SOCIAL- PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF PREPARING YOUTH FOR FAMILY IN NEIGHBORHOODS

HAC
Google Scholar
f
113-119
1
0
To share
Shukurova, U. (2024). SOCIAL- PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF PREPARING YOUTH FOR FAMILY IN NEIGHBORHOODS. Modern Science and Research, 3(2), 113–119. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30197
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the socio-psychological problem of preparing young people for family life in neighborhoods. The family is the main link of the society, in this respect, the stability and peace of the family occupies a special place in the life of the society. Today, extensive political work is being carried out in our country on family psychology and preparation of young people for family life. The article also discusses the views of eastern thinkers and modern approaches to the formation of ideas about the family, as well as socio-psychological issues related to the family.

Similar Articles


background image


113

MAHALLALARDA YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY-

PSIXOLOGIK JIXATLARI

Shukurova Ugiloy Umarovna

Guliston davlat pedagogika instituti,

Pedagogika kafedrasi dotsenti,

psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.10829250

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning

ijtimoiy-psixologik muammosi bayon qilingan. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, shu jihatdan

oilaning mustahkam bo‘lishi, tinchligi jamiyat hayotida ham alohida o‘rin egallaydi. Bugungi

kunda yurtimizda oila psixologiyasi, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha keng qamrovli

siyosiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, maqolada oila haqidagi tasavvurlarni

shakllantirishga oid sharq mutafakkirlarining qarashlari va zamonaviy yondashuvlar, oila

borasidagi ijtimoiy-psixologik masalalar muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar:

oila, mahalla, qadriyat, oilaga tayyorlash, jamiyat, oila psixologiyasi,

tarbiya, ta’lim, muhit, shaxs, ijtimoiylashuv.

SOCIAL- PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF PREPARING YOUTH FOR

FAMILY IN NEIGHBORHOODS

Abstract.

This article describes the socio-psychological problem of preparing young

people for family life in neighborhoods. The family is the main link of the society, in this respect,

the stability and peace of the family occupies a special place in the life of the society. Today,

extensive political work is being carried out in our country on family psychology and preparation

of young people for family life. The article also discusses the views of eastern thinkers and modern

approaches to the formation of ideas about the family, as well as socio-psychological issues

related to the family.

Key words:

family, neighborhood, value, family preparation, society, family psychology,

upbringing, education, environment, personality, socialization.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОДГОТОВКИ

МОЛОДЕЖИ К СЕМЬЕ В СОСЕДСТВЕ

Аннотация.

В данной статье описывается социально-психологическая проблема

подготовки молодежи к семейной жизни в условиях микрорайона. Семья является

основным звеном общества, в этом отношении стабильность и спокойствие семьи

занимают особое место в жизни общества. Сегодня в нашей стране ведется обширная


background image


114

политическая работа по семейной психологии и подготовке молодежи к семейной жизни.

В статье также рассматриваются взгляды восточных мыслителей и современные

подходы к формированию представлений о семье, а также социально-психологические

проблемы, связанные с семьей.

Ключевые слова:

семья, соседство, ценности, семейная подготовка, общество,

семейная психология, воспитание, образование, среда, личность, социализация.

Talaba yoshlar jamiyatimizning ijtimoiy faol bir bo’lagidir. Ularni oilaviy hayotga

tayyorlash bugungi kunimizning o’ta dolzarb masalasi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Shuning

uchun ham Respublikamiz Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo’yicha harakatlar strategiyasi” bo’yicha farmonida ham “Yoshlarga oid davlat siyosati”ni

takomillashtirish alohida band sifatida kiritilgan. Unda ta’kidlanishicha, jismonan sog’lom, ruhan

va aqlan rivojlangan, mustaqil fikirlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega

yoshlarni tarbiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini

oshrish masalasini takomillashtirish zarurdir. “Harakatlar strategiyasining” IV bo’lim 4.5. bandida

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy

sharoitlarni yaratish haqida fikr bildirilib, mutasaddi tashkilotlarni bu masalani hal etishda

faolligini oshirish masalasi ilgari suriladi.

