ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
590
KORXONADA INNOVATSIYANING MOHIYATI VA UNING ASOSIY
TUSHUNCHALARI
Sodiqova Nigora To’rayevna
Osiyo Xalqaro Universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11672717
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korxonada innovatsiyaning mohiyati va uning asosiy
tushunchalari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Bu bo’yicha tegishli tahlillar amalga
oshirilgan.
Kalit so’zlar:
innovatsiya, texnologiyalar, innovatsion faoliyat, radikal.
THE ESSENCE OF INNOVATION IN THE ENTERPRISE AND ITS MAIN CONCEPTS
Abstract.
This article provides information on the essence of innovation in the enterprise
and its main concepts. Relevant analyzes have been carried out.
Key words:
innovation, technologies, innovative activity, radical.
СУЩНОСТЬ ИННОВАЦИИ НА ПРЕДПРИЯТИИ И ЕЕ ОСНОВНЫЕ ПОНЯТИЯ.
Аннотация.
В статье представлена информация о сущности инновации на
предприятии и ее основных понятиях. Проведены соответствующие анализы.
Ключевые слова:
инновации, технологии, инновационная деятельность, радикал.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishning bosqichma-bosqich o’tish davrida davlatning
ilmiy texnika siyosati mohiyati shuki, u respublika ichki talabini tez qondiradigan, jahon bozorida
raqobatbardosh bo’la oladigan, iqtisodiyot tarmog’larini tubdan yangilanishiga imkon beradigan
ilmiy va texnologik tadqiqotlarga ko’maklashishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Sobiq Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida
“O’zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o’tish uchun hamma zarur
sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali
foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan
texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini
ko’paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan
davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi”
1
deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat XXI asr boshida shu narsa ma’lum bo’ldiki, ilmiytexnik rivojlanish darajasi
va innovatsion muhit (ilm-fan, ta’lim, yangi texnologiyalarning mahalliy va jahon bozorlari)
barqaror iqtisodiy o’sishga asos bo’lishi mumkin ekan. Yurtboshimiz mamlakatimizdagi
innovatsion o’zgarishlarga e’tibor qilib, “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik
yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish – O’zbekiston
uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir
”
2
deb, respublikamizda bugungi kunda amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalar, jahon moliyaviy
1
I.A.Karimov. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari
“– T.: O’zbekiston, 1997 y..260-b..
2
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari”. –T.: O’zbekiston, 2009. -14-b.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
591
inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llari haqida
to’xtalib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarini samarali faoliyat yuritilishi zarurligini
ta’kidladi.
Innovatsiya bu umuman olganda O’zbekiston Respublikasining ilmiy jamiyati, hamda
ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi sektori uchun bosqichma-bosqich o’rganib kelinayotgan
tushunchadir. Ma’lumki mustamlaka davrlarda bizning davlat mustaqqil ravishda amaliyotda
yangiliklarni tadbiq etishga to’laqonli haqli emas edi. Mustaqillik O’zbek xalqi uchun dunyoni
ochish bilan birgalikda bir qancha imkoniyatlarni berdi. Endilikda qa’tiyan iqtisodiy asoslangan
innovatsion
strategiyalarni ishlab chiqarishlarda, xizmat ko’rsatishlarda yohud ho’jalikning
boshqa bir jabxasiga tadbiq etishimiz mumkin.
Avvalambor innovatsion faoliyat xususida so’z boshlashdan oldin innovatsiya to’g’risida
tushuncha berib o’tamiz. “Innovatsiya”, «Innovatsion faoliyat”, «Innovatsion yechim” kabi
terminlar O’zbekiston iqtisodiy o’tish davrining birinchi bosqichlaridayoq aktiv qo’llanila
boshlandi. Umuman “Innovatsiya” tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadida, uning mohiyati
borasida keltirib o’tilgan fikrlar va nuqtai nazarlar bilan tanishib o’tamiz. Adabiyotlarda bu borada
turli xil qarashlar mavjud.
Mazmuni, mohiyati yoki ma’lum bir mavjud ichki-tashqi strukturaga ta’sir etish
alomatlariga ko’ra innovatsiyani quyidagicha turkumlash mumkin:
-
Texnik innovatsiya
-
Iqtisodiy innovatsiya
-
Tashkiliy innovatsiya
-
Boshqaruv innovatsiyasi va hokazo.
Innovatsiyani ilmiy izlanishlarda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarda xalqaro
standartlarga asosan qo’llanilishi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy strukturaning to’g’ri
tashkil etilganligidan dalolat beradi. Xalqaro strandartlarga asosan innovatsiya orqali, umumun
inovatsion faoliyat orqali qo’lga kiritilgan yangi bir turdagi mahsulotni, xizmatni yoki ularni
takomillashtirilgan ko’rinishda bozorga kiritilishi, shu bilan birgalikda yangi yoki
mukammallashtirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga tadbiq etilishi bu ijtimoyi xizmatlarga
bo’lgan yangicha yondashuvni shakillantirib beradi. Shu asosida innovatsiya, innovatsion
faoliyatning yorqin natijasi sifatida e’tirof etiladi. Agar o’z o’rnida turli xil mulohozalar asosida
fikr bildiradigan bo’lsak, “Innovatsiya”ning spetsifik xususiyati sifatida uning
“o’zgaruvchanligini” ya’ni davr talabiga monand o’zgaruvchan qobiliyatga egaligini, innovatsion
faoliyatning bosh vazifasi sifatida “o’zgaruvachanlik” funksiyasini qayd etish mumkin. Bu
borada Avstriyalik mashhur olim I.Shumpeter o’zgaruvchanlikni 5 turga bo’lib o’rgangan:
3
-
Ishlab chiqarishga yangi texnologik jarayonlar hamda yangi texnika va texnologiyalar
asosida o’zgartirish kiritish;
-
Mahsulotlarni takomillashgan ko’rinishda amaliyotga tadbiq etish;
-
Xom-ashyo bazasiga o’zgartirish kiritish;
3
Сантойлайнен Т.,Боулайнен Е. Управление по резултатам.М.: Прогресс. 2004 г. 123 стр.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
592
-
Tashkilotning ishlab chiqarish taktikasiga va moddiy-texnik ta’minotiga o’zgartirish
kiritish.
-
Bozor ko’lamini kengaytirish.
Bir qator manbalarda innovatsiya bir jarayon sifatida ko’rib chiqilgan va tan olinganki,
“yangiliklar” vaqt o’tgan sari rivojlanib boradi. Va bu rivojlanishni innovatsiyaning dinamik va
statik aspektlarga monand xususiyatlanishi sifatida ko’rib o’tilgan. Ma’lumki innovatsion
jarayonning bir bosqichdan keyingi bir bosqichiga o’tishda vaqt resursi, energiya resursi, pul
resursi va boshqa zaruriy resurslarga bo’lgan harajatlar talab etiladi. Bozor sharoitining iqtisodiy
munosabatlar tizimida talab va taklif omili, tovar oldi-sotti jarayoni va ularga bo’lgan narxning
proportsional yoki noproportsional tarzida mavjudlilik omili innovatsion faoliyatning
kompanentlari sifatida qayd etiladi. Shu o’rinda innovatsion faoliyat tarkibini ko’rib chiqadigan
bo’lsak, umuman bu faoliyatning strukturaviy asosini yangiliklar bozori, kapital bozori va sof
raqobat bozori tashkil etadi (1-rasm).
Rasm 1. - Innovatsion faoliyat sxemasi
4
Innovatsiya zamirida keng qamrovda oqilona yangiliklardan foydalanish tushuniladi (xoh
u yangi texnologiyalar ko’rinishida bo’lsin, xoh xizmat yoki mahsulot ko’rinishida, xoh tashkiliy-
texnik va ijtimoyi-iqtisodiy yechimlarni o’zida qamrab olgan moliyaviy, tijoriy, ma’muriy
xarakterdagi omil ko’rinishida bo’lsin). G’oyalarni vujudga kelish, ularni shakillanish va
amaliyotda tadbiq etilishigacha bo’lgan davrini innovatsiyaning hayoti sikl deb atash mumkin.
Innovatsiyaning hayotiy siklini innovatsion jarayonlar tashkil etadi. “Innovatsiya” va
“innovatsion jarayon” atamalari bir biriga juda yaqin lekin bir xil tushunchalar emas. Innovatsion
jarayon deganda yangiliklarni shakllantirish, o’zlashtirish va targ’ib etishni tushunish mumkin.
Innovatsiya tashkilotchilari (novatorlar) asoslangan kriteriyalarga binoan ish yuritadilarki,
ijobiy natijalar sifatida iqtisodiy samaradorlik yaqqol namoyon bo’ladi. Ularning strategiyasi,
asosan sof raqobat muhitida aniq bir jabhada yangilik yaratgan holda raqobatchilardan o’tib
4
Сантойлайнен Т.,Боулайнен Е. Управление по резултатам.М.: Прогресс. 2004 г. 123 стр.
Yangiliklar
b
ozori
INNOVATSION
INFRATUZILMA
S
of
raqobat
bozori
Kapital
bozori
(
innvest
i
tsiya
)
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
593
ketishga qaratilgan. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va yangiliklar, ilmiy ishlab chiqarish siklning
oraliq natijasi ko’rinishida namoyon bo’ladi va amaliy qabul qilish mobaynida so’nggi natija
sifatida ilmiy-texnik innovatsiyani o’zida akslantiradi. Ilmiy-texnik ishlab chiqilmalar va
kashfiyotlar, amaliyotda qo’llanishi nazarda tutilagan ilmlarga ilova bo’lib xizmat qiladi, ilmiy-
texnik innovatsiya esa (ITI) bu ite’molchilarning aniq bir talabini qondirish uchun ishlab chiqarish
jarayoniga kiritilgan yangi g’oya-bilimlarga, kashfiyotlarga moddiy tus berishdir.
Ummuman olganda inovatsiyalar quydagicha tasniflanadi:
Innovatsiyalar texnologik parametrlarga bog’liq holda:
-
mahsulotli innovatsiyalarga (ya’ni bu inovatsiyalar, yangi xom ashyolarni, yangi yarim
tayyor mahsulotlarni va printsipial jihatdan yangi mahsulotlarni qabul qilishni o’zida
mujassamlashtiradi),
-
jarayonli innovatsiyalarga (ya’ni bu tur innovatsiyaning mohiyati shuki, u ishlab chiqarish
jarayoniga yangi usullarni va texnologiyalarni tadbiq etishni nazarda tutadi. O’z o’rnida jarayonli
innovatsiya tashkilotning yangi tashkiliy strukturasini tashkil etishga bevosita ishtirok etishi
mumkin) bo’linadi; - yangiliklarning turi buyicha innovatsiyalar:
-
jahon yangiliklarga (ya’ni jahonda mavjud tarmoqlarda sodir
bo’layotgan yangiliklar),
-
mamalakat yangiliklari (ya’ni mamlakat tassarufidagi tarmoqlarda yuz berayotgan
o’zgarishlar va yangiliklar);
-
tizimda joylashuv o’rniga ko’ra (tashkilotlarda, firmalarda).
Tashkilotlarga kirishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda xom – ashyolarga, materiallarga,
ma’lumotlar va mashina uskunalarga bo’lgan tanlovda o’zgarishlarni tushunish mumkin.
Tashkilotlardan chiqishdagi innovatsiyalar, ya’ni bunda to’lov berilgan buyumlar,
xizmatlar, texnologiyalar va hokazolar tushuniladi. Tashkilotning tizimli strukturasidagi
innovatsiyalar, ya’ni boshqaruv, ishlab chiqarish va texnologik strukturadagi innovatsiyalar.
O’zgarishlar qay darajada ekanligiga ko’ra innovatsiyalarni quydagilarga bo’lish mumkin:
radikal, modifikatsion (xususuiy), yaxshilanib boruvchi innovatsiyalar. Tashkilotlarning faoliyat
chegarasini hisobga olgan holda innovatsiyalarnig tasniflanishi: texnologik, ishlab chiqarish,
iqtisodiy, savdo innovatsiyasi, ijtimoiy, boshqaruv sohasidagi innovatsiyalar. Ana shunday bir-
biri bilan uzviy bog’langan chora tadbirlar ayni vaqtda jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar
tez chiqish va uning oqibatlarini yengillashtirishga, iqtisodiyotni modernizatsiyalash modelining
samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.
REFERENCES
1.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF UZBEK PEDAGOGY IN DEVELOPING THE
SPIRITUALITY OF FUTURE TEACHERS. Modern Science and Research, 3(5), 386-
392.
2.
Alimova, S. (2024). THE MAJOR FACTORS INFLUENCING ON CAREER
DEVELOPMENT AND ON ADVANCE OF A CAREER LADDER. Modern Science
and Research, 3(5), 417-425.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
594
3.
Alimova, S. (2024). THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN THE
PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 385-
390.
4.
Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712-717.
5.
Alimova, S. O. FEATURES OF THE STRATEGIC MANAGEMENT SYSTEM OF
INDUSTRIAL ENTERPRISES.
6.
Shadiyev, A. K. (2023). FUNCTIONS, METHODS, MANAGEMENT DECISIONS
AND SOCIAL FACTORS OF EDUCATIONAL MANAGEMENT. American Journal
of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 87-93.
7.
Шадиев, А. Х. (2020). Факторы, влияющие на развитие экотуризма. Достижения
науки и образования, (5 (59)), 31-32.
8.
Shadiyev, A. (2022). O ‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING
INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz), 13(13).
9.
Davronov, I. O., & Shadiyev, A. K. (2020). The cost-effectiveness of improving the
quality of hotel services. Academy, (4), 40-42.
10.
Khalilov, B. B. (2024). ROLE OF INTERNAL AUDITING IN INTERNATIONAL
COMPANIES. Gospodarka i Innowacje., 47, 413-419.
11.
Bahromjon, X., & Nargiza, N. (2023). THE PROCEDURE FOR DRAWING UP
FINANCIAL STATEMENTS IN JOINT-STOCK COMPANIES ON THE BASIS OF
INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS. Modern Science and
Research, 2(10), 805-811.
12.
Bahodirovich, K. B. (2024). RISK-BASED FINANCIAL INSTRUMENTS: THEORIES
AND CONCEPTS. Gospodarka i Innowacje., 46, 373-378.
13.
Supiyevna,
B.
M.
(2024).
DISTINCTIVE
FEATURES
OF
PERSONAL
MANAGEMENT IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Gospodarka i
Innowacje., 47, 134-139.
14.
Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ.
САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.
15.
Бобоев, А. Ч., & Базарова, М. С. (2019). Хорижий инвестицияларнинг
жозибадорлигини ошириш. Интернаука, (22-3), 88-90.
16.
Supiyevna, B. M. (2022). Innovatsion iqtisodiyotda inson kapitalini boshqarish tizimini
takomillashtirish.
17.
Bazarova, M. S., & Shahboz, K. (2022). Ways to increase the efficiency of available
tourist facilities in Uzbekistan. Scientific approach to the modern education system,
1(10), 16-18.
18.
Bazarova, M. (2024). DISTINCTIVE FEATURES OF PERSONAL MANAGEMENT
IN THE ACTIVITIES OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research,
3(1), 563-567.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
595
19.
Жумаева, З. К. (2023). ПУТИ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ
РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА. Gospodarka i Innowacje., 42, 530-533.
20.
Jumayeva, Z. (2024). DEVELOPMENT OF CREATIVE INDUSTRIES AS A FACTOR
OF GROWTH OF NATIONAL ECONOMY: REVIEW OF FOREIGN EXPERIENCE
AND PROSPECTS FOR THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Modern Science and
Research, 3(2), 241-246.
21.
Jumayeva, Z. Q. (2017). THEORIES OF ENSURE STABILITY IN LABOUR
MARKETS OF DEVELOPED COUNTRIES. Инновационное развитие, (4), 64-66.
22.
Nafisa, R. (2024). Organization of Management in Small Business and Private
Entrepreneurship. Miasto Przyszłości, 48, 503-509.
23.
Junaydulloevich, A. A., Bakhriddinovna, A. N., & Olimovna, R. N. Business and Product
Delivery in the Context of Covid-19. JournalNX, 1305-1307.
24.
қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ
ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ
ЎРНИ.
"
Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал, 6(14).
25.
Таирова, М. М., Аминова, Н. Б., & Рахманкулова, Н. О. (2020). Стратегия развития
управления цепями поставок в обрабатывающей промышленности. International
scientific review, (LXXI), 56-58.
26.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARINING O
‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA AFZALLIKLARI.
27.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO'RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.
28.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). ZAMONAVIY MENEJMENT VA UNING USULLARINI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY YONDASHUVLARI.
29.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARI
FAOLIYATLARINING
SAMARADORLIGINI
OSHIRISHNING
TASHKILIY
MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 46, 608-615.
30.
Ikromov, E. (2024). A METHODICAL APPROACH TO EVALUATING THE
EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES. Modern Science and Research, 3(5), 180-
188.
31.
Ikromov, E. (2024). THE IMPORTANCE OF ETHICS AND CULTURE IN THE
INTRODUCTION OF MODERN METHODS OF MANAGEMENT. Modern Science
and Research, 3(5), 171-179.
32.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). MENEJMENTNING ZAMONAVIY USLUBLARINI
JORIY ETISHDA ETIKA VA MADANIYATNING AHAMIYATI.
33.
Ibodulloyevich, I. E. (2024). XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUV.
34.
Zamira, J. (2024). ENSURING ECONOMIC SECURITY IN THE BANKING SECTOR.
Gospodarka i Innowacje., 47, 343-348.
35.
Jumayeva,
Z.
(2024).
IQTISODIYOT
RIVOJIDA
INNOVATSIYANING
AHAMIYATI. Modern Science and Research, 3(5), 504-511.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
596
36.
Jumayeva, Z. (2024). MOLIYAVIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
ORQALI MILLIY IQTISODIYOT BARQARORLIGINI TAʼMINLASHNING
USTUVOR YO ‘NALISHLARI. Modern Science and Research, 3(5), 512-518.
37.
Bustonovna, D. Z. (2024). CREATIVE THINKING AND ITS APPLICATION IN
ECONOMICS. [Data set]. Zenodo.
38.
To’rayevna, S. N. (2024). KORXONANING MOLIYAVIY BAQARORLIGI:
OMILLARI VA KO ‘RSATKICHALARI. Gospodarka i Innowacje., 47, 140-146.
39.
To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN
FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje., 42,
399-408.
40.
To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI
MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-
394.
41.
Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559-568.
42.
Sodiqova, N. (2024). TECHNOLOGY DISCOURSE AND THE POLITICAL
ECONOMY OF NEW MEDIA. Modern Science and Research, 3(2), 376-384.
43.
Akbarovna, N. N. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT SOHALARDA VA ELEKTRON
TIJORAT RIVOJLANISHIDA MAMLAKATNING IQTISODIY SALOHIYATI.
44.
Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT SOLIQ QO ‘MITASINING AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI
RAQAMLASHTIRISH
STRATEGIYASI.
45.
Naimova, N. (2024). STRATEGY OF MARKETING RESEARCH. Modern Science and
Research, 3(5), 306-312.
46.
Akbarovna, N. N. (2024). DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI–MA’MURIY
HUQUQ OBYEKTI SIFATIDA. Gospodarka i Innowacje., 47, 371-377.
47.
Hakimovich, T. M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI.
48.
Toshov, M. (2024). MODERN MANAGEMENT AND DIGITALIZATION. Modern
Science and Research, 3(5), 728-734.
49.
Hakimovich, T. M. (2024). THE SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS
AS A TOOL IMPROVEMENTS MANAGEMENT OF THE ORGANIZATION.
Gospodarka i Innowacje., 47, 353-358.
50.
Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and
Research, 2(12), 470-476.
51.
Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern
Science and Research, 2(12), 499-505.
52.
Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE)
BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477-482.
53.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion faoliyatning ahamiyati.
54.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini tavsiflovchi
omillar. Gospodarka i Innowacje., 46, 620-627.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
597
55.
Mahmudovna, G. G. (2024). Competitive strategies, the importance of using innovation
in their implementation. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya jurnali| journal of
economy and modern technology, 3(5), 8-14.
56.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Raqobat strategiyalari, ularni amalga oshirishda
innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati. Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya
jurnali| journal of economy and modern technology, 3(5), 15-21.
