Authors

  • Farangiz Odinayeva
  • Xusan Berdiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31736

Keywords:

poem rhyme weight residence syllable poet.

Abstract

This article is about the analysis of the poetry of Shavkat Rahman’s life and work.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

101

SHAVKAT RAHMON SHE’RLARINING LINGVISTIK VA POETIK XUSUSIYATLARI

HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Odinayeva Farangiz Zafar qizi

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.

Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

Berdiyev Xusan Xolnazarovich

Ilmiy rahbar: dots.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11115360

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Shavkat Rahmonning hayot va ijodi she’riyatining tahlili

haqida so’z boradi. She’rlarining vazni, turoqlanishi, bo’g’iniga ham to’xtalib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

she’r, qofiya, vazn, turoq, bo’g’in, shoir.

SOME COMMENTS ON THE LINGUISTIC AND POETIC CHARACTERISTICS OF

SHAVKAT RAHMAN'S POEMS

Abstract.

This article is about the analysis of the poetry of Shavkat Rahman’s life and work.

Key words:

poem, rhyme, weight, residence, syllable, poet.

НЕКОТОРЫЕ КОММЕНТАРИИ К ЛИНГВИСТИЧЕСКИМ И ПОЭТИЧЕСКИМ

ХАРАКТЕРИСТИКАМ СТИХОВ ШАВКАТА РАХМАНА

Аннотация.

Данная статья посвящена анализу жизни и поэзии Шавката Рахмана.

Обсуждаются также вес, устойчивость и слоги его стихов.

Ключевые слова:

стихотворение, рифма, вес, остановка, слог, поэт.

Iste’dodli shoir Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentabrda O’sh viloyatining Qorasuv

tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug’ilgan.1966-yilda o’rta maktabni
tugatgach, qurilishlarda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishlaydi.Birinchi she’riy to’plami
“Rangli lahzalar”, Shoirning “Yurak qirralari”, “Ochiq kunlar”, “Gullayotgan tosh”, “Uyg’oq
tog’lar”, “Hulvo” kabi bir qator she’riy to’plamlari bosilib chiqdi.U uzoq davom etgan og’ir
xastalikdan keyin 1996-yil kuzida olamdan o’tdi.Shavkat Rahmonning she’rlariga e’tibor
beradigan bo’lsak, she’rlarni o‘zaro qofiyalanishi, vaznni har xil. Misol uchun “Ey dard” nomli
she’rida

Bag’ri yomon battollarga bor,
Qahri yomon qattollarga bor.
Qon yalagan qassoblarga bor,
Ko’z o’ynagan kazzoblarga bor.

Bunda bag’ri degan so’z jigar yoki yurak ma’nolarda kelgan lekin boshqa hollarda turlicha

ma’nolarni beradi. She’rda bag’ri so’zida tovush tushishi holati ham kuzatilgan bag’ir o’rniga
bag’ri tarzda qo’llangan. Oxiridagi bor, so’zi esa radif vazifasini bajargan battollar, qattollar,
qassoblar, kazzoblar esa o’zaro qofiyalangan. Bundagi har bir so’z bir-birini taqozo etib kelgan.

Imonidan kechganlarga bor,
Bor-yo’g’ini ochganlarga bor.
Nega menga kelasan, ey dard,
Nega menga kelasan, ey g’am.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

102

Bunda kechganlar va ochganlar fonetik tomondan tovush tushishiga asoslangan. Dard bilan

g’am ma’nodoshlikni bergan. Ma’nodoshlik tomondan ushbu so’zlar undalma, fonetik tomondan
nido san’atini hosil qilgan.

Ertaga yomg’irlar keladi,
Gurkirab yashaydi havola.
Hulvolar keladi, hulvolar,
Oylarga etajak navolar.

Bu she’ri bahor fasliga bag’ishlangan bahorni kelishi odamga o’zgacha quvonch va

xursandchilik olib keladi. Shoir ham o’z hislarini ushbu she’r orqali ifodalagan. “Hulvo” so’zi
bahor ma’nosini beradi. Hulvolar 2 marta kelgani uchun takrir she’riy san’ati ya’niy takrorlanib
kelgan. Havolar, hulvolar, navolar o’zaro qofiyalangan. She’rdagi misrani kuchliroq chiqishiga
ushbu so’zlar xizmat qilgan.

Ertaga bolalar bahaybat,
Kunlarni o’rnidan jildirar.
Shu qadim dunyoning shamoli,
Yuraging yonida jildirar.

O’rnida so’zida fonetik tomondan yana tovush tushish hodisasi kuzatilgan.

Jildirar

2

o’rinda kelgani uchun takrir san’ati qo’llanilgan. Biroq tajnis qofiya ham mavjud.

Kelajak bor hali bag’rida,
Yuz mingta quyosh portlagan.
Ishonma hech qachon, ishonma,
Qo’lida quroli borlarga.

Bunda ham ishonma takroriy holda kegan. Bag’rida so’zi esa yuragida bor degan

ma’nolarda kegan.

Men kelaman navbahor bo’lib,
Gulga to’lar tanho so’qmoqlar.
Men kelaman soylarday to’lib,
Eshitganda saraton bog’lar.

Turoqlanish =4+5=9 barmoq vaznida yozilgan.

So’qmoqlar, soylarday, bog’lar

qofiyalangan. Shoir o’z kelishini bahor bilan taqqoslaydi.

Men kelaman, kelaman so’zsiz,
Ko’zingizni yashirmang zinhor.
Peshvoz chiqing yo’llarimga siz,
Bahor bo’lib kelaman, bahor.

Bu yerda bahorning kelishi va o’zini lirik qahramon deb oladigan bo’lsak, kelaman bahor

bo’lib ya’ni shoirni bahor bo’lib kelishi emas, bahor faslini qanday kutib olish va shu orqali
she’rning mazmuni ochilgan.

Ajoyib kunlarning birida,
Uyg’onib ketaman uyqudagi.
Yurakning eng chuqur yerida,
Og’riqqa aylangan tuyg’udan.

Uyqu – tuyg’u qofiyalangan. Bu ham barmoq vaznida.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

Men qo’shiq bo’laman daryoga,
Yurakning eng chuqur yerida.
Boqaman dunyoga dunyodan,
Ajoyib kunlarning birida.

Daryoday – dunyoday qofiyalangan va yerida ummumiy olganda harakat vazifasini

bajargan. Takrir san’ati ham qo’llangan.


REFERENCES

1.

Umirov X.Adabiyot nazariyasi-Toshkent:Sharq, 2002.Poetik san'atlar haqida ushbu
ma'lumotlarga tayanildi.

2.

Berdiyev X ,,Devonu luģotit turk'' dagi she'rlarning lingvo poetik tahlili.-Samarqand 2020.

3.

Shavkat Rahmon.Hulvo.-Toshkent.-1988.Tahlil etilgan she'rlar shu manbadan olingan.

References

Umirov X.Adabiyot nazariyasi-Toshkent:Sharq, 2002.Poetik san'atlar haqida ushbu ma'lumotlarga tayanildi.

Berdiyev X ,,Devonu luģotit turk'' dagi she'rlarning lingvo poetik tahlili.-Samarqand 2020.

Shavkat Rahmon.Hulvo.-Toshkent.-1988.Tahlil etilgan she'rlar shu manbadan olingan.