Yoshlarni psixolgik jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash va faoliyatning samarali tashkil

etilishi bir qancha ijtimoiy muammolarning ijobiy hal etilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:

- Jamiyatning ijtimoiy ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi;

- jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining yuqori bosqichga ko‘tarilishida muhim

ahamiyat kasb etadi;

-mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog‘lom psixologik muhitni qaror toptirish,

oila tarbiyasini samarali tashkil etish, farzandlar tarbiyasida muayyan muvaffaqqiyatlarga erishish,

oilaviy mojaro, ajrimlarning oldini olish uchun zamin hozirlaydi.

Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan.

Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib,

Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yo‘zasidan

o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha o‘z ahamiyatini

yuqotmagan. Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma», «Xikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan.

Bu manbaalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar

shakllangan bo‘lishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog‘liq ekanligi


background image


115

xaqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xodisalar xikoya qilinadi. «Kaykovus

Unsurulmaoni – 63 yoshida o‘g‘liga atab «Qobusnoma» yozib, unda o‘zining bola tarbiyasi,

oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Mamlaktimizning yetakchi psixolog

olimlaridan biri Vasila Karimova “Oila ma’rifati” ushbu risola muallifining “Oila ma’rifati”

ruknida chop etilayotgan risolalarining dastlabkisi bo‘lib, bu bevosita oilaviy hayot bo‘sag‘asida

turgan yoshlar hamda endigina nikox qurib, yaxshi niyatlar bilan turmush qurgan kuyov va

kelinchaklarga mo‘ljallangan.

Unda asosiy e’tibor oila ilmining mazmun mohiyati, oila ma’rifatini tashkil etuvchi omillar

va baxtli hayot kechirishni aslida hammaga ma’lum bo‘lgan, lekin amalda har doim ham egallash

oson bo‘lmagan jihatlarga qaratilgan. Muallif “Oila ma’rifati”ga erishish, ya’ni kelin-kuyovlar,

yoshlar hamda ularning ota-onalar savodxonligini oshirish orqali, oilaviy muhitda ma’naviy

qadriyatlarni barqarorlashtirishga erishishni ko‘zda tutgan. A.Avloniy “Tarbiya biz uchun yo

hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”, degan fikri o‘zbekning

kun tartibidan tushmasligi lozim. Chunki avvalgiga o‘xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob

axloqqa chaqirib yoshlar esa ularni hurmatlab, ularning o‘gitiga amal qilish udumi yo‘qolib

bormoqda. Har kim o‘zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. S.V.Kovolyov o‘smir va

qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishlari juda muhimdir, deydi.

Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi tushunchalar ekanligi

bilan ko‘zatiladi, ya’ni ular sevgi va nikoh bir-biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar.

Talabalarda umr yo‘ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o‘rinda, ya’ni xurmat qilish,

ishonch, bir-birini tushunish kabi xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar.

Natijada juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik

tan oladilar. Bizning asosiy vazifamiz shuki, o‘smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh oiladagi

sevgini ro‘li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini uqttirishdir.

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Oila institutini yanada rivojlantirish va

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi

820

-son qarori qabul qilindi.

Hujjat Prezidentning 18.02.2020 yildagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni

sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan

ishlash

tizimini

yangi

darajaga

olib

chiqish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida»

PF-5938

-

son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Qaror bilan Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish

toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Markazlar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash

boʻlimlari huzurida tashkil etiladi, ularga quyidagi vazifalar yuklatiladi:


background image


116

zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila - muqaddas», «Sogʻlom oila - sogʻlom

jamiyat», «Oila - jamiyat va davlat himoyasida» va «Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi»

konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;

nikohlanuvchi shaхslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psiхologiyasi, oila

iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni

mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;

oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi

shaхslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sogʻlom ma’naviy-aхloqiy muhitni

yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.

Markazlarda FHDYO organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv

mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaхslar,

oʻquv yuklamasi hajmi 16 soatdan kam boʻlmagan dastur asosida bepul oʻqitiladi.

Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning

poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va

mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustida

qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik,

huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi. oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor. Ular shu

oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillaridir.

Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri no o‘rin bo‘lsa, u

shoshilinch, bo‘sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o‘rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq

va omonat bo‘lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini

tug‘diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani taqdirda

ham, unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo

qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, shu

poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari nimalardan iborat? Gap nikoh oldi omillari haqida borar

ekan, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos

bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz

uchun eng muhim bo‘lmish psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtirgan, ko‘p qirrali omillar

kompleksidan iborat bo‘lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o‘zlari qurayotgan oilaviy

hayotlariga qay darajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning

oilaviy hayotga, nikoh talablariga qaydarajada javob bera olishi nazarda tutiladi.


background image


117

Oila “inson” deb atalguvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan,

balki uning so’nggi g’ishti qo’yilgunga qadar unga naqsh berib, so’nggi bo’yoq o’z joyini

topgunga qadar mutlaqo javobgardir.

Ota-ona – san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o’zidir.

Oila a’zolarining o’zaro aloqasi ko’p qirraligi bilan xarakterlanadi. Bunga iqtisodiy,

g’oyaviy, aqliy, hissiy, psixologik, axloqiy qarindoshlik munosabatlar kiradi.

Oiladagi o’zaro aloqaning xususiyatlariga tabiiylik, barqarorlik, qarindoshlik, yagona

manfaatni ko’zlash kiradi.

Oilaviy munosabatlar nihoyatda murakkab va bir-biriga bog’liq bo’lib, qadim zamonlardan

bashariyat ahlining diqqat markazida bo’lgan.

Birgalikdagi oilaviy hayot barcha turli yoshdagi odamlar uchun, qaysi jins, irq, fe’l-atvor,

ma’lumot, kasb-u koridan qat’iy nazar, katta bir sinash maydonidir. Bu masala o’tmish

ajdodlarimizni qay darajada tashvishga solgan bo’lsa, bugungi kun avlodlarini ham tinch qo’ygani

yo’q. To insoniyat yashar ekan, insoniy munosabatlar muammosi tugamaydi. Oilaviy

munosabatlar masalasi juda keng ilmlarni o’z ichiga oladi.

Qadim tarixdan ma’lumki, olimlar shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub

mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr

Forobiy, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham asarlarida bu o’zaro

bog’liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga harakat qilganlar. Barcha qarashlar uchun

umumiy bo’lgan narsa – bu odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda

tutgan o’rni va mavqyeini aniqlash zaruratidir. Shundan kelib chiqqan holda, shaxsni

o’rganishning birlamchi mezoni ham uning ijtimoiy mavqeyi, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi

o’rni bilan belgilanishi kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari–2018”

mavzusida tadqiqot o‘tkazildi. Har qaysi mamlakatning o‘z fuqarolarini baxtli hayot bilan

ta’minlash qobiliyatini ifodalaydigan ushbu indeks bo‘yicha, O‘zbekiston 156 ta davlat orasida

44, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida esa 1-o‘rinni egalladi.

Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir.

Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning

sog'lomligiga bog‘liq bo‘lganidek, butun organizm o‘z faoliyatini maqsadga muvofiq amalga

oshirishida har bir hujayraning munosib o‘rni bo‘lganidek, oila ham davlat, jamiyat deb atalgan

butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog'lom bo'lishi, ularda ijobiy

psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib,


background image


118

so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti

taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo'lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni

beqiyosdir.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muhim ijtimoiy ehtiyoj ekanligini yodda saqlagan

holda oilada va ta’lim muassasalarida bu masalaga jiddiy e’tibor berish zarur. Talabalarni nikoh

tuzish va nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar haqida xabardor qilish ularni oilaviy hayotga

tayyorlashda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Eng avvalo, talabani nikoh oldi tibbiyot ko’rigi

bo’yicha (oliy malakali mutaxassis shifokor bilan) tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Oila

Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha ixtiyoriy tarzda tibbiyot ko’rgidan

o’tishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlanadi. Bu moddaning mohiyati shundaki, har bir

turmush quruvchi shaxs kelajakda ota-ona bo’lishini bilgan holda o’zi tanlagan jufti bilan tibbiyot

ko’rigidan o’tishi va o’zining sog’ligi haqida xabardor bo’lishi zarur. Tibbiyot ko’rigidan o’tgan

har ikki yosh eng avvalo o’z vijdoni oldida toza bo’lishi masalaning bir tomoni bo’lsa, hali oilani

qurmay turib, uning salomatligi haqida qayg’urayotganligi ulardagi sof vijdon va ma’suliyatli

munosabatni ifodalaydi.

Ayniqsa, bugungi bozor munosabatlari sharoitida oilaning har bir a’zosi sog’lom bo’lishi,

yangi tug’ilgan farzandning sog’ va salomat katta bo’lishi qanchalik muhim iqtisodiy va ma’naviy

masala ekanligini bugungi bozor sharoitida barcha jamiyat a’zolari tushunib etdi, desak mubolag’a

bo’lmaydi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda nikoh xaqidagi

tasavvurlarini boyitish uchun auditoriyadan tashqari tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish va

mutaxassislar, mahalla oqsoqollari, mudarrislarni taklif etgan holda uyushtirilsa, maqsadga

muvofiq bo’ladi. Yoshlarning oilaviy hayotga axloqiy-psixologik tayyorgarligi, uning bir qator

xulq me’yorlarini, talablarni, burchlarni anglab etganligidan dalolat beradi. Zero, oilaviy tarbiya

umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo’lmog’i zarur, busiz sog’lom jamiyatni barpo etib

bo’lmaydi.

REFERENCES

1.

”O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi

to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli

Farmoni.

http://lex.uz//docs/-3107036


background image


119

2.

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Oila institutini yanada rivojlantirish va

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 820-son qarori.

http://lex.uz//docs/-5193551

3.

“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risida”gi Nizom 2003 yil 25

avgust.

http://lex.uz//ru/docs/-245890

4.

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” T., «Yangi asr avlodi» 2019, [105-bet, 320 b]

5.

Otaxo’jaev F. Nikoh va uning huquqiy tartibga solinishi., T., “O’zbekiston”, 1995., [55-

bet,164 b]

6.

Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” Toshkent, Adabiy-badiiy nashr, [15-bet,174 b].

7.

G’.B.Shoumarov,

I.O.Haydarov,

N.A.Sog‘inov,

F.A.Akramova,

G.Solihova,

G.Niyozmetova. Oila psixologiyasi., o‘quv qo‘llanma. T., 2008 [23-bet, 296 b]

References

”O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. http://lex.uz//docs/-3107036

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 820-son qarori. http://lex.uz//docs/-5193551

“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risida”gi Nizom 2003 yil 25 avgust. http://lex.uz//ru/docs/-245890

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” T., «Yangi asr avlodi» 2019, [105-bet, 320 b]

Otaxo’jaev F. Nikoh va uning huquqiy tartibga solinishi., T., “O’zbekiston”, 1995., [55-bet,164 b]

Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” Toshkent, Adabiy-badiiy nashr, [15-bet,174 b].

G’.B.Shoumarov, I.O.Haydarov, N.A.Sog‘inov, F.A.Akramova, G.Solihova, G.Niyozmetova. Oila psixologiyasi., o‘quv qo‘llanma. T., 2008 [23-bet, 296 b]

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов