ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1224
PEDAGOGNING UMUMIY VA KASBIY MADANIYATI
Ziyoviddinova Aqida Zafar qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti MPRI – 6U magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11084308
Annotatsiya.
Pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati – pedagogic Faoliyatning asosi
sifatida.
Pеdаgоgikа jаmiyatning rivоjlаnish qоnun-qоidаlаrigа tаyangаn hоldа tаrаqqiy etаdi.
Bugungi kundа esа аnа shu jаrаyon аvj pаllаsigа chiqmоqdа. Хususаn, huquqiy dаvlаt
bаrpо etish yo’lidа аmаlgа оshirilаyotgаn ishlаr, milliy оng kun sаyin yuksаlаyotgаnidаn dаlоlаt
bеrаdi. Insоn оngi tаrаqqiy etmаs ekаn, ijtimоiy hаyot jаbhаlаridа hеch bir o’zgаrish sеzilmаydi.
Mоdоmiki, zаmоn jаdаl sur’аtlаrdа o’zgаrаyotibdimi, dеmаk, pеdаgоgikа hаm shu
o’zgаrishlаrgа hаmоhаng bo’lmоg’i dаrkоr.
Ushbu maqolada pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonidagi vazifasi, shuningdek
pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
pedagogika, ta’lim, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, shaxsiy fazilat,
barkamol avlod, tarbiya.
GENERAL AND PROFESSIONAL CULTURE OF THE TEACHER
Abstract.
The general and professional culture of the pedagogue - as the basis of pedagogic
activity. Pedagogy develops based on the development laws of society. Today, this process is at its
peak. In particular, the work being done to establish a legal state shows that the national
consciousness is rising day by day. As long as the human consciousness does not progress, no
change is felt in the aspects of social life. Since the times are changing rapidly, it means that
pedagogy should be in sync with these changes.
In this article, the task of the pedagogue in the educational process, as well as the general
and professional culture of the pedagogue, is scientifically researched.
Key words:
pedagogy, education, pedagogic skills, speech culture, personal virtue, mature
generation, education.
ОБЩАЯ И ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА ПЕДАГОГА
Аннотация.
Общая и профессиональная культура педагога как основа
педагогической деятельности. Педагогика развивается исходя из законов развития
общества. Сегодня этот процесс находится на пике. В частности, проводимая работа по
созданию правового государства показывает, что национальное самосознание растет с
каждым днем. Пока человеческое сознание не прогрессирует, никакие изменения в
аспектах общественной жизни не ощущаются. Поскольку времена быстро меняются,
значит, педагогика должна быть синхронизирована с этими изменениями.
В данной статье научно исследуется задача педагога в образовательном процессе,
а также общая и профессиональная культура педагога.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1225
Ключевые слова:
педагогика, образование, педагогическое мастерство, культура
речи, добродетель личности, зрелое поколение, образование.
KIRISH
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan
qaraydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va
yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash, respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng
muhim va mas’uliyatli vazifadir. Pedagog ixtisosligini tanlagan har bir inson kimlarni o‘qitayotgan
va tarbiyalayotganligi uchun o‘ziga javobgarlikni oladi. U o‘zining kasbiy tayyorgarligiga javob
berish bilan birga pedagog, o‘qituvchi, tarbiyachi, muallim bo‘lish xukukiga ega bo‘lishi uchun
juda ko‘plab majburiyatlarni olishi zarur.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Insonning ijtimoiy mohiyatini jamiyat talabiga mos ravishda shakllantiruvchi soha xalq
ta’limi tizimi deb atalib, uni amalga oshiruvchi shaxs o‘qituvchi yoki muallim deyiladi. Muallimlik
kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o‘qituvchi, turli bilimlarni o‘rgatuvchi va mohir tarbiyachi
bo‘lganligi uchungina emas, balki uning o‘zi tanlagan kasb-xunar yunalishidagi barcha
mutaxassisliklar bo‘yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo‘lgan fundamental fanlarni
hamda o‘qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a’lo darajada egallagan
bo‘lishi shart.
Pedagog bu – yuksak madaniyatli mutaxassis, o‘z fanini chuqur biluvchi, umumiy va
bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi, ta’lim-tarbiya metodikasini mukammal biluvchidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, etuk shaxs, malakali
mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Shunday ekan biz ta’lim-tarbiya samaradorligini
o‘quvchilarning qay darajada bilim, ko‘nikma va malakaga ega ekanliklari, mustaqil bilim olishga,
jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish uchun qanday tayyorgarligi bilan o‘lchashimiz, baho berishimiz
lozimligini bilishimiz shart.
Tа’lim insоniyat tаrаqqiyotining аsоsini tаshkil etаdi. Yangi аsrdа jаmiyatning hаr
tоmоnlаmа rаvnаq, tоpishi, tаrаqqiy etishi bеvоsitа tа’limning rivоjlаnishi, mаzmunаn
tаkоmillаshib bоrishigа bоg’liq. Аyni pаytdа tа’limning glоbаllаshuvi, innоvаtsiоn
tехnоlоgiyalаrning jоriy etilаyotgаnligi, kеng ko‘lаmli ахbоrоtlаr оqimi tа’lim mаzmunini
muntаzаm yangilаb, tаkоmillаshtirib bоrishni tаqоzо etаdi. “Innovatsiya – sohaga yangilik,
o’zgarishlar olib kirish jarayoni va faoliyati” bo‘lib, “innovatsion texnologiya - pedagogik
taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayonidir”. Jadal zаmоnаviy rivоjlаnish
shаrоitlаridа jаmiyat, mаdаniyat vа tа’limning innоvаtsiоn pеdаgоgik fаоliyatning, аniqrоg’i
innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаrning zаrurligi qаtоr оmillаr bilаn bеlgilаnаdi:
- tа’lim tizimidаgi tub o‘zgаrishlаrni tаqаzо etuvchi ijtimоiy-iqtisоdiy o‘zgаrishlаr, tа’lim
tizimidа yangilаnishlаr, turli o‘quv muаssаsаlаridа o‘quv-tаrbiya jаrаyonini tаshkil etishdа
mеtоdikа vа tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnishning zаrurligi. Pеdаgоglаr fаоliyatining innоvаtsiоn
yo‘nаltirilgаnligi tа’lim siyosаtining yangilаnish vоsitаsi sifаtidа nаmоyon bo‘lаdi;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1226
- tа’lim mаzmunidа o‘quv fаnlаri miqdоri vа tаrkibidаgi o‘zgаrishlаr оrqаli insоnpаrvаrlik
g’оyalаrining kuchаyishi; tа’lim vа tаrbiya tizimidа muntаzаm tаshkiliy yangiliklаrni tаqozо
qiluvchi yangi o‘quv prеdmеtlаrini kiritish оrqаli. Bundаy vаziyatdа o‘qituvchilаr оrаsidа
pеdаgоgik bilim vа mаvqеyi оshаdi, pеdаgоglаrning kаsbiy mаhоrаti sеzilаrli rаvishdа оrtаdi.
- pеdаgоglаr tоmоnidаn yangiliklаrni qo‘llаshgа vа o‘zlаshtirishgа nisbаtаn
yondаshuvning o‘zgаrishi. Tа’lim –tаrbiya jаrаyonlаri qаt’iy vаqt mе’yorlаrigа riоya etish tаlаb
qilinаdigаn shаrоitlаrdа pеdаgоglаr nаfаqаt dаstur vа dаrsliklаrni iхtiyoriy tаnlаsh, bаlki
o‘zlаrining pеdаgоgik fаоliyatlаridа usul vа vоsitаlаrni tаnlаshdа hаm mа’lum chеgаrаlаr mаvjud
edi.
Pedagogning kasbnomasida pedagogik mahorat, pedagogik tajriba, pedagogik texnologiya
kabi tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarda nutq madaniyatini
shakllantirish, tafakkur kengligini rivojlantirish ham pedagogning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘qituvchi-muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e’tibor qaratib
kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib,
murakkablashib boravergan. Olib borilgan tadqiqotlar har qanday pedagog quyidagi ijtimoiy
sifatlarga ega bo‘lishi shart ekanini ko‘rsatdi.
Birinchidan,
pedagog pedagogik kasbning jamiyat hayotidagi o‘rnini, uning paydo bo‘lish
tarixini yaxshi bilishi kerak. Chunki pedagogika tarixini o‘rganish jarayonida kishi pedagogik
faoliyatning insoniyat hayotidagi o‘rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillarning
shakllanish tarixini bilib oladi.
Ikkinchidan,
bo‘lajak pedagog intellektual faoliyatining umumiy tomonlari (tafakkur,
xotira, qabul qila olishi, ko‘z oldiga keltirishi, e’tibor) ni xulq-atvor madaniyati va shu jumladan
pedagogikaviy aloqasini egallagan bo‘lishi shart.
Uchinchidan,
o‘qituvchi falsafani yaxshi bilishi kerak. Chunki falsafa odamga abstrak fikr
yuritishni o‘rgatadi. O‘qituvchi auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur sust rivojlangan
bo‘lsa, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Auditoriyadagilar diqqatini o‘ziga jalb qilishi uchun, kishida
abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo‘lishi lozim.
To‘rtichidan,
muayyan fan bilimlarni o‘rgatuvchi pedagog yosh avlodni axloq va odobga
ham o‘rgatishi kerak. Zero, bunday vazifa pedagog va o‘qituvchilarning burchi, hamda mas’uliyati
hisoblanadi.
Beshinchidan,
ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi kishi, albatta, estetik tarbiyalangan
bo‘lishi shart. Estetik tarbiyaning jamiyat tarqqiyotida naqadar muhim rol o‘ynashi hammaga
ma’lum. Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning muhim va tarkibiy qismi ekanini unutmaslik kerak.
Yuqoridagi ijtimoiy sifatlardan tashqari o‘qituvchining kasbiy madaniyati va
o‘qituvchining kasbiy shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining kasbiy madaniyati
uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat tavsifining mohiyati-tizimli ta’limdan iborat
bo‘lib, o‘qituvchining kasbiy shakllanishi oliygoh dargohida kasbiy ta’lim olish jarayonida amalga
oshadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining kasbiy shakllanishi o‘z-o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z
ustida tinmay ishlashga, zamonaviy bilimlardan xabardor bo‘lishga, shuningdek, o‘z vaqtida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1227
malakasini oshirib borishga uzviy bog‘liq. Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi
hisoblanadi.
O‘qituvchining umumiy madaniyati
uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy
faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy
kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish darajasi va xokazo. Insonning
madaniy rivojlanishi-bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, xulqining muxit tomonidan
rivojlanish jarayonidir.
O‘qituvchining kasbiy madaniyati
uning kasbiy faoliyat doirasidagi, uning shaxsiy sifat
tavsifining mohiyati-tizimli ta’limdan iborat. O‘qituvchining pedagogik madaniyati tashkil topgan
ko‘rsatgichlar darajasi va asosiy tizimli komponentlariga quyidagilar kiradi:
A) intellektual rivojlanish darajasi (eng avvalo, pedagogik tafakkurning rivojlanishi);
B) pedagogik faoliyatning har tomonlama tashkil topishi va darajasi;
V) asosiy kasbiy pedagogik etika, ma’naviy harakter, va odob madaniyati;
G) o‘zaro munosabat madaniyati;
D) so‘zlashuv madaniyati;
E) tashqi ko‘rinish madaniyati va boshqalar.
Pedagogik fikrlash madaniyatiga pedagogik taxlil va sintez qobiliyatining rivojlanishi,
fikrlashdagi tanqidiy kurash, mustaqillik, kenglik, epchillik, faollik, tezlik, kuzatuvchanlikning
rivojlanishi, pedagogik xotira va boshqalar kiradi.
Pedagogik fikrlash madaniyati
bo‘lgan o‘qituvchi tafakkuri-dunyo qarashining uch
bosqichini o‘z ichiga oladi: birinchisi metodologik dunyo qarashdagi pedagogik ishonchlar.
Metodologik tafakkur o‘qituvchiga o‘zining kasbiy faoliyatiga to‘g‘ri qaray olishiga, gumanistik
strategiyani ishlab chiqishiga imkon yaratadi.
Pedagogik tafakkurning ikkinchi bosqichi-taktikaviy dunyoqarash bo‘lib, u o‘qituvchiga
pedagogik fikrlash, pedagogik jarayonning moddiylashuviga imkon yaratadi.
Uchinchi bosqichi umumiy pedagogik qonuniyatlarni, real pedagogik faoliyatning unikal
xodisasi bo‘lib hisoblangan bo‘lim-bo‘limlarga tadbik qilishda namoyon bo‘ladi. Bu tezkor
fikrlashdir.
Pedagogik madaniyat tuzilmasida uning odob-axloq bo‘limi muhim o‘rin egallaydi. Bu
pedagogik ishonch jarayonining shakllanishi, natijasi va o‘qituvchining o‘z qiziqishlarini ko‘prok
aniqlash jarayonidir. O‘qituvchi, kasbiy muxitdan reloksin jarayonga, o‘zining tutgan o‘rnini
yangilashga faol kirib borishi zarur. Pedagogik madaniyatning kasbiy faoliyatiga bog‘liq tashkil
etuvchisi pedagog tomonidan o‘zining pedagogik qobiliyatlarining barcha spektrini bilib
olganligini harakterlaydi, u esa pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining nishonasi, pedagogik
xatolarning oldini olish va nixoyat, pedagogik qobiliyat usullarini egallanganligidan iborat.
Ma’naviy madaniyat etuk bilimlarning nazariy darajasi holatida shakllanuvchi axloqiy bilimni o‘z
ichiga oladi. Bu
kasbiy pedagogik etikadan
iborat.
Pedagogik aloqa qilish madaniyati
suxbatdoshni eshitish va eshita olishda, savollar bera
olishda, aloqani amalga oshirib boshqani tushuna olishda, muloqotning qiyin holatlarini kura olish
va odamlardagi ta’sir holatini to‘g‘ri taxlil qila bilishda, muloqotga tayyorlanish va muloqotga
bo‘lgan xoxishlarda ko‘rinadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1228
Pedagog uchun eng zaruri nutq madaniyatini
egallashdir. O‘qituvchining nutqi
kundankunga o‘quvchilar uchun ibratli bo‘lib borib ularning nutq madaniyatini shakllantirishga
yordam berishi kerak. Nutqning grammatik to‘g‘riligi, uning leksik boyligi, yaxshi
ifodalanganligi, obrazliligi, nutq texnikasini egallanganligi o‘qituvchining turli xil kasbiy
masalalarni sifatli echishiga imkon beradi.
XULOSA
Pedagogning tashqi ko‘rinish madaniyati, uning tashqi kurinishga moslik darajasi va
pedagogik faoliyati bilan baholanadi. Keng fikrlilik, tartibli, odobli, bosiklik va o‘zini-o‘zi yaxshi
boshqara olish kabilar pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli bo‘lishiga olib keladi.
REFERENCES
1.
V.Karimova. Pedagogika.Psixologiya. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 2008 yil.
2.
B.Ziyomuhammadov. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2006 yil.
3.
A.Abduaxadov. Pedagogik mahorat asoslari. Ma’ruzalar matni. Toshkent, 2009 yil
4.
Egamberdieva, T., & Alimjonova, M. (2020). PEDAGOGICAL NECESSITY OF
DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN STUDENTS IN THE
CONDITIONS OF GLOBALISATION OF EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan
State University, 2(6), 277-283.
5.
Tojaliev, A. A. (2021). Higher education system-a guarantee of sustainable development of
society. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 1021-
1025.
6.
Kosimova, G. (2020, June). THE POWER OF THE TRUE WORD. In Archive of
Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 27-29).
7.
Yusupovich, I. V., Pirnazarovich, R. R., & Mamatojiyevich, M. A. (2022). Using Social
Forms in German Language Lessons its Benefits. European Multidisciplinary Journal of
Modern Science, 4, 724-726.
8.
Nuritdinova, S. X., & Ibragimov, V. Y. (2022). Problems of Grammatical Interference in
Teaching German Language to Uzbek Students. International Journal of Formal Education,
1(10), 163-168.
9.
Rahberdi, R., & Yusupovich, I. V. (2022). PROBLEMS IN LEARNING ENGLISH IN
DIFFERENT CLASSES IN SECONDARY SCHOOLS. Thematics Journal of English
Language Teaching, 6(1).
10.
Pirmatovich, R. R. (2022). IX-XII ASRLARDA DUNYOVIY ILM-FAN SOHASIDA IJOD
QILGAN OLIMLAR VA ULARNING ILMIY MEROSI. TA'LIM VA RIVOJLANISH
TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 450-452.
