Authors

  • Malika Xasanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32831

Abstract

In the correctional work carried out with students who are thieves, first of all, it is necessary to have complete information about him. For example, his family, friends, internal and external social development. The article focuses on these points ours

background image


369

TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION

ISHLAR

Xasanova Malika Ibragimovna

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 10-maktab amalyotchi pixologi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215524

Annotatsiya

. Tarbiyasi o’g’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarda

avvalo u haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim. Masalan oilasi, do’stlari, ichki va tashqi

sotsiumda rivojlanishi. Maqolada shu fikrlarga to’xtalib o’tamiz

Kalit so'zlar

: Korreksiya, diagnostika, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og'ir

o’smirlar.

CORRECTIONAL WORK WITH STUDENTS WITH DIFFICULT UPBRINGING

Abstract.

In the correctional work carried out with students who are thieves, first of all, it

is necessary to have complete information about him. For example, his family, friends, internal

and external social development. The article focuses on these points ours

Key words:

Correction, diagnosis, family conditions, supervision, adolescents with difficult

upbringing.

КОРРЕКЦИОННАЯ РАБОТА С УЧАЩИМИСЯ С ТРУДНЫМ ВОСПИТАНИЕМ.

Аннотация.

В коррекционной работе с правонарушителем прежде всего

необходимо иметь полную информацию о нем, например, о его семье, друзьях, внутреннем

и внешнем социальном развитии.

Ключевые слова:

Коррекция, диагностика, семейные условия, присмотр, подростки

с трудным воспитанием.

KIRISH

Bugungi kunda jamiyatimizda Yoshlar o’rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik avj olmoqda,

Bunga sabab sifatida ular bilan olib boriladigan tarbiyaviy jarayonlarni ham bir sabab deb

o’ylayman. tarbiya faqat oilada emas balki maktab va mahallada ham beriladi. Maktabda aosan

do’stlari,sinfdoshlari va sinf rahbarining roli katta.

Bugungi kunda maktab o’quvchilari orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini lish

uchun Bir qancha psixalogik-korreksion ishlar olib borilmoqda masalan ular bilan individual

suhbat, kuzatish, diagnostika qilish kabi. Kuzatishlarimizdan bilamizki, oilaning to'liq yoki

noto'liqligi ham bolalar va o'smirlar nazoratsizligining kelib chiqishiga u yoki bu ko'rinishda ta'sir

qiladi. Shu boisdan oilada ota-onalarning birgalikda ahil, inoq yashashligi bolalar va o'smirlar


background image


370

xulqidagi og'ishlarning oldini olishda muhim hisoblanadi. Oilada nizoli vaziyatlar ko'plab uchrab

turadigan nosog'lom oilada o'sayotgan o'smir uchun ham ota-ona mehri turli xil oilaviy urush

janjallardan, muammolardan ustun turadi. Demak, bolalar xulq-atvoriga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi

omil bu ota-ona, oila a'zolari va maktab jamoasi ta'siridir. Ta'lim tizimida tarbiyasi og'ir

o'quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar:m maktab ichki nazoratiga olish va ular bilan

davra suhbatlari tashkil etish; o'quvchilarni qiziqishlariga qarab to'garaklarga jalb etish:

O’quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganish;

ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o'quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib

borish;

o'quvchilarning ushbu ro'yhatga olingaligini o'ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan

holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish;

Muhim masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish lozim:

O'smir shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga

munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o'smirda muayyan narsalarga nisbatan munosabat

shakllangan bo'ladi. O'smir xulq atvorini baholashda (rag'batlantirish yoki jazolashda) kattalarning

qat'iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o'quvchi tomonidan tahlil qilinadi. Shuning uchun

rag'batlantirish va jazolash usullari oqilona, o'z vaqtida qo'llanilishi kerak. Psixologik

adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o'smir psixologiyasida keskin o'zgarish yasashi ifodalangan.

Ma'lumki, hamma o'quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib,

kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta'sir ko'rsatadi.

Bola tarbiyasida birinchi galda oilaviy tarbiyani, ya'ni oiladagi sog'lom munosabatni qaror

toptirish "oila-maktab" hamkorligini to'g'ri yo'lga qo'yish, bolani balog'at yoshiga xos

xususiyatlarini to'g'ri anglagan holda, tarbiya jarayoniga maqsadli yondashish, ko'plab salbiy

omillarni kelib chiqishining oldini oladi. Ma'lumki, oilaning ijtimoiy-psixologik sog'lomligi

iqtisodiy omillar bilan ham bog'liq. Oilada ota-onaning egallagan kasbhunari, jamiyat hayotining

rivojiga qo'shayotgan hissalari, ularning kasbiy faol harakat qilishlari kabilar oila byudjetiga o'z

ta'sirini ko'rsatishi barobarida, farzandlar tarbiyasida ham o'z aksini topadi. Oiladagi o'zaro hurmat,

hissiy bir-biriga intilib yashash, oilaviy yakdillik, oilani barqaror bo' lish omilidir.

O'zicha bir olam bo'lgan bola ham o'z navbatida ota-onasi, o'ziga yaqinlari hamda

ustozlarini anglashda o'z- o'zini tarbiyalash orqali tegishli xulosalar chiqarib oladi. O'z-o'zini

tarbiyalash orqali bolada nojo'ya qiliqlar qilish o'rniga o'ylab fikr yuritadigan, kirishimli, lozim

paytda boshqalarga yordam qo'lini cho'zadigan, kelgusida biron kasb-hunar egasi bo'lib, jamiyat


background image


371

rivojiga hissa qo'shish haqida orzu qiladigan darajada faoliyat yuritadi. Ma'lumki, sho'x bola bilan

nojo'ya harakatlar qiluvchi bolalar o'rtasida farq bo'ladi. Sho'x bolalarning xatti-harakatlari ko'proq

zararsiz, ba'zan kutilmaganda yuzaga chiquvchi, ba'zan biron tashabbusni ko'zlab uni bajarishga

kirishish bilan bog'lanib ketadi. Maktablarimizda qiyin bolalar muammosi bor, avval ham bo'lgan

va doim ham bo'ladi. Xo'sh uning mohiyati nimada? Sabablari nimalardan iborat? Bir tarbiyasi

og'ir o'quvchi boshqasidan nimasi bilan farq qiladi? Tarbiyasi qiyinlikni yengib o'tishda ta'sir

ko'rsatish yo'llari nimalardan iborat? O'qtuvchining tarbiyachilar, sinf rahbarlari va maktab

direktorlarining o'rinbosarlari seminarida: "Kimni, qanday belgilariga qarab tarbiyasi og'ir

o'quvchi deb hisoblaysiz?"- degan savolga 500 ga yaqin tarbiya qilish qiyin bo'lgan belgi ko'rsatib

o'tildi. Pedagoglar tomonidan tez-tez qo'llaniladigan ba'zi belgilarnigina qayd etamiz: o'quvchi

maktab kun tartibiga bo'ysunmaydi, o'qishga yomon munosabatda, qo'pollik qiladi, mushtlashadi,

darslarda e'tiborsiz, tengdoshlarini xafa qiladi, hech narsa o'qimaydi, ko'p kuladi, dangasa,

so'kinadi, qizlarga tegajoglik qiladi va xokazo.

Pedagoglarning tan olishiga qaraganda bemavrid ovqatlanish, uxlash, bekorchilik, sayr

qilish, ko'chada sandiroqlab yurish, shiyponchada o'tirish, urishish, kishining g'ashini keltiradigan

kiyimlar kiyish, qiliqlar qilish, pardoz-andoz qilish ularning sevimli faoliyat turlaridandir. Bu

chetga chiqishlarning paydo bo'lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo'qligi, bolaning yolg'iz

ota yoki yolg'iz onaning tarbiyalashi, tashqi o'quv tarbiya muasassalari ta'siri yo'qligi (bola bo'sh

vaqtida biron bir faoliyat bilan shug'ullanmaydi) bunday sabablardan hisoblanadi. O'quvchi-

yoshlar o'rtasida axloqiy me'yorlarga mos xulq-atvorni shakllantirishda ta'lim muassasasi, oila va

mahalla o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish lozim. Insonning birinchi ustozi onasidir. Islomda

"mening yaxshi muomala qilmog'imga kim haqlidir, degan savolga uch marotaba "Onang"

deyilgandan keyingina to'rtinchi marta "Otang" deb javob berilgan. Oiladagi tarbiya muhiti

bolaning individualligi uning o'qishidan tashqaridagi faoliyatlarida kitobxonlik, tabiatga, dinga va

boshqalarda aniq ko'rinadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishim lozimki, Yomon insooni o'zi bo'lmaydi, balki yomon

harakter bo'lishi mumkin. Uni to'g'irlash va to'gri yo'l yo'riq ko'rsatish biz kattalarning

burchimizdir. Zeroki Bir bolaga yetti mahalla ota ona deganlaridek, Bolalar tarbiyasiga barchamiz

birdek mas'ulmiz.


background image


372

REFERENCES

1.

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological

Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной

психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.

2.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International

Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76

3.

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-

enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences

Vol 5 2017

4.

Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the

child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022 39-

42

5.

Elov Z.S. Researches of the Reasons Conditions, Fastors of Suicide Rick Intellectual Archive

Volume 5 Number 1. 2016. 49-53

References

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Social Psychological Characteristics Of Psychological Defenses Manifested In Adolescents In Extreme Situations. Вестник интегративной психологии журнал для психологов. Выпуск № 22, 2021 г. С 233-237.

Elov Z.S. Causes and analysis of suicidal thoughts among adolescents. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD). Volume: 6 | Issue: 11 | November 2021 75-76

Elov Z.S. Conditions and the reasons of cases of the suicide among the staff of law-enforcement bodies. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 5 2017

Elov Z.S. Psychological influence of speech disorders and the causes that cause them on the child's psyche. Academicia globe: inderscience research volume: 3, issue 1, january-2022 39-42

Elov Z.S. Researches of the Reasons Conditions, Fastors of Suicide Rick Intellectual Archive Volume 5 Number 1. 2016. 49-53