Authors

  • Ugiloy Shukurova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32839

Abstract

In this article, the influence of the flow of information in today's rapidly developing media world on the outlook of young people, its negative and positive consequences, and the tasks that must be performed to reduce the harm of negative aspects are discussed.

background image


409

AXBOROTLARNING TALABA-YOSHLAR DUNYOQARASHI TA’SIRI

Shukurova Ugiloy Umarovna

PhD GulDPI.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215564

Anontatsiya.

Mazkur maqolada bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan media

olamidagi axborotlar oqimining yoshlar dunyoqarashiga ta’siri, salbiy hamda ijobiy oqibatlari,

salbiy jihatlar zararlarini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar

hususida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

axborot, yoshlar, talaba, ta’lim, media, ijobiy, salbiy, xavfsizlik, millat, tarix,

kelajak.

THE INFLUENCE OF INFORMATION ON THE STUDENT-YOUTH VIEW OF

THE WORLD

Abstract.

In this article, the influence of the flow of information in today's rapidly developing

media world on the outlook of young people, its negative and positive consequences, and the tasks

that must be performed to reduce the harm of negative aspects are discussed.

Keywords:

information, youth, student, education, media, positive, negative, security,

nation, history, future.

ВЛИЯНИЕ ИНФОРМАЦИИ НА ВЗГЛЯД НА МИР СТУДЕНЧЕСКОЙ

МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается влияние потока информации в

современном быстро развивающемся медиамире на мировоззрение молодежи, его

негативные и позитивные последствия, а также задачи, которые необходимо выполнить

для снижения вреда негативных аспектов.

Ключевые слова:

информация, молодежь, студент, образование, СМИ, позитив,

негатив, безопасность, нация, история, будущее.

Bugungi kunda dunyo bo’yicha globallashuvning avj olishi millat “chegaralarini”

buzib yubormoqda, ommaviy ma’naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida

har bir millatga xos bo‘lgan urf-odat, an’ana, qadriyatlar o‘z axamiyatini “yo‘qota” borish xavfi

yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma’naviy qashshoqlashuvi sodir bo‘lishiga, ularning o‘zligini

anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi taxdidlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Tarixdan ma’lumki, yoshlar, talabalar buyuk o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi hamda

tashuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Barcha davrlarda bolalar va yoshlarga aholining


background image


410

tarbiyalanuvchi qatlami sifatida qarab kelingan. Shu bois, Vatanga e’tiqodi shakllangan,

fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, yoshlarni o‘zga axborot oqimlarining ta’siriga tushib qolish

extimoli kam bo‘ladi. Globallashuv davri deb qaralayotgan bugungi kunda, milliy va

umumbashariy ma’naviy ahloqiy qadriyatlar insoniyat hayotida har qachongidan ham muhim

ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi qadriyatlarimiz biz uchun faqat merosgina emas,

balki insoniyat ma’naviy hayoti borasida katta o‘rin olishi mumkin bo‘lgan ma’naviy boylik

hamdir. Axborot oqimi o‘z moxiyatiga ko‘ra ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning

qanchalik yoshlarimizga ta’sir qilishi uning oldiga qo‘yilgan maqsad sari puxta

yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Tabiiyki,axborot oqimining salbiy ta’siri esa ularda shakllangan

mafkuraviy ximoyatiziminingmukammallikomiliga bog‘liq. To‘g‘ri, avvalo hammada ham

bunday qobiliyatlar birdek rivojlangan emas.Ammo, bu qobiliyatlarni shakllantirish, idrok

ko‘nikmalarini xosil qilish, inson tug‘ilganidan to shaxs sifatida shakllanguniga qadar davom

etadi. Xususan, bunda ma’lum bir yoshning ko‘p kitob o‘qishi, o‘z mamlakati

tarixinio‘rganishi,urf-odatlarga nisbatan xurmat ruhida tarbiya topishi, bir so‘z bilan aytganda,

unda milliy e’tiqod-milliy faxr shakllanishi muhim o‘rin tutadi. O‘z millati qadriyatlarini

qadrlagan, o‘z tarixini bilgan, Vatanga e’tiqodi shakllangan yoshlarning axborot oqimlarining

ta’siriga tushibqolish ehtimoli kam bo‘ladi. Chunki bunday yoshlarda o‘ziga xos psixologiya va

masalaga o‘ziga xos yondashuv paydo bo‘lgan bo‘ladi. U har qanday axborot zamirida ma’lum bir

maqsadni o‘rgana boshlaydi [4].

Bugungi kunda yoshlarimiz -turli xil G‘arb seriallari ta’sirida, milliy qahramonlarimiz

jasoratidan bexabar o‘sayotganligi sababli, ma’naviyatga qaytadan chuqur e’tibor qaratmas

ekanmiz, ularning zehni o‘tkir, dunyo bilimlarini egallagan bo‘lishlariga qaramasdan,Vatan

manfaati yo‘lida xizmat qilishlariga, begona g‘oyalarga berilmasligiga kafolat ham

berolmaymiz.Ularni eng avvalo Vatanga e’tiqodni, urf-odat va qadriyatimizga sadoqatli qilib

tarbiyalasakkina, istalgan buzg‘unchi axborotlarga nisbatan o‘z axborot immunitetlari shakllanadi.

Bugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron

pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur‘atlar bilan

rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta‘sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh

bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va

ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan

ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. Ma‘lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod

ongida dunyoda, yon-atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning


background image


411

shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda

zamonaviy ta‘lim tizimiga yana bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi

navbatda, televizor, Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan

turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qila olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda. Farzandlarimiz har

qanday axborotlarning sifati va ishonchliligini baholay olishlari, axborotlardan to‘g‘ri foydalana

bilishlari, tanlay olishlari va har bir ma‘lumotga tanqidiy yondashishni o‘rganishlari zarur. Shu

bilan birga, Internet, televideniye, kino, radio, video, mobil telefoni, turli ma‘lumotlar aks etgan

slayd va suratlar kabi aloqa va ma‘lumot uzatuvchi vositalarning jadal rivojlanib borishi

hayotimizni sifat jihatdan o‘zgartirib, ko‘plab yangi muammolarni, masalan, axborot madaniyatini

shakllantirish hamda o‘sib kelayotgan avlodning axborot xavfsizligini ta‘minlash muammolarini

yuzaga keltirmoqda.

Ta‘lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri — yosh avlodga zamonaviy bilim berish

bilan birga, ularni mustaqil fikrlovchi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e‘zozlovchi, yuksak

insoniy fazilatlarga ega vatanparvar inson sifatida tarbiyalash hamda yoshlar ongida turli

mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarshi ma‘naviy immunitetni shakllantirishdan

iboratdir. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya

tarmoqlaridan, xususan, Internetdan foydalanish, axborotlarni tahlil etish borasidagi bilim va

ko‘nikmalarini yuksaltirish muhim masala hisoblanadi. Ma’lumotlarda keltirilishicha, har bir

foydalanuvchi kuniga Internetdan foydalanish uchun ko‘plab vaqt ajratar ekan. Biroq bugungi kun

talabiga ko‘ra esa, zarur axborot va ma‘lumotlarni keraksiz va yaroqsiz, soxtalaridan ajrata olish,

ya‘ni mediasavodxonlikka ega bo‘lish zarurati yuzaga keldi. «Media» — lotincha «media»

so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari»

degan ma‘noni anglatadi. Media uzluksiz ta‘lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga,

darsning sifatli o‘tilishi va o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga

xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto, video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan

do‘stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi. «Lekin media yaxshilik bilan bir qatorda,

yovuzlikka ham xizmat qilishga qodir. Bugun «o‘rgimchak odam»ga havas qilib, o‘zini pastga

otgan bolalar, reklamalarda berilayotgan barcha axborotlarga ishonuvchi shaxslar, yot g‘oyalarga

ergashib ketayotgan kimsalar ham bor», — deydi jurnalist o‘z fikrining davomida. Bugungi

axborot muhitini tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarda avvalo, OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni

saralash ko‘nikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda to‘g‘ri

qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, o‘zida


background image


412

kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirish lozim. Mohiyati

o‘rganilmagan, yolg‘on tarqatilayotgan xabar va axborotlarning hayotimizni tubdan o‘zgartirib

yuborishi muqarrardir. Yuqoridagi maqolada: «Aynan axborotni tahlil etmay, o‘z holicha qabul

qilish oqibatida, dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo‘l urmoqda, o‘zini kino

qahramoni sifatida his qilganlar esa, «qahramon» xatti-ha-rakatlarini takrorlagan holda qo‘llariga

qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lishmoqda.

Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondashish

bugun zamon talabidir» — degan satrlar bayon etilgan. Qayd etganimizdek, globallashuv, global

axborot jamiyati shakllanishi sharoitida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, avvalambor,

Internet bolalar va o‘smirlar rivojlanishiga ta‘sir etuvchi muhim omilga aylanib bormoqda.

«O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi

Qonunda «O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan,

zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-

harakatlar man etilishi», «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda «Pornografiya,

shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga

zararli ta‘sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot

vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi»

belgilab berilgan. Tezkor Internet orqali qabul qilinayotgan, axborotlarning aksariyat

foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik

palatasi deputati Faxriddin Soliyevning «Internetdan foydalanish madaniyati» maqolasida

shunday deyiladi: Global axborot makoniga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, hozirda keng

jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot

makonida «nosog‘lom» manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta‘siridagi axborotlarning (o‘z

joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 ming, axloqsiz mazmunga ega 4 mingdan

ziyod saytlar, kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlik, o‘ta jangari ruhdagi (beshafqat

urushlar, o‘ldirishlar, otishmalar va hokazo) Internet saytlari mavjudligi), milliy axborot

makonimizga kirib kelishidir.

Bugungi kunda axborot xurujlarining turli xususiyatlarini inobatga olgan holda, quyidagi

tartibda ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq:

1. Xalqaro terorizm;

2. Diniy ekstremizm;

3. Narkotrafik;

4. Qurol-yarog’ va o’q-dorilar kontrabandasi;


background image


413

5. Komyuter firibgarligi;

6. Transplantatsiya uchun inson tana a’zolarining noqonuniy savdosi;

7. Qimmatli qog’ozlarni qalbakilashtirish va noqununiy daromadlarni legallashtirish;

8. Transmilliy uyushgan jinoyatchilik;

9. Noqoniy migratsiya;

10. Missionerlik va prozelitizm harakati

Ochiq axborot tizimlarining turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta‘siri ham turlicha. Bu hol

dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma‘naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan

bog‘liq. Mamlakatimiznining 60% ni yoshlar tashkil qilishini hisobga olsak, bu muammoning

ko’lamini sezish qiyin emas. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga

o‘tkazayotgan salbiy ta‘sirini kamaytirish va ijobiy ta‘sirini kuchaytirish uchun shu hodisining

mohiyatini chuquroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim.Bu jamiyatning xulqiy

o’zgarishlarining axborot ta’sirida o’zgarayotganligidan dalolat berib turibdi.

Yoshlarda informatsiyalarni to‘g‘ri qabul qilish madaniyati xavfsizligini shakllantirish

nuqtai nazardan yonashadigan bo’lsak quyidagi jihatlarga diqqat qaratish mumkin.

1. Talaba faoliyat turining yetakchi turiga:

2. Har bir o’smirning hissiy-irodaviy, ruhiy kechinmalariga;

3. Talabalarda intellekt rivojlanganligi:

4. Jamiyatda shakllangan ijtimoiy-ma’naviy muhit omiliga:

Bugungi kunda mamlakatimiz kelajagi yosh avlod qo’lida ekan yoshlarning axborotlar

bilan ishlash madaniyatining dolzarb masalalari va rivojlantirish jarayoniga katta e’tibor

qaratishimiz kerak. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda axborot madaniyatini

shakllantirishni ta’minlash zarur chunki talaba yoshlarda yod g’oyalarga qarshi kurashish uchun

asos bo’lib xizmat qilmoqda. Turli xil informatsiyalarni qabul qilish madaniyatini milliy ijtimoiy-

madaniy, ildizlariga diqqat qaratishimiz zarur. Yoshlarning davrida turli xili informatsiyalar

bilan ishlash madaniyatini shakllantirishda ba‘zi masalalariga diqqat qaratishimiz kerak.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mediata’lim jarayonida yoshlarni Internet bilan muloqot

jarayonida xavfsizlikni ta’minlashning muhim qoidalari bilan tanishtirish zarur: barcha shaxsiy

ma’lumotlarni (ismi, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili, ota-onalarning shaxsiy

ma’lumotlari) oshkor qilmaslik; media tarmoqlardagi begonalarga ishonmaslik: Internetda har kim

o’zini kimligini ochiq ko’rsatmasligi, aslida kimligini sir tutishi mumkin va hokazo.

Mediata’limning asosiy maqsadi sifatida yoshlarning mediasavodxonligini oshirish, ularda

mediamadaniyatini shakllantirish, medialarning salbiy kontentlaridan himoya qilish,


background image


414

manipulyatsiya qurboniga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, shaxsiy ma’lumotlarini himoya

qilish va zamonaviy dunyoda axborotlarni ongli ravishda izlash, talqin qilish va qo’llash,

dunyoqarashini kengaytirish orqali kommunikativ ko‘nikmalarini va mediakompetensiyalarini

rivojlantirish vazifalarni ta’limning oldiga qo‘yishdir. Buning uchun xar bir ta’lim maskanlarida

bosqichma-bosqich mediata’limni joriy etish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-

jild, T: «O‘zbekiston,2018.-508b.

2.

,,Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni,

14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son.

https://lex.uz/docs/-3026246

3.

B.Umarov. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik imkoniyatlari. Thelight

of islam, 4-son 2019 yil. 4-bet

4.

Abdurazzoqov. N.K. O’smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning

ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari- Oriental Renaissance: Innovative, educational,

natural andsocial sciences- 2021.15-iyun. 433-438 bet

5.

Umarov.B, Qodirov. U, Karimov.X. Ochiq axborot tizimlarida axborot psixologik

xavfsizlik:darslik. T., 2012.-239. b.)

6.

Safayev N.S., Ergashev P.S., Amirova N.A.,.Odilova N.G,.Rahimova I.I, .Ziyavidtinova

G. Z. Psixologik yetuklik asosiy mezonlar va rivojlanish qonuniyatlari. Toshkent-2018.

166. b.

References

Mirziyoev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild, T: «O‘zbekiston,2018.-508b.

,,Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son. https://lex.uz/docs/-3026246

B.Umarov. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik imkoniyatlari. Thelight of islam, 4-son 2019 yil. 4-bet

Abdurazzoqov. N.K. O’smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural andsocial sciences- 2021.15-iyun. 433-438 bet

Umarov.B, Qodirov. U, Karimov.X. Ochiq axborot tizimlarida axborot psixologik xavfsizlik:darslik. T., 2012.-239. b.)

Safayev N.S., Ergashev P.S., Amirova N.A.,.Odilova N.G,.Rahimova I.I, .Ziyavidtinova G. Z. Psixologik yetuklik asosiy mezonlar va rivojlanish qonuniyatlari. Toshkent-2018. 166. b.