ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
835
O‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA
O‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI
Mamadaliyev Sardorbek Abduraxmonovich
Oriental universiteti katta o‘qituvchi.
Yallaqayev Zokir Yusupovich
Oriental universiteti magistrant.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14565157
Аnnotatsiya. Maqolada O‘zbekistonga tashrif buyuradigan turistlar statistikasi haqidagi
ma’lumotlar, ekstrimal turizmni turlari va ularni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar,
o‘zgaruvchan turistlarni doimiy turistlarga aylantirishdagi o‘ziga xos yondashuvlar va boshqa
shu bilan bog‘liq ekstrimalni turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan masalar yoritib berilgan.
Tayanch so‘zlari: ekstrimal, turizm, turist, gid (gid-tarjimon) yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi,
mustaqil turizm, ekskursiya, tog‘ turizmi, o‘zgaruvchan turist, doimiy turist.
MEASURES TO DEVELOP EXTREME SPORTS TOURISM IN UZBEKISTAN AND
TURN TRANSIENT TOURISTS INTO REGULAR TOURISTS
Abstract. The article presents information on the statistics of tourists visiting Uzbekistan,
types of extreme tourism and measures aimed at their development, specifies approaches to
turning temporary tourists into permanent ones, and also highlights other related issues aimed at
developing extreme tourism.
Keywords: extreme, tourism, tourist, guide (guide-interpreter), guide-guide, independent
tourism, excursion, mountain tourism, variable tourist, permanent tourist.
МЕРЫ ПО РАЗВИТИЮ ЭКСТРЕМАЛЬНОГО СПОРТИВНОГО ТУРИЗМА В
УЗБЕКИСТАНЕ И ПРЕВРАЩЕНИЮ ВРЕМЕННЫХ ТУРИСТОВ В
ПОСТОЯННЫХ ТУРИСТОВ
Аннотация. B статье представлена информация о статистике посещения
Узбекистана туристами, видах экстремального туризма и мерах, направленных на их
развитие, конкретизированы подходы к превращению временных туристов в постоянных,
а также освещены другие сопутствующие вопросы, направленные на развитие
экстремального туризма.
Ключевые слова: экстрим, туризм, турист, гид (гид-переводчик), гид-гид,
самостоятельный туризм, экскурсия, горный туризм, переменный турист, постоянный
турист.
O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul
qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma‘qullangan turizm to‘g‘risidagi (turizm hujjatlari,
shakllari, turlari, turistik industriyadagi xizmatlarning turlari, turistlarning va gidlarning, gid-
tarjimonlarning, ekskursiya yetakchilarining va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarning malakasini
sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi) qonundan kelib chiqqan xolda ishning dolzarbligi tanlab olindi.
Ishning dolzarbligi.
O‘zbekistonga tashrif buyuradigan turistlar statistikasini sport
ekstrimal turizm turlariga jalb qilish orqali oshirishdagi o‘ziga xos yondashuvlarni ishlab chiqish
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
836
va O‘zbekistonga keladigan turistlar oqimini sport ekstrimal turizm turlaridan foydalangan holda
yana xam kengaytirish.
Ishning maqsadi.
O‘zbekistonda sport ekstrimal turizm bilan shug‘ullanishga sharoiti bor
tabiiy maskanlarni aniqlash va ushbu maskanlardan maqsadli foydalanish.
Ishning vazifasi.
O‘zbekistonga tashrif buyuradigan chet ellik o‘zgaruvchan turistlarni
sport ekstrimal turizm turlari orqali o‘zgarmas turistlarga aylantirish va O‘zbekistonning go‘zal
tabiatli, g‘ayritabiiy xususiyatli, mehmondo‘st millatli davlat ekanligini dunyoga yana ham keng
miqyosda tanitish.
Sport sport ekstrimal turizm sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan
sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa ko‘plab mamlakatlar uchun katta
daromad manbaiga aylanib bormoqda, aynan O‘zbekiston uchun xam.
Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, axolining jismoniy tarbiya va ommaviy
sportga jalb qilish orqali amalga oshirilmoqda. Bu targ‘ibotni amalga oshirishda sport ekstrimal
turizmining juda xam katta axamiyati bor.
Sport ekstrimal turizm, turli davlatlarda har xil yo‘nalishda rivojlantirilmoqda. Bunga bir
qancha davlatlar katta xarajatlar orqali erishayotgan bo‘lsa, qolganlari shu joyning tabiiy
imkoniyatlaridan foydalanish orqali erishmoqda. Turistlarni faqat bir yo‘l bilan jalb etishdan ko‘ra
bir nechta yo‘nalishlar orqali jalb etish va turli loyihalarni ishlab chiqish har qanday davlatga katta
daromad keltirishi mubolag‘a emas. Shuning uchun ham turistik sayoxatlarni kompleks holda
tashkil etish masalalari dolzarbligi oshib bormoqda. Аyniqsa, tabiiy sharoitlarni mavjudligi bu
sayoxatlarni amalga oshirishga ijobiy turtki bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina mamlakatlarning
barqaror rivojlanish kontseptsiyasida sport ekstrimal turizmining alohida o‘rni bor. Xalqaro
mutaxassislar tog‘li va suvli mintaqalarning rivojlanishida sport ekstrimal turizmining ahamiyati
juda ham yuqori ekanligini alohida e’tiborga olmoqdalar.
Mamlakatimizning so‘lim maskanlarida sport ekstrimal turizmining turli tarmoqlarini
rivojlantirish uchun imkoniyatlar talaygina. Shulardan eng asosiylari sport tog‘ turizmi, suv
turizmi, xavo turizmi, avto va moto ekstrimal turizm xisoblanadi.
Tog‘ relefi tekislikka nisbatan
nafaqat landshaft, estetik jihatdan qulayliklarga ega, balki tog‘ning sof musaffo havosi
ultrabinafsha nurlarining ko‘pligi, turli xil sport ekstrimal turlarini tashkil qilish imkoniyatlari
bilan ajralib turadi.
Kelajakda O‘zbekiston tog‘larining turistik va rekreatsion ob’yektlari xalqaro ahamiyatga
ega bo‘lishi mumkin.
Hozirda O‘zbekiston xalqaro sport ekstrimal turizm raqobatchilik kurashida yutqazmoqda.
Shulardan kelib chiqib, biz O‘zbekistonda xalqaro sport ekstrimal turizmining o‘chog‘i bo‘lishi
mumkin bo‘lgan tekislik, tog‘, suv va havo marshrutlarini rivojlanishi yo‘lida amalga oshirish
kerak bo‘lgan ishlar xaqida maqsadli tizimli xarakatlarni boshlashimiz lozim.
Toza havoda va yirik shaharlardan uzoqda sport ekstrimal turizmi, bilan shug‘ullanish
orqali chet ellik fuqorolar, maktab o‘quvchilari, talaba yoshlar, turli kasb soxalarida faoliyat olib
boruvchi shaxslar, sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqa axoli qatlamlari xar tomonlama
sog‘ligini mustaxkamlash, irodasini shakllantirish, ruxiyatini tetiklash orqali o‘zlarida xayotiy
xarakatga kerakli energiyani yeg‘ib olish va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Sayoxat insonda jismoniy madaniyatni shakllantiradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
837
Mamlakatimiz o‘zining keng va xilma-xil landshaftlari tufayli ekstremal sport turlari uchun
juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi, vaholanki bu sport turlari mamlakatda hali yangilik
hisoblanadi. O‘zbekistonda sport ekstrimal turizmi katta bo‘lmagan, ammo faol rivojlanayotgan
sohadir. O‘zbekiston tog‘lari alpinizm, tog‘ turizmi va qoyaga chiqish kabi faol dam olish turlarini
sevuvchilar uchun juda qulay maskan xisoblanadi.
Tanqidiy yondashuvlar.
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini
ko‘rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan
berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yaxshi
natija ko‘rsata olmayotganligi belgilab berilgan. Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga
ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash,
sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past.
Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog‘liq.
O‘zbekiston muassasalarida sport turizmi soxasida malakali mutaxasislarning
yetishmasligi bu soxaning sust rivojlanishiga tasirini yaqqol namoyon etib turibdi. Sport ekstrimal
turizmini turli aholi qatlamlari orasida shug‘ullanuvchilar sonini oshirish muhim vazifa
hisoblanadi. Aynan hususiy tadbirkorlar O‘zbekiston hududida sport ekstrimal turizmi bilan
shug‘ullanish uchun tabiiy qulay joylardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritsa va shu joyga
tashrif buyurgan turistlarga sport ekstrimal turizmi bilan shug‘ullanishlariga shart sharoitlar
yaratishsa bu O‘zbekistonning ham moddiy ham ma’naviy dunyo miqiyosida har tomonlama
rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Turizm davlat rahbari e’tiborida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi
fikrlarni bildirdi:
«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan
biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan
davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb
200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati,
go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish
mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz sport turizmi, tog‘ turizmi, ziyorat,
ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik
munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz
lozim.
Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni
ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta
imkoniyatlarni ham to’liq ishga solish lozim».
Ishni rivojlantirishga doir talab va takliflar.
Oliy ta’lim muassasalarida tog‘ turizmi va sport sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishlari
tashkil etilib, bu soxaning malakali kadrlarini tayyorlash tizimi joriy qilinishi kerak va bu
mutaxasislarga davlat tashkilotlarida ish o‘rinlarini joriy qilish maqsadga muvofiq.
Tog‘ turizm sohasida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlarni
berish hamda yer oldi-berdi ishlari yengillashtirilib, jahon andozalariga javob beradigan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
838
mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, shu orqali raqobatni kuchaytirish, mehmonxona narxlarini
arzonlashtirish kerak. Chunki turpaketlar narxi oshgan sayin, yurtimizga keladigan sayyohlar soni
ham pasayib boradi. Buning natijasida ular ancha arzon narxlarga ega bo‘lgan boshqa
mamlakatlarga borishni afzal ko‘rishadi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» bilan kelishgan holda, aviabiletlarni onlayn xarid qilishni
yo‘lga qo‘yib, shaffof onlayn xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi ham juda dolzarb
masaladir. Rivojlangan mamlakatlarda aviakassa tushunchasi kundalik hayotda hech qachon
ishlatilmaydigan so‘z. Turizm taraqqiy etgan biror bir davlatda hech kim aviakassaga borib
aviachipta xarid qilmaydi. Biror mamlakatga borgisi kelgan odam uyini tark etmagan holda
hamma ishlarini kompyuterdan turib bajaradi.
- «O‘zbekiston temir yo‘llari»da ham biletlarni onlayn sotib olish tizimini yana ham
mukammallashtirilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
Sport ekstrimal turizmi to‘g‘risida bitta ixcham «sayyohlar uchun qo‘llanma» tayyorlanib,
uni barcha tillarga tarjima qilib, arzon narxda yoki agarda imkoni bo‘lsa, bepul turizm sayyohlik
firmalariga tarqatish o‘rinli.
O‘zbekiston tog‘lari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan fotoalbomni turizm sohasi
mutaxassislari bilan hamkorlikda (ularning g‘oyalari bilan) nashrga tayyorlab, turli tillarda yuqori
sifatda chop etish. Uning narxi qimmat bo‘lmasligi zarur va O‘zbekistonda barcha kitob do‘konlari
hamda sayyohlar tashrif buyuruvchi do‘konlarda sotishni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
Yurtimizning tog‘li xududlarida yashovchi axolining, urf-odat va an’analarini, milliy
qadriyat va boy tarixiy merosi haqida hujjatli va badiiy filmlar konkursi e’lon qilinsa va eng
saralarini rag‘batlantirib, ular yaratgan filmlarni ingliz, nemis va boshqa tillarga dublyaj qildirib,
xalqaro konkurslarda qatnashsak, turizmi rivojiga va sayyohlar soni oshishiga erishishimiz tayin.
Yilning eng go‘zal tog‘ tabiati viloyati ko‘rik tanlovlari e’lon qilinsa va har yili ularni
rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilsa, yurtdoshlarimiz o‘z yashab turgan joyini tog‘ turizmni yaqin
yillarda rivojlantirib yuborishi aniq. Rivojlangan Yevropa davlatlarida bu juda yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. Xususan, Germaniyada har yilgi tanlovda ko‘p joylarni mahalliy aholi tashabbusi kashf
qiladi va rivojlantiradi.
Xulosa-
Mustaqillik yillari O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun yetarli darajada
huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va ularning ijrosi ta’minlandi. Davlatimiz raxbarlari
tomonidan Turizmni rivojlantirish farmonlari qonun qarorlari va chora tadbirlari ijrosini
ta’minlanishi bu yo‘nalishni yurtimizda barqaror topishiga xizmat qiladi. Bu isloxatlardan kelib
chiqib shuni aytishimiz mumkinki sport ekstrimal turizmi va sport sog‘lomlashtirish turizmi
yurtimizda rivojlantirilsa insonlarni salomatligi mustaxkamlanadi.
Sport ekstrimal turizmi va sport sog‘lomlashtirish turizmidan inson yiliga ikki uch marta
unumli foydalanish zarur. Zero, turizm nafaqat ichki xotirjamlik va yengillik, balki ham ma’nan,
ham jismonan salomatlik garovidir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
839
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul
qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma
’
qullangan turizm to’g’risidagi qonunini.
2.
Daurenov E.Yu, Turizm. Darslik. ‘‘O`zkitobsavdonashryoti” nashriyoti. 2020 y.
3.
Daurenov E.Yu. Turizm. Darslik. T. TTvaESI nashriyoti. 2014 y.
4.
Daurenov. E.Yu., Berdiyev Sh.O., Daurenova S.E., Berdiyeva D.A. Turistik sayrda jismoniy
mashqlar va harakatli o’yinlar. O’quv uslubiy qo’llanma O’zDJTI 2014 y.
5.
Daurenov E.Yu. Turizm. Darslik. ‘‘O`zkitobsavdonashryoti” 2016 y.
