqolada musiqa san’atida xalq cholg’ulari orkestri va uning

faoliyati, guruh bo‘lib ishlash, texnik mahorat kabi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

orkestr, ansambl, drijyor , nota, partitura, xor, transpozisiya, ritm, ritmika.

FOLK INSTRUMENTS ORCHESTRA AND ITS ACTIVITIES

Abstract.

This article provides information on the folk instrument orchestra and its

activities, group work, and technical skills in the art of music.

Key words:

orchestra, ensemble, conductor, sheet music, score, chorus, transposition,

rhythm, rhythmics.

ОРКЕСТР НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ И ЕГО ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ.

Аннотация.

В статье представлены сведения об оркестре народных

инструментов и его деятельности, групповой работе и технических навыках в

музыкальном искусстве.

Ключевые слова:

оркестр, ансамбль, дирижер, ноты, партитура, хор,

транспозиция, ритм, ритмика.

Musiqa san’ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish

borasida cheksiz imkoniyatga egadir. San’at bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati,

milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi. Cholg’ularimiz xalq

orasida bo‘lganligi tufayli bizgacha yetib kelganlaridan biri -dutor sozidir. Dutor o‘zbek xalqining

qadimiy asbobi hisoblanadi. Shoirlarimizning so‘zlar ichra yagonasan deb aytishi ham bejiz emas.

Dutor cholg’usi Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli barcha o‘lkalarida yani, O‘zbek,

Turkman va Uyg’ur xalqlari orasida keng tarqalgan.


background image


320

Orkestr qadimgi-yunoncha “ orchestra” yunon teatrida sahnaning old maydonchasi” degan

ma’noni bildiradi.

1

Musiqa asarini birgalikda ijro etuvchi cholg’u asbobi yig’indisi va shu

asboblarni chaluvchi musiqachilar kollektivi.

Qadimgi yunonistonda tragediya namoyish etilayotkanda xor o‘rnatadigon saxna

qarshisidagi joy orkestr deb atalar edi. Yevropada musiqa san’ati ravnaqi zamonida, birgalikda va

turli tuman cholg’u asboblarida musiqa asarlarini ijro etadigon mug’anniylarning kattakon dastasi

ham orkestr deb yuritila boshlagan. O‘sha zamonlar endi faqatgina badavlat ayonlarda orkestrlar

bo‘lgan. Ko‘pgina ulug’ kompozitorlar o‘z musiqalarini aynan orkestr uchun bastalashgan.

Kompozitorlar ham orkestrga yangi sadolar va sado pardalarini tasvirlash imkonini

beradigon musiqalar bastaladilar. Orkestrlarning rasmiy va norasmiy yetakchilari bo‘lgan.

Orkestrning turlari Simfonik orkestr, xalq cholg’ulari orkestri, torli cholg’ulari orkestri,

estrada va jaz orkestri shular jumlasidan. Simfonik orkestr-torli, puflama va urma cholg’u

asboblaridan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr. XVIII asrning 2 - yarmida klassik

simfonik tashkil topgan, u kichik simfonik deb ham yuritilgan. Estrada orkestri-estrada musiqasi

va jazz namunalarining ijro etuvchi ijodiy jamoa. XX asrning 20 - yillarida jaz orkestri negizida

yuzaga kelgan.

Mamlakatimizdan orkestr barcha turlari mavjud. O‘zbekistonda birinchi xalq cholg’ulari

orkestri 1937-yilda N.Mironov tomonidan tashkil etilgan. N.Mironov kompozitor, drijyor,

pedagog bo’lgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. Marg’ilon shahridagi harbiy

orkestr drijyori, faoliyatini keyingi yillarida esa Marg’ilon, Qo‘qon, Toshkent shaharlarida konsert

guruhlarining tashkilotchisi va rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Kompozitor ijodida 4 ta

opera, 3 musiqa va xoreografiya instituti tashkilotchilaridan va direktori, o‘zbek davlat

filarmoniyasi xalq cholg’ulari orkestri drijyori.

1938-yili O‘zbek Davlat Filarmoniyasi qoshida O‘zbek xalq cholg’ulari orkestri tashkil

topdi. Mazkur jamoaga nay, qo‘shnay, surnay, g’ijjak , doira, nog’ora so‘ng qayta ishlangan tenor

va bass, chang, afg’on va qashqar rubob, rubob prima, dutor bass , kontrabas kiritilgan. 1957-

yilda O‘zbekiston radio qoshida xalq cholg’ulari orkestri tashkil etilgan. 1991-yil “Sug’diyona”

o‘zbek xalq cholg’ulari kamer orkestri tashkil topgan. Sug’diyona o‘zbek xalq cholg’ulari kamer

orkestri ishtirokida Zangiota tumanidagi Harbiy qismda bo‘lib o‘tgan konsert dasturi ham o‘zbek

san’atiga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromni yaqqol namoyondasi bo’lgan.

1

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi O harfi “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 223-

bet


background image


321

Bizga ma’lumki o‘zbek xalq cholg’ulari orkestri XX asrning birinchi yarmida paydo

bo‘lgan. 2010 yildagi ilmiy olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, dastlabki musiqa

cholg’ulari eramizdan avvalgi 13 - ming yillikda dunyoga kelgan, deb tahmin qilinadi.

Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg’ular paydo bo‘lgan . Chunki eng qadimgi mehnat

qo‘shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog’liq. Unda ishtirok etuvchi bir-biridan farq

qiluvchi asboblar ishtirok etadi. Ba’zilari esa bir-biriga o‘hshaydi. Yuqoridagi ma’lumotlardan

shuni aytish mumkunki, bu cholg’ular dutor oilasi bo‘lib bular quyidagilardir.

Dutor bass

Dutor prima

Dutor kontrabass.

O‘zbek xalq cholg’ulari orkestrida ishlatishi mumkun bo‘lgan bir talay xususiyatli

cholg’ularimiz bor, karnay, an’anaviy surnay, sibizg’a, chang qobus, qonun, ud, sato, safoyil,

qayroq kabilardir

2

. shu bilar birga Gaboy cholg’usi ham qo‘llaniladi. Gaboy-yog’och puflama

cholg’u asbobi hisoblanib, yakka ijrolarda, ansambl jamoalarida ham ishlatiladi.

Bizning milliy cholg’ularimizda yozilganidan1 oktava yuqori yoki 1 oktava past eshitiladi

shu sababli kuylar cholg’u asbobining turlariga qarab tanlanadi.

Masalan: g’ijjak cholg’usida o’zbek milliy kuylar chalinadi. G’ijjak-Markaziy Osiyo

xalqlari, o‘zbek, qoraqalpoq, tojik, turkman, kavkaz va azarbayjon xalqlari orasida keng tarqalgan.

O‘zbek milliy cholg’u asboblarida nafaqat o‘zbek milliy kuylarni, balki yevropa

musiqalarini ham ijro etish mumkin.

Xalq cholg’ulari orkestrida drijyor tushunarli harakatlari bilan kuy ijro etishi uchun qo‘llari

bilan ijrochilarga ishora qiladi. Orkestrda kuyni chuqurroq tahlil qilish uchun guruhlab ish olib

boriladi. Misol uchun; G’ijjak, g’ijjak alt, qobus bass, (veolonchel) kontrabas bir guruh bo’lib

ishlasa, chang, prima rubob, qashqar, afg’on ruboblar bitta guruh bo‘lib ishlanadi. Orkestrda esa

o‘z ustida guruh bo’lib ishlagan kuylarini drijyorga ijro etib berishi lozim. Ijrochilarning chitkasi

ham mukammal bo’lishi lozim. Chunki kuy yangrayotkanda cholg’uchi uning davomini ko‘rib,

kerakli harakatni qilmog’i lozim. Notaga qarab ijro etish sozandaning kunlik mashqi bo‘lishi

kerak.

Orkestr paydida pauzalarga ahamiyat berish zarur. Chunki orkestrda cholg’uchilar ko‘p

bo‘lganligi sababli bir cholg’uchidan keyin u ekanligini bilib oladi. Orkestrda ijrochi o‘zi ijro

etadigan asardan tashqari boshqalaring ijrolarini ohangini ham mukammal bilishi lozim.

2

Sh.Rahimov, A.Lutfullayev cholg’ushunoslik “musiqa “ nashriyoti Toshkent 2010


background image


322

Drijyor

- fransuzcha “driger-boshqaruvchi, yo‘lga solish”. Orkestrlarni yoki xor

jamoalarini, musiqiy asar ijrochining uyg’unligini ta’minlovchi shaxs.

O‘zbek xalq cholg’ularidan tuzilgan 5 ta guruhdan tashkil topgan.

Puflama cholg’ular guruhi nay, qo‘shnay, surnay guruhi

Torli urma cholg’ular “changlar” guruhi

Torli chertma mizrobli “afg’on, qashqar, prima ruboblar” guruhi

Urma zarbli “dutor, dutor prima, dutor bass, dutor kontrabass” guruhi

Torli kamonli “g’ijjak, g’ijjak alt, qobus bass, kontrabas” guruhi

Orkestr 75-100 ijrochidan iborat. Ularning yarmidan ko‘pi orkestr asosini tashkil etuvchi

torli musiqa asboblarini chaladi.

15 nafardan 30 nafargacha ijrochidan iborat orkestr kamer orkestr deb ataladi. U juda

kichik bo‘lib, kichik zal yoki “xonada” ijro etishi mumkun. Kamer orkestr duet, trio, kvartet

ijrochilari uchun yaratilgan cholg’u yoki vokal musiqasi.

Zamonaviy orkestr ming yillar davomida rivojlanib kelgan. Yillar davomida orkestr

tarkibida bir qator o‘zgarishlar ham amalga oshirilgan, ko‘plab bastakorlar orkestr shaklini

takomillashtirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar.

Orkestr uchun birinchi bo‘lib kuy bastalagan kompazitor italiyalik Klaudio Montaverdi

1567-1643 bo‘lgan. U o‘z asarlaridan birida skripka, klavesin, organ, karnay, trombon, fleytada

kuy ijro etadigan 35 musiqachidan iborat orkestrdan foydalangan.

Buyuk fransuz opera bastakori Ramo orkestrda klarnetdan foydalangan birinchi

kompozitor hisoblanadi. Klarnet-puflama tilchali yog’och musiqa asbobi. Orkestr bastakorlar

foydalanishi mumkun bo‘lgan cholg’u asboblari soni va turiga ko‘ra o‘sib, o‘zgarib borgan.

Bastakorlar esa orkestrlarga yangi tovush va ohanglarni ijro etish imkoniyatini beradigon

musiqa bastalagan. Shunday qilib, turli cholg’u asboblarning orkestrning asosiy tarkibiga

qo‘shilishi natijasida orkestrlar yildan yilga takomillashib rivojlana boshladi.

Xalq cholg’ulari orkestrining xor jamoasi bilan hamkorligi ham yangi tembr va yangi

bo‘yoqlarni kashf etilishiga sabab bo‘ladi. Xorning xalq cholg’ulari orkestrida turli ko‘rinishda

ishlatishi esa betakrordir. Serjilo va nafis ohanglarni taratadi. Bunga M.Bafoyevning “Nodira”

telebaleti misol bo‘la oladi.

Jamiyatimizda ba’zan orkestr bilan ansambllarni bir-biridan farqlay olmayotganlarni ham

afsuski ko‘ramiz. Orkestr va ansamblning farqi shundaki, ansamblda 2-15 nafar cholg’uchini o‘z

ichiga oladi va unda ko’proq ustoz shogird an’analari asosida, unison ovozlar, ansamblga


background image


323

moslashtirilgan kitoblar orqali dars olib boriladi. Ansamblda ham duet, trio qilib ham ijro etish

mumkun.

Orkestrda esa, partitura (har bir ovoz uchun yozilgan nota) ijro etiladi.

Orkestrda notani varoqdan o‘qish, solfedjio ham rivojlanadi. Ijrochilar tinlovchilarga ijro

etilayotgan asarni yetkazib berish uchun kuyni mohirona ijro etishi lozim.

Musiqiy ijod qilish insonni ezgulikka, go‘zallik olamiga yetaklaydi degan naqlga amal

qilgan H.Rajabov ham ustozlariga havas qilib, orkestr jo‘rligida xonanda va sozandalarga

qo‘shiqlar, kuylar, jamoa uchun esa turli janr va shakldagi asarlarini yaratishga bel bog’ladi.

Orkestrda ijro etish davomida ijrochi kuyni tinglash, notalarni varoqdan o‘qish va turli

cholg’u sozlarini ovozini yahshi tushunib olishi mumkun. Musiqa mohiyatini va drijyorning hatti

harakatlaridan ham ko‘p narsani tushunish mumkun. Orkestrlarni boshqaruvchi drijyorlar ham bir

nechta bo‘lishi mumkun edi. Dirijyor foydalanadigon tayoqchani XIX asr boshidan qo‘llay

boshladi va bu tayoqlar boshida ancha zalvorli bo‘lgan. Aynan XIX asr drijyorlikning alohida

kasbga aylanish davri bo‘lib ular orkestrdan ajralib chiqib, maxsus ko‘tarmaga chiqib muxlislarga

teskari turishi maqul ko‘rildi. Sahnaga birinchi Hektor Berlioz chiqgan edi.

Hektor Berlios 1803 yil 11-dekabrda Fransiyada tavallud topgan. Hektor Berlios-fransuz

kompozitori, drijyor, musiqa tadqiqotchisi, romantik programma simfoniya ijrochisi.

Xulosa qilib aytish mumkunki, hozirgi kunga kelib orkestr turlari va jamoalari kam

ko‘rinish bermoqda. Bu kelajak avlodga yomon tasir etib, ko‘p yomon illatlar paydo bo‘lishiga

olib kelmoqda. Telefonga qullik, axloq madaniyati, fikr layoqati buzilishiga olib keladi. Agarda

musiqaga bo‘lgan qiziqishni oshirsak va bunga harakat qilsak madaniyat va marifatimiz,

qadriyatlarimiz, dunyoqarashimizni oshirgan bo‘lar edi. Hozirgi kunga kelib orkestr ba’zi joylarda

ijro etilmoqda. Musiqa maktablari, ixtisoslashgan san’at maktablarida, universitetlar va bir qancha

bilim yurtlarida ma’lum bir vaqt ijro etilmoqda holos. Agarda musiqani insonlar qalbiga joylay

olsak ko‘p o‘zgarishlar jumladan yurtimiz yoshlarini ma’lum ma’noda to ‘g’ri yo‘lga chorlagan

bo‘lgan edik.

Yuqorida aytkanimizdek orkestrni rivojlantirsak va orkestr jamoalarini shakllantirsak turli

konsert va bayramlarda ishtirok etsalar insonlar tafakkuri, musiqani anglash, san’atga bo‘lgan

qiziqishlari ortadi. Musiqa san’atiga sadoqatimiz, uni asrab avaylash va rivojlantirish yo‘lida bor

kuch mahoratimizni ko‘rsata olsak, musiqa sevar xalqimiz bizdan ya’ni kelajak avloddan

minatdor bo‘lgan bo‘lar edi.


background image


324

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyevning Milliy tiklanishdan- Milliy yuksalish sari 4 kitob T. 2020

“O‘zbekiston” 310-bet

2.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi O harfi Toshkent. “Davlat ilmiy nashriyoti” 223-bet

3.

Sh.Rahimov, A.Lutfullayev Cholg’ushunoslik T. 2010 “Musiqa “

4.

“A.Odilov. O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi T.1995 “O‘qituvchi”

5.

Djalilova, D. O. (2023). CHOLG'U ANSAMBLI VA MUSIQIY ASAR USTIDA

ISHLASH. SCHOLAR,

6.

Djalilova, D. (2024). CURRENT ISSUES OF PREPARING FUTURE MUSIC

EDUCATION TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT OF HERMENEUTIC

COMPETENCE IN STUDENTS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED

SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 1, сс. 161–164). Zenodo.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10548071

7.

Djalilova, D. (2024). SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF

HERMENEUTIC COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS. В

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES (Т.

3, Выпуск 2, сс. 41–47). Zenodo.

8.

Djalilova, D. (2024). SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF

HERMENEUTIC COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS. В

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES (Т.

3, Выпуск 2, сс. 41–47). Zenodo.

9.

Djalilova, D. (2024). FORMATION OF HERMENEUTIC COMPETENCE OF FUTURE

MUSIC EDUCATION TEACHERS IN THE ANALYSIS OF MUSIC TEXTS. В

INTERNATIONAL BULLETIN OF ENGINEERING AND TECHNOLOGY (Т. 4,

Выпуск 1, сс. 34–37). Zenodo.

10.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xalq_cholg%CA%BBulari_orkestri

11.

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/musiqa/o-zbekistonda-xalq-cholg-ulari-orkestri-

ijrochilikning-yangi-shakli

References

Shavkat Mirziyoyevning Milliy tiklanishdan- Milliy yuksalish sari 4 kitob T. 2020 “O‘zbekiston” 310-bet

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi O harfi Toshkent. “Davlat ilmiy nashriyoti” 223-bet

Sh.Rahimov, A.Lutfullayev Cholg’ushunoslik T. 2010 “Musiqa “

“A.Odilov. O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi T.1995 “O‘qituvchi”

Djalilova, D. O. (2023). CHOLG'U ANSAMBLI VA MUSIQIY ASAR USTIDA ISHLASH. SCHOLAR,

Djalilova, D. (2024). CURRENT ISSUES OF PREPARING FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT OF HERMENEUTIC COMPETENCE IN STUDENTS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 1, сс. 161–164). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10548071

Djalilova, D. (2024). SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF HERMENEUTIC COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS. В DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES (Т. 3, Выпуск 2, сс. 41–47). Zenodo.

Djalilova, D. (2024). SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF HERMENEUTIC COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS. В DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES (Т. 3, Выпуск 2, сс. 41–47). Zenodo.

Djalilova, D. (2024). FORMATION OF HERMENEUTIC COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS IN THE ANALYSIS OF MUSIC TEXTS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF ENGINEERING AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 1, сс. 34–37). Zenodo.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xalq_cholg%CA%BBulari_orkestri

https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/musiqa/o-zbekistonda-xalq-cholg-ulari-orkestri-ijrochilikning-yangi-shakli

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов