ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
19
KORXONALAR FAOLIYATIGA IMVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA FOND
BIRJASINING ROLI
Jo'rayev Dilshodbek Komiljonovich
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Moliya va moliyaviy texnologiya ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12657115
Annotatsiya
. Ushbu maqolada korxonalar, fabriklalarning va xususiy tashkilotlarning
davlat iqtisodiyotiga va davlat budjetiga keltirayotgan foydalarini oshirish, shuning bilan bir
qatorda bunday korxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va ularga berilgan imkoniyatlarni
yanada oshirish maqsadida investitsiyalar kiritishning samaradorligi haqida bir qancha fikrlar
yuritilgan.
Kalit so`zlar:
Xususiy va davlat korxonalari faoliyati, investitsiya, fond birjasi,
investitsiyalarni jalb qilish usullari.
THE ROLE OF THE STOCK EXCHANGE IN ATTRACTING INVESTMENTS TO THE
ACTIVITIES OF ENTERPRISES
Abstract.
In this article, there are several ideas about the effectiveness of investments in
order to increase the benefits of enterprises, factories and private organizations to the state
economy and the state budget, and at the same time to further improve the activities of such
enterprises and to further increase the opportunities given to them.
Key words:
Activities of private and state enterprises, investment, stock exchange, methods
of investment attraction.
РОЛЬ ФОНДОВОЙ БИРЖИ В ПРИВЛЕЧЕНИИ ИНВЕСТИЦИЙ В
ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ПРЕДПРИЯТИЙ
Аннотация.
В данной статье представлено несколько идей об эффективности
инвестиций с целью увеличения выгоды предприятий, фабрик и частных организаций для
государственной экономики и государственного бюджета, и в то же время для
дальнейшего совершенствования деятельности таких предприятий и повышения
эффективности инвестиций. еще больше увеличить предоставляемые им возможности.
Ключевые слова:
Деятельность частных и государственных предприятий,
инвестиции, фондовая биржа, методы привлечения инвестиций.
KIRISH
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va
jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi ko'p jihatdan to'g'ri va asoslangan investitsiya siyosatiga
bog'liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy muhit shart-sharoitlariga muvofiq
rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta'minlash, milliy
ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o'sishni
ta'minlashning muhim omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukumatimiz
tomonidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
20
masalalaridan biri bo'lib, investitsiyalarni mamlakat milliy iqtisodiyotiga jalb qilish masalasi
turibdi.
Moliya bozori - bu bozor moliya resurslari, ya'ni pul va pulga tenglashtirilgan qog'ozlar
bozoridir va shu bilan bir qatorda, moliya tizimini ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda oldi-sotdi
qilinadi, pul mablag'larining talab va taklifga qarab, erkin harakati ta'minlanadi. Moliya bozorida
firmalar, moliya muassasalari, davlat va aholi qatnashadi. Moliya bozori keng ma'noda pul bozori,
kapital bozori, investitsiya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valuta bozori, sug'urta bozori va
boshqalami birlashtiradi.
Moliya bozorining asosiy vazifasi ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish
maqsadida investorlardan pul jalb qilishdir. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, davlat organlarining
tartibga solish va nazorat qilish faoliyatisiz moliya bozorining samarali ishlashi mumkin emas.
Moliya bozorini (ayniqsa qimmatli qog'ozlar bozorini) shakllantirish sharoitida bunday
tuzilmalarning ishlashi alohida ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo‘li bu fond birjalar faoliyatini yo‘lga
qo‘yish va rivojlantirishdir.
Fond birjasi bu – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu
qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona fond
birja. U 1994-yil 8-aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta
emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z obligatsiyalari bilan savdo qiladi.
Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni jismoniy
va yuridik shaxslar - investorlar xarid qilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – qimmatli qog‘ozlarni saqlash, yuritish,
harakatini hisobga olish yagona tizimini ta'minlaydigan hamda boshqa turdosh xizmatlarni
ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21 maydagi 263-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning
faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz amalga oshiradi.
Fond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldi sotdi qilinadigan birja;
pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor
infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya
va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldi sotdisi boʻyicha muntazam
va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi.
Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil
etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va
davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan
moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz
egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga
koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy,
aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi xususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi
turlari bor.
Fond birjaning boshqa Yevropa mamalakatlari bilan aloqlari, investorlar sonining yanada
ko‘payishiga katta hissa qo‘shmoqda. Yaqin kunlarda “Toshkent” respublika fond birjasi bilan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
21
Yaponiya fond birjasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Qimmatli
qog‘ozlar bilan muomala ko‘lami bo‘yicha jahondagi eng ilg‘or tashkilotlardan biri bo‘lgan
Yaponiya fond birjasi bilan imzolangan memorandum O‘zbekiston va Yaponiya qimmatli
qog‘ozlar bozorlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakatning fond bozorlarini o‘rganish, o‘zaro
tajriba va axborot almashishga yo‘naltirilgandir.
Memorandumga muvofiq anderrayting va listing tartibotlari, bozor holati tahlili bo‘yicha
axborot almashiladi, fond bozorini rivojlantirishda aksiyadorlik kompaniyalarining ishtiroki
yanada kengaytiriladi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida 100 dan ortiq brokerlik idoralariga ega “Toshkent”
respublika fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bozorida asosiy savdo maydonidir. Birjaning Tokio,
Shanxay, London, Frankfurt, Istambul va Singapur fond birjalari bilan yaqin hamkorligi yo‘lga
qo‘yilgan. “Toshkent” respublika fond birjasi Yevroosiyo fond birjalari federatsiyasi hamda MDH
mamlakatlari birjalari xalqaro uyushmasining a’zosidir.
Bunday uyushmalarga a’zolik va boshqa davlatlarning fond birjalari bilan faol aloqalar,
bozorga kiritilayotgan va kiritilishi mumkin bo‘lgan investitsiyalarning kafolatidir.
XULOSA
O‘zbekistonda fond bozori yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘larini investitsiyalarga yo‘naltiradi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga
transfarmatsiyalanishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va
ikkilamchi bozorlari bo‘yicha barcha operatsiyalar fond birjasi elektron savdo tizimi hamda
uyushgan va uyushmagan savdo tizimi orqali amalga oshiriluvchi infratuzilma shakllantirildi.
Biroq, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini to‘la ishga tushirish, fond birjasida
aksiyalar qiymatini muntazam e’lon qilib borish, aholida aksiyalar sotib olishga ishtiyoqi va
intilishini oshirish, aksiyalarning haqiqiy qimmatli qog‘ozga aylantirish hamda aksiyadorlar uchun
muhim daromad manbai bo‘lishi ta’minlanmaganligi, fond bozori infratuzilmasi faoliyati samarali
yo‘lga qo‘yilmaganligi fond bozorini rivojlanish imkonini bermayapti. Shuni ta'kidlash lozimki,
investitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizmiga tayanib ish yuritish mumkin emas. Chunki, u
iqtisodiyotning tarmoqlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi.
REFERENCES
1.
A.V.Vahobov, Sh.X.Xajibakiev, N.G.Mo'minov Xorijiy investitsiyalar. Toshkent:
“Moliya”. 346-b
2.
D.G‘.G‘ozibekov , T.M. Qoraliyev Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat
tomonidan tartibga solish. Toshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011 232-b.
3.
«Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasining rasmiy sayti
ma`lumotlari.
