ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
239
TALABALRDA IRODA YETISHMASLIGI VA UNI YUZAGA KELTIRUVCHI
PSIXOLOGIK OMILLAR
Bozorova Ro‘zigul
TerDU Ijtimoiy fanlar fakulteti
Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich 222-guruh talabasi.
+998 99 704 96 15
M.U. Saydaliyeva
Ilmiy rahbar:
+998 99 542 91 43.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11176541
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yoshlarda iroda va motivatsiyaning yetishmasligi,
ularning sabablari va oqibatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotdan asosiy
maqsad salbiy holatlarning oldini olish hamda yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat,
shuningdek, mavjud iroda va motivatsiyalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Kalit so‘zlar:
Iroda, motivatsiya, temperament, xarakter, qobiliyat, tafakkur, alturizm,
agressivlik, stress, depressiya, abuliya, giperabuliya, gipoabuliya, rigidlik.
LACK OF WILL IN STUDENTS AND PSYCHOLOGICAL FACTORS CAUSING IT
Abstract.
In this article, research is conducted on the lack of will and motivation in young
people, their causes andconsequences. The main goal of the research is to prevent negative
situations and provide practical help, as well as to develop existing will and motivation.
Key words:
Will, motivation, temperament, character, ability, thinking altruism,
aggressiveness, stress, depression, abulia, hyperabulia, hypobulia, reticence.
БЕЗВОЛЯ У СТУДЕНТОВ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЫЗЫВАЮЩИЕ
ЕЕ
Аннотация.
В данной статье проводятся исследования отсутствия воли и
мотивации у молодежи, их причины и последсвия. Основная цель исследования –
предупреждение негативных ситуаций и оказание практической поиощи молодым людям.
Это также подразумевает развитие существующей воли и мотивации.
Ключевые слова:
Воля, мотивация, темперамент, характер, способности,
мышление, альтруизм, агрессивьность, стресс, депрессия, абулия, гиперабулия,
гипоабулиа, замкнутость.
Inson faoliyati uchun iroda va motivatsiya eng asosiy omil hisoblanadi, biri albatta
ikkinchisini taqozo etadi. Zero, bu ikkisi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi kunda
yoshlarda iroda va motivatsiyaning qay darajada ekanligini aniqlash juda ham muhim. Negaki,
aynan yoshlar yurtning ertangi kuni hisoblanadi. Yurtning koriga yarash uchun, avvalo,
yoshlikdan maqsad va yo‘nalishni aniq belgilab olmoq lozim. Yoshlarning ma'naviyati, salohiyati
va o‘ziga bo'lgan ishonchi yuqori darajada bo'lsa, yurtning kelajagi ham shu darajada yuksalib
boradi. Buning uchun esa, yoshlarda iroda va motivatsion sohasi yuqori darajada bo‘lmog‘i lozim.
Aynan ushbu jihatlar mavjud bo‘lgan yoshlargina tafakkur qiladi, o‘z mustaqil fikriga ega,
qat'iyatli bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
240
Ba'zilarda iroda yetishmaslik kasalliklari, jumladan: abuliya, gipoabuliya, giperabuliya
ham uchrashi mumkin, ammo bu kasalliklar sog‘lom odamda uchramaydi. Sog'lom odamlarda
uchraydigan irodaning yetishmasligi o‘zlarining aynan ikkilanishlari yoki biror-bir faoliyatni
amalga oshirishda o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qligi tufayli kelib chiqishi mumkin. Yoki
bo‘lmasa, bolalikda orttirilgan ruhiy jarohatlar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Shuni ham
aytib o‘tish kerakki, iroda va motivatsion holatlar hayot davomida orttirilish bilan bir qatorda
avloddan-avlodga o‘tishi yoki ularning temperamenti bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayni
globallashuv zamonida yoshlarda iroda va motivatsiyaning qay darajada ekanligini aniqlash
maqsadida tadqiqot olib bordim. Siinaluvchilarim esa, Termiz Davlat Universitetining Iqtisod-
Turizm fakulteti 4-kurs hamda O‘zbek-Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bo‘lishdi. Tadqiqotda
har bir fakultetdan teng miqdorda sinaluvchilar ishtirok etishdi. Buni quyidagi diogramma orqali
ko‘rishingiz mumkin.
Jins bo‘yicha ham teng miqdorda sinaluvchilar qatnashdi, ya’ni, har bir fakultetdan 10 ta
qiz bola va 10 ta o‘nta o‘g‘il bola ishtirok etishdi, jami 20 ta qiz bola va 20 ta o‘g‘il bola. Buni
ham quyidagi diogramma orqali ko‘rishingiz mumkin.
Respondentlarim 1-kurs yoki 4-kurs talabalari bo‘lishiga qaramay, har qaysi guruhda turli
yoshdagi talabalarni uchratish mumkin, buni quyidagi diogramma orqali ham ko‘rishingiz
mumkin.
4,88
4,88
0
1
2
3
4
5
6
sinaluvchilarning guruhi
Iqtisod
O'zbek tili
4,88
4,88
0
1
2
3
4
5
6
Sinaluvchilarning jinsi
Ayol
Erkak
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
241
Sinaluvchilarimdagi iroda va motivatsiya darajasini aniqlash uchun quyidagi
metodikalalardan foydalandim:
Elersning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini aniqlash metoodikasi; Irodani aniqlash,
qat’iyatlilikni baholash metodikasi; Ayzenkning temperamentni aniqlash metodikasi.
Dastlab metodikalarning parametrik va noparametrik ekanligini aniqlab olgach, parametrik
shkalalar bo’yicha “student-t” mezonidan foydalandim. Buni quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz
mumkin. Parametrik hisoblangan motivatsiya darajasi (t=1,441; p<0,05), hissiy barqarorlik (t=-
1,318; p<0,05), ekstrovert-introvert (t=-0,752; p<0,05) shkalalar bo‘yicha 95 foizlik ishonch
daraja bilan ham tafovut aniqlanmadi. Biroq, o‘rtacha qiymatga qaraydigan bo‘lsak, birozgina
tafovutni ko‘rishimiz mumkin. Birinchi shkala hisoblangan motivatsiya darajasi bo‘yicha 1-guruh
2-guruhdan ustun bo‘lib, bunga ularning 4-kurs ekanliklari, kasbining ham asosan, mablag‘ bilan
bog‘liqligini sabab qilib olsak bo‘ladi. 2-guruhning motivatsiyasini past deb bo‘lmaydi, biroq, 1-
guruhdan quyiroq. Hissiy barqarorlik shkalasi bo‘yicha esa, 2-guruh 1-guruhdan ustun bo‘lib,
ularning badiiy kitobni muntazam ravishda o‘qib borishlarini bunga misol qilsak bo‘ladi. 2-
guruhning quyi ko‘rsatgichiga esa, ulardagi badiiy kitobni ko‘p o‘qimasliklari, kasbiga bo‘lgan
kuchli ishtiyoqni misol qilsak bo‘ladi. Ekstrovert-introvert shkalasi bo‘yicha ham 2-guruh nisbatan
yuqori natijaga ega bo‘lib, bunga ulardan ko‘pincha shoir va yozuvchilar chiqishini misol qilish
mumkin. Xuddi shuningdek, 1-guruhning quyi natijasini esa, ularning kasbiy yo‘nalishi faqat aniq
fanlar bilan bog‘liq ekanliklari bilan tushuntirish mumkin.
Shkalalar nomi
Sinaluvchilarning
guruhi
N
O‘rtach
a
qiymat
t
p
Motivatsiya
darajasi
Iqtisod
20
22,30
1,441
0,158
O'zbek tili
20
20,70
Iqtisod
20
10,35
4,9
17,1
14,6
24,4
14,6
12,2
7,3
0
5
10
15
20
25
30
Sinaluvchilarning yoshi
18
19
21
22
23
24
25
26
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
242
Hissiy
barqarorlik
darajasi
O'zbek tili
20
11,80
-1,318
0,195
Ekstrovert-
introvert
darajasi
Iqtisod
20
11,95
-0,752
0,457
O'zbek tili
2
0
1
2,65
Noparametrik hisoblangan shkalalar bo‘yicha esa, tafovutni aniqlash maqsadida Manni-
Uitni mezonidan foydalandim. Buni quyidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Ko‘rib
turganingizdek, 95 foizlik ishonch daraja bilan ham tafovut aniqlanmadi, Iroda darajasi (U=-0,686;
p<0,05), javoblarning ishonchlilik darajasi (U=0,493; p<0,05). Biroq, o‘rtacha ranglashga
qaraydigan bo‘lsak, birozgina tafovutni ko‘rish mumkin. Bunda, iroda darajasi bo‘yicha 2-guruh
1-guruhdan ustun bo‘lib, buni badiiy kitobni yillar mobaynida o‘qishi, boshqa fanlarni ham kitob
o‘qish bilan birdek olib borishini misol qilsak bo‘ladi. 1-guruhning ham natijasi past
hisoblanmaydi, biroq, 2-guruhga nisbatangina pastroq natijani ko‘rsatdi, xolos. Javoblarning
ishonchlilik darajasiga ko‘ra, 2-guruh ustun bo‘lib, shuni unutmaslik kerakki, natija qanchalik
yuqori bo‘lsa, ishonchlilik darajasi shunchalik past natijani ko‘rsatadi. Shuning uchun, bu shkala
bo‘yicha 1-guruh past, 2-guruh esa, normal natija deyish mumkin.
Shkalalar nomi
Sinaluvchilarning
guruhi
N
O‘rtacha
rang
U
p
Iroda darajasi
Iqtisod
20
19,25
-0,686
-0,394
O'zbek tili
20
21,75
jami
40
Javoblarning
ishonchlilik
darajasi
Iqtisod
20
21,20
0,493
0,694
O'zbek tili
2
0
19,
80
jami
4
0
Fakultetlar aro tafovut aniqlanmagach, sinaluvchilarning jinsi bo‘yicha ham mezonga
qo‘yib ko‘rdim va buni quyidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Eslatib o‘tamanki, guruhlar soni
2 ta bo‘lganligi uchun parametrik shkalalar uchun “student-t” mezondan, noparametrik shkalalar
uchun esa, “Manni-Uitni” mezonidan foydalanmoqdaman. Jins tafovuti bo‘yicha 1-guruh ayollar,
2-guruh esa, erkaklardan iborat. Parametrik bo‘lgan shkalalar uchun chiqqan natijalarni quyidagi
jadval orqali ko‘rishingiz mumkin. Jadvalga binoan, motivatsiya darajasi bo‘yicha 99,9 foizlik
ishonch darajasida tafovut aniqlandi (t=-3,676; p>0.001), Bunda, 1-guruh 2-guruhdan motivatsion
jihatdan ustun bo‘lib, buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Erkaklarda motivatsiyaning
yuqoriligini ularning oila boqishga bo‘lgan ma’suiyati, bir ishni oxirigacha olib borish imkonining
mavjudligi, jismonan kuchli ekanliklari bilan tushuntirish mumkin. Ayollarning motivatsiyasi past
ekanligini esa, ularning o‘qishni bitirar-bitirmas turmushga uzatilishlari, oqibatda esa, boshlagan
ishlarini oxiriga yetkaza olmasliklari, ota-onasi yoki yaqinlari tomonidan o‘g‘il bolalardek qo‘llab-
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
243
quvvatlanmasliklari bilan tavsiflash mumkin. Qolgan shkalalar bo‘yicha 95 foizlik ishonchlik
daraja bilan ham tafovut aniqlanmadi, hissiy barqarorlik (t=-0,852; p<0,05), ekstrovert-introvert
(t=1,422; p<0,05). Biroq, o‘rtacha qiymatga qaragan holda farqni ko‘rish mumkin. Hissiy
barqarorlik shkalasi bo‘yicha ham erkaklar ustun bo‘lib, buni o‘g‘il bolalarning bir so‘zliklari,
hissiyotga u darajada berilmasliklari bilan ta’riflash mumkin. Ayollardagi natijaning pastligini esa,
ularning ko‘ngli bo‘shligi, boshqalarning qaroriga bo‘ysunishga majbur bo‘lishlari, sal narsadan
ham ta’sirlanishi bilan tushuntirish mumkin. Ekstrovert-introvert shkalasi bo‘yicha esa 1-guruh,
ya’ni ayollarda ustunlikni ko‘rish mumkin. Ulardagi ustunlikni hissiy barqarorlik shkalasiga
keltirgan sabablar bilan bog‘lash mumkin. Xuddi shuningdek, erkaklardagi natijaning pastligini
ham hissiy barqarorlik shkalasidagi sabablar bilan bog‘lash mumkin.
Shkalalar nomi
Sinaluvchilarning
jinsi
N
O‘rtacha
qiymat
t
p
Motivatsiya darajasi
ayol
20
19,70
-3,676
0,001
erkak
20
23,30
Hissiy barqarorlik
darajasi
ayol
20
10,60
-0,853
0,399
erkak
20
11,55
Ekstrovert-introvert
darajasi
ayol
20
12,95
1,422
0,163
erkak
2
0
1
1,65
Jins bilan tafovutni aniqlashni davom ettirgan holda, endi noparametrik shkalalar uchun
Manni-Uitni mezonidan foydalandim. Buni quyidagi jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Jadvalga
binoan, iroda darajasi bo‘yicha 99 foizlik ishonch daraja bilan tafovut aniqlandi (U=-3,059;
p>0,01). Erkaklarning ayollarga nisbatan iroda darajasi yuqori bo‘lib, buni parametrik mezondagi
motivatsiya shkalasida keltirilgan sabablar bilan tushuntirish mumkin, ayollardagi quyi darajani
ham xuddi shunday tushuntirish maqsadga muvofiq. Keyingi shkala bo‘yicha tafovut aniqlanmadi,
javoblarning ishonchlilik darajasi (U=-0,619; p<0,05). Biroq, o‘rtacha ranglash bo‘yicha tafovut
kuzatildi. Ikkinchi shkala bo‘lgan javoblarning ishonchlilik darajasi bo‘yicha ayollarda yuqori
bo‘lib, erkaklarda esa, past natijani ko‘rsatdi. Shuningdek, yuqorida fakultetlar tafovutini aniqlash
bo‘yicha olib bogan tadqiqotimizda ham aytib o‘tganimizdek, ishonchlilik darajasi natijasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ishonchlilik darajasi shunchalik past bo‘ladi.
Demak, jadvalimizga binoan, ayollarda ishonchlilik
darajasi past deyishimiz mumkin. Buni ayollarning hissiyotga beriluvchanligi, uyatchanligi, o‘g‘il
bolalarga nisbatan siriari ko‘p bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. Erkaklarda esa, buning aksini
ko‘rish mumkin.
Shkalalar nomi
Sinaluvchilarning
jinsi
N
O‘rtacha
rang
U
p
Iroda darajasi
ayol
20
14,93
-3,059
0,002
erkak
20
26,08
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
244
jami
40
Javoblarning
ishonchlilik
darajasi
ayol
20
21,60
-0,619
0,536
erkak
2
0
19,
40
jami
4
0
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, barchada psixik jrayonlar, psixik holatlar, psixiki
xususiyatlar individual bo‘ladi. Barchasi inson hayoti va faoliyati uchun eng zarur. Inson
faoliyatini belgilab beruvchi omillardan iroda va motivatsiya chambarchas bog‘langan bo‘lib, eng
asosiy omil hisoblanadi. Motivatsiya motivlar yig‘indisi bo‘lib, insonni biror harakatga undab
turuvchi kuch hisoblanadi. Motivatsiyasi yuqori bo‘lgan insonlar biror-bir ishni o‘zgacha ishtiyoq
va qiziqish bilan amalga oshiradilar. Harakatga undalgan insonning vazifani oxirigacha bajarishida
esa, albatta, iroda kuchi namoyon bo‘ladi.
REFERENCES
1.
E.E.G‘oziyev – Umumiy psixologiya, Toshkent 2002
2.
P.I.Ivanov, M.E.Zufarova Umumiy psixologiya, Toshkent 2015
3.
X.G.Sharafiddinova – Umumiy psixologiya, Toshkent 2022
4.
The role of parental psychology in the formation of a particularreligious beliefs in a child.
Sh.Xudoyqulova, M.Saydaliyeva- Eurasion scientific herald – 2023
5.
Abdurauf Fitrat – Oila, Toshkent 2000
6.
Fazliddin Ikroruddin – Nikoh va oila risolasi, Toshkent 2004
