49
UMUMIY O‘RTA TA’LIM O‘QUVCHILARIGA O‘Z- O‘ZINI TARBIYALASHNI
O‘RGATISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Shukurova Ugiloy Umarovna
PhD GulDPI.
Iskandarova S.
GulDPI 13-23 gurux talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11116089
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilariga o‘z-o‘zini tarbiyalashni
o‘rgatishning ijtimoiy-psixologik jihatlari yoritib berilgan. Bizga ma’lumki yoshlarni komil inson
bo‘lib shakllanishlarida maktab davrining ahamiyati katta bo‘ladi. Maktab davrida o‘quvchilarda
irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik,
ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik va boshqa xislatlar shakllantirilib
boriladi.
Kalit so‘zlar:
irodali, teran fikrlovchi, komil inson, iroda, xulq, zaifligi qaysarlik,
sabotsizlik, yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik.
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF TEACHING SELF-EDUCATION TO
GENERAL SECONDARY EDUCATION STUDENTS
Abstract.
This article describes the socio-psychological aspects of teaching self-education
to schoolchildren. As we know, the school period is very important in the formation of young
people as perfect people. During the school period, pupils are formed with determination,
initiative, determination, independence, business acumen, self-restraint, courage, endurance and
other qualities.
Key words:
strong-willed, deep-thinking, perfect person, will, behavior, weakness,
stubbornness, indolence, laziness, cowardice, lack of principle, lack of initiative, lightheartedness,
indifference.
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРЕПОДАВАНИЯ
САМООБРАЗОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ СРЕДНЕЙ ОБЩЕЙ СРЕДНЕЙ
ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
В статье рассмотрены социально-психологические аспекты обучения
самообразованию школьников. Как мы знаем, школьный период имеет очень важное
значение в формировании молодежи как совершенных людей. В школьный период у
учащихся формируются целеустремленность, инициативность, целеустремленность,
50
самостоятельность, деловая хватка, сдержанность, смелость, выносливость и другие
качества.
Ключевые слова:
волевой, глубокомыслящий, совершенный человек, воля, поведение,
слабость, упрямство, праздность, лень, трусость, беспринципность, безынициативность,
легкомысленность, равнодушие.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari
faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.
Buning natijasida o‘quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik,
tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik
va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi. Shu bilan birgalikda inson shaxsining irodasining
bo‘shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik, yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik,
erinchoqlik, loqaydlik singari xislatlar salbiy xislatlar ekanligi
Mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun o‘quvchilarni o‘zini o‘zi
boshqarishni boshlang‘ich sinflardayoq o‘rgatishimiz bugungi kun talablaridan biri bo‘lib
qolmoqda.
O‘quvchilarning o‘zlari bajarayotgan hatti- harakatlarini o‘zining irodasiga
bo‘ysundirishni o‘rgatish ularning mustaqil fikrlashlarini barqarorlashtirib, maqsadlarini amalga
oshirishga yordam beradi. Buning natijasida mustahkam irodali, teran fikrlovchi, komil inson
shakllanadi. Psixologiyada inson irodasi inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda
boshqarishining ko‘rinishi sifatida ta’riflanadi.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari
faoliyatning motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.
Buning natijasida o‘quvchilarda irodaviy xislatlarining sifatlariga sobitqadamlik,
tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik
va boshqa xislatlar shakllantirilib boriladi.
SHu bilan birgalikda inson shaxsining irodasining bo‘shligi, zaifligi qaysarlik, sabotsizlik,
yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik, loqaydlik singari xislatlar salbiy
xislatlar ekanligi ta’riflab boriladi.
Bunday natijaga erishish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim- tarbiya jarayonida
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirishar ekan o‘zining bilimdonligini ko‘rsatishi, barcha
ijobiy xislatlarini namoyon qilishi, o‘quvchilarni bir-birlarini hurmat qilish qadrlash kerak
51
ekanligini uqtirib borishi, buning uchun namuna ko‘rsatib borishi, ularning fikrlarini tinglashi
kerak bo‘ladi.
A. S. Makarenkoning ta’rifi bilan aytganda har bir maktab o‘qituvchisi “Shaxsga nisbatan
iloji boricha talabchanlik va unga nisbatan iloji boricha hurmat hamda ishonch bo‘lishi kerak”.
Yuqoridagi qoidaga amal qilgan har bir o‘qituvchi o‘quvchilari tomonidan ishonch va
hurmatga sazovar bo‘ladi, uning kichkina arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo‘ladi. Ayni chog‘da
o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlarida, bordi-yu, o‘ziga «nsbatan hurmat-e’tiborni sezmasa, juda
asosli va mantiqan to‘g‘ri pand-nasihatlariga ham ko‘pincha amal qilmaydi.
O‘quvchilar bilan o‘quvchilarning o‘rtasidagi munosabatlar maktabdagi umumiy muhitda
yuz beradi, o‘quvchilar psixologiyasini tushunishning pedagogik kollektivga xos darajasiga, uning
pedagogik va psixologik madaniyatiga bog‘lik bo‘ladi.
Aloqalarning bu ob’ektiv bog‘liqligini maktab hayotida boshlang‘ich sinf o‘quvchisining
nojo‘ya ish qilib qo‘yganidan tortib to butun maktabni hayajonlantirgan favqulodda hodisaga
qadar yuz beradigan istalgan bir hodisani psixologik tahlil qilish jarayonida ko‘rish mumkin.
O‘quvchilarga nisbatan talabchanlikni ularga nisbatan hurmat bilan uyg‘unlashtirib amalga
oshirishni bilgan o‘qituvchilar asosan tarbiyaning maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun eng
qulay pedagogik va psixologik muhitni yarata oladi. O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan ta’lim-
tarbiya jarayonida ularga nisbatan hurmat ko‘rsatarish orqali o‘quvchilarda o‘zini- o‘zi hurmat
qilishini shakllantiradilar.
Bu esa o‘quvchilar bilan bo‘ladigan bundan keyingi olib boriladigani tarbiyaviy ishlarning
shartiga aylanadi. O‘quvchilar bilan munosabatda ularning o‘zini- o‘zi xurmat qilishiga tayanish
ularga samarali pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatishda ishonchli vositadir. O‘quvchi xato
qilishi mumkin lekin unga bo‘lgan hurmat saqlanib qolishi kerak bu munosabat uni bundan buyon
o‘ylab ish qilishga o‘zini va tevarak atrofidagilarni hurmat qilishni o‘zi yashayotgan jamiyat
qonun qoidalariga amal qilish lozim ekanligini anglab etadi.
Xulosa qilib aytganimizda ta’lim tarbiya berish jarayonida yuqoridagi qoidalarga amal
qiladigan bo‘lsak kelajakda o‘quvchilarimiz o‘zlarining munosib o‘rinlarini egallashlarida
umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiyaning tutgan o‘rni beqiyos ekanligini
isbotlab bergan bo‘lamiz.
REFERENCES
1.
Yo‘ldoshev J. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – T.: O‘qituvchi. 2000 y.
2.
Radugina A.A. Pedagogika i psixologiya. - M., 2007.
52
3.
N.S.Safaev, N.A.Mirashirova, N.G.Odilova “Umumiy psixologiya nazariyasi va
amaliyoti”: darslik. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
4.
Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
5.
Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar”
markazining bosmaxonasi : 2009.
