MAKTUMQULI AND TURKMAN-UZBEK LITERARY-CULTURAL ENVIRONMENT

HAC
Google Scholar
f
1045-1048
0
0
To share
Xudoymurodova, H. (2024). MAKTUMQULI AND TURKMAN-UZBEK LITERARY-CULTURAL ENVIRONMENT. Modern Science and Research, 3(2), 1045–1048. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31353
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will talk about the life and creative work of the Turkmen people, as well as the literary figure Makhtumkuli. In the literary heritage of Makhtumkuli, the feelings of blood-kinship of the Uzbek-Turkmen elites were echoed in the article, and the poems of the Turkmen people, whose lives, dreams, national traditions and important socio-political phenomena that occurred in the life of the people were analyzed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1045

MAXTUMQULI VA TURKMAN-O’ZBEK ADABIY-MADANIY MUHITI

Xudoymurodova Hurriyat Muxiddinovna

Termiz davlat universiteti dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11065194

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turkman xalqining iftixori hamda adabiy siymosi

Maxtumqulining hayoti, ijodiy faoliyati haqida so’z boradi. Maqolada Maxtumqulining adabiy
merosida o’zbek-turkman ellarining qon-qarindoshlik tuyg’ulari tarannum etilgan va turkman
xalqining hayoti, orzu-armonlari, milliy an’analari hamda xalq hayotida yuz bergan muhim
ijtimoiy-siyosiy hodisalar aks ettirilgan she’rlari tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:

Olloh jamoli, turkman xalqi, turkman adabiyoti, xalq og’zaki ijodi, islom va

tasavvufiy qarashlar, Ozodiy, Turdi shoir, aytishuv, ahloqiy poklik.

MAKTUMQULI AND TURKMAN-UZBEK LITERARY-CULTURAL ENVIRONMENT

Abstract.

This article will talk about the life and creative work of the Turkmen people, as

well as the literary figure Makhtumkuli. In the literary heritage of Makhtumkuli, the feelings of
blood-kinship of the Uzbek-Turkmen elites were echoed in the article, and the poems of the
Turkmen people, whose lives, dreams, national traditions and important socio-political
phenomena that occurred in the life of the people were analyzed.

Keywords:

Allah jamoli, turkmen people, Turkmen literature, folk oral creativity, islamic

and mystical views, Ozodiy, Turdi shoir, recitation, moral purity.

МАКТУМКУЛИ И ТУРКМАНО-УЗБЕКСКАЯ ЛИТЕРАТУРНО-КУЛЬТУРНАЯ

СРЕДА

Аннотация.

В этой статье рассказывается о гордости туркменского народа, а

также о жизни и творческой деятельности литературного деятеля Махтумкули. В
статье были проанализированы стихи Махтумкули, в литературном наследии которых
воспеты чувства кровного родства узбекско-туркменского народа и отражены жизнь,
мечты, национальные традиции туркменского народа, а также важные общественно-
политические события, произошедшие в жизни народа.

Ключевые слова:

Аллах джамали, туркменский народ, туркменская литература,

устное народное творчество, ислам и мистические взгляды, Азади, Турди поэт, aйтыш,
нравственная чистота.


“Maxtumquli-Firog’iy, nafaqat, turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati

tarixida alohida o’rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir. Hassos so’z san’atkorining chuqur
gumanizm bilan sug’orilgan asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu
qadriyatlari va oliyjanob fazilatlarni tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard bo’lishga, turli
millat va elatlar o’rtasida o’zaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan
mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat namunasidir”.

(Shavkat Miromonovich Mirziyoyev)

Turkman adabiyoti ham boshqa xalqlar adabiyoti singari xalq og’zaki ijodidan boshlangan.
Turkiy xalqlarning mushtarak adabiy yodgorliklari: “Qo’rqut Ota kitobi”, “Shohsanam va

G’arib”, “Sayot va Hamro”, “Layli va Majnun”, “Yusuf va Zulayho” kabi dostonlari turkman


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1046

adabiyotida ham o’ziga xos variantlari mavjud. Turkman xalqining orzu-umidlari, alam va
iztiroblari uning ertaklari, dostonlari, qo’shiqlarida ifodalangan.

