ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
151
MILLIY CHOLG’ULARIDA NOLA VA QOCHIRIMLARDAN FOYDALANISH
Alimova Diyora
Andijon davlat pedagogika instituti musiqiy ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
dalimova708@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13921239
Annotatsiya. O‘zbek mumtoz musiqa ijrochiligi musiqiy asarni o‘z marosimaga yetkazib
ijro etishda o‘ziga xos musiqiy bezaklar mavjud. Ushbu maqolada musiqa madaniyati va milliy
cholg’u ijrochiligida ijro uslublari, musiqiy asar mazmuni hamda yo‘nalishiga mos musiqiy
bezaklar, qochirimlar, ulardan foydalanish yo‘llari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Qochirim, nota, maqom, cholg’u, rez, milliy yo‘nalish, forshlag, grift.
THE USE OF NOLA AND KOCHIRIM IN NATIONAL INSTRUMENTS
Abstract. Uzbek classical music performers have their own musical decorations when
performing a musical piece for their ceremony. Three articles provide information on music
culture and performance styles of national musical instruments, the content of a musical piece,
and musical decorations, rhymes, and then download methods.
Key words: Kochirim, note, status, musical instrument, rez, national direction, forshlag,
grift.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОЛЫ И КОЧИРИМА В НАЦИОНАЛЬНЫХ
ИНСТРУМЕНТАХ.
Аннотация. Узбекские исполнители классической музыки имеют свои музыкальные
оформления при исполнении музыкального произведения на церемонии. В данной статье
представлены сведения о музыкальной культуре и стилях исполнения национальных
музыкальных инструментов, содержании музыкального произведения, музыкальных
орнаментах, струнах и способах их использования.
Ключевые слова: Кочирим, нота, статус, инструмент, рез, национальное
направление, форшлаг, афера.
Mustaqilligimizning 31 yilli davri mobaynida mamlakatimizda ko ‘p sohalar qatori musiqa
san’atida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar so‘ngi olti yillikda ham
davom etib kelmoqda. Buning samarasi o‘laroq, musiqa san’atini keng ko‘lamda rivojlantirish
zarur shart-sharoitlar yaratildi. Yosh avlodga milliy va jahon musiqalari asosida ta’lim-tarbiyab
berish yo ‘lida muhum ishlar amalga oshirildi. Xususan, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
152
Mirziyoyev tomonidan “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora tadbirlar to‘g’risida”gi qarori imzolandi .
1
O‘zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish milliy musiqiy cholg’ularimiz o‘zining
betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro
imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o‘rin tutgan.
Musiqa madaniyati inson ma’naviyati, tafakkuri va ruhiyatiga katta tasir ko‘rsatib, uning
ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatini o’zgartira olish xususiyatiga ega. Musiqa inson
madaniyatida va ijtimoiy hayotda o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, u dam olish va ko‘ngil ochish
paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, mehnat jarayonlarida
muayyan vazifani bajaradi. Musiqa asarlari o‘z mazmuniga muvofiq holda bir necha uslub, tur va
janr guruhlariga ajratiladi. Musiqa asarlari xalq tomonidan asrlar davomida shakillanib,
sayqallanib keladi. Musiqa cholg’ular azal-azaldan o‘zbek xalqimizning ma’naviy hayotida
muhum ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Ular
hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakillanishida o’ziga xos hususiyatlariga ega.
Ayniqsa, cholg’u ijrochiligi san’ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik
vosita sifatida shakillanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotida ham katta
qiziqish uyg’otib kelmoqda. Uning barcha o‘ziga hos hususiyatlari va qirralarini o’rganish esa
cholg’u ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi.
Musiqa cholg’ularida ma’lum bir kuyni ijro etish ijrochida, avvalo, istedod qiziqish
bo‘lishini talab qiladi. Musiqiy cholg’u asboblarida ijro etish ko‘nikma va malakalari aslida
birdaniga shakillanmaydi, aksincha ushbu me’zonlarni mohirona egallash uchun ko‘p yillik
tinimsiz izlanishlar, ustoz cholg’uchilar ijro usullarini ko‘p eshitish, o‘zining ijrochilik
qobiliyatini, iste’dodini oshirish har bir vaqtdan unumli foydalanish va ijrochilik mahoratini
rivojlantirish orqali erishiladi
2
Cholg’ular musiqasi hamda ijrochiligi azal-azaldan bir birini to‘ldirib, rivojlanishga va
takomillashishiga zamin yaralib kelgan. Ijrochilik me’zoning rivoji cholg’ular ko‘lamini
kengaytirish, imkoniyatlarini oshirish uchun hizmat qilgan. O‘zbek an’anaviy cholg’ularining
tarixiy shakillanishi ham bir qator xalq milliy an’analari negizida qaror topgan. Kasbiy musiqaning
ijodiyoti va rivoji aynan cholg’ular bilan chambarchas bog’liqligini qayd etib o’tish lozimdir.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora
tadbirlari to ‘g’risidagi PQ-112 sonli qarori
2
A.Yuldashev, V.Boboyev. Cholg’uchi-sozanda talabalarni o‘zbek xalq kuylari va bastakor-kompozitorlar ijodidan
namunalar ijro qilishda ijodiy yondashuvchanlikni o‘rganish Mart 2022 yil
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
153
Mumtoz ijodiyot cholg’ularining mukammallik hususiyatlarini namoyish etibgina qolmay,
ularning rivojiga ham o’z ta’sirini ko‘rsatib kelgan. Shu bois, cholg’ular va cholg’u musiqasi
an’analari o‘zining shakillanish davri, ya’ni qadim zamonlardan xalq musiqa madaniyatining
asosiy omillaridan biri sifatida muhum ahamiyat kasb etib kelgan. O‘zbek xalq cholg’ularida
ijrochilikning madaniyatning o‘sishi, jahon kalssik bastakorlari asarlarining o‘zlashtirilishi,
O‘zbekiston bastakorlarining xalq cholg’ulari uchun maxsus asarlar yaratishdagi faol ijodiy
faoliyati o’zbek xalq cholg’ularidaijrochilik san’atini yanada yuksalishi uchun muhim zamin
bo‘ldi. Shu bilan birga yuqori malakali pedagogik va ijrochi kadrlarni puhta va mukammal qilib
tayyorlash masalasini ham kun tartibiga qo ‘ydi.
3
O‘zbek xalq kuylari, bastakorlar asarlari va kompozitorlarning milliy ruhda yozilgan
asarlari talqinida notamatnida nola, qochirim singari bezaklar ham ishlatiladi. Musiqiy bezaklari-
o‘zbek ananaviy musiqa ijrochiligida ohang ifodaviyligini boyitish maqsadida keng
qo’llaniladigon vositalar hisoblanadi. O‘rta asr Sharq musiqasiga oid risolalarda musiqiy
bezaklarga oid ma’lumotlar berilgan. Mahmud ash-Sheroziy o‘zining “Durratut toj” qomusiy
asarining musiqa ilmiga bag’ishlangan “Dar ilmi musiqiy” qismida tovushlarning paydo bo‘lishi,
milliy sozlarda ijro etish uslublari borasida fikr yuritish, sozandalar kunlari bezaklar bilan boyitishi
lozimligini ta’kidlab o‘tgan. Har bir musiqa asari, birinchi navbatda kishiga ruhiy yengillik bahsh
etib vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi dunyoga ijobiy estetik munosabatda
bo’lishini shakillantiradi, uchinchi tomondan esa tarbiyaviy tasir vazifasini ham bajaradi. Musiqa
asarlarining kishi ruhiyatiga tasiri haqidagi fikrlarni qadim asrlarda yashab o’tgan olimning
asarlarida ham uchratishimiz mumkun. Masalan, Aharqning buyuk mutaffakirlari o‘zlarining
musiqaga doir risolalarida musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri, turli his tuyg’ular uyg’ota olish
hususiyatlarini batafsil tahlil qilishib, jumladan, maqom va ularning sho‘balari kishiga shijoat va
jasorat bag’ishlaydi deb uqtirib olishgan. Navo yoki Ushoq jozibador va ohangdor maqom yo‘llari
deb hisoblansa, Rost yoki Iroq nozik va yoqimli maqom yo‘llari bo‘lib, kishiga huzur
hushchaqchaq kayfiyat bag’ishlaydi. Buzruk yoki Segoh va ularning sho‘balari ulug’vorlik,
g’amxo‘rlik, quvonch va qayg’u kayfiyatini qo‘zg’aydi.
“Dilxiroj” cholg’u kuyini tinglaganda kishida ko‘tarinki holat vujudga kelsa, “Cho‘li iroq”
kuyida ruhan mozidan sado eshitilgandek bo‘ladi. Kishining tashqi dunyoga estetik munosabatini
shakillantirishdagi mumtoz musiqaning vazifasi insonning tasirchanlik kayfiyati bilan bevosita
bog’liqdir. Xalq yoki bastakor tomonidan yaratilgan har bir musiqa asari o‘z oldiga u yoki bu
darajadagi vazifani qo’yadi. Mumtoz musiqa ham o‘z mavqei, mohiyati, mazmuni, vazifasi va
3
A.Odilov “O‘zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” Toshkent 1995 yil 52-bet
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
154
ijrochilik hususiyatlari jihatidan ikki yirik guruhga ovoz va so‘z bilan bog’liq bo‘lgan aytim
yo’llari va cholg’u orqali ifoda etiluvchi cholg’u yo‘llariga bo‘linadi. Ya’ni (Aytim yo‘llari,
cholg’u yo‘llari) ga bo‘linadi.
Musiqiy bezaklar har xil melizm va qochishmalardan iborat bo‘ladi. “Melizmlar”, “trel”,
“forshlag”, “gruppetto”, deb nomlanadi va deyarli barcha xalqlar kuy va qo‘shiqlarda hamda
kompozitorlar ijodida juda keng qo‘llaniladi. Shashmaqom asarlari va mumtoz o‘zbek kuylarida
uchraydigon bezaklar melizmlar deb atalishi bilan birga “qochirim”, “nola” deb yuritiladi.
4
Har bir xalq musiqasidagi melizmlar o’ziga xos ko’rinishlarga egaligi bilan ahamiyatlidir.
Ulardan torli (tanbur, dutor, g’ijjak,sato) va puflama (nay, sunray, qo‘shnay) musiqa
cholg’ulari ijrochilida keng qo‘lllaniladi.
Melizm
(yunoncha melisma-qo‘shiq, kuy) ornamentika, musiqa bezaklari-vokal va
cholg’u musiqada muayyan shaklga ega( mas, trell, forshlag, grift, kashish va boshqalar) yoki
erkin tarzda ijro etiladigon (passaj, fioritura, qochirim, pola, mo‘lish) barcha ohang bezaklari,
kuyning asosiy pog’onalarini o‘zgartiradigon qo‘shimcha tovushlar. Milliy kuy ohangdorligini,
tasirchangligini oshiruvchi, ko’proq lirik mazmunini boyituvchi vositalar sifatida san’atiga keng
joriy etilmoqda. Milliy xalq musiqa ijodiyoti va ijrochiligi, xususan, badiiy xalq san’ati,
bastakorlik xamda kompozitorlik ijodiyotida uzoq, o‘tmishdan davom etib kelayotgan
an’analarning mahsulidir.
Musiqa janrlar ichida eng murakkabi, ammo inson qalbiga yetib bora oladigoni sozanda
tomonidan mohirlik bilan cholg’u sozida ijro etiladigoni kuy hisoblanadi. Sozanda ijro etayotgan
har bir kuy –ohang o’zining ma’lum bir mazmun mohiyatiga ega bo‘lib, u tinglovchiga tovush
orqali ta’sir etadi va badiiy obraz yaratadi. Kuyning yana bir o‘ziga hos hususiyati shundaki so’z
beoqibat qolganda kuy yordamida ko’ngilni eng hilvatli joylarini ham zabt etish imkoniyatiga
egadir. Kuy-ohang qo‘shiqlar ijrosi yoqimli bo‘lishi yoki biror musiqiy obrazni yanada boyitib
tinglovchilarga eshitirish uchun musiqada dinamik belgilar qo‘llaniladi.
Qochirimda bitta nota o‘rniga yonma-yon turgan notalardan foydalangan holda ijroni
boyitilsa, nolada esa nota matnidagi notani ijro etish davrida undan sirqalib pastroqqa yoki
yuqoriroqqa siljish harakati yuz beradi. Ayrim asarlarda milliy nota, qochirimlarni turli
qo‘shimcha belgilar bilan ifodalash amaliyoti ham uchraydi. Nota matnini milliy qochirimlar bilan
boyitilayotgan asar ruhini, mazmuniga mos nola qochirimlar ishlatilishi kerak. Bunday milliy
bezaklarni o’zlashtirishda talabalarning milliy kuylarni ko‘p eshitishi hamda o’qituvchining o‘z
4
V.Boboev “maxsus cholg’u” Qo‘qon 2020 27-bet
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
155
ushbu bezaklarni chalib ko‘rsatib berishi yordam beradi. Bu esa talabadan tinmay muntazam
ravishda mehnat qilish va o‘z ustida ishlashni talab qiladi.
Qochirim
- ijroda bir qator texnikaviy bezaklar bilan ifodalanib forshlag, mordent, trel kabi
sayqallar namunasida xarakterlanadi. Odatda bu bezaklar oddiy va murakkab turlarga bo’linadi.
Forshlag
-(oldindan urish) asosiy tovushni oldindan yarim yoki bir ton oralig’idagi tovush
yordamida yengil urib chalish.
Kashish
-yarim ton oralig’idagi yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga qarab chap qo‘l
barmoqlarining sirg’alish natijasida amalga oshiriladigon bezak. Musiqa san’ati ijrochiligida
mavjud bo‘lgan glissando uslubining o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Kashish amaliy-musiqiy amaliyotda o’tgan asrimizning 50-yillarida mohir sozandalar
tomonidan “tortish” amali deb ham yuritilgan. G’ijjak ijrochiligida kashish amaliy kuyning rivoji
zaminiga asoslangan. Ovoz hajmini quyidagicha tasavvur qilish mumkun va kashish uslubida ijro
etiladigon bezak nota ustiga yoziladi. Bezaklarning yozilishi va ijro etilishi quyidagicha:
-yarim ton oralig’ida bajariladi,
-bir ton oralig’idagi kashish,
-pastki tondan yuqoriga kashish.
Nola-
yarim ton doirasigacha bo’lgan ohangdosh tebranuvchi tovush. Musiqa ijrochiligida
keng qo‘llaniladigan vibrato kabi g’ijjak sozida pardani barmoq bosib muloyim va tez qimirlatish
yo’li bilan amalga oshiriladigan usul. Nota yozuvida oddiygina shakilda ifoda etiladi.
Rez
esa g’ijjakda kamonning eng uchki qismida o’ng qo‘lni tez va ravon harakati orqali
amalga oshiriladi. Asosan bunday ijro usulini sozanda o‘z tartibiga ko‘ra, kuyning, turli qismlarida
ishlatish mumkun, ba’zi hollarda esa kuyning dinamik, ya’ni eng yuqori nuqtalarida qo‘llaniladi.
Yakka zarb
- tovush chiqarish vositasining eng oddiy usuli bo‘lib, har ikki qo‘lning oddiy
harakati bilan bajariladi. Yakka zarb chang ijrochiligining asosiy mohiyatini xarakterlovchi
usuldir. Ijroda kuyning harakatini ifodalashda tovush kuchi, xarakter va harakati muhim omildir.
Shuning uchun yakka zarbni ma’noli ifodasiga erishishda cholg’u torlariga cho’pning
to‘g’ri aniq va ongli tarzda urulishi muhum ahamiyat kasb etadi.
Qo‘sh zarb
- changda cho’p bilan har ikki qo’lning bir vaqtdagi harakati asosida bir notani
chalish natijasida eerishiladigan zarb. Chang ijrochiligi amaliyotida qo‘sh zarb asosiy ikki
ko’rinishda talqin etiladi.
Birinchi qism: ikki cho‘p bilan bir paytda urib chalish,
Ikkinchi qism: har xil balandlikdagi ikki tovush simlarini bir paytda urib chalish oktava,
kvinta, kvarta deyiladi. Amaliyotda ko‘proq oktava oralig’idagi qo‘sh zarb ishlatiladi.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
156
Qo‘shimcha bezaklar
- g’ijjak ijrochiligida va zamonaviy jarayonda to‘lqinlashtirish,
kashish va nola kabi bezaklarning birlashgan holatlarida bir qator o‘ziga xos bezaklar qo‘llash
cholg’u ijrochiligida ko’p uchraydi. O‘ziga xos kichik turkumiy bu zamonaviy bezaklarga har bir
ijrochi ijodiy yondashsa, mukammal ijrochilik mahoratiga erishadi.
Bu musiqa bezaklari uzun yoki qisqa, asosiy yoki yordamchi tovushlar yordamida ijro
etiladi. Ular notaning ust yoki quyi qismlariga yoziladi va o‘qilishi orqali kuy ijro etiladi.
Musiqiy bezaklar asosan sozandaga musiqa tovushlarini o‘z o‘rnida to‘g’ri qo‘llashi va
notalarni tog’ri anglab yetishi uchun muhum ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytish mumkunki, yoshlarni musiqa ijrochiligi san’ati bo‘yicha tarbiyalashda
musiqaning ahamiyati kattadir. Bunda yoshlar o‘zbek xalq cholg’ularining turlari, tarixi, yasalishi,
cholg’ularning tuzilishi, qismlari, sozlanishi, diapazoni, o’ng va chap qo‘l harakati uyg’unligi, ijro
holati va qoidalari ijrochilik uslublari, shtrixlar turini o‘zlashtirish, ablikatura, pozitsiya, cholg’u
ijrochilari faoliyati, partitura bo‘yicha cholg’ular joylashuvi va cholg’ularni saqlashni
o‘zlashtiradi. Har bir sozanda yoshlar xalq cholg’ularining rang-barangligi his qilishda dastlabki
ijro malakalari, zarblari, temp, o‘lchov, ritm, dinamika, ijro mahoratini oshirish uchun gamma,
etyudlar, hamda kichik kuylar ijrosini egallashlari orqali o‘z bilim va ko’nikmalarini hosil
qiladilar. Bu esa o‘zbek xalq kuy qo‘shiqlari va jahon klassik asarlari me’roslarini yaxshi
anglashimizga yordam beradi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga
doir qo‘shimcha chora tadbirlari to ‘g’risidagi PQ-112 sonli qarori
2.
Yuldashev, V.Boboyev. Cholg’uchi-sozanda talabalarni o‘zbek xalq kuylari va bastakor-
kompozitorlar ijodidan namunalar ijro qilishda ijodiy yondashuvchanlikni o‘rganish Mart
2022 yil
3.
A.Odilov “O‘zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” Toshkent 1995 yil 52-bet
4.
.Boboev “maxsus cholg’u” Qo‘qon 2020 27-bet
5.
Djalilova, D. O. (2023). CHOLG'U ANSAMBLI VA MUSIQIY ASAR USTIDA
ISHLASH. SCHOLAR, 1(28), 277–287.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10026753
6.
Jabborov.S.Begmatov.M.Azamova “ O’zbek musiqa tarixi” Toshkent 2008 35-bet
