Authors

  • Guljahon Tursunpo’latova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58337

Keywords:

Badiiy san’atlar lafziy san’atlar ma’naviy san’atlar lafziy-ma’naviy san’atlar tardi aks tajnis izdivoj anafora epifora alliteratsiya takrir tashbeh tazod nido husni ta’lil tanosub.

Abstract

Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyidning “So’zmunchoq” she’riy to’plamidan o’rin olgan she’rlarning badiiy ifodasi va ularda qo’llanilgan badiiy san’atlarning qo’llanilishi tahlil qilingan. Adib she’rlarining janr-transformatsion jihatdan tahlili yetakchi o’rinni egallagan.

background image

1009

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATIDA BADIIY SAN’ATLARNING QO’LLANILISHI

Tursunpo’latova Guljahon

Termiz davlat universiteti

Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14543357

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyidning “So’zmunchoq” she’riy to’plamidan

o’rin olgan she’rlarning badiiy ifodasi va ularda qo’llanilgan badiiy san’atlarning qo’llanilishi

tahlil qilingan. Adib she’rlarining janr-transformatsion jihatdan tahlili yetakchi o’rinni

egallagan.

Kalit so’zlar:

Badiiy san’atlar, lafziy san’atlar, ma’naviy san’atlar, lafziy-ma’naviy

san’atlar, tardi aks, tajnis, izdivoj, anafora, epifora, alliteratsiya, takrir, tashbeh, tazod, nido,

husni ta’lil, tanosub.

THE USE OF ARTISTIC ARTS IN THE POETRY OF SIROJIDDIN SAYYID

Abstract.

This article analyzes the artistic expression of the poems from the poetry

collection "So'zmunchak" by Sirojiddin Sayyid and the use of artistic arts used in them. The genre-

transformational analysis of the writer's poems took the leading place.

Keywords:

Artistic arts, verbal arts, spiritual arts, verbal-spiritual arts, tardi aks, tajnis,

izdivoj, anaphora, epiphora, alliteration, takrir, tashbeh, tazod, nido, husni ta'lil, tanosub.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ИСКУССТВ В ПОЭЗИИ

СИРОДЖИДДИНА САЙИДА

Аннотация.

В статье анализируется художественная выразительность стихов из

поэтического сборника Сироджиддина Сайида «Созмунчак» и использование

использованных в них художественных приемов. Ведущее место занял анализ стихов Адиба

с точки зрения жанровой трансформации.

Ключевые слова:

Изобразительное искусство, словесное искусство, духовное

искусство, словесно-духовное искусство, тарди акс, тайнис, издивой, анафора, эпифора,

аллитерация, такрир, ташбе, тазад, восклицание, хусни талил, пропорция.

O’zbek she’riyati necha asrdirkim, badiiy san’atlar bilan jilolanib dunyoga keladi. Badiiy

san’atlar she’rlarga o’ziga xos jozibadorlik aks etadi. She’rshunos olim Atoulloh Husayniyning

“Badoyi us-sanoyi”, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asarlari badiiy san’atlarning

umumiy xususiyatlariga bag’ishlangan bo’lib, adabiyotshunoslik sohasida o’ziga xos qimmatli

manba bo’lib xizmat qiladi.

O’zbek she’riyatida alohida mavqega ega bo’lgan ijodkor Sirojiddin Sayyid she’riyatiga

nazar tashlasak, Vatan mavzusi yorqin tarzda ajralib turadi. Shoirning 2022-yil nashrdan chiqqan


background image

1010

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

“So’zmunchoq” she’riy to’plamidan o’rin olgan she’rlar o’z nomi bilan so’zlar munchoqdek ipga

tizilgan ko’zmoqchoqdir. Ushbu to’plamdan o’rin olgan she’rlar so’z o’yiniga xos chiroyli shaklga

solinib, badiiy san’atlar ajoyib tarzda qo’llangan.

Muallif o’zi bu to’plam haqida shunday yozadi: “Turli vaqtda, turli holat va kayfiyatda

ko’ngilga kelganu shu alfozda, ba’zilari badiha tarzida qoralab qo’yilgan, ayrimlari yoddan ham

chiqib ketgan, har xil daftar va daftarchalar, qog’oz va qog’oz bo’laklari aro parishon kunlarim va

tunlarim misol sochilib yotgan bu so’zmunchoqlarni bir joyga jamlab-chamalab qarasam, dardchil

va g’aroyib bir manzara hosil bo’ldi. Bundan, rosti gap, o’zim unchalik mamnunlik tuymadim.