XVIII asr oxiri - XIX asr boshida Andalib, Mullanafas Qozoqberdi o’g’li, Ma’rufiy,

Shaydoiy, G’oyibiy, Kamina kabi turkman adabiyotining yirik vakillari ijodida turkman xalqining
tili, urf-odatlari, madaniyati, adabiyoti, san’ati umumiylashdi. Maxtumquli ijodi esa turkman
adabiyotining yorqin sahifasini tashkil etadi.

XVIII asrda turkman shoirlari nazm tilini xalq tiliga yaqinlashtirishgan. Maxtumquli esa

turkman adabiyotida yangi yo’nalishni boshlab bergan. Maxtumquli dastlabki ta’limni o’z
otasidan olgani ma’lum. So’ng ovul maktabidagi Niyozsolih mulla qo’lida o’qiganligi, tahsil
davomida u o’zini har qanday og’ir nazariy masalalarni ham yengil o’zlashtira olishga qodir
o’quvchi sifatida namoyon eta bilganligi manbalardan bizga ayon. Maktab tahsilini tugatgach,
o’qishini Qiziloyoq ovulidagi Idrisbobo, Buxorodagi Ko’kaldosh, keyinchalik xonlik markazi
bo’lmish Xivadagi Sherg’ozi madrasalarida davom ettirib, zamonasining fozil kishisi bo’lib
yetishdi. O’z mehnati bilan halol rizq topish maqsadida zargarlik hunarini o’rgandi. Maxtumquli
hali to’qqiz yoshidanoq qo’liga qalam olib, she’r yozishga tutinganligi e’tiroflidir. To’qqiz yoshida
bobosi va otasi izidan borib, xalq yo’lida qo’shiqlar to’qiy boshlaganligi uning kelajakda
mukammal badiiy ijod sohibi bo’lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shoir ba’zi
she’rlarida “Firog’iy” taxallusini qo’llaydi. Afg’oniston, Eron, Hindiston, Ozarbayjon singari
mamlakatlar hamda Samarqand, Toshkent, Turkiston kabi bir qancha shaharlarga sayohat
qilganligi va asarlarida buni singdira olganligini ma’lum. (Ma’lumki, Sa’diy Sheroziy, Furqat,
Muqumiy, Zavqiy ijodida ham sayohat voqealari uchraydi).

Maxtumquli ijodi liro-epik dostonlar g’azal, mumtoz she’riyat yo’lida bitilgan to’rtlik va

muxammaslar hamda xalqona ohanglarda yozilgan she’rlaridan iborat. Maxtumqulining ijodi bilan
maxsus shug’ullangan mutaxassislarning fikricha, shoir ijodining umumiy hajmi o’n ming
misradan ortiqroqni tashkil etadi. Ba’zi manbalarda esa, jumladan, taniqli sharqshunos olim
E.Bertelsning yozishicha, Maxtumquli adabiy merosining umumiy miqdori taxminan 16-18 ming
misraga yetganligi haqidagi ma’lumotlar o’rinlidir.

Shoirning qator she’rlarida turkman xalqining hayoti, orzu-armonlari, milliy an’analari

hamda xalq hayotida yuz bergan muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalar aks ettirilganligini sababi Vatan
va xalq mavzusi-Maxtumquli she’riyatining o’q ildizini tashkil etadi. “Turkman binosi” she’rida
turkman xalqiga xos g’urur, oriyat, ittifoqlik tuyg’ulari haqida iftixor bilan yozganligi, ayni vaqtda
shoir turkmanlardagi bunday ma’naviy sifatlar shakllanishida o’z ijodi va faoliyatining ham o’rni
borligini ta’kidlashi, yurt istiqboli uchun qayg’urgan fidoyi vatanparvar sifatida namoyon bo’lishi
har bir turkman, yoinki o’zbek, qozoq, tojik qalbida Vatanni sevish tuyg’usini singdiradi.

