Mart, 2025-Yil
586
SHEʼRIYATDA TASAVVUFIY RAMZ-U TIMSOLLAR TAHLILI VA TALQINI
Farangiz Odinayeva
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-bosqich talabasi.
Firuza Buriyeva
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15106523
Annotatsiya. Mazkur maqolada sheʼriyatdagi tasavvuf falsafasiga asoslangan qarashlar
va so‘fiyona sheʼriyatda eng koʻp uchraydigan ramzlar, ularning ma’no-mazmuni bilan aloqador
poetik ifodalar va shuningdek, ijodkor individual uslubidagi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi
borasida fikrlar berilgan. Ushbu kichik tadqiqot uchun Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz
Sheroziiy hamda Sa’diy kabi Sharq she’riyatining mumtoz namoyondalarining ijodi obyekt
sifatida olindi.
Kalit so‘zlar: tasavvuf, ramz, timsol, iloh, adabiyot, ishq,ruh, inson, shoir.
Tasavvuf
– islom tafakkurining chuqur falsafiy oqimi bo‘lib, uning asosiy maqsadi
insonning ma’naviy poklanishi va ilohiy haqiqatga erishishidir[1]. She’riyat esa bu tasavvufiy
g‘oyalarni ramz va timsollar orqali ifodalashda muhim vosita bo‘lib kelgan[2].Sharq adabiyotida,
xususan, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Hofiz va Sa’diy kabi
mutafakkirlarning ijodida tasavvufiy ramzlarning keng qo‘llanishi kuzatiladi [1].Tasavvufning
Sharqa keng tarqalishiga bois, uning arab, fors va turkiy tillarda buyuk bir she’riyatni vujudga
keltirganidir.VIII—XI asrlarda Robia Adaviya, Mansur Halloj singari ulug‘ so‘fiylar ijodi bilan
boshlangan so‘fiyona ash’or X—XII asrlarga kelib ulkan bir adabiyotga aylandi, o‘ziga xos
obrazlar,timsollar olami, alohida ramzlar, uslub va usullar shakllandi
[2].
Olimlar tasavvufning
adabiyot bilan yaqinlashish sabablarini ko‘proq so‘fiylarning raqs-u samo majlislari bilan
bog‘laydilar[1]. Biroq, aytish kerakki, sabab faqat shundan iborat emas. To‘g‘ri, tasavvuf
shayxlari muridlariga ta’sir etish uchun ruboiy, g‘azal kabi kichik she’riy janrlardan
foydalanganlar [2]. Ba’zan o‘zlari so‘fiyona g‘oyalarga mos asarlar ijod qilib, aksar holda esa
xalq orasida yurgan og‘zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she’rlaridan foydalanib,
suhbatlarini qizitganlar, so‘zlarga yangi ma’no berib, so‘fiyona g‘oyalar ruhida talqin va tafsir
qilib, eshituvchilarni hayajonga solganlar [1]. Bu — masalaning bir tomoni, ya’ni tasavvufning
adabiyotga intilishi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Gap shundaki, adabiyot ham
tasavvuf tomonga qarab intilgan. Tasavvuf g‘oyalari keng tarqalgandan keyin u gumanist
shoirlarning qalbini rom etdi.
Mart, 2025-Yil
587
Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, haq va haqiqat, najib insoniy hislatlar, kamolot
kasb etish haqidagi g‘oyalari she’riyat g‘oyalariga aylandi — shoirlar qizg‘in bir ruh, ko‘ngil amri
bilan irfoniy g‘oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she’rlar, jahonga mashhur dostonlar, qissalar
yaratildi[2]. Tasavvufning bexudlik va ishq konsepsiyasi, soflik, adolat va haqiqat timsoli —
Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ijod ahliga qattiq ta’sir etdi, insoniyat g‘ami bilan qalbi dardga
to‘lgan isyonkor ruhdagi shoirlarni bir ohangraboday o‘ziga tortib, o‘rganishli, his hayajonga
serob ajoyib she’riyatni vujudga keltirdi. Bu she’riyatning markaziy qahramoni —rindi bebok,
Mansur Halloj e’tiqodiga imon keltirgan, o‘zini barkamollik cho‘qqisida ko‘rgan, ruhan ozod kishi
edi[1].
