Noyabr, 2024-Yil
586
ESHQOBIL SHUKUR IJODIDA QO‘LLANGAN RAMZLAR VA ULARNING
TURLARI
Sadoqat Ergashova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
3-bosqich tayanch doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14230897
Annotatsiya.
Mazkur tezisda iste’dodli shoir Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan ramzlar
hamda ularning turlari haqida so‘z boradi. Maqola mavzusi ilmiy-nazariy fikrlar bilan asoslangan
holda misollar vositasida ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
ramz, ijodkor mahorati,
ramziylik, qush ramzi, musicha, qaldirg‘och.
Ramziy obrazlarning qamrovi keng, Eshqobil Shukur ijodida keng qo‘llangan turlaridan
biri qush simvolidir. Mazkur ramziy obrazning adabiyotga kirib kelishi xalq ogʻzaki ijodiga borib
taqaladi. Mifologik qush obrazining kelib chiqishi haqida folklorshunos olim Komil Imomov
shunday fikrlarini bayon etadi: “Avesto” kitobida bir qator asotir qushlar olov shaklida naql
etilgan. Shuningdek, talqinda har bir qushga mansub qoʻshqanotlar ham ilohiylashtirilgan.
Shundan boʻlsa kerak, majusiylar quyosh olovini orzu qilishgan va osmon olovidan
qoʻshqanot qushlargina olib kelishi mumkin, degan qat’iy fikrni ma’qullashgan. Ongsiz
mushohadaga idroksiz munosabat mifologiyada ilk bor olov keltirgan qush motivinining paydo
boʻlishiga olib kelgan
1
. Yana bir tadqiqotchi Zuhra Mamadaliyeva qushlar obraziga quyidagicha
ta’rif beradi: “Qushlar jahon xalqlari mifologiyasida katta ahamiyatga ega boʻlib, voqealar
jarayonida birdaniga paydo boʻluvchi, qahramonlarga yordam beruvchi va vaziyatni keskin
oʻzgartiruvchi unsur sifatida eʼtirof etiladi”
2
.
Misol uchun, qaldirgʻoch ramziy obraz sifatida mumtoz adabiyotdan tortib, to bugungi kun
zamonaviy adabiyotda ham keng doirada qoʻllanilib kelinmoqda. Eshqobil Shukurning “Norboy
aka marsiyasi”
3
she’rida qaldirg‘och xokisorlik ramzida qo‘llangan bo‘lib, umr bo‘yi azob
chekkan insonga ishora seziladi:
Ikki dilga ikki uya qo‘ygan qaldirg‘och,
Ko‘l-ko‘kaylar quridi, ko‘k tomirlar chiridi.
1
Имомов К.Ўзбек фольклорида Ҳумо қуши.//Ўзбек тили ва адабиёти.2011-йил, 5- сон, 21-бет
2
Mamadaliyeva Zuhra. Lison ut-tayr obrazlari: ramz va majoz olami. Toshkent.:Qaqnus Media 2014.- B.14
3
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 24.
Noyabr, 2024-Yil
587
Toshlar tegib bu dunyodan to‘ygan qaldirg‘och,
Qanotingda yozlar kuydi, qahratonlar qaridi…
… Ikki dilga ikki uya qo‘ygan qaldirg‘och,
Ko‘k bulutlar yo‘rgaklaydi faryodlaringni.
(Xazonlarning sho‘r suvidan to‘ygan qaldirg‘och,
Yig‘olmaysan tobut qisgan qanotlaringni.
Ikki dilga ikki uya qo‘ygan qaldirg‘och.
“Jimgina ishona boshlaysiz menga”
4
misrasi bilan boshlanuvchi she’rida esa lirik
qahramon “mayin yomg‘irlarga yoyib sochlarni” qaytajak qaldirg‘ochlarni kutadi. Bunda
qaldirg‘och umid timsoli bo‘lib gavdalanadi.
Xalqimiz tomonidan yana bir e’zozlanadigan qush musicha bo‘lib, u beg‘ubor inson
ramzida she’riyatda keng qo‘llanadi. Shoirning “Men va musicha”
5
she’ri fikrimiz isbotidir:
Manzar qirg‘og‘ida muncha qayg‘uli
Javdirab turarsan, singlim musicha.
Meni odam qildi dunyo dog‘uli,
Men ham musichaydim… Ko‘nglim musiqa…
Rаmz – insоn ruhiyаtining tili bо‘lib, u tаbiаt bilаn аnа shu tildа gаplаshа bоshlаgаn. Аynаn
аnа shu rаmzlаr tilidа miflаr, еrtаklаr vа dоstоnlаr yаrаtilgаn. Xаlq оg‘zаki ijоdi rаmzlаri muаyyаn
xаlqning ilk tаfаkkur tаrzi, tаsаvvurlаrini vа ijоdini аks еttirаdi. Jumlаdаn, turkiy xаlqlаr оg‘zаki
ijоdidа “Ulgеn – yоrug‘lik vа еzgulik. Еrlikxоn –zulmаt vа yоvuzlik, Mоmаqаldirоq – tаngrilаr
оvоzi, Yаshin – tаngrining о‘qi, Sеl – yоvuz ruhning оfаti, Tоg‘ – tilsimli qо‘rg‘оn, Suv, Tuprоq
– tiriklik, G‘оr – ruhlаr mаkоni, Оsmоn – еzgulik tаngrilаri, Yеr оsti – yоvuz ruhlаr mаkоnining
rаmzi, kоdlаshgаn ismlаri”
6
bо‘lgаn.
Xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan o‘yin turlarida ham ramziylik ustuvor. Masalan, potini
qo‘yish o‘yini. Eshqobil shukur ta’biri bilan aytganda “o‘yinga qo‘shilgan bolalarning hammasi
4
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 13.
5
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 203.
6
Эшонқулов Ж. Фольклор: образ ва талқин. – Қарши: Насаф, 1999. –Б. 67.
Noyabr, 2024-Yil
588
bir so‘z ham aytmay, og‘zini yumib o‘tirishlari shart. O‘yinning sharti jimlik va gunglik xuddi
turg‘unlik zamonidagiday…”.
Shoir ijodida mazkur o‘yin “Potini”
7
she’riga ko‘chgan va ramziylik mohiyati poetik
bo‘yoqlarda yanada ochiq akslangan:
Potini-ya, potini,
Bir chaqmoq yulib o‘ynar
Tilimning qanotini.
Jim. Jim.
Potini-ya, potini,
Xotiramdan o‘chirdim
Yuragimning otini.
Jim. Jim.
Potini-ya, potini,
Ruhim soqov, eldan chiqdim
Men yog‘iyga sotilib
Jim. Jim.
Potini-ya, potini,
Qo‘ynimda uxlayotir
Xiyonatning xotini
Jim. Jim.
Potini-ya, potini,
Tilimni tishlab turib
Chappa qo‘ydim otimni
Jim. Jim.
7
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 95.
Noyabr, 2024-Yil
589
Umuman olganda, xalq og‘zaki ijodiga xos ramzlarning yuzaga chiqishi xalqning yashash
tarzi, turmush-u o‘y-fikrlari bilan bog‘liq shunga ko‘ra ifodalangan ramzlar milliylikni o‘zida aks
ettiradi.
Eshqobil Shukur ijodida ko‘p uchraydigan ramzlardan yana biri guldir. Shoirning ko‘plab
she’rlarida namozshomgul ramzi uchrashi diqqatimizni tortdi. Bilamizki, namozshomgul quyosh
botgandan keyin shomda ochiladi rivoyatlarga ko‘ra, “Qadim zamonlarda bir oʻlkada qiz bilan
yigit boʻlgan ekan. Ular bir-birlariga koʻngil berib, vaʼdalashgan ekanlar. Ularning ana shunday
shodon kunlarida yurtiga yov bostirib kelibdi. Gʻoʻch yigitlar-u barcha erkaklar kurashga
otlanishibdi. Ammo, gʻalaba nasib qilmabdi. Omon qolganlar toqqa kochishibdi. Yov askarlari
goʻzal qizlarni oʻziniki qilib olishibdi. Ular orasida yigit vadalashgan qiz ham bor edi. Oylar
oʻtibdi. Yigit qoʻshin toʻplab, oʻz qishlogʻini yovdan ozod qilibdi. Lekin oʻz sevgilisini topa
olmabdi. Rosa izlabdi. Axiri yigit oʻt boʻlib, otash boʻlib, olovga aylanib, yer
yuzini aylanaveribdi, qizni uchrata olmabdi.
Shunda odamlarni yigitga rahmi kelib, “koʻz yoshi qilib, pastga tush, shunda rahmi
kelib, sevgiling senga oʻz jamolini koʻrsatar,-deyishibdi. Yigit boʻlsa hech kimning gapiga kirmay
yana olov boʻlib aylanishda davom etibdi, oxiri oshiq yigit olovli sharga aylanib, koʻkda qolib
ketibdi. Odamlar unga quyosh deb nom qoʻyishibdi.
Qiz esa oʻshandan beri oʻz yoriga yuzini koʻrsatishdan uyalib, nomozshomgulga aylanib
qolibdi. Shu-shu quyosh ufqqa bosh qoʻygach, nomozshom gul chiroy ochar ekan”
8
.
Shoir she’rlarida ushbu rivoyatga ishora bordek, nazarimizda. Masalan, “O, uyatchan
nomozshomgullar”
9
misralari bilan boshlanuvchi 5 bandlik she’rning har bandining birinchi
qatori “O, uyatchan nomozshomgullar” undalmasi bilan boshlangan. 1-bandda gulga “she’rning
dilbar singilchalari”, 3-bandda “Bibixonim qizi”, 4-bandda “go‘zallikning pok qizchalari” kabi
tashbexlar qo‘llangan.
Shoirning “O, meni yig‘latma…”
10
she’rida ham nomozshomgul qayg‘uli inson
(“qayg‘ulim” undalmasidan ham anglashimiz mumkin) ramzida qo‘llangan:
O, meni yig‘latma…
Yomon tushlar ko‘rib, nomozshomgulim,
meni yig‘latma.
8
https://gujum.uz/mutolaa/nomozshom-gul-va-quyosh-haqida-rivoyat/?imlo=l
9
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 17.
10
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 111.
Noyabr, 2024-Yil
590
Men poyi pataging bo‘lay, qayg‘ulim,
faqat yig‘latma…
Tabiat va inson munosabati g‘oyatda qadimiy bo‘lishi bilan bir qatorda abadiy jarayon
hamdir. Inson zoti yaratilibdiki, tabiat bag‘rida u bilan hamohang yashaydi. Tabiat- tiriklik nafasi,
bitmas-tuganmas go‘zallik va badiiy adabiyotning ilhom manbaidir. Shunga ko‘ra aytish
mumkinki, tabiat ramzlari badiiy asarlardan munosib joy egallagan. Bu ramziylik Eshqobil Shukur
ijodini ham chetlab o‘tmagan. Shoirning qator she’rlarida yil fasllari mukammal ramzlar sifatida
uchraydi.
“Suv ustida, suvlar ustida…”
11
deb boshlanuvchi she’rida “ishq fasli” Bahor va “hijron
fasli” hisoblanmish Kuz keltirib o‘tilgan:
…Tosh ustida, toshlar ustida
Ko‘nglim erir oy kabi ma’yus.
Ishq faslida, hijron faslida
Yig‘la, Bahor, mening ismim – Kuz…
Boshqa bir she’ri “Bobodehqon”
12
da ham fasllarning o‘ziga xosligi tasvirlab berilgan:
Ko‘pchigan tuoroqda qaqrar saraton,
Bahor tebratadi rangpar havoni.
Olti oy oldinda qashar qahraton,
Kuzgacha omon elt olti daryoni…
…Bahorga sarg‘ayib qarar saraton,
Yashil changlar sachrar yashil havoga.
Olti oy oldinda turgan qahraton
Kuzgacha qon berar olti daryoga…
11
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 18.
12
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 52.
Noyabr, 2024-Yil
591
Shoirning “Hamal ayvoni”dan o‘rin olgan “Qadimgi daftar yohud unutilgan ohanglar ohi”
turkumining “Fasllar haqida ibtidoiy bitik”
13
deb nomlangan 6-qismida har bitta fasl alohida
bandda o‘z xususiyatlari bilan gavdalanadi.
Birinchi band “qadrdon Qish” haqida:
Qoya etagida, g‘aroyib g‘orda
Qish meni mehmon qildi
Bir o‘choq olov bilan…
Ko‘zlarimga issiq ko‘rinib ketdi
Mening sovuq do‘stim, qadrdon Qishim.
Ikkinchi band “ma’yus singil Kuz” haqida:
Kuz oqshomi… Qoraygan to‘qay…
Uzoq-uzoq uvladi bo‘ri.
Tovushsiz pinjimga berkinar
Qo‘rqib ketgan ma’yus singlim Kuz.
Uchinchi band sevinch beruvchi qizaloqqa mengzalgan Bahor haqida:
Tongda meni uyg‘otdi qaldirg‘och,
So‘ng shaldirab kuldilar suvlar…
Derazamdan jilmayim qarar
Qizalog‘im, sevinchim Bahor.
To‘rtinchi band kuyunchak onaga qiyoslangan Yoz haqida:
Olma, anor, uzumga qo‘shib
Yuragimni pishirar oftob.
Dalalarga sochilib ketgan
Tiriklik deb atalgan kitob.
13
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 282.
Noyabr, 2024-Yil
592
Havotirli boqar qalbimga
Kuyunchagim, onajonim Yoz.
Guvohi bo‘lganimizdek, Eshqobil Shukur ijodida qo‘llangan ramzlar poetik vosita sifatida
aytilmoqchi bo‘lgan fikrni obrazli, hissiy-ekspressif ifodalash vazifasini bajarib kelgan. Ramzda
aniqlik orqali mavhumlik konkretlashadi. Buni anglash uchun o‘quvchidan bilim va badiiy did
talab etiladi.
REFERENCES
1.
Имомов К.Ўзбек фольклорида Ҳумо қуши.//Ўзбек тили ва адабиёти.2011-йил, 5- сон,
21-бет
2.
Mamadaliyeva Zuhra. Lison ut-tayr obrazlari: ramz va majoz olami. Toshkent.:Qaqnus
Media 2014.- B.14
3.
Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Т, Шарқ, 2002. –Б 203.
4.
Эшонқулов Ж. Фольклор: образ ва талқин. – Қарши: Насаф, 1999. –Б. 67.
5.
https://gujum.uz/mutolaa/nomozshom-gul-va-quyosh-haqida-rivoyat/?imlo=l
