Authors

  • Dilshodbek Jo'rayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.35235

Abstract

Ushbu maqolada moliya bozori, bozor munosabatlari, bozor stavkalari va ulardan foydalanishning samarali usullari haqida, shuning bilan bir qatorda bozor infrotuzulmalari, bozor iqtisodiyoti va bozor siyosatining mamalakat iqtisodiyotiga keltirayotgan foydalari va zararlari haqida batafsil fikr yuritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

MOLIYAVIY BOZOR STAVKALARI VA ULARDAN FOYDALANISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Jo'rayev Dilshodbek Komiljonovich

Termiz davlat universiteti,

Iqtisodiyot va turizm fakulteti,

Moliya va moliyaviy texnologiya ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12657231

Annotatsiya

. Ushbu maqolada moliya bozori, bozor munosabatlari, bozor stavkalari va

ulardan foydalanishning samarali usullari haqida, shuning bilan bir qatorda bozor
infrotuzulmalari, bozor iqtisodiyoti va bozor siyosatining mamalakat iqtisodiyotiga keltirayotgan
foydalari va zararlari haqida batafsil fikr yuritilgan.

Kalit so`zlar:

bozor iqtisodiyoti, bozor siyosati, bozor stavkalari, bozor infrotuzulmalalari.

FINANCIAL MARKET RATES AND WAYS TO INCREASE EFFICIENCY OF USING

THEM

Abstract.

This article discusses in detail the financial market, market relations, market

rates and effective ways of using them, as well as the benefits and harms of market infrastructure,
market economy and market policy to the country's economy.

Key words:

market economy, market policy, market rates, market infrastructure.

СТАВКИ ФИНАНСОВОГО РЫНКА И ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье подробно рассмотрен финансовый рынок, рыночные

отношения, рыночные ставки и эффективные способы их использования, а также польза
и вред рыночной инфраструктуры, рыночной экономики и рыночной политики для
экономики страны.

Ключевые слова:

рыночная экономика, рыночная политика, рыночные ставки,

рыночная инфраструктура.

KIRISH

Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan

sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o‘z muhitiga ega munosabatlar
va institutlar majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‘lmoqda.

Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini

belgilamoqda. Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta‘riflash mumkin: moliya bozori
– bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan
bog‘liq tashkillashgan iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan munosabatlarni maqsadli
amalga oshiruvchi, iqtisodiyot subyektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi
majmua sifatida namoyon bo‘luvchi tizim.

Ushbu tizim mexanizmi iqtisodiyotning barcha subyektlari tomonidan ularni har birining

alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi.

Markaziy bank asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri

hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank

tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog'liq bo‘ladi.

Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi

va biznesning iste'mol va investitsion (sarmoya kiritish) qarorlariga ta'sir ko'rsatgan holda ichki
talab va inflyatsiya darajasi o'zgarishida ahamiyat kasb etadi.

Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati

sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan
holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani
ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.

Markaziy bank asosiy stavkani o'zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo'lgan o'sish

yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi. O'z navbatida, tijorat banklari asosiy stavkaning
traektoriyasini kuzatib, pul bozoridagi likvidlik yaqin kelajakda arzon yoki qimmatlashishini
tushunadilar. Tabiiyki, bu esa, banklarni o'z mahsulotlari va xizmatlari narxlarini o'zgartirishga
undaydi (masalan, aholi va tadbirkorlardan jalb etiladigan omonatlar va ularga ajratiladigan
kreditlar bilan bog'liq xarajatlar).

Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy tezlashsa va Markaziy bank

asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan depozit va kreditlar bo'yicha foiz
stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash
maqsadida banklar bir-birlariga pul mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor)
va umuman olganda pul bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarni oshishiga olib
keladi.

Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul

mablag'larini jalb etish arzonlashishiga, bu esa, yuqori bo'lmagan foiz stavkalarida kreditlar
ajratish orqali aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy manbalarning maqbullashishiga sabab
bo'ladi.

Ilgari, moliya bozorlari oilalar xohlagan jamg'armalar va kompaniyalar berishi mumkin

bo'lgan sarmoyalar hamda davlatlarni moliyalashtirish o'rtasida munosabatlar izlanadigan aniq
joylarda sodir bo'lgan. Endi bu juda oddiy, chunki u telematik platformalar orqali amalga
oshiriladi, shuning uchun ulanish uchun faqat kompyuter yoki mobil qurilma kerak bo'ladi.
“Moliya bozori va moliya xizmatlari sohasini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari va
istiqbollari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusi oliy Majlis Senati qo‘mitalari va Bank-
moliya akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida shu kabi masalalar
muhokama qilindi.

Senatorlar, xorijiy va milliy ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklari

vakillari ishtirokida mamlakatda moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini tatbiq etish orqali yangi
ish o‘rinlarini yaratish muammosi o‘rtaga tashlandi. Sohada hali natijaviy yondashuvni
kutayotgan, ayniqsa, qonunchilikdagi takomilga muhtoj bo‘lgan normalar talaygina. Ayniqsa,
korporativ boshqaruv va moliya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholining
moliyaviy savodxonligini oshirish, qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jismoniy va yuridik
shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha ishlarni yanada
jonlantirish lozim. Chunki bu kamchiliklar moliya bozori va xizmatlarini rivojlantirish bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

bog‘liq dasturlar ijrosi samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga
salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston moliya bozorida qator muhim oʻzgarishlar roʻy berdi,

xususan, 2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, fond
bozori aylanmasini joriy etish orqali iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni 200 million AQSH
dollaridan 7 milliard dollargacha oshirish va davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarida
transformatsiya jarayonlarini yakunlash, 2026-yil oxiriga qadar bank tizimi aktivlarida xususiy
sektor ulushini 60 foizga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Bunda tijorat banklarida transformatsiyani
jadallashtirish, subsidiyali kreditlashdan voz kechish, ularning moliyaviy vositachi sifatidagi rolini
oshirish orqali davlat ulushiga ega tijorat banklarini faol ravishda zamonaviy institutlarga
aylantirish ishlari koʻzda tutilgan.

Amalga oshirilayotgan bundaybtadbirlar bozor iqitisodiyotining hamda moliya bozori

stavkalarining yanada yaxshilanishi va ularning samaradorligini oshirish uchun xizmat qilmoqda.

XULOSA

Moliya bozori -bu bozor moliya resurslari, ya'ni pul va pulga tenglashtirilgan qog'ozlar

bozoridir va shu bilan bir qatorda, moliya tizimini ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda oldi-sotdi
qilinadi, pul mablag'larining talab va taklifga qarab, erkin harakati ta'minlanadi. Moliya bozorida
firmalar, moliya muassasalari, davlat va aholi qatnashadi. Moliya bozori keng ma'noda pul bozori,
kapital bozori, investitsiya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valuta bozori, sug'urta bozori va
boshqalami birlashtiradi.

Moliya bozorining asosiy vazifasi ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish

maqsadida investorlardan pul jalb qilishdir. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, davlat organlarining
tartibga solish va nazorat qilish faoliyatisiz moliya bozorining samarali ishlashi mumkin emas.

Moliya bozorini (ayniqsa qimmatli qog'ozlar bozorini) shakllantirish sharoitida bunday

tuzilmalarning ishlashi alohida ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

Shoxa’zamiy Sh.Sh. Moliya bozori va qimmatli qog'ozlar. /Darslik.-T.: «Fan va
texnologiya», 2012.- 440 b.

2.

Alladustov R.D., Xo„jamurodov A.J., А.N. Xamizaev Moliya bozori va birja ishi. O‘quv
qo‘llanma. - Т.: «IQTISODIYOT», 2019. - 234 bet.

3.

Sh.Z Abdullayeva. Pul, kredit va banklar. Toshkent, iqtisod-moliya, 2007.

4.

Amvrosov V.A. Moliya bozori va endogen iqtisodiy o'sish // Moliya biznesi.-2007.- № 5.-
S. 30-35.

References

Shoxa’zamiy Sh.Sh. Moliya bozori va qimmatli qog'ozlar. /Darslik.-T.: «Fan va texnologiya», 2012.- 440 b.

Alladustov R.D., Xo„jamurodov A.J., А.N. Xamizaev Moliya bozori va birja ishi. O‘quv qo‘llanma. - Т.: «IQTISODIYOT», 2019. - 234 bet.

Sh.Z Abdullayeva. Pul, kredit va banklar. Toshkent, iqtisod-moliya, 2007.

Amvrosov V.A. Moliya bozori va endogen iqtisodiy o'sish // Moliya biznesi.-2007.- № 5.- S. 30-35.