2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
308
O‘QUVCHI YOSHLARNI ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITISHDA DUCH
KELINADIGAN PSIXOLOGIK QIYINCHILIKLAR
Xasanova Malika Ibragimovna
Yangiyer shahar 10 –sonli maktab psixologi
Tagaymuratova Dildora Nurmuhammedovna
Yangiyer shahar 3-sonli maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15399502
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘quvchi yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish
jarayonida uchraydigan psixologik qiyinchiliklar tahlil etiladi. Kasb tanlashdagi ikkilanish,
o‘ziga ishonchsizlik, raqobatdan cho‘chish, informatsion stress kabi muammolar yoritiladi.
Muallif bu muammolarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Kalit so‘zlar:
kasb tanlash, psixologik to‘siqlar, o‘quvchi yoshi, motivatsiya,
zamonaviy kasblar, axborot stressi.
Аннотация.
В статье анализируются психологические трудности, с
которыми сталкиваются школьники при выборе современных профессий.
Рассматриваются проблемы неуверенности в себе, страха перед конкуренцией,
профессиональной дезориентации и информационного стресса. Автор предлагает
рекомендации по их преодолению.
Ключевые слова:
выбор профессии, психологические барьеры, школьники,
мотивация, современные профессии, информационный стресс.
Abstract.
This article analyzes the psychological challenges students face when
choosing modern professions. It discusses issues such as indecision, lack of self-confidence,
fear of competition, and informational stress. The author also offers recommendations to
overcome these difficulties.
Keywords:
career choice, psychological barriers, school students, motivation, modern
professions, informational stress.
Kirish
Bugungi mehnat bozorida zamonaviy kasblarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu esa
o‘quvchi yoshlarning kasbga yo‘naltirilishini yangicha uslubda tashkil etishni taqozo qiladi.
Shunga qaramay, kasb tanlash jarayonida yoshlar turli psixologik to‘siqlarga duch keladilar.
Ushbu maqolada ana shunday qiyinchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib
chiqiladi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
309
Asosiy qism
Maqolada quyidagi muammolar yoritilgan:
- Psixologik ikkilanish – o‘quvchilarning o‘ziga mos kasbni tanlashda ishonchsizlik
sezishi.
- O‘ziga ishonchsizlik – zamonaviy texnologiyalar talablariga javob bera olmaslik
qo‘rquvi.
- Raqobatga tayyor emaslik – kuchli raqobat muhitida o‘zini noqulay his qilish.
- Informatsion stress – keragidan ortiq ma’lumot oqimi natijasida psixologik yuklama
ortishi.
1 Ko‘plab o‘quvchilar zamonaviy kasblar haqida yetarli tasavvurga ega emasligi, o‘z
imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmasligi natijasida kasb tanlashda ikkilanishga duch keladi.
Ba’zilar esa ota-onalarning yoki jamiyatning bosimi ostida o‘ziga mos bo‘lmagan yo‘nalishni
tanlashga majbur bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘pincha o‘z qobiliyatlarini to‘g‘ri baholay
olmasliklari, kasb tanlashda ishonchsizlik va ikkilanish holatlarini boshdan kechiradilar. Bu
holat, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq kasblarda yanada kuchayadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar o‘zlarini bu sohalarga noloyiq deb hisoblab, kasb
tanlashda noto‘g‘ri qarorlar qabul qiladilar.
2. O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik
Yangi texnologiyalar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashga
o‘zini noloyiq deb hisoblash – o‘quvchilarda motivatsiyaning pasayishiga olib keladi. Ular
muvaffaqiyatga erisha olmasligidan qo‘rqadi, bu esa tashabbuskorlikni kamaytiradi.
Zamonaviy kasblar haqida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘pligi o‘quvchilarni
chalg‘itadi. Bu holat ularning kasb tanlashdagi qarorlarini qabul qilishda qiyinchilik
tug‘diradi.
3. Ijtimoiy-psixologik bosimlar
Zamonaviy kasblar ko‘p hollarda an’anaviy kasb tanlash stereotiplari bilan to‘qnash
keladi. Masalan, IT yoki dizayn sohalari ayrim muhitlarda “noturg‘un” deb baholanadi, bu esa
o‘quvchilarning tanloviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CIP nazariyasi kasb tanlash va
muammolarni hal qilishda kognitiv jarayonlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Bu yondashuvga
ko‘ra, o‘quvchilar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini baholash orqali to‘g‘ri kasb tanlashlari
mumkin.
4. Raqobatga tayyor emaslik
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
310
Bugungi mehnat bozorida zamonaviy kasblar o‘ta raqobatbardosh hisoblanadi.
Ko‘plab o‘quvchilar bu raqobatga tayyor emasliklarini anglab, o‘zini chetga tortadi, bu esa
psixologik tushkunlikka olib keladi. WT nazariyasi shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning
kasb tanlashga ta’sirini o‘rganadi. Bu nazariyaga ko‘ra, o‘quvchilarning kasb tanlashdagi
qarorlariga ularning shaxsiy qiziqishlari, ijtimoiy muhit va iqtisodiy sharoitlar ta’sir
ko‘rsatadi.
5. Informatsion stress
Internetda kasblar haqidagi ma’lumotlarning haddan ortiq ko‘pligi o‘quvchilarni
chalg‘itadi, ularni chalkashtirib qo‘yadi. Bu esa axborotni qayta ishlashdagi psixologik
yuklamani oshiradi.
Avstraliya tajribasi
Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktab bitiruvchilarning
noto‘g‘ri kasb tanlashi iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat yillik 3,5 milliard
dollarlik iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda.
Buyuk Britaniya tajribasi
Buyuk Britaniyada maktablarda kasbga yo‘naltirish dasturlari samarali tashkil etilgan.
Bu dasturlar orqali o‘quvchilarga turli kasblar haqida ma’lumotlar berilib, ularning to‘g‘ri
kasb tanlashlariga yordam berilmoqda.
Tavsiyalar
- Maktabda psixologik maslahat va kasbga yo‘naltiruvchi testlar joriy etilishi;
- Amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar orqali kasblar bilan yaqindan tanishtirish;
- Ota-onalar bilan hamkorlikda kasb tanlash madaniyatini shakllantirish.
Psixologik maslahatlar joriy etish: Maktablarda psixologik maslahat markazlarini
tashkil etish orqali o‘quvchilarga kasb tanlashda yordam berish.Maktablarda kasbga
yo‘naltirilgan psixologik testlar va individual maslahatlar berilishi kerak.Motivatsion
treninglar: O‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan motivatsion
mashg‘ulotlar tashkil etilishi lozim.Amaliy tajriba: Zamonaviy kasblar vakillari bilan
uchrashuvlar, seminarlar va amaliy loyihalar orqali o‘quvchilarda kasbga qiziqish uyg‘otish
mumkin.Ota-onalar bilan ishlash: Ota-onalarni kasb tanlash jarayoniga jalb etish orqali
o‘quvchilarga qo‘llab-quvvatlash berish. Kasb tanlashda ota-onaning roli haqida tushuntirish
ishlari olib borilishi zarur. O‘quvchilarga turli kasblar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
311
Xulosa
Zamonaviy kasblarga tayyorlashda nafaqat bilim, balki psixologik tayyorgarlik ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik qiyinchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish orqali
o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish mumkin. amonaviy kasblarga tayyorlash
jarayonida o‘quvchi yoshlar nafaqat bilim, balki psixologik jihatdan ham qo‘llab-
quvvatlanishi lozim. Ularning qiziqishlari, iste’dodlari, psixologik holati chuqur tahlil qilinib,
shaxsiy yondashuv asosida yo‘naltirilgandagina ular o‘z o‘rnini topa oladi. Bu esa kelajakda
raqobatbardosh mutaxassislarni shakllantirishda muhim omildir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xasanboyeva, M. (2022). Kasb tanlash psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy
ensiklopediyasi.
To‘rayev, B. (2020). Yoshlar psixologiyasi. Samarqand: Afrosiyob nashriyoti.
2.
Super, D. E. (1990). A life-span, life-space approach to career development. Journal of
Vocational Behavior.
3.
Lent, R. W., Brown, S. D., & Hackett, G. (1994). Toward a unifying social cognitive
theory of career and academic interest. Journal of Vocational Behavior.