ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
306
MARKETING TADQIQOTLARINING STRATEGIYASI.
Naimova Nargiza Akbarovna
Osiyo xalqaro universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11181608
Annotatsiya. Mazkur maqolada marketing bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan, hozirgi kunda
marketingning nechog’lik ahamiyatli ekanligi va uning strategiyalari to’g’risida kerakli xulosa va
takliflar berilgan.
Kalit so’zlar: marketing, texnologiya, strategiya, tadqiqot.
STRATEGY OF MARKETING RESEARCH.
Abstract. This article provides information on marketing, the necessary conclusions and
suggestions about the importance of marketing today and its strategies are given.
Keywords: marketing, technology, strategy, research.
СТРАТЕГИЯ МАРКЕТИНГОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ.
Аннотация. В статье содержится информация о маркетинге, даны необходимые
выводы и предложения о значении маркетинга сегодня и его стратегии.
Ключевые слова: маркетинг, технология, стратегия, исследования.
Marketing – bu ayni paytda biznes falsafasi hamda faol jarayondir. U harakatdagi jarayon
sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan bir qator vazifalarni
hal qiladi.
Korxona marketing strategiyasi uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar
sotuvi va ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirlarning ko‘p tomonlama tizimini ifodalaydi. Bunda
korxonaning texnologiya va ishlab chiqarish resurslarini hisobga olgan holda tovar va xizmatlar
hajmini va sifatini oshirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlarni hisobga olgan
holda korxonaning rivojlanish istiqbollarini va eng optimal maqsadlarini aks ettiruvchi
strategiyasi ishlab chiqiladi. Korxona marketingi strategiyasini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich
korxona tovar va xizmatlar hajmi, uning ulush, foiz stavkasi, foyda va hokazoni hisobga olish
kerak.
Strategiya — uzoq muddatli rivojlanish va harakat rejasi bo‘lib, yuqori natijalarga
erishishga qaratilgandir.
U korxonaning bozorda harakat qilish, yangi bozorni egallash bo‘yicha yo‘nalish chizig‘i
va holatiga bog‘liq holda uch xil bo‘lishi mumkin:
1.
Hujum qiluvchi strategiya. Korxonalar bu strategiyadan foydalanganlarida, korxona
tovar va xizmatlar bozorini kengaytirish uchun bozorning muqobil ulushini egallashga harakat
qiladilar. Bu 20 % xaridorlar bozori, ular korxona taklif qilgan xizmatning 80 % ni sotib oladilar.
Avvalambor, ichki bozor, so‘ng esa asta-sekin chet el bozorini egallab boorish nazarda
tutiladi.
2.
Marralarni va yutuqlarni ushlash strategiyasi. Bu strategiyaga muvofiq, korxona
tovarlar va xizmatlar bozorlarida erishilgan ulushni ushlab turishga harakat qiladi. Agarda shu
bozordagi korxona faoliyati uni qoniqtirsa va boshqa chora qo‘llanilishi salbiy natija bersa, bu
strategiya o‘zini oqlagan hisoblanadi. Bu strategiya xavfli bo‘lishi ham mumkin, chunki u
harakatdan to‘xtab turishga chorlaydi. Bu esa raqobatchilar uchun qo‘l kelib, korxona
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
307
xizmatlarini bozordan siqib chiqarishga olib kelish ehtimolini tug‘diradi.
3.
Orqaga chekinish strategiyasi. Bu strategiyada korxona o‘z raqobatdoshlaridan
ko‘rsatkichlar jihatidan orqada qolayotganini sezsa, bu holda bozorda harakatni to‘xtatishi
ma’qul hisoblanadi, sobiq sheriklar bilan aloqani uzmaslik maqsadga muvofiqdir. Bu strategiya
korxona marketingining kelajak faoliyati uchun yaxshi maktab bo‘lishi va undan to‘g‘ri xulosa
chiqarishiga yordam berish mumkin.
Korxona marketingi korxonaning uzoq strategiyasini tuzar ekan, o‘z iste’molchilari va
jamiyat manfaatlarini hisobga olishi zarur. Bu va shunga o‘xshash muammolar tamoman yangi,
zamonaviy konsepsiya paydo bo‘lishiga olib keladi. Yangi konsepsiya — ijtimoiy-axloqiy
marketing bo‘lib, uning mohiyati jamiyat, firma, xaridor manfaatlarining muqobilligini
ta’minlashdir.
Bu konsepsiya korxona marketingini ham qamrab oladi. Korxona marketingi ham o‘z
faoliyatini jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan amalga oshirmog‘i lozim. Ijtimoiy-axloqiy
marketingning maqsadi amaldagi marketing konsepsiyalaridan farqli ravishda xaridorlar
ehtiyojlarini to‘liq qondirish, firma samaradorligini oshirishgina emas, balki barcha
muammolarni umummilliy, ijtimoiy xalq xo‘jalik manfaatlarini hisobga olib hal etishdir.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi iste’molchilarning hamma ehtiyojlarini to‘liq
qondirishga yo‘naltiriladi.
Shu tamoyillarga ko‘ra, korxona marketingi o‘z faoliyatida xaridorlarni jamiyat
manfaatlariga mos va samarali faoliyatini rag‘batlantirishi yoki ularning jamiyatga zid faoliyatini
har xil to‘siqlar bilan cheklashga erishishi mumkin.
Korxonalarning marketing muhiti bu — tashqi va ichki muhit yig‘indisidir. Mikromuhit
uning ichida mavjud bo‘ladigan, paydo bo‘ladigan va harakat qiladigan muhitdir, u korxonaning
o‘ziga bevosita bog‘liq. Korxona boshqaruv tashkilotlari rivojlanganlik darajasi, moddiy-texnika
ta’minoti xizmati, xaridorlarga xizmat qilish tizimi, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari,
infrastruktura tarkibining darajasi kiradi. Marketologlarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun qulay
mikromuhit yaratish korxonaning o‘z qo‘lidadir.
Makromuhit esa korxona chegarasidan tashqarida mavjud bo‘ladi, shakllanadi va
namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda ular global miqyosda namoyon bo‘ladi va mikromuhitga ta’sir
qiladi. Bu guruhga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishi, ixtisoslashganlikning
rivojlanganligi, texnika, texnologiya darajalari kiradi. Makromuhitning ba’zi omillari
mamlakatdagi ijtimoiy ishlab chiqarishni to‘xtatishi yoki uning samaradorligini oshirishi
mumkin.
Masalan, O‘zbekiston uchun iqtisodyotga salbiy ta’sir etuvchi omillar: yuqori saviyali
ishchi kuchining etishmasligi, suv, energetika zaxiralarining cheklanganligi, havoning
ifloslanishi, respublika katta hududining zilzilaga moyilligi. Qulay omillar: ishchi kuchi
migrasiyasining kamligi, rivojlangan bozor infrastrukturasi va boshqalar. Bu narsa ijtimoiy ishlab
chiqarish va barcha tarmoqlarning o‘sishini ta’minlaydi.
Foydali qazilmalarga boy tabiiy sharoit - bu erda qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga,
cho‘l-dashtlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligining taraqqiyotiga qo‘l keladi. Respublika Yaqin
va O‘rta Sharqqa qulay joylashganligi ham kelajakda tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji uchun
qulaydir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
308
Shunday qilib, shu va shunga o‘xshash makro va mikromuhit omillari korxona marketingi
siyosatiga va faoliyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. O‘z navbatida, marketing faoliyati darajasi
bilan korxona tovar va raqobatga layoqatini oshirish hamda korxonaning ish faoliyati darajalarini
oshirish o‘rtasida to‘g‘ri aloqa bor. Bu narsa marketingning mohiyati bilan aniqlanadi.
Masalan, korxona faol marketing siyosatini olib borib, xaridorlar talabini va xizmatlar
hajmini oshirishni hisobga olgan holda xaridorlarning ehtiyojini to‘liq qondirishga erishadi.
Korxona o‘z tovarini maksimal darajada sotadi va maksimal foyda oladi. Bu narsa
korxona faoliyati samaradorligini ortishini bildiradi.
Korxona o‘zining tovar va xizmatlar bozorini keng ko‘lamda o‘rganib chiqishi natijasida
o‘z dasturini ishlab chiqadi. Bunda barcha bozor talablari, bozorlar sig‘imi, raqobat shartlari
hisobga olinadi.
Korxona marketing faoliyatining muhim yo‘nalishi ilmiytekshirish va tajriba-
konstruktorlik ishlarini olib borishidir. Afsuski, bu sohada respublika korxonalarida hamon ishlar
yaxshi yo‘lga qo‘yilganicha yo‘q. Marketing samaradorligining o‘sishi ko‘pincha ishlab
chiqarish kuchlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Muvaffaqiyatli marketing faoliyati yuqori foyda olishni ta’minlaydi O‘z-
o‘zini moliyalashtirish sharoitida bu foydaning bir qismi ijtimoiy zaruriyatga sarflanadi. Foyda
yuqori bo‘lganda, ish haqi fondi ortadi. Faol ijtimoiy siyosat ishchilarning o‘z mehnatidan
manfaatdorligini orttiradi. Natijada, mehnat unumdorligi o‘sadi. Ishchilar javobgarligi ortib,
mehnat intizomi mustahkamlanadi. Bu esa samaradorlikning yuksalishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
REFERENCES
1.
Alisher,
S.
(2024).
ACTUAL
PROBLEMS
OF
DIGITAL
ECONOMY
DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN. Gospodarka i Innowacje., 46, 366-372.
2.
Shadiyev, A. K. (2023). Stages of Development of The Digital Economy in Uzbekistan
and Future Plans. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development,
2(12), 333-340.
3.
Шадиев, А. Х., & Давронов, И. О. (2020). Роль развития персонала в повышении
эффективности услуг и его влиянии на экономику. Вопросы науки и образования,
(6 (90)), 15-17.
4.
Шадиев, А. Х. (2020). Способы улучшения структуры управления в туризме.
Вопросы науки и образования, (7 (91)), 29-31.
5.
Bazarova, M. S., & Khudaiberdiyeva, O. Q. (2022). IMPROVEMENT OF THE
MECHANISM OF INNOVATIVE MANAGEMENT OF FOOD INDUSTRY
ENTERPRISES. In Современные проблемы социально-экономических систем в
условиях глобализации (pp. 464-467).
6.
Supievna, B. M. (2023). EFFECTIVENESS OF USING PR-ADVERTISING
SERVICES IN THE PROCESS OF PRODUCT DELIVERY ON THE EXAMPLE OF
BUKHARA REGION.
7.
Supievna,
B.
M.
(2023).
MARKETING
MANAGEMENT
STRATEGY'S
IMPORTANCE AND MODERN CONCEPT. Gospodarka i Innowacje., 42, 381-386.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
309
8.
Supiyevna, B. M. (2023). TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA PERSONALNI
BOSHQARISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje., 42,
409-414.
9.
Supiyevna, B. M. (2024). TIZIMIDA BANK FINANCIAL SERVICE NUMBER:
DEVELOPMENT AND OLD TURGAN. Gospodarka i Innowacje., 46, 379-385.
10.
Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ.
САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.
11.
Bahodirovich, K. B. (2024). RISK-BASED FINANCIAL INSTRUMENTS: THEORIES
AND CONCEPTS. Gospodarka i Innowacje., 46, 373-378.
12.
Xalilov, B. (2024). ISSUES OF IMPROVING THE FINANCIAL MECHANISM OF
SMALL BUSINESS ENTITIES. Modern Science and Research, 3(1), 747-753.
13.
Khalilov, B. (2023). FINANCIAL INDICATORS OF BUSINESS EFFICIENCY IN
COMPANIES. Modern Science and Research, 2(10), 835-839.
14.
Khalilov, B. (2023). FINANCIAL ELEMENTS OF BUSINESS STABILITY. Modern
Science and Research, 2(12), 877-882.
15.
Xalilov, B. (2024). COBB-DOUGLAS PRODUCTION FUNCTION AND ITS
IMPORTANCE IN BUSINESS MATHEMATICS AND ECONOMIC ANALYSIS.
Modern Science and Research, 3(1), 754-758.
16.
Khalilov, B. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN PERSONNEL MANAGEMENT.
Modern Science and Research, 3(2), 974-978.
17.
Nafisa, R. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS OF MODERN MANAGEMENT
TRAINING. Gospodarka i Innowacje., 46, 265-269.
18.
Raxmonqulova, N. (2024). ACTUAL PROBLEMS OF DIGITAL ECONOMY
DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(2), 340-347.
19.
қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ
ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ
ЎРНИ.
"
Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал, 6(14).
20.
Nafisa, R. (2023). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM KLASTERI ORQALI
HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH. Innovations in Technology
and Science Education, 2(8), 556-560.
21.
Raxmonqulova, N. (2024). THE ROLE OF CYBER SECURITY IN THE DIGITAL
ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 111-115.
22.
Авезова, Ш. М., & Жумаева, З. К. (2013). МЕХАНИЗМЫ УСТОЙЧИВОГО
РАЗВИТИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА. СЕКЦІЯ 1.
Економіка і управління національним господарством............... 9, 12.
23.
Примова, А. А., Усманова, Н. Ю., & Жумаева, З. К. (2013). НЕКОТОРЫЕ
АСПЕКТЫ
ИННОВАЦИОННОГО
РАЗВИТИЯ
АГРАРНОЙ
ОТРАСЛИ
УЗБЕКИСТАНА. In ЕКОНОМІКА І УПРАВЛІННЯ: ПРОБЛЕМИ НАУКИ ТА
ПРАКТИКИ (pp. 199-202).
24.
Жумаева, З. К., & Тошев, Ф. З. (2017). РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИИ
ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Ученый XXI века, 77.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
310
25.
Рузметов, Б. Р., & Жумаева, З. К. (2020). АНАЛИЗ ИНВЕСТИЦИОННОЙ СРЕДЫ
В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН. In Современные проблемы социально-
экономических систем в условиях глобализации (pp. 246-250).
26.
Жумаева, З. К., & Гафуров, Э. О. (2022). ФИСКАЛЬНАЯ ПОЛИТИКА В
ОБЕСПЕЧЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ ГОСУДАРСТВА.
Редакционная коллегия, 358.
27.
Jumayeva, Z. (2024). THEORY OF SUPPLY AND DEMAND AND ITS MARKET
RELATIONSHIP EFFECT. Modern Science and Research, 3(2), 426-432.
28.
Jumayeva, Z. (2024). WAYS AND METHODS OF DEVELOPING SMALL BUSINESS
AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN OUR COUNTRY.
Modern Science and
Research
,
3
(2), 433-440.
29.
Zamira, J. (2024). IQTISODIYOTDA SUNIY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
ZARURIYATI VA ISTIQBOLLARI. Gospodarka i Innowacje., 46, 320-325.
30.
Bustonovna, D. Z. (2024). CREATIVE THINKING AND ITS APPLICATION IN
ECONOMICS.[Data set]. Zenodo.
31.
Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712-717.
32.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE
PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 385-
390.
33.
Abidovna, A. S. (2024). “PERSONNEL MANAGEMENT” AND “HUMAN
RESOURCE MANAGEMENT”: HISTORY OF ORIGIN, ESSENCE AND
RELATIONSHIP OF CONCEPTS. Gospodarka i Innowacje., 46, 336-343.
34.
Alimova, S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES.
35.
Hakimovich,
T.
M.
(2024).
XODIMLARNI
BOSHQARISHDA
KPI
SAMARADORLIGI TAHLILI. Gospodarka i Innowacje., 46, 270-273.
36.
Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA
ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.
37.
To’rayevna, S. N. (2024). O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTINI
RIVOJLANISHDA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje., 46,
258-264.
38.
Sodiqova, N. (2024). ECONOMIC POLICY IN THE FIELD OF YOUTH
EMPLOYMENT: FOREIGN EXPERIENCE. Modern Science and Research, 3(2), 330-
339.
39.
To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR
BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.
40.
Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and
Research, 3(1), 1-4.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
311
41.
Ibodulloyevich, I. E. (2023). TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH
SODDALASHTIRILADI.
42.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARIDA RAHBAR
XODIMLAR MEHNATINI TASHKIL ETISH VA SALOHIYATINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI.
43.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). ZAMONAVIY MENEJMENT TIZIMIDA RAHBARLIK
USLUBLARINING TASNIFLANISHI.
44.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). ZAMONAVIY MENEJMENT TAMOYILLARI VA
USLUBLARIDAN FOYDALANISHDA RAHBAR MEHNATINING AHAMIYATI.
45.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). ISHLAB CHIQARISHDA RAHBAR MEHNATINING
ASOSIY O ‘RNI VA KORXONALAR IQTISODIY FAOLIYATIGA TA’SIRI.
Gospodarka i Innowacje., (45), 311-315.
46.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). RESPUBLIKADA XIZMATLAR SIFATI VA
RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH ORQALI XIZMATLAR EKSPORTINI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Gospodarka i Innowacje., 46, 247-251.
47.
Ikromov, E. (2024). DIRECTIONS FOR IMPROVING THE ORGANIZATIONAL
AND ECONOMIC MECHANISMS OF INCREASING THE QUALITY AND
COMPETITIVENESS OF SERVICES. Modern Science and Research, 3(2), 803-810.
48.
Ikromov, E. (2024). THEORETICAL APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF
MODERN MANAGEMENT AND ITS METHODS. Modern Science and Research,
3(2), 811-819.
49.
Ikromov, E. (2024). USE OF FOREIGN EXPERIENCES IN THE ORGANIZATION
OF MANAGERIAL WORK IN PRODUCTION ENTERPRISES AND ITS
IMPROVEMENT. Modern Science and Research, 3(2), 820-828.
50.
Ikromov, E. (2024). FOREIGN EXPERIENCES OF SERVICE SECTOR
DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 3(2), 794-802.
51.
Akbarovna, N. N. (2023). MULKCHILIK MUNOSABATLARINING JAMIYATDAGI
TUTGAN O’RNI.
52.
Naimova, N. (2024). DIGITALIZATION IN OUR COUNTRY’S EDUCATION
SYSTEM AND APPLICATION IN THE DIGITAL WORLD. Modern Science and
Research, 3(1), 912-917.
53.
Naimova, N. (2024). THE COUNTRY'S ECONOMIC POTENTIAL IN DIGITAL
ECONOMY AND E-COMMERCE DEVELOPMENT. Modern Science and Research,
3(2), 234-239.
54.
Akbarovna, N. N. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARIDA IQTISODIY
RESURSLARDAN
FOYDALANISH
SAMARADORLIGINI
BAHOLASH
MEZONLARI VA KO ‘RSATKICHLARI. Gospodarka i Innowacje., 46, 326-335.
55.
Naimova, N. (2024). STRATEGY OF DIGITALIZATION OF INFORMATION AND
COMMUNICATION TECHNOLOGIES OF THE STATE TAX COMMITTEE. Modern
Science and Research, 3(2), 635-641.
56.
Mahmudovna, Q. G. (2024). RAQOBATDOSHLIKNI OSHIRISHDA INNOVATSION
SALOHIYATNING AHAMIYATI.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
312
57.
Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITY IN
INCREASING
THE
COMPETITIVENESS
OF
HIGHER
EDUCATION
INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 3(2), 1257-1261.
58.
Azimov, B. F., & Qudratova, G. M. (2023). Oliy ta’lim muassasalarining
raqobatbardoshligini oshirish. Science and Education, 4(7), 476-481.
59.
Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE POTENTIAL IN
INCREASING COMPETITIVENESS. Modern Science and Research, 3(1), 933-938.