Ko’nglim g’ash, ma’yus tortib, allanechuk, g’amgin bo’lib qoldim. …Xullas,

ko’zmunchoqlarim so’zmunchoqlarga aylandi. Maqtangulik joyim yo’q. Bularni men she’r deb

aytolmayman. Lekin yillarki, jism-u jonimda qadalib, madda boylab yotgan kipriklarni xuddi

tikonlarday, zirapchalar misol yurak-yuraklarimdan zirqiratib sug’urib olganlarim harqalay rost

bo’lsa kerak. Kam bo’lsa ko’p, ko’p bo’lsa kam o’rnida ko’rarsiz degan umidim bor”.

1

Ko’ringanidek, muallif bu to’plamdagi she’rlaridan biroz ko’ngli to’lmagandek go’yo.

Balki shoir tabiatiga xos kamtarinlikdir. Sirojiddin Sayyidning “So’zmunchoq”

to’plamidan o’rin olgan she’rlarda badiiy san’atlarning qo’llanilishini tahlil qilar ekanmiz, avvalo,

badiiy san’atlar haqida to’xtalish lozim. “Badiiy (she’riy) san’atlar sharq mumtoz adabiyotining,

shu jumladan o’zbek adabiyotining o’ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi,

jozibadorligi va ta’sirchanligini ifodalovchi tasvir vositasidir.”

2

Bu san’atlarning lafziy, ma’naviy,

lafziy-ma’naviy kabi navlarga bo’linishini e’tirof etish joizdir. “Ta’rixiy an’anaga ko’ra, badiiy

san’atlar quyidagi navlarga ajratib o’rganiladi: a)lafziy (so’zning tovush jihati bilan bog’liq)

san’atlari; b) ma’naviy (so’zning ma’nosi bilan bog’liq) san’atlar; v)lafziyu-ma’naviy (so’zning

ham tovushi, ham ma’no jihatlari bilan bog’liq) san’atlar”.

3

Sirojiddin Sayyid she’rlariga murojaat qiladigan bo’lsak, dastlab uning “Oq va qora”

she’ridagi badiiy san’atlarga e’tibor qaratamiz.

Ola mol qoramol ekan,

Qora mol ola mol ekan.

Tun bilan kun – ola-bula,

Ola ham qoramol ekan.

Shoirning ushbu she’rida 1-2-misralarida tardi aks san’ati qo’llangan, ya’ni

Ola mol qoramol ekan,

Qora mol ola mol ekan.

1

Sirojiddin Sayyid. So'zmunchoq. Toshkent.”Adabiyot”. 2022

2

T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent. “O’zbekiston”.2002.

3

T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent. “O’zbekiston”.2002.


background image

1011

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Tardi aks – “teskari qilib takrorlash” demakdir. 3-misrada tazod san’ati yorqin ifodalangan,

ya’ni -

Tun bilan kun – ola-bula.

Ushbu she’r shakl va mazmun jihatdan xuddi topishmoqqa

o’xshab qolgandek go’yo.

Mashhur shoir, maxmur shoir Mahmud Toir,

Do’st-u yorni ko’rayin deb ko’pam urinmas.

Parkentdagi quyosh yutgichlarday shoir,

Issig’iyu nuri kelar – o’zi ko’rinmas.

Shoirning Mahmud Toirga atalgan “Muqobil energiya” nomli ushbu she’ri ajoyib

o’xshatishlar bilan yo’g’rilgan. Sarlavhadan ayonki, Sirojiddin Sayyid Mahmud Toirni muqobil

energiyaga qiyoslamoqda, ya’ni Parkent tumanida joylashgan quyosh yutgichlarga o’xshatmoqda.

Shoir Mahmud Toirni do’st-u birodarlari bilan diydorlashish uchun harakat qilmasligini

muqobil energiya kabi issig’i va nuri kelib, o’zi ko’rinmasligiga qiyoslamoqda. Bu she’rda tashbeh

san’ati qo’llangan. Atoulloh Husayniyning “Badoyi us-sanoyi” asarida tashbeh haqida shunday

deyiladi: “Tashbih vasfta bir nimani bir nimag’a o’xshatmoqtin iborattur.Anikim, tashbih qilurlar

mushabbah

derlar va anikim, anga tashbih qilurlar

mushabbah bih

derlar va ul vasfni

vajh-i

shibh

derlar”.

4

Ushbu jumlalarda tashbeh san’atiga bir nimaning bir nimaga o’xshatilishi deya

ta’rif berilar ekan, o’xshatish mushabbah, o’xshatayotgan narsa mushabbah bih va

o’xshatilayotgan narsa yoki kimsa vajh-i shibh deyilishi nazarda tutilgan. Shundan yuqoridagi

to’rtlikka e’tibor qaratsak,

quyosh yutgichlar

o’xshatayotgan obyekt bo’lib mushabbah bih, shoir

Mahmud Toir o’xshatilayotgan subyekt bo’lib vajh-i shibhdir.

Qator mijgonlaring xatida surma,

Mana, surma senga, ko’zingga sur, ma.

Ko’zu qoshlaringga yondosh yashayin,

Meni mijgonlaring qatidan surma.

Shoirning “Surma” nomli ushbu she’rida tajnis san’ati qo’llangan bo’lib, 1-misradagi

surma so’zi “ko’zga suriladigan qora bo’yoq” ma’nosida qo’llanmoqda, 2-misrada esa “sur, ma”,

ya’ni “ma ol, ko’zingga sur” deyilmoqda, 4-misrada esa “surma” mijgonlaring qatoridan surma,

ya’ni yiroqlashtirma deyilmoqda. Bu to’rtlikda tajnis san’ati bilan birgalikda tanosub san’ati ham

qo’llangan, ya’ni mijgon, ko’z, qosh kabi. Tajnis san’ati o’z-o’zidan tuyuq janrini yuzaga keltiradi.

Atoulloh Husayniyning “Badoyi us-sanoyi” asarida tajnis haqida shunday deyiladi: “Ani jinos ham

derlar. Lug’atta biror narsa bila o’xshash bo’lmoqtur, jinos esa ham jins ma’nosindadur. Istilohta

– ikki yoki andin ortiq lafzning nav-u turlari bayon etilgan ko’rinishlardin birida bir-biriga

o’xshamog’idin iborattur”.

5

4

Atoulloh Husayniy. “Badoyi us-sanoyi”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1981.

5

Atoulloh Husayniy. “Badoyi us-sanoyi”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1981.


background image

1012

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Qaynatma qildi qalliq,

ichi liq-liq ilikdir,

Iliklaring iliqdir,

demak, iliq ilikdir.

Iliklaridan ichgil,

sevgi – iliq qiliqdir,

Muhabbat sharobi ham

ko’paysa – ichkilikdir.

Shoirning “Me'yor” nomli ushbu she'rida shaklga ko’proq e’tibor berilgan, ya’ni tardi aks,

izdivoj san’ati qo’llangan. 1-2-misralardagi

qalliq

va

liq-liq

so’zlarining, 3-misradagi

ilik – iliq

so’zlarining “juft bo’lib kelishi” izdivoj san’atini yuzaga keltirgan.

Iliklaring iliqdir,

demak, iliq ilikdir.

Ushbu misralardagi so’zlarning teskari takrorlanib kelishi tardi aks san’atini yuzaga

keltirgan. Sirojiddin Sayyidning “Qush va tush yoxud umr o’tishi” nomli she’rida ham xuddi shu

yuqorida nomlari qayd etilgan badiiy san’atlar qo’llanilgan.

-

E bobo, - dedim bobomga, -

nedir ayting qarqunoq?

- E bolam, - dedi bobom,-

umr o’tdi, kuch yo’q, karquloq.

Ushbu to’rtlikda 1-misradagi so’zlarning 3-misrada teskari qilib takrorlanishidan tardi aks

san’atini, 2-4-misralarda qo’llangan qarqunoq – karquloq so’zlari “juftlab olish”, ya’ni izdivoj

san’atini yuzaga keltirgan.

May qancha ko’pu

Boda agar qancha quyuqdir,

Bazm ahliyu suhbat bila

So’z shuncha suyuqdir.

Shoirning “Bazm” nomli ushbu she’rida 2-misradagi

quyuqdir

va 4-misradagi

suyuqdir

so’zlari bir-biriga zidlangan holda tazod san’atini yuzaga keltirgan. Sirojiddin Sayyidning ko’plab

to’rtliklari g’oyaviy-estetik hamda janr-transformatsion jihatdan mumtoz adabiyot durdonalariga

o’xshaydi. Yuqoridagi to’rtlikda may ko’p, boda qancha quyuq bo’lsa, bazm ishtirokchilarining

suhbati shuncha ko’p suyuq bo’lishi ta’kidlanmoqda.

Labingdan olmani olma,

Labingdan ol mani, olma,


background image

1013

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Labingdan olmani olmay,

Qilibsan lol mani, olma.

Shoirning “Olma” nomli ushbu she’rida anafora, tajnis san’atlari qo’llangan. 1-2-3-

misralar boshidagi

labingdan

so’zining takroriyligi anafora san’atini yuzaga keltirsa, misralar

o’rtasida qo’llangan “olmani”, “ol mani”, “olmani” so’zlari tajnisni yuzaga keltirgan. Bu she’rning

keyingi to’rtligini keltiradigan bo’lsak,

O’zing ham bir qizil olma,

Go’zal, ikki yuzing olma,

Mana senga qizil olma,

O’zing olma, o’zing ol, ma.

Ushbu to’rtlikning 1-2-misralarida tashbeh san’ati qo’llangan, ya’ni lirik qahramon –

oshiq, ma’shuqasining o’zini ham qizil olmaga, ikki yuzini ham olmaga mengzamoqda. Misralar

so’nggida

olma

so’zining takrorlanib kelishi esa epifora san’atini yuzaga keltirgan, ya’ni misralar

so’nggida so’z va iboralarning takrorlanib kelish san’ati.

Bulbulga bulbul gul berib: Bulbul, dedi,

Bulbul, dedi, bulbulga bul ul-buldedi.

Bulbulga bulbul “pul” dedi, “pul- pul” dedi,

Bulbulga bulbul pul berib “Bo’l-bo’l!” dedi.

Shoir qalamiga mansub “Bulbul bilan bulbul” nomli she’rida tovushlar ohangdorligi, bir

xil tovushlarning takrorlanishi kuzatilgan bo’lib, bu alliteratsiya san’atini yuzaga keltirgan.

Bor joming olib Jomboyga bor,

Bor, Jomiga borgil,

Jomboy bila Jom nomida bir jom bor,

Bor Jomiga borgil.

Jomboy bila Jom nomlari ham

jomi dilingni

To’ldirmasa, bor joming olib bor,

“Borjomi”ga borgil.

Shoirning “Jom va “Borjom” nomli she’rida ham alliteratsiya san’ati chiroyli tarzda

ifodalangan.

Qo’chqor bersin, sovliqni ham qo’shib bersin,

G’amga vaqtichog’likni ham qo’shib bersin.

Butun bersin Rizqni egam, ko’ngilni ham

Umr bersin, sog’liqni ham qo’shib bersin.


background image

1014

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Ushbu to’rtlikda 1,2,4-misralar oxiridagi

qo’shib bersin

so’zlari takrorlanib epifora

san’atini yuzaga keltirgan.

Har satringga dil o’tidan ol mayoq,

Ul mayoqni vaqt sendan olmayoq.

Sirojiddin Sayyidning “Yosh shoirga” nomli she’rida tajnis san’ati qo’llangan. Ushbu 2

misrada 1-misra so’nggidagi “ol mayoq” birikmasi “mayoqni olish” haqidagi buyruqni anglatsa,

2-misradagi “olmayoq” so’zi “olmay turib” ma’nosida keladi. Mazmundan “Vaqt sendan ul

mayoqni olmay turib, Har satringga dil o’tidan mayoq ol” deya buyruq ohangdagi jumlalarni

anglashimiz mumkin.

Avval yozib, keyin o’chir,

O’chirgach so’ng – yana ko’chir.

Yozganingni o’chirib yoz,

O’chirgach so’ng ko’chirib yoz.

So’zni jondan kechirib yoz,

O’z qoningni ichirib yoz.

Ushbu to’rtlikda 1-2-misralarda tazod san’ati qo’llangan, ya’ni

Avval yozib, keyin o’chir,

O’chirgach so’ng – yana ko’chir.

3-4-misralarda 3-misrada keltirilgan so’z birikmalarining 4-misrada o’rnini almashtirib

takrorlash tardi aks san’ati yuzaga kelgan.

Yozganingni o’chirib yoz,

O’chirgach so’ng ko’chirib yoz.

3,4,5,6 – misralar oxiridagi yoz so’zining takrorlanishi epifora san’atini yuzaga keltirgan.

Har dil, har savdo uchun

Kelgan boju Xirojman

Goh Siroj Sanduvochu,

Goh Siroj Simyog’ochman.

Shoirning “Siroj va Simyog’och” nomli she’rining 3,4- misralari boshida qo’llangan

Goh

Siroj

so’zlari anafora san’atini yuzaga keltirgan. Shoirning she’rlarida anafora san’atini ko’p

o’rinlarda ifodalanganligini kuzatamiz.

Bir qo’limda qalam

Bir qo’limda qog’oz –

Hazrati Boburning

Qilichi yo’q, xolos…


background image

1015

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

“Nazm janggohida” deb nomlangan ushbu she’rda ham anafora san’atining

qo’llanganligiga guvoh bo’lamiz, ya’ni

Bir qo’limda

birikmasining 1,2-misralar boshidagi

takroriyligi.

Sening moling ko’pdir,

senda qo’y ko’pdir,

Osh-u ma’rakang ko’p,

senda to’y ko’pdir.

Bir kitob ko’rmadim

qo’lingda hargiz,

Shundan mening g’amim,

menda o’y ko’pdir.

Shoir qalamiga mansub “To’qchilik va “yo’qchilik” she’rida misralar so’nggida

ko’pdir

so’zining takrorlanib kelishi epifora san’atini yuzaga keltirsa, 2-misradagi to’y va ma’raka so’zlari

zidlangan holda tazod san’atini ifodalamoqda. Shoir ushbu jumlalar bilan to’qchilikda yashab

qo’liga kitob olmaydigan kimsalardagi ma’naviy “yo’qchilik” haqida g’amga, o’yga botib

qayg’urishini ta’kidlamoqda.

Bir payola sariq choy-oy,

Ey oy, sochlaringni yoy.

Falak qilmish qoshlaringni yoy,

Ey oy, sochlaringni yoy.

O’tib ketar bahor yilu oy,

To’lin oyga to’lib oqar soy,

Ey oy, sochlaringni yoy.

“O’rtamizda” nomli ushbu she’rda nido, takrir, husni ta’lil san’atlari qo’llangan bo’lib, ey

oy deya 2,4 va oxirgi misralar boshida qo’llangan bu birikma nido san’atini yuzaga keltirsa, xuddi

shu misralarda bir xil so’z va birikmalarning takrorlanishi (

Ey oy, sochlaringni yoy

) takrir san’atini

hosil qilgan. Atoulloh Husayniyning “Badoyi us-sanoyi” asarida takrir haqida shunday deyiladi:

“Ani takror ham derlar va ul ma’noning takriri, ya’ni ani muqarraru muhaqqaq qilmoq

yanglig’ nukta uchun lafzni takrorlamaktin iborattur”.

6

Ey oy, sochlaringni yoy

misrasi husni ta’lil

(chiroyli dalillash) san’atining chiroyli ifodasidir. Atoulloh Husayniyning “Badoyi us-sanoyi”

asarida husni ta’lil haqida shunday deyiladi: “Husni ta’lil uldurkim, bir nimaning bir sifatin iqror

6

Atoulloh Husayniy. “Badoyi us-sanoyi”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1981.


background image

1016

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

qilurlar va ul sifatni isbot qilish uchun ul nimaning o’ziga munosib bir illatu sababni keltirurlarkim,

haqiqatta ul sabab bo’lmag’ay, lekin lutf e’tibori bila ani sabab qilg’an bo’lurlar”.

7

To’plamdagi she’rlar bilan tanishar ekanmiz, asosan, to’rtliklar ko’proq o’rinni tashkil

etgan. Shu bilan bir qatorda tuyuq janriga xos she’rlar ham to’plamdan joy olgan. She’rlar bir

qarashda sodda tuyulsada, o’zida chuqur ma’no kasb etadi hamda janr-transformatsion jihatdan

yetakchilik qiladi. Ushbu “So’zmunchoq” turkumidan joy olgan she’rlarni badiiy san’atlar

yuzasidan tahlil qilar ekanmiz, asosan, lafziy san’atlar (so’zning tovush jihati bilan bog’liq,

shaklga aloqador) ko’proq uchraydi. Lafziy san’atlarning tardi aks, tajnis, izdivoj, anafora, epifora,

alliteratsiya, takrir kabi turlari faol qo’llangan qo’llangan bo’lsa, ma’naviy san’atlardan tashbeh,

tazod, nido, husni ta’lil, tanosub singari navlarni qo’llanganiga guvoh bo’lamiz.

REFERENCES

1.

Atoulloh Husayniy. “Badoyi us-sanoyi”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti. 1981.

2.

T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent. “O’zbekiston”.2002

3.

Sirojiddin Sayyid. So'zmunchoq. Toshkent.”Adabiyot”. 2022

7

Atoulloh Husayniy. “Badoyi us-sanoyi”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti. 1981.

References

Atoulloh Husayniy. “Badoyi us-sanoyi”. Toshkent. G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1981.

T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent. “O’zbekiston”.2002

Sirojiddin Sayyid. So'zmunchoq. Toshkent.”Adabiyot”. 2022