SUICIDAL BEHAVIOR IN ADULTS AND FACTORS CAUSING IT

HAC
Google Scholar
f
442-446
0
0
To share
Shirinbayeva, M. (2024). SUICIDAL BEHAVIOR IN ADULTS AND FACTORS CAUSING IT. Modern Science and Research, 3(2), 442–446. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31345
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, regarding the problem of suicide in today's important and global conditions, the scientific conclusions developed by the scientists of the world and our country and their results are analyzed, the author also puts forward his own opinions about the factors that cause suicidal situations in older people.

Similar Articles


background image


442

KATTA YOSHLI INSONLARDA SUIDSIDAL XULQ-ATVOR VA UNI KELTIRIB

CHIQARUVCHI OMILLAR

Shirinbayeva Minavar Mamadaliyevna

Guliston davlat universiteti Amaliy psixalogiya yo’nalishi 1-20 guruh talabasi

shirinbayevamunavvar@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11060500

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi muhim va global sharoitda suitsid muammosi

yuzasidan, dunyo va yurtimiz olimlari tomonidan olib borilgan qator tadqiqotlar va ularning

natijalari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar tahlil qilingan,kata yoshli insonlarda

suidsidal holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar haqida muallif tomonidan o'z fikrlari ham ilgari

surilgan.

Kalit so'zlar:

suitsid, depressiya, krizis, andargogika, affekt, psixologik ta'sir, diniy

qarashlar, umidsizlik, kasallik, o'lim.

SUICIDAL BEHAVIOR IN ADULTS AND FACTORS CAUSING IT

Abstract.

In this article, regarding the problem of suicide in today's important and global

conditions, the scientific conclusions developed by the scientists of the world and our country and

their results are analyzed, the author also puts forward his own opinions about the factors that

cause suicidal situations in older people.

Key words:

suicide, depression, crisis, andargogy, affect, psychological influence,

religious views, hopelessness, illness, death.

СУИЦИДАЛЬНОЕ ПОВЕДЕНИЕ У ВЗРОСЛЫХ И ФАКТОРЫ,

ВЫЗЫВАЮЩИЕ ЕГО

Аннотация.

В данной статье в сегодняшних важных и глобальных условиях

анализируются научные выводы, выработанные учеными мира и нашей страны

относительно проблемы суицида и их результаты.

Ключевые слова:

самоубийство, депрессия, кризис, андаргогика, аффект,

психологическое воздействие, религиозные воззрения, безнадежность, болезнь, смерть.

Kirish

Bugungi kunda suidsidal holatlar va uning jamiyatga ta’siri global muammoga aylanib

bormoqda. maqolam orqali suidsidal holatlar nafaqat o’smirlarda balki katta yoshli insonlarda ham

ro'y berayotgani, buning sababalari va oqibatlariga batafsil to’xtalib o’tmoqchiman.


background image


443

Ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz aholining eng zaif qatlamlari, birinchi navbatda, yosh avlod,

xususan, voyaga yetmagan o'smirlar ahvolini yomonlashtirdi shu bilan birgalikda katta yoshli

insonlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi mening fikrimcha iqtisodiy yetishmovchilik katta yoshli

insonlarda suidsidal holatlarni keltirib chiqaruvchi birinchi omil deb hisoblayman.

Nazariy tahlillar: Suitsidial xulq-atvor muammosi psixologiya nuqtai nazaridan olganda

yangi atama sifatida qaralmaydi. Sababi u qadimgi davrlardan beri olimlarning (Aristotel, Pifagor,

Platon) muhokamasi, o'rganishi va talqini mavzusi bo'lib kelgan. O'z joniga qasd qilish inson xatti-

harakati sifatida barcha dinlarda aks ettirilgan va aksariyat hollarda qoralangan, ba'zilari bundan

mustasno, masalan, Hindiston xalqlari orasida ayolning erining jasadi bilan o'zini-o'zi yoqib

yuborishi, xotinning eriga sodiqligining belgisi sifatida qaralgan. Jahonga mashhur faylasuflarning

ilmiy qarashlarida doimiy tarzda o'z joniga qasd qilish qoralansada, lekin, ayrim antik davr olimlari

mazkur holatni oqlashga xarakat qilishadi.

Qadimgi arman faylasufi E.Daffioz joniga qasd qilishni oqlash mumkin bo'lgan quyidagi

oltita sababni tan oladi:

- yashash uchun mablag'larning etishmasligi bilan;

- kuchli og'riq bilan kechadigan kasallik;

- umidsiz holat (asir, tahdid, qiynoqlar);

-

chuqur qarilik;

- nopok yoki kamsituvchi harakatga majburlash;

- umumiy baxtsizlik.

Yuqoridagi ilmiy-amaliy dalillarning ilmiy tahlili shuni ko'rsatadiki, o'z joniga qasd qilish

jamiyatning kuchli ta'siriga asoslangan shaxsning alohida psixologik holatining natijasidir.

Umuman suitsidal xulq-atvor va suitsidal xavf omillari bir qator mamlakatimiz va chet el olimlari

tomonidan tadqiq qilinib kelinmoqda. Ushbu masalalarga

"O'z joniga qasd qilish" atamasi lotincha "sui" - o'zini-o'zi, "caedere" -o'idirishdan kelib

chiqqan va insonning hayotdan o'zini-o'zi mahrum qilish harakati degan ma'noni anglatadi. "O'z

joniga qasd qilish xulq-atvori" atamasi birinchi marta 1947-yilda G.Deshais tomonidan

kiritilgan.E.Dyurkgeym ta'rifiga ko'ra, (o'z joniga qasd qilish haqidagi birinchi fundamental ish

muallifi): "O'z joniga qasd qilish bu to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita jabrlanuvchining o'zi

tomonidan sodir etilgan o'limi deb ataydi.Tadqiqotchilar suitsid fenomenini ko'pincha psixologik

inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan bog'laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz, shaxsning hayotiy o'ta

zarur ehtiyojlarini qondirish yo'lidagi to'siqlarga duch kelishi vaziyatida kelib chiqadigan

emotsional holat sifatida tushuniladi, ya'ni shunday to'siqlarki, odam uni o'zini oldingi hayotiy


background image


444

tajribasidagi muammolarni hal qilish usullari bilan bartaraf etib olmaydi. Bu omil ham kata yoshli

insonlarda suidsidal holatlarning yetakchi omillaridan sanaladi deb hisoblayman.

Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan xavf ta'siri

ostida yuzaga keladigan (inson psixikasiga) emotsional turg'unlikning ichki buzilishi sifatida

ko'riladi.

Psixoanaliz asoschisi, psixiatr Z.Freydning suitsid borasidagi tasavvurlari odamdagi

mavjud ikkita asosiy mayl konsepsiyasiga asoslanadi: Eros - hayot instinkti va tanatos - o'lim

instinkti. Inson hayoti ular o'rtasidagi jang maydoni hisoblanadi. Inson nafaqat yashashni, suyukli

bo'lishni va o'zining davomini farzandlarida ko'rishni istaydi - shunday davrlar yoki ruxiy holatlar

bo'ladiki, bunda o'lim istalgan bo'ladi. Yosh o'tishi bilan eros o'lib boradi, tanatos kuchli, qatiyatli

bo'lib boradi va odamni o'limga olib borib, o'zini to'liq ro'yobga chiqaradi. Freydga muvofiq suitsid

va o'zini o'ldirish tanatosning buzg'unchi ta'sirining namoyon bo'lishidir, ya'ni agressiyaning

natijasidir.G.K.Yung o'z joniga qasd qilish muammosiga to'xtalib, suitsidning sababi sifatida,

odamning ma'naviy qayta tirilishga ongli intilishini ko'rsatib o'tgan. Ushbu intilish turli

ko'rinishlarni qabul qiluvchi jamoaviy ongsizlik arxetiplarining dolzarblashuvi bilan asoslangan.

K.Xorni psixodinamik yo'nalish va ego psixologiyada suitsid borasida shunday fikrni

taxmin etgan, ya'ni odamlar o'rtasidagi munosabatlar buzilishida xavotirlardan kelib chiqadigan

asabiy (nevrotik) nizo paydo bo'ladi. U bolalik davridayoq atrofdagi dushmanlikni his etish bilan

boshlanadi. Xavotirlikdan tashqari, odam asabiy vaziyatda yolg'izlik, ojizlik, tobelik va

dushmanlikni his etadi. Ushbu fenomenlar suitsidal xulq-atvorning asosi bo'lib chiqishi mumkin

(masalan, katta odamdagi chuqur nomukammallik hissi va ideal «Men» obrazi yoki ijtimoiy

standartlarga nomuvofiqligi bilan birgalikdagi bolalarcha tobeligi). Dushmanlik nizoda

dolzarblashadi, deb xisoblagan K.Xorni. U suitsidal xulq-atvor shakliga kirmasligi ham mumkin,

biroq nafrat ijirg'anish yoki global rad etish ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin. Agar tashqi

qiyinchiliklar odamning egotsentrik ustanovkalari yoki illyuziyalari bilan uyg'unlashsa, ular

kuchayadi. Bunda o'ziga va o'zgalarga bo'lgan nafrat va dushmanlik shunchalik kuchli bo'lishi

mumkinki, o'zining o'limi qasos olishning jozibali usuli bo'lib chiqadi. Bir qator hollarda xohishga

ko'ra o'lim o'z «Men»ini tasdiqlashning yagona usuli bo'lib qolishi muamkin. Taqdirga tan berish,

ya'ni bunda autodestruktivlik ustunlik qiluvchi moyillik bo'lib chiqishini K.Xorni, o'zini - o'zi

o'ldirishning latent (yashirish) shakli sifatida ta'kidlaydi. demak nizolar bu ham biro mil sifatida

qaraladi. xulq-atvorni o'rganish o'ziga xos individ sifatlarini tahlil qilish bilan bog'liq ekanligi

e'tirof etiladi. Muallifning fikricha, suitsidga moyillikning bartaraf etilishi muhitning ko'pgina

omillari bilan mustahkamlanishi mumkin, masalan, televidenie ta'siri, inson uchun qadrli


background image


445

odamlarinig suitsidi, submadaniyat me'yorlari va boshqalar. Shu yerda ta'kidlab o'tish joizki,

Yevropa madaniyatida suitsidal arxetip rolini ikki asr oldin Gyote tomonidan yaratilgan adabiy

qahramon ijro etadi. Suitsidologiyada suitsidal stereotip, o'z joniga qasd qilish roli bilan bog'liq

O'z joniga qasd qilish xulq-atvori mahalliy tadqiqotchilar tomonidan o'z-o'zini buzuvchi

xatti-harakatlarning ekstremal ko'rinishi sifatida ko'rib chiqiladi, uning asosiy xususiyati o'z

sog'lig'i va shaxsiyatini buzishga ongli moyillikdir.O'z joniga qasd qilish munosabati - bu o'z

joniga qasd qilish fikrlari, niyatlari va salbiy his-tuyg'ular (depressiya, tashvish, aybdorlik),

shuningdek, o'z joniga qasd qilish harakatlariga tayyorgarlik ko'rish va amalga oshirish bilan

tavsiflangan o'ziga nisbatan zo'ravonlik harakatini qilishga potentsial tayyorlikdir

O'z joniga qasd qilishni muvaffaqiyatsiz tarzda amalga oshirilishi shaxsning suitsid qilish

niyati yo'ligidan dalolat bermaydi. O'rganilgan nazariy tahlillar shuni ko'rsatdiki, mazkur holatni

boshidan kechirgan shaxslar ushbu holatni yana takrorlashadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra o'z

joniga qasd qilgan o'smirlarning 40 foizi allaqachon ushbu holatni oldin ham turli ko'rinishlarda

takrorlashgan. Birinchi o'z joniga qasd qilishga urinishdan keyin bir yil ichida o'z joniga qasd qilish

harakatlari 30% hollarda takrorlanadi va 1-2% odamlar o'z joniga qasd qilish natijasida vafot etadi.

O'z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni o'z fikridan qaytarish mumkin. Sababi inson

ko'p hollarda o'lishni xohlamaydi, bunday xarakatlardan asosiy maqsad muammoni yechimi deb

o'ylanadi. Takroriy o'z joniga qasd qilishga urinishlarning oldini olish uchun psixoterapevtik

ta'sirlardan foydalanish mumkin. Suitsid muammosi psixoterapevtik, diniy va ijtimoiy-falsafiy

nuqtai-nazar jihatidan ko'rib chiqilgan. O'z joniga qasd qilish hodisasi diniy ilmlar tomonidan ham

o'rganilgan bo'lib, u barcha dinlarda qoralanadi. Xususan, Islom dinida bu hodisaga nisbatan salbiy

munosabat bildirilib jumladan, "Hadis" to'plamlarida ta'kidlanishicha: "Bir kishi o'zini-o'zi

jarohatlab o'ldirdi, shunda Alloh-Taolo: Bandam mendan ilgari o'z jonini o'zi oldi, uni men

jannatdan mahrum qildim" -deydi.

Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, Umumjahon muammolardan biri hisoblangan o'z

joniga qasd qilish hodisasini tadqiq qilishda barcha mamlakatlar qatori respublikamizda ham qator

ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lib, ularda suitsid muammosi, shu jumladan suitsidal xulq-

atvorga moyil insonlar suitsidini psixiatrik, psixologik va ijtimoiy jihatdan tahlil qilinadi. Ammo

bu mavzu bo’yicha adabiyotlar kam o’rganish ishlari ham sust kechmoqda deb hisoblayman.

Chunki katta yoshli insonlarda suidsidal holatlarni aniqlash va ularni oldini olish

o’smirlardagi kabi olib borilmayapti.


background image


446

REFERENCES

1.

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological

Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной

психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.

2.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International

Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-

76

3.

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-

enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences

Vol 5 2017

4.

Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the

child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022

39-42

5.

Elov Z.S. Researches of the Reasons Conditions, Fastors of Suicide Rick Intellectual

Archive Volume 5 Number 1. 2016. 49-53

6.

Elov.Z.S. Кадимги халклар урф-одатлари ва ривожланган жамиятда уз жонига касд

килишнинг ижтимоий психологик сабаблари. Тарих ва бугун (кадимги халклар урф-

одатлари ва бугунги замон) Jamiyat va innovasiyalar. 10.2021 169-173.

7.

F.F.Usmonov, Z.S.Elov. Suicide - as a global problem facing humanity. Web of scientist:

international scientific research journal. Volume 3, Issue 2, Feb.,2022. 349-354

References

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 2017

Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022 39-42

Elov Z.S. Researches of the Reasons Conditions, Fastors of Suicide Rick Intellectual Archive Volume 5 Number 1. 2016. 49-53

Elov.Z.S. Кадимги халклар урф-одатлари ва ривожланган жамиятда уз жонига касд килишнинг ижтимоий психологик сабаблари. Тарих ва бугун (кадимги халклар урф-одатлари ва бугунги замон) Jamiyat va innovasiyalar. 10.2021 169-173.

F.F.Usmonov, Z.S.Elov. Suicide - as a global problem facing humanity. Web of scientist: international scientific research journal. Volume 3, Issue 2, Feb.,2022. 349-354

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов