Authors

  • Dilshodbek Jo'rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32819

Abstract

In this article, the effects of taxes and benefits to tax payers in strengthening the economy, ensuring its stability, and the views on increasing this efficiency are mentioned.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

739

IQTISODIYOT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHDA SOLIQ IMTIYOZLARI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Jo'rayev Dilshodbek Komiljonovich

Termiz davlat universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti,

moliya va moliyaviy texnologiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11214966

Annotatsiya

. Ushbu maqolada iqtisodiyotni mustahkamlash, uning barqarorligini

ta`minlashda soliq va soliq to`lovchilarga beriladigan imtiyozlarning beradigan samaralari va bu
samaradorlikni oshirish haqidagi qarashlar keltirib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

Soliq, soliq to`lovchilar, soliq imtiyozlari, iqtisodiyot barqarorligi.

INCREASING THE EFFICIENCY OF TAX BENEFITS IN STRENGTHENING

ECONOMIC STABILITY

Abstract.

In this article, the effects of taxes and benefits to tax payers in strengthening the

economy, ensuring its stability, and the views on increasing this efficiency are mentioned.

Key words:

Tax, taxpayers, tax benefits, economic stability.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ НАЛОГОВЫХ ЛЬГОТ В УСЛОВИЯХ

УКРЕПЛЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СТАБИЛЬНОСТИ

Аннотация.

В данной статье отмечено влияние налогов и льгот

налогоплательщиков на укрепление экономики, обеспечение ее устойчивости, а также
взгляды на повышение этой эффективности.

Ключевые слова:

Налог, налогоплательщики, налоговые льготы, экономическая

стабильность.

KIRISH

Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga bog`liq bo`lsa,

ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy holatga, muvozanatga bog`liq
bo`ladi.

Oddiy qilib aytganda jamiyatga ham bevosita bog`liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy

siyosat alohida rol o`ynaydi. Ijtimoiy siyosat o`z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma`rifiy,
siyosiy, iqtisodiy siyosat kabilarga bo`linadi. Iqtisodiy siyosat ham o`z navbatida moliya, pul-
kredit, byudjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi makroiqtisodiy darajada
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga
aylanadi. Shu o`rinda soliq siyosatining mazmuniga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, yuqorida qayd
etilganidek, soliq siyosati - bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir qismi bo`lib, davlatning muayyan
davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir.

U tarkiban soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar

va soliqsiz to`lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va samaradorligini
oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari tomonidan kompleks tarzda olib
boriladigan chora-tadbirlar yig`indisidir. Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo`nalishlari,
qanday soliqlarning joriy etilishi, ular o`rtasidagi nisbatni ta`minlash kabi masalalarni soliq
siyosati belgilab beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

740

Soliq siyosati davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning bilvosita usuli hisoblanib,

yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solishning ma`muriy usullaridan farqli ravishda
ularning iqtisodiy qiziqishidan kelib chiqqan holda ular faoliyatiga ta`sir ko`rsatiladi.

Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq siyosati iqtisodiyotni tartibga

solishning bevosita usullariga qaraganda samarali qo`llaniladi. Soliq siyosatining shakli va
yo`nalishlarining asosi bo`lib, davlatning siyosiy boshqaruvi, milliy xususiyat va maqsadlar,
ma`muriy-hududiy tuzilish, turli mulk shakllari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar kabi qator omillar
hisoblanadi. Soliq siyosati iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni o`zida mujassam etgan
holda soliq tizimi orqali davlat va alohida ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini ta`minlash uchun
moliyaviy resurslarni qayta taqsimlaydi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. 2019-yil

dekabrda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanuvchi normalar
joriy etildi. Soliqlar soni 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i stavkasi 5 foizdan 1,5 foizga,
qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Ish haqiga nisbatan soliq yuki qariyb 2
baravar kamaytirildi.

Bularning natijasida tadbirkorlarning islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari 4 baravar

ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar soni 6 mingdan 152 mingtaga yetdi.

Taraqqiyot strategiyasida bu boradagi islohotlarni davom ettirib, soliq ma’muriyatchiligini

soddalashtirish vazifalari belgilangan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev:” Biz inson qadrini ulug‘lashni e’lon qildik,

xalqimizni rozi qilishga harakat qilayapmiz. Xalqimiz qachon rozi bo‘ladi? Soliq kam bo‘lib,
daromadi oshsa”, - dedi .

1

Xususan, 2026-yil borib iqtisodiyotga soliq yukini 25 foizgacha kamaytirish maqsad

qilingan. Shuningdek, 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini 12 foizgacha tushirish, keyinchalik
yer va mulk soliqlarini birlashtirish mo‘ljallangan. Yig‘ilish avvalida mutasaddilar bajarilgan
ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Davlatimiz rahbari soliq idoralari faoliyatini yaxshilash, buning uchun axborot

texnologiyalarini keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Buning natijasida jarayonlar to‘liq avtomatlashtiriladi, «yashirin iqtisodiyot» hajmini

kamaytirish uchun soliq to‘siqlari bartaraf etiladi, kadrlar salohiyati mustahkamlanadi.

Davlatimiz rahbari dunyodagi tez o‘zgaruvchan, murakkab vaziyatda soliq tushumlari

barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlarga ko‘mak berish zarurligini alohida ta’kidladi.

“Men bu yerga soliq to‘lovchilarning vakili bo‘lib keldim, - dedi Prezident. - Bizga hozir

tushum oshishi asosiysi emas. Birinchi navbatda, tizimni to‘g‘ri qilib, bilmaganlarga o‘rgatib,
soliq yukini kamaytirib, tadbirkorlarning emin-erkin, halol ishlashini yo‘lga qo‘yishimiz kerak”.

2

Soliqchilar jazolovchi emas, ko‘makchi bo‘lishi kerak.Aytib o‘tilganidek, ayrim hollarda

tadbirkorlar yangi dastur va talablarni tushunmagani sababli ko‘plab savollar ham paydo
bo‘lmoqda. Shuning uchun “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida ularga yangicha ishlashni

1

https://yuz.uz/uz/news/soliq-yukini-kamaytirish-va-sohani-raqamlashtirish-vazifalari-belgilandi?view=prezident-

davlat-soliq-qomitasidagi-markazda-boldi

2

https://yuz.uz/uz/news/soliq-yukini-kamaytirish-va-sohani-raqamlashtirish-vazifalari-belgilandi?view=prezident-

davlat-soliq-qomitasidagi-markazda-boldi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

741

o‘rgatish, elektron xizmatlar qamrovini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Soliq qo‘mitasiga barcha
hududlarda tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa
hisobot berib borish vazifasi qo‘yildi.

Soliq tizimi davlat korxonalarini transformatsiya qilishda faol ishtirok etishi, ularga

tannarxni pasaytirish va moliyaviy barqarorlik bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kerakligi aytildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi qaroriga

muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etilgan edi. Davlatimiz rahbari u
yerda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tibor qaratdi. Soliq idoralari xodimlarini tizimda joriy
qilinayotgan yangi IT-dasturlar bo‘yicha o‘qitish, shuningdek, xorijda mutaxassislar malakasini
oshirish muhimligi qayd etildi.

XULOSA

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati

organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo'llagan holda xorijiy amaliyotda
sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to'lash tartiblari
soddalashtirildi.

O'z navbatida, amalga oshirilayotgan islohotlar vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat

hokimiyati organlarining birinchi darajali xarajatlarni, davlat dasturlari va hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni o'z vaqtida moliyalashtirish borasida javobgarligini
oshirishni, manbasi aniq bo'lmagan tadbirlarni amalga oshirmaslikni hamda byudjet intizomini
yanada qat'iylashtirishni talab etadi.

REFERENCES

1.

https://yuz.uz/uz/news/soliq-yukini-kamaytirish-va-sohani-raqamlashtirish-vazifalari-
belgilandi?view=prezident-davlat-soliq-qomitasidagi-markazda-boldi

2.

https://www.collegesidekick.com/study-docs/1251497

3.

https://www.imv.uz/activity/vazirlik-tassarufidagi-tashkilotlar/budjet-soliq-tadqiqotlari-
instituti

4.

Melnikov V.P. Informatsionnaya bezopasnost. Ucheboe posobie.– M., 2005.

5.

Mirodova Sh. Problemы obespecheniya informatsionnoy bezo-pasnosti Respublike
Uzbekistan v usloviyax globolizatsii. – T., 2008.


References

Melnikov V.P. Informatsionnaya bezopasnost. Ucheboe posobie.– M., 2005.

Mirodova Sh. Problemы obespecheniya informatsionnoy bezo-pasnosti Respublike Uzbekistan v usloviyax globolizatsii. – T., 2008.