Tasavvuf o‘zi Buyuk bir romantik olamdir
. Olamni Mutlaq Parvardigorning ijodi deb
qarash, dunyoni Ilohning ko‘zgusi deb tushuntirish va barcha go‘zalliklar, qudratni Ilohdan deb
hisoblash, Borliqni romantik ranglarda, shoirona xayoliy surat — timsollar tarzida, ilohiy nurning
porlashidan doimiy harakatda va ijodda deb tasavvur etish — o‘zi bir buyuk poeziya. Jami
go‘zalliklar, yaxshiliklar, ezguliklar manbai mutlaq iloh. Qudrat va kuch, harakat va faoliyat ham
undan[2]. Dunyodagi jami husn-u jamol — uning jamolining aksi. Inson go‘zalligi Uning
jamolining jilvasi, bu jamol olamda qancha ko‘p jilo etgan bo‘lsa, u shuncha go‘zal bo‘la oladi.
Inson ruhining go‘zallikka, nafosatga tashnaligi Iloh go‘zalligiga tashnalik oqibatidir.
Yana buning ichida moddiy go‘zallik va ma’naviy go‘zallik, g‘oya va fikr go‘zalligi ham
ajralib, e’tiborga olinadi. Xullas, go‘zallikdan maqsad tafakkur go‘zalligi, ma’naviy go‘zallikni
anglamoq, oliy javhar—ruhiy azaliga monand narsalarning go‘zalligini qabul qilmoqdir...
Kamanl uchiga yetkurmas g‘amu anlesha ayyori.
Biyik chekmish magar mayxona tomin sun’ me’mori
Xumorim za’fila kahgil isi to yetti mast o‘ldum,
Suvalmishdur magar may loyilin mayxona devori.
Xo‘sh, bu g‘azalda qanday g‘oya ifodalangan? May va uning xosiyatlarini ta’riflashdan
murod nima? O‘z-o‘zidan ayonki, Navoiy zikr etgan may biz tasavvur qilgan spirtli ichimlik emas.
Shoir sira ham buni nazarda tutmagan.
To‘la kub og‘zi may. xurshidelur, guyo teng ochilmish
Chekarla bu iki xurshid lavrin sun’ pargori.
May ichmish xonaqoh shayxi, xarobot ahpi aysh aylang,
Ki chiqmish baxya urg‘on xirqasilin mablag‘i kori.
Bil’aks, o‘ta taqvodor va pokdomon bo‘lgan Navoiy zamonasining ishratparast, mayxo‘r
kishilarini qahr-u g‘azab bilan tanqid ostiga olib, mast qiluvchi ichimlikni «umm ul-xabois», ya’ni
barcha yomonliklar, falokatlar onasi, deb e’lon qilgan[1].
Mart, 2025-Yil
588
«Hayrat ul-abror» dostonida bo‘lsa, badm astlarning masxarali hajviy qiyofasini yaratib,
ularni elga sharmanda etgan. Ushbu g‘azalda shoir mayni ilohiy ishq— ma’rifat, donish
ishtiyoqining avji qiyomi, Yor jamoli mushohadasidan oshiq dilida paydo bo‘lgan kuchli zavq —
ilhomning, behad xursandlik, sururining ramziy ifodasi sifatida tilga olgan[2]. Xumor bo‘lish,
mayparastlik ham bu yerda shunga muvofiq. Buyuk nur chashmasidan huzurlanish, visol
bexudligi, hayot, tabiat zeboligi hamda aql va tafakkur yetmaydigan, ammo ko‘ngil bilan his
etiladigan mutlaq ruh mo‘jizoti jilvasidan bahramandlik va shunga talpinish sarxushligidir[1].
Ko‘ringan mosivo buli emas, balki namudilur,
May ustida hubobu mavj sh akliking namudori.
Hubobu mavj may tahrikidin aohirdurur, lekin
Sukun topg‘on vujudi, maydin o‘zga kdydadur bori?
Chunki Navoiy e’tiqod qo‘ygan falsafiy ta’limotga binoan, olam azaliy va abadiy yagona
ruhning o‘z-o‘zini sevib, o‘z jamolini tomosha qilish istagidan paydo bo‘lgan ko‘zgudir. Birlamchi
qudrat porlashidan taralgan nur bu ko‘zguda aks etadi, ya’ni moddiy dunyodagi jamiki mavjudot
va maxluqot — zarradan quyoshgacha, yeru ko‘k, sobitu sayyora shu nur bilan yoritiladi, shu nur
tufayli harakatlanadi, muayyan uyg‘unlik ichra rivojlanib turadi[2]. Bu ilohiy tajallini shoirlar
may timsolida qabul qilganlar. Moddiy dunyo esa, shu tasavvur bo‘yicha, jom yoki qadahdir.
Dunyoning rango-rang tozlanishlar, o‘zgarish, yangilanishlar, tabiatning turfa sir-u asrori,
hodisa-ashyolari, bahoriy uyg‘onish, chunonchi, daraxtlarning ko‘karib, gullab meva bog‘lashi,
dasht-u dalaning o‘t-o‘lan bilan qoplanishi,qushlarning mast bo‘lib sayrashi,boringki, hayotning
barcha nash’u namosi, gurkirab ko‘ringan nafosat to‘foni shu may ummonining mavjlanishi,
ko‘pirishi deb tushuntirilgan[1]. Inson ham mazkur ko‘zguning bir bo‘lagi, lekin ruhi mutlaq eng
ko‘p aks etgan hilqat. Chunki u holiqiyatning sarvari va ganji gavhari, ya’ni «Ikki olam
iste’dodining jamuljami» (Bedil).
Quyosh aksimulur hayvon suyida, yo ko‘runmishdur
Ravonoso may ichra soqii gulchehra ruxsori.
Fano dayrin ko‘ngul istarki, bir-bir piri dayr elg‘a
Tugarda bola, shoyal, jur’aye sungay bizning sori.
Inson ruhi shu bois tinimsiz ravishda o‘z manbaiga qarab intiladi. Bu intilish dunyoning
o‘zini idrok etish va o‘z-o‘zini anglab yetish orqali sodir bo‘lgani sababli inson olam hodisalari
go‘zalligini mushohada etib, cheksiz hayratlanadi. Hayrat esa ashyo-hodisalarni bilib olishga
qiziqishni kuchaytirad[2]i.
Mart, 2025-Yil
589
Navoiydin fano chun hosil o‘lli, qilgasin ey ishq,
Navoiy rishtai jonin mug‘anniy udining tori
Shu tariqa, kishi mohiyat-haqiqatni bilish ishtiyoqi bilan yonib, borgan sari ko‘proq
tashvish-taraddudda bo‘ladi. Insonning butun hayotiy faoliyati, ijod va yaratuvchilik qobiliyati,
kashfu karomati va fayz-u fazilatlari shu ishqning qudrati deb talqin etilgan.
Tasavvufiy Ramz va Timsollarning Mohiyati
Tasavvufiy adabiyotda fikrni bevosita
emas, balki ramzlar vositasida ifodalash ko‘p uchraydi[1]. Bu uslub oddiy o‘quvchiga sirli,
faylasuf uchun esa teran ma’no anglatadi. Ushbu ramzlar orqali shoirlar inson ruhiyatining
yuksalishi, dunyoviy mayllardan voz kechish, ilohiy haqiqatga yetishish jarayonlarini
tasvirlaydilar[2].
Tasavvufiy she’riyatda eng ko‘p uchraydigan ramzlar quyidagilar:
1. Sharob va Mayxonalar.
Tasavvufiy adabiyotda sharob ilohiy ishq va ma’rifat ramzi
hisoblanadi[1]. Mayxo‘rlik esa majoziy ma’noda ruhiy sarxushlik, ilohiy haqiqat bilan mast
bo‘lishni anglatadi. Hofiz va Rumiy she’rlarida mayxona – tariqat yo‘lining boshlanish nuqtasi
sifatida talqin qilinadi[2]
. Masalan: May ichmagil, dema sen g‘ofil, bu ishq aro, Ishq ahliga
harom emas bu jom aro.(Hofiz)
2. Gul va Bulbu
l.
Gul
– ilohiy go‘zallik, yuksak haqiqat timsoli bo‘lsa, bulbul – ishq va
ma’rifat izlovchi oshiq ramzidir [1]. Bulbulning gul atrofida parvona bo‘lishi tasavvufda inson
qalbining ilohiy haqiqat sari intilishi sifatida tushuniladi [2].
Bulbul erur har vaqt aning ishqida
giryon,Kim, g‘amzasi ko‘rgach yana gul ro‘zi gulshan.(Alisher Navoiy)
3. Parvona va Sham.
Parvona o‘zini shamnning oloviga urib, yonib ketishi – tasavvufiy
ma’noda insonning o‘zini yo‘q qilib, Haqqa qo‘shilish jarayonini anglatadi. Bu obraz ilohiy ishq
yo‘lidagi fidoyilik, jon fido qilishning ramzi sanaladi.
4. Yo‘l va Musofir.
Tasavvufiy she’riyatda inson hayoti safarga o‘xshatiladi, unda inson –
musofir, dunyo esa – foniy manzil hisoblanadi[1]. Bu ramz yo‘lovchining oxir-oqibat haqiqiy
manzil – ilohiy haqiqatga yetishishini anglatadi [2].
Yo‘lga chiqdim, oh, manzil qayer,Olam
sarob, Haqni izladim bekar...(Ahmad Yassaviy)
5. Majnun va Layli.
Majnunning Layliga bo‘lgan ishqi – insonning ilohiy haqiqatga
bo‘lgan intilishi va Haq ishqida o‘zini yo‘q qilish jarayonining timsolidir. Majnun bu yo‘lda
o‘zligini yo‘qotib, ishqning o‘ziga aylangan.
Tasavvufiy ramzlarning tahlili va talqini
Tasavvufiy she’riyatda ramzlar oddiy so‘zlardan iborat bo‘lsa-da, ular chuqur falsafiy
mazmun kasb etadi.
Mart, 2025-Yil
590
Ushbu ramzlar orqali shoirlar ilohiy haqiqatni idrok etishning turli bosqichlarini
ifodalashgan:
1. Tashqi dunyo va botiniy haqiqat
– Ramzlar zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki)
ma’nolarni ifodalaydi.
2. Ishq va fano
– Ishq Haqqa yetishishning asosiy vositasi sifatida ko‘riladi [1]. Fano (yo‘q
bo‘lish) esa insonning o‘zligini tark etib, mutlaq ilohiy haqiqatga qo‘shilishidir.
3. Safar va maqsad
– Inson hayoti ramziy safar sifatida talqin qilinadi[2]. Bu safarning
maqsadi ilohiy haqiqatga yetishishdir.
She’riyatdagi tasavvufiy ramz va timsollar insonning ilohiy haqiqat sari intilishi, o‘zlikni
yo‘qotish, ruhiy yuksalish va ma’rifatga erishish jarayonlarini aks ettiruvchi kuchli badiiy
vositalardir. Bu ramzlar orqali shoirlar o‘z zamonlaridagi ijtimoiy va ma’naviy holatni yoritgan
holda, insoniyatga mangulikka intilish yo‘lida yo‘lboshchilik qilganlar.Tasavvufiy adabiyotni va
undagi ramzlarni chuqur o‘rganish inson tafakkurini boyitadi va ma’naviy mukammallikka
yetishish yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois tasavvufiy she’riyat har doim insoniyat
ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo‘lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlarni ro‘yxati:
1.
Jaloliddin Rumiy. Masnaviy-Ma'naviy – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot,
2007.
2.
Alisher Navoiy. G‘azallar devoni – Toshkent: Fan nashriyoti, 1991.
3.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005.
4.
Farididdin Attor. Mantiq-ut-Tayr – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2004.
5.
Hofiz Sheroziy. G‘azallar – Tehron: Adabiyot va san’at markazi, 1985.
