THE COUNTRY'S ECONOMIC POTENTIAL IN DIGITAL ECONOMY AND E-COMMERCE DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
To share
Naimova, N. (2024). THE COUNTRY’S ECONOMIC POTENTIAL IN DIGITAL ECONOMY AND E-COMMERCE DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 3(2), 234–239. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29007
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the economic potential of the country in the fields of digital economy and e-commerce development has been studied, and the author has given relevant conclusions and suggestions in this regard.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

234

RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON TIJORAT

RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI

Naimova Nargiza Akbarovna

Osiyo Xalqaro Universiteti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10645064

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sohalarda va elektron tijorat

rivojlanishida mamlakatning iqtisodiy salohiyati o’rganib chiqilgan va bu borada muallif
tomonidan tegishli xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, logistika, erkin iqtisodiy zona.

THE COUNTRY'S ECONOMIC POTENTIAL IN DIGITAL ECONOMY AND

E-COMMERCE DEVELOPMENT

Abstract. In this article, the economic potential of the country in the fields of digital

economy and e-commerce development has been studied, and the author has given relevant
conclusions and suggestions in this regard.

Keywords: digital economy, e-commerce, logistics, free economic zone.

ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ СТРАНЫ В СФЕРЕ ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКИ И РАЗВИТИЯ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ

Аннотация. В данной статье исследован экономический потенциал страны в сфере

цифровой экономики и развития электронной коммерции, а также сделаны
соответствующие выводы и предложения автором по этому поводу.

Ключевые слова: цифровая экономика, электронная коммерция, логистика,

свободная экономическая зона.


Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron

tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab
chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Baʼzida u internet
iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Raqamli
iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir.

Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va „qora iqtisodiyot“ning asosiy kushandasidir. Chunki,

raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda maʼlumotlarni tez taqdim
etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat
haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo‘yadi.

Maʼlumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki

tizimni aldash imkonsiz.

Jahonda elektron tijorat tizimlari orqali onlayn-savdo bozori tobora rivojlanib bormoqda.
Elektron tijoratning supergigantlari hisoblangan Amazon (AQSh), Alibaba va JD.com

(ikkisi ham Xitoy) kabi kompaniyalar hozirda xalqaro onlayn savdoning 40 foizini nazorat qilib,
jahondagi eng yirik 10 ta elektron tijorat bozorlaridan yettitasini boshqarmoqda va global logistika
tarmog‘ida tovarlar harakatining yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.

Elektron tijorat bozorining mahsuli — chegarabilmas turli posilkalar va mayda paketlar

almashinuvining kundan-kun o‘sib borishi turli mamlakatlar pochta va bojxona xizmatlari
o‘rtasidagi hamkorlikni har qachongidan ham mukammal qilishni talab qilmoqda. Bojxona tartibi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

235

va tartibga solish mexanizmlari elektron tijoratning jadal o‘sishiga mos kelmay qolmoqda. Yangi
bozor global logistika tarmog‘ining uzluksiz, muvofiqlashtirilgan va ishonchli ishlashini
ta’minlash masalasida Jahon pochta ittifoqi (JPI)ning Xalqaro bojxona va transport idoralari —
Jahon bojxona tashkiloti (JBT), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Xalqaro fuqaro
aviatsiyasi assotsiatsiyasi (IKAO) bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda.

JBT—JPIning pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha qo‘shma

qo‘llanmasiga binoan, bojxona ma’muriyati tayinlangan operator bilan hamkorlikda bojxona
orqali o‘tadigan pochta jo‘natmalarini chiqarish tartib-qoidalarini soddalashtirish, amalda
standartlar/protseduralarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirilishida amaliy yordam berishi
kerak. Masalan, Bojxona hamkorlik kengashi qiymati 30 SPZ (41 AQSh dollari)dan oshmaydigan
sovg‘alarni Bojsiz qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilgan tovarlar ro‘yxatiga kiritgan. Bundan
tashqari, ushbu tavsiyaviy ro‘yxatda qaysi tovarlar sovg‘alar toifasiga kirishi mumkinligi ham
ko‘rsatib o‘tilgan.