Qurganim aslida, bilgil, bu zaminning mixidir,
Erur ul erkin doim, budur turkman binosi.
Garki dunyo ayladi, gar kelsa raqib qoshiga,
Bir po’latdan bino bo’lgan, buldur turkman qal’asi

[1, B-243]

Maxtumquli el-ulusning saodati, yurtning obodligi uchun eng katta omil millat birligi,

yakdilligi ekaniga alohida urg’u beradi:

Taka, yovmit yazir, go’klang, ahal eli bir bo’lib,
Gar qilsa bir joyga yurish, ochilar gul-lolasi.

[2, B-243]


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1047

Shoirning hayot va o’lim, inson va borliq, go’zal insoniy fazilatlar va odob-ahloqqa oid

she’rlarida islom dini va tasavvufiy qarashlar yaqqol sezilib turadi. Bunday she’rlar shoir
to’plamlarining salmoqli qismini egallaydi. Hatto, muhabbat mavzusidagi eng go’zal she’rlari

Yaratganga bo’lgan ilohiy ishq kechinmalari bilan uyg’un tarzda berilganligini kuzatish

mumkin:

Asli seni ko’rmaganman, nigorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?
G’amgin dilni xayoling-la aldarman,
Bog’ ichinda bir gulmisan, namasan?...
Yo mushkmisan, yoki jambil, yo anbar.
Aytolmayman, yo charxmisan, yo chambar.
Daryomisan, yo mavjmisan, yo savsar,
Girdobmisan, to’lqinmisan, namasan?..

[3, B-243]

Bu she’rdagi yor Olloh bo’lib, avvalgi misrada bu dunyoda uni ko’rmagani aytilmoqda va

tabiatdagi eng nafis tasvirlar, go’zallik ramzlari orqali ana shu ilohiy nigorni topish istagini,
ishtiyoqini shoir yashirmaydi. Butun borliq, koinotning egasi, ularni harakatga keltiruvchi, itoatda
tutib turuvchi qudrat sohibini “yo charxmisan, yo chambar, Daryomisan, yo mavjmisan” deya
tafakkur qiladi. Ma’lumki, tasavvuf ta’limotiga ko’ra Ollohning sifatlari butun borliqda aks etadi,
qalb ko’zi ochilgan insonlargina uni ko’ra oladi, g’ofillar esa bundan bexabardir.

Bilamizki, Maxtumquli ijodi ko’plab sarchashmalardan suv ichgan: ular-Qur’oni Karim va

unga yozilgan tafsirlar, Hadisi sharif va diniy adabiyotlar, tasavvuf falsafasi va adabiyoti, Sharq
mumtoz so’z san’ati va xalq og’zaki ijodidir. Shuning uchun shoir ijodida islomiy mavzularni ham,
so’fiyona ruhni ham, mumtoz adabiyot ta’sirini ham ko’ramiz. Ular o'zaro omuxta bo’lib, bir-birini
to’ldiradi.

Shuningdek, shoir she’rlarida ma’naviy-axloqiy mavzular ustuvorligi ham ko’zga

tashlanadi. Muallif Sharq allomalari tafakkur gulshanidan bahramand bo’lgan, xalqning yuksak
ma’rifiy qarashlarini o’ziga singdirgan donishmand sifatida namoyon bo’ladi. Uning o’gitlari
avlodlarni axloqiy poklikka, ma’naviy yuksaklikka o’rgatadi:

Kel, ko’nglim, men senga o’git berayin:
Yiroq qilma ko’rar ko’zing-elingni.
Qimmatin ketkizma, o’rnida so’zla,
Ravo ko’rma har nokasga tilingni.
So’ziga javob ber har kim so’rasa,
O’zingni uzoq tut nomard yo’risa,
Bir miskin termulib, yig’lab qarasa,
Baholama, tekin bergin molingni.

[4, B-244]

Maxtumquli uslubida, asarlarning shakli va mazmunida turkman og’zaki ijodi namunalarining ta’siri

sezilib turadi. U turkman maqol, matallarini, xalq tiliga xos unsurlarni adabiyotga olib kirishda katta xizmat
qilgan. Ayni paytda shoirning pur ma’no misralari millatning hikmatli so’zlari, aforizmlari qatoridan joy
olgan. Maxtumquli she’rlarida xalq falsafasi kuchli.

Maxtumquli she’riyati barcha turkiy millatlar, jumladan, o’zbeklarning ham ma’naviy

mulkiga aylangan. Bir necha marta she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. U haqida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1048

kinofilm, spektakl va badiiy asarlar yaratilgan, qator ilmiy izlanishlar olib borilgan (Sapayeva
Feruza Davlatovna “Maxtumquli she’rlari o’zbekcha tarjimalarinig qiyosiy tahlili” mavzusidagi
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasi). Ko’plab she’rlari hofizlar tomonidan
kuyga solinib aytiladi. Bir so’z bilan aytganda, Maxtumquli xalqining tili, aytar so’zi bo’lib,
turkmanning qalbini, orzu-armonini, millat ma’naviyatini olam ahliga kuylagan:

Sarxush bo’lib chiqar, bag’ri dog’lamas,
Toshlarni sindirar, yo’li bog’lanmas.
Ko’zim yotga tushsa, ko’nglim tanglanmas,
Maxtumquli so’zlar tili turkmanning.

[5, B-245]

Har bir xalqning o’z sevimli shoiri, yozuvchisi bor. U qaysi davrda yashamasin o’z

xalqining ardoqli ijodkori bo’lib qolaveradi. Navoiy turk tilida o’z xalqining ma’naviy merosini
boyitgan bo’lsa, Abay Qo’nanboyev qozoq adabiyotining, Chingiz Aytmatov qizg’iz
adabiyotining, Maxtumquli-Firog’iy esa turkman adabiyotining gullab-yashnashiga hissa
qo’shgan ardoqli adiblari bo’lib qolaveradi.

REFERENCES

1.

Abdulla Ulug’ov “Jahon adabiyoti” (Turkiy xalqlar adabiyoti) // Darslik.- Toshkent, 2021

2.

Qozoqboy Yo’ldoshev, Begali Qosimov, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo’ldoshbekov//
Darslik.-Toshkent, 2017

3.

U. Hamdamov, A.Qosimov “Jahon adabiyoti”. –Toshkent, 2017.

4.

Maxtumquli-Firog’iy// Saylanma-Toshkent: “O’zbekiston”-2008

5.

Maxtumquli. She’rlar.-Toshkent, 1976

6.

Maxtumquli. Dunyo o’tib boradir.-Toshkent, 2007

7.

Sapayeva Feruza Davlatovna. “Maxtumquli she’rlari o’zbekcha tarjimalarinig qiyosiy
tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasi-2018


References

Abdulla Ulug’ov “Jahon adabiyoti” (Turkiy xalqlar adabiyoti) // Darslik.- Toshkent, 2021

Qozoqboy Yo’ldoshev, Begali Qosimov, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo’ldoshbekov// Darslik.-Toshkent, 2017

U. Hamdamov, A.Qosimov “Jahon adabiyoti”. –Toshkent, 2017.

Maxtumquli-Firog’iy// Saylanma-Toshkent: “O’zbekiston”-2008

Maxtumquli. She’rlar.-Toshkent, 1976

Maxtumquli. Dunyo o’tib boradir.-Toshkent, 2007

Sapayeva Feruza Davlatovna. “Maxtumquli she’rlari o’zbekcha tarjimalarinig qiyosiy tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasi-2018

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов