Dekabr, 2024-Yil
726
ISHSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI
Toshpulatova Sayyoraxon Sirojiddin qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti “Sotsiologiya yo‘nalishi” talabasi.
sayyoratoshpolatova27@gmail.com
Nurqulov Bunyod
Ilmiy rahbari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14477585
Annotatsiya.
Ushbu maqolada diplomli va diplomsiz ishchilarning mehnat bozoridagi
o‘rni, ish topish imkoniyatlari va jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilinadi. Maqolada
mehnat bozoridagi talablar, oliy ta'limning roli va diplomsiz ishsizlarning kasbiy rivojlanish
imkoniyatlari masalalari ham muhokama qilingan. Shuningdek, ta'lim va malaka olishning
jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarga ta'siri, mehnat bozoridagi tengsizliklar va
diplomning ijtimoiy darajani belgilashdagi roli yoritildi.
Kalit so‘zlar
: Ijtimoiy – iqtisodiy, mehnat bozori, ta’lim, jamiyat, ishsizlik, iqtisodiy
inqirozlar, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt, investitsiya, xususiy sektor.
UNEMPLOYMENT PROBLEMS AND THEIR ORIGINSUNEMPLOYMENT
PROBLEMS AND THEIR ORIGINS.
Abstract.
This article analyzes the position of unemployed workers in the labor market,
their job opportunities, and their socio-economic status in society. The article also discusses labor
market requirements, the role of higher education, and professional development opportunities for
unemployed people without a degree. Also, the impact of education and qualification on social
and economic changes in the society, inequalities in the labor market and the role of the diploma
in determining the social level were highlighted.
Key words
: Socio-economic, labor market, education, society, unemployment, economic
crises, automation, artificial intelligence, investment, private sector.
ПРОБЛЕМЫ БЕЗРАБОТИЦЫ И ИХ ПРИЧИНЫ.
Аннотация.
В данной статье анализируется положение безработных на рынке
труда, их возможности трудоустройства, а также их социально-экономический статус
в обществе.
В статье также рассматриваются требования рынка труда, роль высшего
образования и возможности профессионального развития для безработных без высшего
образования. Также было подчеркнуто влияние образования и квалификации на социально-
Dekabr, 2024-Yil
727
экономические изменения в обществе, неравенство на рынке труда и роль диплома в
определении социального уровня.
Ключевые слова:
Социально-экономический, рынок труда, образование, общество,
безработица, экономические кризисы, автоматизация, искусственный интеллект,
инвестиции, частный сектор.
Rivojlanib borayotgan davrda yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham ko‘payib bormoqda.
Ishsizlik muammosi esa butun dunyo bo‘yicha global muammo sifatida ko‘rilmoqda.
Yurtimizda tadbirkorlikka, o‘z- o‘zini band qilish sohalariga katta e’tibor qaratilayotgan
bir davrda, ishsizlik hajmi ham kundan- kunga ortmoqda. Buni raqamlar nisbatida ham ko‘rishimiz
mumkin. 2024-yilda mehnat bozoriga 2mln 400ming aholi kirib kelgani, bu esa 2023- yildagi
ko‘rsatgichdan qariyb 2 barobarga oshgani aniqlandi. Agar biz bu muammolarga yechim
topmasak, kelib chiqish sabablarini o‘ranmasak bu raqamlar yildan – yilga ortib boradi xolos[1].
Bugungi kunda respublika bo’yicha 876 ming nafar ishga joylashishga muhtoj aholi mavjud (yil
bishida 1 ming 24 ming nafar bo’lgan)[2].
Jahon yoki mahalliy miqyosdagi iqtisodiy inqirozlar ko‘plab sohalarda ish o‘rinlarini
kamayishiga, ishsizlar sonini ko‘payishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari avtomatlashtirish va
sun’iy intellektning rivojlanishi tufayli, bazi ish o‘rinlari yo‘qolishi, yangi ish o‘rinlari esa
texnologik malakalarni talab qilmoqda.Yana bir asosiy sabablardan biri oliy ta'lim tizimi bilan
mehnat bozorining talablarining o‘rtasida o‘zaro moslik yo‘qligi ishsizlar muammolarining asosiy
sababi hisoblanadi. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan
yoshlar mehnat bozorida talab etilayotgan ko‘nikmalarni yetarli darajada olishmaydi. Ba'zan ta'lim
tizimi iqtisodiy va texnologik o‘zgarishlarga tezda moslasha olmaydi, bu esa mutaxassislar bilan
bo‘lgan talab va taklif orasidagi nomutanosiblikni keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari Ba'zan oliy ta'limni olishning o‘ziga xos muammolari ham mavjud.
Talabalar faqat nazariy bilimlar bilan ta'minlanadi, amaliy tajriba va ko‘nikmalarni olish
imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Yangi bitiruvchilar ko‘pincha o‘qigan sohalarida amaliy tajriba
va malaka olishda qiynaladi, bu esa ularning ish bozorida raqobatlashish imkoniyatlarini
kamaytiradi. Ba'zi sohalarda esa, oliy ta'limning darajasi bo‘yicha ish o‘rinlari mavjud
bo‘lmaganligi sababli, diplomli ishsizlar bu bo‘shliqni to‘ldira olmaydi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, Zamonaviy mehnat bozori tez o‘zgarib turadi va texnologik
inqiloblar ham yangi talablarni keltirib chiqaradi.
Dekabr, 2024-Yil
728
Yangi texnologiyalar, sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kabi jarayonlar ko‘plab
sohalarda ish o‘rinlarini qisqartirgan yoki yangi ko‘nikmalarni talab qilgan. Ishsizlar esa bu
o‘zgarishlarga moslashishda qiyinchiliklarga duch keladi, chunki ular ko‘p hollarda eski usullar
va bilimlarga tayanadilar. Masalan, informatika yoki raqamli marketing kabi sohalarda ishlash
uchun zamonaviy texnologiyalarni bilish zarur, lekin bu ko‘nikmalarni olish uchun ko‘plab
bitiruvchilar qo‘shimcha kurslar yoki o‘qishlar o‘tkazishlari zarur bo‘ladi.[3]
Bugungi kunda oliy ta'limni tamomlaganlarning soni ortib bormoqda, bu esa mehnat
bozoridagi raqobatni oshiradi. Ishchilar o‘rtasida ham raqobat kuchayadi va yuqori malakali ish
o‘rinlari uchun talab va taklif o‘rtasidagi tenglikni topish qiyinlashadi. Shuningdek, ko‘plab
kompaniyalar va tashkilotlar, agar imkoniyati bo‘lsa, kamroq tajribali, lekin yirik kompaniyalarda
ish tajribasiga ega bo‘lgan yoshlarni ishga olishni afzal ko‘rishadi. Bu esa yangi diplomli
mutaxassislarga qarshi raqobatni yanada kuchaytiradi. Ishsizlar ko‘pincha kam malakali
ishchilarga mo‘ljallangan ish o‘rinlari uchun raqobatlashadilar. Aholining yosh bo‘lishi va ta'limga
erishish imkoniyatlarining kengayishi tufayli, ba'zida diplomli ishchilar ham past malakali ish
o‘rinlarida ishlashga majbur bo‘lishadi. Bu raqobat ishsiz ishchilar uchun yanada qiyinlashtiradi,
chunki ular ko‘pincha malakali ish o‘rinlari uchun yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmaydi.
Xulosa
: I
s
hsizlik muammosi faqat ta'lim tizimi va iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishiga
emas, balki ijtimoiy va psixologik omillarga ham bog‘liqdir. Oliy ta'lim tizimi va mehnat
bozoridagi talablar o‘rtasidagi moslikni yaxshilash, yangi texnologiyalarni o‘rganish va amaliy
tajribaga e'tibor qaratish ushbu muammoni hal qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, ishsizlikka
qarshi kurashishda ta'limning sifatini oshirish, ishga joylashish uchun ko‘proq imkoniyatlar
yaratish va yoshlarni qayta malakalandirish dasturlarini amalga oshirish zarur ishsizlar muammosi
ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar bilan bog‘liq.
Ta'lim darajasi va malaka yetishmasligi, ish bozorida past malakali ishchilarga bo‘lgan
talabning kamayishi va raqamli ko‘nikmalarning etishmasligi — bu ishsizlikni kuchaytiradigan
asosiy faktorlardir. Muammoning hal qilinishi uchun, ishsizlarga kasbiy tayyorgarlik, malaka
oshirish, ijtimoiy yordamlar va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish zarur.
Mehnat bozorida ularning muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun yangi ta'lim dasturlari,
malaka oshirish kurslari va raqamli texnologiyalarni o‘rganish imkoniyatlari muhim ahamiyat
kasb etadi.
Dekabr, 2024-Yil
729
REFERENCES
1.
https://kun.uz/news/2021/10/30/ozbekistonda-ishsizlik-sabablari-maosh-kammi-
yoki-yaxshi-xodim?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021%2F10%2F30%2Fozbekistonda-
ishsizlik-sabablari-maosh-kammi-yoki-yaxshi-xodim
https://cyberleninka.ru/article/n/mamlakatimiz-mehnat-bozorida-ishsizlik-va-ish-
bilan-bandlik-holati-tahlili/viewer
4.
NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH
OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.
5.
Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF
POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. –
№. 3. – С. 426-431.
6.
Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI
//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.
7.
Нуркулов
Б.,
Равшанова
О.
JORJ
GERBERT
MIDNING
RAMZIY
INTERAKSIONIZM NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.
8.
Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA”
ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.
9.
Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т.
1. – №. 3. – С. 292-295.
10.
A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL
TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.
1.1. 1. – С. 63-66
11.
Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT
https://farspublishers.
org/index.
php/ijessh/article/view/1527
https://zenodo.
org/records/8003552#. – 2023.
12.
A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari
//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.
13.
Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.
SI-1.
Dekabr, 2024-Yil
730
14.
Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF
ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 5.
15.
Ilxomov,
Umrbek,
and
Parizod
Nasirdinova.
"IRVING
GOFFMANNING
DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.
16.
ILXOMOV,
Umrbek.
"SOTSIAL
MOBILLIK
YOSHLAR
INTELLEKTUAL
SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-
114.
17.
.Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM
MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA
YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational
sciences 3 (2024): 252-256.
18.
Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING
INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.
19.
Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic
research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262