Biroq ushbu yo‘nalishda ham tartibga solinmagan import faoliyatini kamaytirish uchun

cheklov choralari qo‘llaniladi. Quyidagi jadvalda turli mamlakatlarda pochta orqali tovarlarni
bojsiz olib kirish me’yorlari keltirilgan.

1.

Xorijiy davlatlarda Internet-savdo — pochta jo‘natmalari orqali tovarlarni bojsiz olib

kirish me’yori


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

236

Izoh: Bazi bir davlatlarning qonunchiligida jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga

yuboriladigan shaxsiy sovg‘alar uchun bojsiz olib kirish me’yorlari turlicha o‘rnatilgan.

Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida 2020-yil 1-yanvardan boshlab

internet-savdo doirasida jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish chegarasi 500
yevrodan 200 yevrogacha pasaytirildi. Aprelda Rossiya Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyuldan bojsiz
olib kirish chegarasini 100 yevrogacha, 2021-yildan 50 yevrogacha, 2022-yil boshidan 20
yevrogacha tushirishni taklif qildi. Shu bilan birga, agar tovarning qiymati yoki vazn chegarasi
hozirgi bir kilogramm uchun 2 yevrodan 3 yevroga oshsa, soliqning minimal stavkasini oshirishni
taklif etgan.

Biroq Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi hozirgi vaqtda YeOII mamlakatlari uchun onlayn-

xaridlarni amalga oshirishda bojsiz olib kirish me’yorini tushirishni maqbul deb hisoblamaydi.

Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi may oyida, pandemiya avjiga chiqqan paytda bu mavzu

muhokamasini to‘xtatdi. Bungacha Rossiya tomoni 2021-yilning o‘rtalariga qadar cheklovni 200
yevrodan 100 yevroga tushirish muddatini kechiktirish taklifini ilgari surgan edi.

O‘zbekiston fuqarolari — jismoniy shaxslar ham shaxsiy foydalanishlari uchun chet eldan

tovarlarga buyurtmalar berishlari mumkin. Internet va mobil ilovalarning rivojlanishi bu
imkoniyatlarni osonlashtiradi (so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda internetdan
foydalanuvchilarning soni 23,9 million, foydalanuvdagi smartfonlarning soni esa 19 milliondan
ortiq).

Prezidentning 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi

orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan
jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga bojxona to‘lovlari olinmaydigan tovarlarni olib
kirishning chegaralangan me’yorlari belgilangan bo‘lib, bular quyidagicha:

xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun

— bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSh dollari;

xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun —

100 (yuz) AQSh dollari.

Prezidentning 2019-yil 7-noyabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari

uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan 2020-yil
1-yanvardan boshlab, notijorat maqsadlar uchun O‘zbekiston chegarasidan o‘tish punktlari orqali
qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun,
shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali keladigan
tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz
solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini
undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan.

Shuningdek, bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida yagona bojxona to‘lovi belgilangan,

lekin har bir kilogramm yuk uchun 3 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona bojxona
to‘lovi stavkasi belgilandi, bu jismoniy shaxs tomonidan olib kirishning maksimal me’yorlari
oshib ketganda undiriladi.

Xo‘sh, bu kabi boj va soliq o‘zgartirishlari elektron tijoratning rivojlanishiga qay darajada

ta’sir qiladi, degan savol kelib chiqadi. Albatta, bu kabi o‘zgarishlar O‘zbekistonda elektron


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

237

tijoratning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmasligi, aksincha uning mamlakatda yanada rivojlanishiga
xizmat qilishi lozim.

Jahon miqyosidagi pandemiya sharoitida aksariyat xalqaro aviareyslarning to‘xtatilishi,

yuklarni yetkazib berishning keskin susayib ketishi oqibatida xalqaro pochta va yetkazib berish
tizimlarini yanada takomillashtirish, bunda elektron tijorat tizimini yanada kengaytirish zarurligini
ko‘rsatib qo‘ydi.

O‘zbekistonda elektron tijorat tizimini rivojlantirish sharoitida hal qilinishi kerak bo‘lgan

bir qancha muammolar mavjud bo‘lib, ulardan biri — bu xorijiy internet-do‘konlaridan tovarlarni
yetkazib berish vaqtini qisqartirishga erishish zaruriyatidir. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, bu
masalaning yechimlaridan biri sifatida maxsus bojxona omborxonalarini yaratish va ular
faoliyatini to‘liq avtomatlashtirilgan holda nazorat qilishga erishish ekanligini ta’kidlash joiz.

Masalan, Tatariston rahbari 2020-yil iyul oyida Rossiya Moliya vazirligiga Tataristonning

transchegaraviy internet savdosi uchun mamlakatning birinchi B2B2C, ya’ni “biznes biznes uchun
— biznes mijoz uchun” maxsus “bond zonasi” (bojxona to‘lovlari to‘lanmagan tovarlar ombori
yoki omborlari zonasi)ni tashkil etish taklifi bilan murojaat qilgan. Respublika rahbariyati buni
sinov tariqasida transchegaraviy internet-savdoga yo‘naltirilgan alohida erkin iqtisodiy zonani
yaratish orqali amalga oshirishni taklif qilgan.

Bond zonani yaratish bo‘yicha Tataristonning shartlari orasida logistika infratuzilmasini

yuqori darajada tayyorlash, maqbul jug‘rofiy joylashuv va respublika organlarining qo‘llab-
quvvatlashi ham mavjud. Rossiyadagi birinchi bunday zonani yaratishga to‘sqinlik qiladigan jihat
— bu tartibga soluvchi normativlarning yo‘qligidir. Amaldagi bojxona qoidalari bojxona ombori
modelidan foydalanganda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidagi jismoniy shaxslarga pochta
orqali tovarlarni jo‘natishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashga imkon bermaydi.

Hozirgi kunda Xitoy va Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida ayrim umumiy chegara

hududlarida erkin savdo va bojxona bond omborlari mavjud bo‘lib, ular faoliyatini ham tanqidiy
o‘rganib chiqish lozim.

O‘zbekiston Turkmaniston, Tojikiston va, kelajakda, Afg‘oniston bozorlariga

yo‘naltirilgan bond zonalarini yaratish mumkin. Bu esa, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan
transchegaraviy savdosining yanada rivojlanishiga, yaratilajak “bond zonalari” elektron tijorat
orqali jo‘natilayotgan tovarlarning yetkazib berilishining tezlashishiga va mijozlar uchun
qulayliklarning yanada ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ham elektron tijorat yo‘li

bilan boshqa davlatlarga jo‘natish mexanizmlarini ham ishlab chiqish lozim. Albatta, bu
masalalarni mutaxassislar ishtirokida sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish va, lozim bo‘lganda,
mavjud normativ hujjatlarga tuzatishlar kiritish orqali amalga oshirish zarur.

Rivojlangan davlatlar tomonidan elektron tijoratga katta e’tibor qaratilayotgani, bunday

savdolar hajmi hozirgi kunda 6,5 trillion dollargacha o‘sgani O‘zbekistonda ham ushbu sohani
yanada taraqqiy ettirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda tayyorlangan iste’mol
mollari va tovarlarini elektron tijorat tizimi orqali boshqa mamlakatlarga tez, oson va qulay sotish
juda katta yutuqlarga erishishga, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga sabab bo‘ladi.Raqamli
iqtisodiyotda mutaxassislar tayyorlash, aholi va tadbirkorlarni elektron tijoratdan keng foydalanish
bo‘yicha o‘qitish, sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan tizimlarni ishlab chiqish zarur. Jahon


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

238

savdo aylanmasi yaqin kelajakda tez, qulay va arzon elektron tijorat tizimiga to‘liq o‘tishga
hozirlik ko‘rmoqda. Uni o‘ziga to‘liq moslashtirgan, uning qulaylik va afzalliklaridan foydalangan
mamlakatlar katta yutuqlarga ega bo‘lishi, juda ko‘p aholini ish bilan ta’minlashi mumkin.


REFERENCES

1.

Raxmonqulova, N. (2024). THE ROLE OF CYBER SECURITY IN THE DIGITAL
ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 111–115.

2.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE
INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

3.

Mukhammedrizaevna, T. M., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. TOURIST
LOGISTICS AND SUPPLY CHAIN MANAGEMENT: STRATEGIES FOR
REDUCING COST AND IMPROVING SERVICE. Zbiór artykułów naukowych
recenzowanych., 90.

4.

Raxmonqulova, N. (2023). THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN
THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 192-194.

5.

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism
Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3),
356-361.

6.

Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения
науки и образования, (5 (59)), 31-32.

7.

Bazarova, M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research,
3(1), 563–567.

8.

Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini
takomillashtirish.

9.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE
SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

10.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting
Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości,
42, 746–750.

11.

Jumayeva, Z. (2024). ROLE OF THE STATE IN REGULATING THE ECONOMY.
Modern Science and Research, 3(1), 511-516.

12.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND
PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. International Journal of
Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science
Publishers, 11(8), 36-44.

13.

Abidovna, A. S. (2023). MODERN TRENDS IN MANAGEMENT STRATEGIES AND
THEIR APPLICATION IN COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 41,
326-332.

14.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712–717.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

239

15.

Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and
Research, 3(1), 1-4.

16.

To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR
BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.

17.

Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA
ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.

18.

Hakimovich, T. M. (2023). TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK
TAHLIL. Gospodarka i Innowacje., 42, 415-420.

19.

Jumayeva, Z. (2024). THE NEED FOR AN INNOVATIVE APPROACH IN
MANAGING ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 557–562.

20.

Jumaeva, Z. (2021). Modern trends in the economic development of the regions of
Uzbekistan. InterConf.

21.

Akbarovna,

N.

N.,

&

Bahodirovich,

X.

B.

(2023).

AKSIYADORLIK

JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI
ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

22.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern
Science and Research, 2(12), 889-893.

23.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION
AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC
ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

24.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLALARDA

KAMBAG’ALLIKNI

QISQARTIRISH

VA

TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISHNI

TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

25.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLIY

BUDJET

DAROMADLARINI

PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

References

Raxmonqulova, N. (2024). THE ROLE OF CYBER SECURITY IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 111–115.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

Mukhammedrizaevna, T. M., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. TOURIST LOGISTICS AND SUPPLY CHAIN MANAGEMENT: STRATEGIES FOR REDUCING COST AND IMPROVING SERVICE. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych., 90.

Raxmonqulova, N. (2023). THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(10), 192-194.

Khudoynazarovich, S. A. (2021). An Opportunity of Internet Marketing in Tourism Sphere. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 3(3), 356-361.

Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения науки и образования, (5 (59)), 31-32.

Bazarova, M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(1), 563–567.

Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini takomillashtirish.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42, 746–750.

Jumayeva, Z. (2024). ROLE OF THE STATE IN REGULATING THE ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1), 511-516.

Bustonovna, J. Z. (2023). INVESTMENTS IN HUMAN CAPITAL AND PECULIARITIES OF THIS PROCESS IN UZBEKISTAN. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers, 11(8), 36-44.

Abidovna, A. S. (2023). MODERN TRENDS IN MANAGEMENT STRATEGIES AND THEIR APPLICATION IN COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i Innowacje., 41, 326-332.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 712–717.

Sodikova, N. (2024). OTMda “Iqtisodoyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari” fanini o ‘qitishda raqamli texnologiyalarning o ‘rni. Modern Science and Research, 3(1), 1-4.

To'rayevna, S. N. (2024). ТADBIRKORLIK SOHASINI MALAKALI КADRLAR BILAN ТA'MINLASHNING АSOSIY YO'NALISHLARI.

Hakimovich, T. M. (2023). BOSHQARUVCHILARNING SAMARADORLIKKA ERISHISHDAGI PROFESSIONALLIGI. Gospodarka i Innowacje., 42, 421-425.

Hakimovich, T. M. (2023). TA’LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA PEDAGOGIK TAHLIL. Gospodarka i Innowacje., 42, 415-420.

Jumayeva, Z. (2024). THE NEED FOR AN INNOVATIVE APPROACH IN MANAGING ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 3(1), 557–562.

Jumaeva, Z. (2021). Modern trends in the economic development of the regions of Uzbekistan. InterConf.

Akbarovna, N. N., & Bahodirovich, X. B. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889-893.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLALARDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов