Authors

  • Sardorbek Mamadaliyev
  • Zokir Yallaqayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59026

Keywords:

ichki turizm sport turizmi tog‘ turizmi suv turizmi turizm velo turizm afto turizm ot turizmi havo turizmi turizm mashg‘ulotlari sayohat yo‘riqchi ekzotika dayving rafting paraplan.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ichki sport-sog‘lomlashtirish turizmni turlari, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mos tabiiy geografik joylar, sport turizmi mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek sport turizmini tashkil etishdagi mavsumiylik xususiyatlari joyning tabiiy sharoitlarni xisobga olish lozim bo‘lgan masalalar o‘rin olgan.

background image

1253

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI QATLAMLARIDA

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL

ETISHDAGI O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR

Mamadaliyev Sardorbek Abduraxmonovich

Oriental universiteti katta o‘qituvchi.

Yallaqayev Zokir Yusupovich

Oriental universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14570475

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ichki sport-sog‘lomlashtirish turizmni

turlari, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mos tabiiy geografik joylar,

sport turizmi mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha metodik ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar

berilgan. Shuningdek sport turizmini tashkil etishdagi mavsumiylik xususiyatlari joyning tabiiy

sharoitlarni xisobga olish lozim bo‘lgan masalalar o‘rin olgan.

Kalit so‘zlar:

ichki turizm, sport turizmi, tog‘ turizmi, suv turizmi, turizm, velo turizm, afto

turizm, ot turizmi, havo turizmi, turizm mashg‘ulotlari, sayohat, yo‘riqchi, ekzotika, dayving,

rafting, paraplan.

SPECIFIC APPROACHES TO ORGANIZING SPORTS AND HEALTH TOURISM

ACTIVITIES AMONG DIFFERENT POPULATION GROUPS IN THE CONDITIONS

OF UZBEKISTAN

Abstract.

This article provides methodological recommendations for conducting sports

tourism activities, which are important for the formation and development of domestic tourism.

The seasonal nature of the organization of sports tourism also raises issues that need to

take into account the natural conditions of the place.

Keywords:

domestic tourism, sports tourism, mountain tourism, water tourism, tourism,

travel, velo tourism, afto tourism, horse tourism, air tourism, tourism training, travel, guide,

exotic, daywing, rafting, paraplan.

КОНКРЕТНЫЕ ПОДХОДЫ К ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-

ОЗДОРОВИТЕЛЬНОГО ТУРИЗМА СРЕДИ РАЗЛИЧНЫХ ГРУПП НАСЕЛЕНИЯ В

УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

В данной статье приводятся методические указания и практические

рекомендации по проведению спортивно-туристской деятельности, подходящих

природно-географических мест, имеющих важное значение для видов, становления и

развития внутреннего спортивно-оздоровительного туризма в Узбекистане. Также

существуют вопросы сезонности при организации спортивного туризма, который должен

учитывать природные условия места.


background image

1254

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Ключевые слова:

внутренний туризм, спортивный туризм, горный туризм, водный

туризм, туризм, велосипедный туризм, автотуризм, конный туризм, воздушный туризм,

туристическая деятельность, путешествия, гид, экзотика, дайвинг, рафтинг, параплане.

Ishning kirish qismi.

Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish, hududlarda turistik va unga yo‘ldosh

infratuzilmani kengaytirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm

obyektlarini yaratish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va sezilarli ijobiy natijalarga

erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son

“O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi Farmoniga 1-ilova “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini

rivojlantirish Konsepsiyasi”da mamlakatda turizmni rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar

belgilab berilgan. Chunonchi unda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham alohida dasturlar

ishlab chiqish belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda geografiya, tarix, jismoniy tarbiya hamda turizm

yo‘nalishi talabalari uchun dala amaliyotlari hamda turli sport-sog‘lomlashtirish turizmi

mashg‘ulotlari tashkillashtirilmoqda. Shuning uchun yosh avlodni jismoniy barkamol va

ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalash vositalaridan biri sifatida ichki sport-sog‘lomlashtirish

turizmni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilib bunda sport turizmi elementlaridan

foydalanilmoqda.

Ishning dolzarbligi.

Respublikamizda turli axoli qatlamlarini sport-sog‘lomlashtirish

turizmiga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini ommaviy ravishda rivojlantirish.

Izox: Mavzuyimizni dolzarbligi shundaki sport-sog‘lomlashtirish turizmi bu avvalo,

sog‘lik sari yo‘l demakdir. Bazi bir kassaliklarni davolashda dori darmon qabul qilishdan ko‘ra

sayohatga chiqish, tabiatni tomosha qilish, toza kislarodga boy xavodan nafas olish va quyoshning

ultrabinafsha nurlari insonga foydaliroq ekanligi o‘z isbotini topib bormoqda. Sayohatlar, ko‘proq

yurib turish insonlar uchun muhim davo, kasalliklarni oldini olish va qutulishning eng muhim

vositasi sifatida meditsinada foydalanib kelinmoqda.

Ishning maqsadi.

Respublikamizning turli hududlarida va turli axoli qatlamlariga

ommaviy ravishda sport turizmi turlarini tanishtirish.

Sog‘lom turmush tarzini sport-sog‘lomlashtirish turizmiga jalb qilish orqali ommaviy

shakllantirish, har xil kasalliklarni davolovchi, sayrlardagi shifobaxsh tog‘ o‘simliklari, iqlim

xususiyati va yurtimizning yangi sport-sog‘lomlashtirish joylariga ega maskanlarini aniqlash.

Ishning vazifalari.

Yirik shaharlardan uzoqda toza havoda sport-sog‘lomlashtirish turizmi

bilan shug‘ullanish orqali turli axoli qatlamlarini xar tomonlama sog‘ligini mustaxkamlash,


background image

1255

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

irodasini shakllantirish, ruxiyatini tetiklash orqali o‘zlarida xayotiy xarakatga kerakli energiyani

yeg‘ib olishlarini sport-sog‘lomlashtirish turizmi orqli ta’minlash.

Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, axolining jismoniy tarbiya va ommaviy

sportga jalb qilish orqali amalga oshirilmoqda. Bu targ‘ibotni amalga oshirishda sport-

sog‘lomlashtirish turizmining juda xam katta axamiyati bor.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul

qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma‘qullangan turizm to‘g‘risidagi qonunining ishga

tushishi turizm hujjatlari , shakllari, turlari, turistik industriyadagi xizmatlarning turlari,

turistlarning va gidlarning (gid-tarjimonlarning), ekskursiya yetakchilarining va yo‘riqchi-yo‘l

boshlovchilarning malakasini sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonundan kelib chiqqan xolda

ishning dolzarbliglari tanlab olindi.

Turizm, turli davlatlarda har xil yo‘nalishda rivojlantirilmoqda. Bunga bir qancha davlatlar

katta xarajatlar orqali erishayotgan bo‘lsa, qolganlari shu joyning tabiiy imkoniyatlaridan

foydalanish orqali erishmoqda. Turistlarni faqat bir yo’l bilan jalb etishdan ko‘ra bir nechta

yo‘nalishlar orqali jalb etish va turli loyihalarni ishlab chiqish har qanday davlatga katta daromad

keltirishi mubolag‘a emas. Shuning uchun ham turistik sayoxatlarni kompleks holda tashkil etish

masalalari dolzarbligi oshib bormoqda. Аyniqsa, tabiiy sharoitlarni mavjudligi bu sayoxatlarni

amalga oshirishga ijobiy turtki bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina mamlakatlarning barqaror

rivojlanish kontseptsiyasida sport-sog‘lomlashtirish turizmining alohida o’rni bor. Xalqaro

mutaxassislar turli mintaqalarning rivojlanishida sport-sog‘lomlashtirish turizmining ahamiyati

juda ham yuqori ekanligini alohida e’tiborga olmoqdalar. Mamlakatimizning so‘lim maskanlarida

sport-sog‘lomlashtirish turizmining turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar talaygina.

Hozirda O‘zbekiston xalqaro sport-sog‘lomlashtirish turizmi raqobatchilik kurashida

yutqazmoqda. Shulardan kelib chiqib, biz O‘zbekistonda xalqaro sport-sog‘lomlashtirish

turizmining o‘chog‘i bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy geografik sharoitlari qulay maskanlarimizdan

keng foydalangan holda bu sohani rivojlanishi yo‘lida amalga oshirish kerag bo‘lgan ishlar xaqida

maqsadli tizimli xarakatlarni boshlashimiz lozim.

Sayrlar, sayohatlar insonda jismoniy tarbiyasini, madaniyati, aql zakovatini va harakatlar

muvofiqligini shakllantiradi. Mamlakatimiz o‘zining keng va xilma-xil landshaftlari tufayli

ekstremal sport turlari uchun juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi, vaholanki bu sport turlari

mamlakatda hali yangilik hisoblanadi. O‘zbekiston tabiati faol dam olish turlarini sevuvchilar

uchun juda qulay maskan bo‘lib xizmat qiladi.

Ishning ilmiy ko‘rsatma natijasi.

Tadqiqot natijasida adabiyotlarni o‘rganib ularni

umumlashtirgan holatda sport-sog‘lomlashtirish turizmini mashg‘ulotlarini quyidagicha turlarga

ajratish mumkin:


background image

1256

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

1.

Piyoda yurish tog‘ turizmi.

Bu turizm bilan shug‘ullangan inson eng avvalo yurish

orqali tanasidagi qon aylanishining yaxshilanishiga, inson kislarod bilan tirik, tog‘ xavosi tozza

kislarodga to‘yingan, tanani kislarodga to‘yintirishga va ertalabgi quyosh nurida tana o‘zi uchun

kerakli ozuqa (D vitamin) olishiga erishadi.

Go‘zal manzaralari ichida Bir kunlik va ko‘p kunlik

yayov yurish, alpinizm, tog‘ g‘orlariga tashriflar, 3000 dan 4000 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi

tog‘ cho‘qqilarining hayratlanarli manzarasi, aholisi iliq va mehmondo‘st bo‘lgan an’anaviy uzoq

tog‘ qishloqlari, noyob nabotot, endemik va nodir yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar,

go‘zal sharsharalar, tog‘ ko‘llari va toshqin tog‘ daryolarini alohida taʼkidlab o‘tish joiz. Tog’

turizmi-alpinizm, g‘or turizmi-speologiya, bunday sayohatlarga maxsus tayyorgarlikka ega

bo‘lgan sayohatchilarning tog‘ cho‘qqilarini egallash hamda g‘orlarni o‘rganish bo‘yicha

sayohatlari xaqida ham gapirib o‘tish joiz deb topdim.

O‘zbekiston tog‘lari alpinizm, tog‘ turizmi va qoyaga chiqish kabi faol dam olish turlarini

sevuvchilar uchun juda jozibali maskan sanaladi. Mamlakat hududining katta qismini asosan

tekisliklar egallaydi, ammo o‘lkaning ko‘pgina mintaqalarida Tyan-Shan va Pomir tog‘

tizmalarining g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan zanjirlari ham joylashgan.

O‘zbekistonning mashhur tog‘li hududidan biri – Chimyon tog‘lari, eng yuqori cho‘qqisi

3309 metrli Katta Chimyon cho‘qqisidir. Mazkur hudud ko‘plab toqqa chiqish yo‘llari, piyoda

yurish, qoyaga chiqish yo‘llari, ot minish marshrutlari, tog‘ chang‘isi yo‘laklari va boshqalar

uchun xizmat qiladigan hudud sanaladi. Bu yerda uchta tog‘-chang‘i kurortlari – Chimyon,

Bildirsoy va Amirsoy joylashgan bo‘lib, ular turli xil qishki sport turlarini sevuvchilarni o‘ziga

jalb qilib kelmoqda. Chang‘i mavsumi dekabr oyining oxiridan boshlab mart oyining o‘rtalariga

to‘g‘ri keladi. Tog‘ chang‘isi uchun eng yaxshi vaqt fevral hisoblanadi.

Boysun tog‘ tizmasidagi Boysun buloq (amplitudasi 1415 m), festivalnaya-Ledopadnaya

(-580 m) va Ural (-565 m) kabi chuqur g‘orlar, Qulasoy, Langar va Gulkam daralarining g‘aroyib

manzaralari, Zomindagi Turkiston tog‘ tizmasi shimoli-g‘arbiy qoyalarining shifobaxsh havosi –

sayyohlar va hayajon izlovchilarning misli ko‘rilmas sonini o‘ziga jalb qila oladigan maskanlar

qatoriga kiradi.

2.

Suv turizmi.

O‘zbekiston dengizga yoki okeanga chiqa olmaydigan sanoqli davlatlardan

biridir hisoblanadi, ammo shunga qaramasdan sport suv turizmi uchun juda ko‘p suvli hududlari

mavjud – bular G‘arbiy Tyan-Shan etaklarida joylashgan Chorvoq chuqur suv havzasi, son-

sanoqsiz toshqin daryolari va dengizga o‘xshash ulkan Aydarko‘l, Sudoche va Toshkent dengizi

kabi ko‘llar. Bu yerda dam olayotganda shamol tezligida skuterda uchish yoki katamaranda atrofni

ko‘rib chiqish mumkin. Ekstremal dam olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ko‘plab turoperatorlar

Chotqol, Pskem, Ugam, Sirdaryo kabi daryolar va boshqa ko‘plab joylarda rafting qilishni taklif

etishadi.


background image

1257

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Suv turizmi, dayving ya’ni suv havzalariga maxsus moslamalarda qayiq, yaxta, sayohatga

chiqish, suv osti o‘simliklar va hayvonotlari dunyosini o‘rganishga chiqish ham insonga o‘zgacha

zavq beradi albatta maxsus tayyorgarlik bilan suv turizmini ushbu turi bilan shug‘ullanish

maqsadga muvofiq.

3.

Havo turizmi.

O‘zbekistonda havo turizmi bilan yani, paraplanda deyarli yilning

istalgan vaqtida uchishingiz mumkin, yagona cheklov yomg‘irdir, chunki paraplanning qanoti

matodan qilingan. Yilning eng mashhur vaqti bu yoz, va eng yaxshi uchish joyi mamlakat tog‘lari

hisoblanadi. Paraplanda uchish uchun eng mashhur joy Toshkentdan 60 km masofada joylashgan

Chorvoq suv ombori atroflari hisoblanib, parvozni professional ustoz bilan yoki maxsus

tayyorgarlikni o‘tgandan so‘ng mustaqil ravishda bajarish mumkin. Paraplanda uchishdan

tashqari, bu yerda havo sharida sayohat qilishga ham yetarlicha tabiiy sharoitlar bor. Parvoz

paytida suv omboriga va atrofdagi tog‘li cho‘qqilarga ajoyib manzara ochiladi va yuqoridan

kuzatilgandagi tabiatning go‘zalligidan inson tanasi va hissiyotlari yetarlicha zavqlana olishi

mumkin bo‘ladi.

4

. Alpinizm va qoyalarga chiqish.

O‘zbekistonning ulkan tog‘li hududlari alpinizm,

qoyalarga chiqish va muzga ko‘tarilish sport turlari uchun aynan mo‘ljallangan desak mubolag‘a

bo‘lmaydi. O‘zbekiston alpinistlik va qoyalarga chiqish federatsiyasi o‘z veb-sahifasida

O‘zbekistonning 34 ta baland tog‘laridagi 74 yo‘nalishlar haqida eslatib o‘tadi, ularning balandligi

3099 m dan 4326 m gacha, shundan 15 ta yo‘nalish 4 a yoki 4 b darajasida, 9 ta yo‘nalish 5 a yoki

5 b darajadagi qiyinchiliklarga va faqat bitta yo‘nalish 6 a qiyinchilik darajasiga ega yo‘nalish

ekanligi xaqida ma’lumotlar bergan.

Alpinizm, qoyalarga chiqish va muzga ko‘tarilishning asosiy yo‘nalishlari asosan G‘arbiy

Tyan-Shanda joylashgan: Maydontol tizmasi, Pskem tizmasi va Chotqol tizmasi. Har yili bu

erlarda alpinizm va qoyalarga tirmashib chiqish bo‘yicha ochiq musobaqalar tashkil qilinib

o‘tkazib kelinmoqda. Albatta ushbu sport turizmi bilan maxsus tayyorgarligi bosqichlaridan

o‘tgandan keyin shug‘llanish tavsiya etiladi.

5.

Ot turizmi.

Mashhur naslli, asl zotli O‘zbek otlarini ko‘rish, milliy ot sporti

musobaqalarini tomosha qilish va naslli ot minishdan beqiyos tanaga va xissiyotlarimizga

quvonchni his etish uchun ot turizmi sporti bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonga tashrif

buyuradigan sayyohlar soni ortib bormoqda.

Miloddan avvalgi II asrdanoq Farg‘ona ( Davon) vodiysidan jang otlari Xitoy imperatori

armiyasi uchun Ipak yo‘li bo‘ylab olib chiqib ketilganligi ot sportini, ot turizmi va otlarga et’ibor

O‘zbekistonda rivojlanganligidan dalolat berishi tarixdan ma’lum. Toshkent shahridan unchalik

uzoq bo‘lmagan go‘zal vodiyda, Katta va Kichik Chimyon etagida 1600 metr balandlikda, ot

sportini sevuvchilar uchun mo‘ljallangan “Chimyon Oromgohi” kurort majmuasi joylashgan.


background image

1258

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bu yerda siz dam olish maskanining go‘zal atrof-tevarakni aylanib chiqishingiz mumkin.

Tajribali ustozlar endi boshlovchilarga otlarni qanday boshqarishni o‘rgatadilar, mohir

chavandozlar esa mahoratini oshirishlari mumkin.

Dam olish maskanidan Chotqol va Ko‘ksu daryolari bo‘ylab Bildirsoy tizmasi atrofida ot

minishingiz mumkin. Tajribali chavandozlar uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biri bu Ugam

tizmasining shimoliy yon bag‘rida, Pskem tog‘li daryosi bo‘yidagi yo‘nalish hisoblanadi. Ot

safarining davomliligi 7-10 kunni tashkil etish mumkin. Ot minish turli xil va o‘zgaruvchan

nabotot va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan qo‘riqlanadigan hududlarda o‘tkaziladi. Shuningdek,

Ugam-Chotqol milliy bog‘ining Po‘latxon platosi yaqinida, G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larida, Nurota

tizmasi va Aydarko‘l ko‘llarida ham bir necha kunlik otliq sayohatlari bo‘lib o‘tadi.

Hisor tizmasi tog‘larida ot minish yo‘nalishlari alohida qiziqish uyg‘otadi. Ular

Qashqadaryo viloyatining kichik tog‘ qishloqlaridan boshlanadi va Surxondaryo daryosi

vodiyidagi hududlarda tugaydi. Yo‘nalishlarning eng yuqori nuqtalari 4000 metrga yetishi

mumkin. Yo‘l davomida sayyohlar balandlik zonalari, archa o‘rmonlari, alp yaylovlari, tog‘

tundralari va baʼzi yo‘nalishlarda ko‘p yillik qor va muzliklarni kesib o‘tadilar.

Mamlakatda mavjud bo‘lgan ot klublari soni sayyohlarni hayratda qoldiradi, ular o‘n

beshdan ortiq. Ular Toshkent shahrida va uning atrofida, Farg‘ona, Qashqadaryo hamda boshqa

viloyatlarda joylashgan.

Toza va shaffof havosi son-sanoqsiz o‘tlar va gullarning xushbo‘y hidi bilan to‘lgan tog‘

bo‘ylab sayohat va minglab yulduzlar bilan to‘la, tubsiz tog‘ osmoni ostida olov atrofidagi

romantik kechki ovqat taassurotlari xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi.

6

. Veloturizm.

O‘zbekistonda Veloturizm ekzotika, afsonaviy va sharqona

mehmondo‘stlikka boy turizm turi xisoblanadi. Mavsum aprel oyining o‘rtalarida boshlanadi va

noyabr oyigacha davom etadi. Velosiped turlarini Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat, qadimiy

Samarqand, Buxoro, Xiva va Termiz shaharlari bo‘ylab sayohat, shuningdek hayajonli tog‘

manzaralari va gulli vodiylar bo‘ylab sayohat bilan birlashtirish mumkin. Velosipedchilar

qishloqlar va tog‘ ovullari bo‘ylab sayohat qilganda, u yerdagi mahalliy aholining turmush tarzi

bilan tanishib olishlari mumkin. Ekstremal sport turlarini yaxshi ko‘radiganlar uchun esa,

Samarqand yaqinida Oqtog‘ tizmasi bo‘ylab yo‘nalish mavjud bo‘lib juda hayajonli hissiyotni

taqdim eta oladi. Faqat bu sport bilan maxsus

Bundan tashqari, tog‘li hududlarda va yirik shaharlarda deyarli har oy issiq mavsumda

ochiq tanlovlar va velosiped musobaqalari o‘tkazilib, unda hamma qatnashishi mumkin.

Ishning ko‘rsatma tavsiyalari.


background image

1259

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan turizm mashg‘ulotlari bolalar bilan tabiat qo‘yniga

safarlar hamda shahar yoki qishloq madaniyat markazlari, muzey va tarixiy yodgorliklar, istirohat

bog‘lari, cho‘milish havzalariga sayrlar shakllaridan foydalangan holda tashkil qilinadi.

Safar mashg‘ulotlari avvalida safar yo‘nalishi belgilanadi. Safarga chiqish muddati,

yo‘nalishi, davomiyligi, safar ishtirokchilari haqida mahalliy yashash joylarining rahbariyatlari,

ichki ishlar va qutqaruv bo‘linma boshqarmalariga yozma bildirgi beriladi.

Safarga chiqadigan guruhlarning ishtirokchilari saralanadi. Guruhlar 6 kishidan 15

kishigacha bo‘lishi mumkin. Sayohatchilar 2 guruhdan 5 guruhgacha bo‘lishi nazarda tutilgan.

Ularga o‘qituvchi va murabbiylardan rahbarlar tayinlanadi.

Sayohatchilarning safardagi masuliyati aniq qilib belgilanadi. Safarlarga oshpaz, shifokor,

qutqaruv ishlari bo‘yicha mutaxassislar jalb etiladi. Xo‘jalik qurollari, chodirlar, tunash jihozlari,

ovqat tayyorlash jihozlari, qutqaruv anjomlari tayyorlanadi.

Turizm mashg‘ulotlari o‘tkazish, sayr, sayohatlarga chiqishda safar guruhlari tashkil etish

va vazifalarini belgilashda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi.

1. Sayohatlar maqsadi va vazifasi, safarlar yo‘nalishi belgilanadi. Bunda bolalarning yoshi,

jismoniy tayyorgarliklarini hisobga olish muxim xisoblanadi.

2. Safar yo‘nalishlari qir adirlarga, soy, daryo, ko‘l va dengizlar sohillariga, o‘rmonzorlarga

belgilanadi, chunki sayrga qo‘yilgan asosiy sog‘lomlashtirish vazifasini geagrafik sharoitlari qulay

bo‘lgan joylar ta’minlab beradi va topografik kartasi tayyorlanadi.

3. Tog‘ sayohatlari-alpinizm va suv havzalari, dengizlarga safarlarga chiqish hamda texnik

vositalarda safar qilish maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan sayohatchilarga ruxsat beriladi.

4. Ommaviy sayohatlar muddati bahor, yoz va erta kuz oylariga belgilangani maqsadga

muvofiq, chunki qish oylarida mustaqil tayyorgarlik bosqichiga ega bo‘lmagan sayoxatchilar sayr

jarayonida noxush jarohatli holatlarni yuzaga keltirib chiqarishlari mumkin.

5. Qishda va tabiat hodisalar ko‘p sodir bo‘ladigan mavsumda sayohatlarga chiqish maxsus

tayyorgarlik ko‘rilgan guruhlarga ruxsat beriladi.

6. Sayohat davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarni albatta etiborga olib,

jarohatlanishlar kabi salbiy hodisalarda qutqaruv ishlariga , birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

holatlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish albatta shart.

7. Safar guruhlarida sayohatchilarning masuliyatini taqsimlash shart, yo‘riqchi

yo’lboshlovchi, qator oxiridagi harakatlanuvchi, oshpaz va shifokor yordamchilari, xo’jalik

jihozlari uchun masul, ommaviy tadbirlar tashkil etuvchilar, sayr turiga qarab shu sayr bilan

bog‘liq tushunchaga va bilimga ega masullar belgilanadi.

8. Safar uchun zaruriy jihozlarni tayyorlash: safar kiyimlari, bosh kiyim va poyabzal

mavsum hamda safar yo‘nalishi xususiyatiga muvofiq tanlanadi.


background image

1260

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Yuk haltalari sayohatchilar yoshi, jismoniy tayyorgarligiga muvofiq tanlanadi, suv

o‘tkazmaydigan, ko‘p cho‘ntaklardan iborat bo‘lgan, ochib, yopish qulay bolishi kerak.

Qo‘shimcha kiyimlar, gigiyenik vositalar, yuvinish jihozlari, sochiqlar, ovqatlanish

jihozlari, birinchi tibbiy yordam vositalari, igna, ip, yozuv qurollari, fotoapparat, adabiyotlar,

durbin, fonar va boshqa anjom, aslahalar sayr turiga qarab tayyorlanadi.

Safar chodirlari, uxlash qoplarini tayyorlash, xo‘jalik qurollari, oziq ovqat mahsulotlarini,

ommaviy tadbirlar uchun jihozlar olish, Aloqa vositalari tayyorlash va ulardan foydalanish

uslublarini egallashni ham o‘rganish maqsaddan holi emas.

Chiroyli tabiyat qo‘ynida, tozza xavoda aylanib, dam olish paytida juda ham ma’zali taom

tayyorlab istemol qilish, tabiat qo‘ynida gulxan atrofida gurux bilan suxbat uyushtirish, albatta

suxbat jarayonida gitara musiqasi ostida chiroyli qo‘shiq tinglansa sayrni qiziqarli va zavqli

o‘tishi, tananing kuchli bo‘lishi, kayfiyatni yuqori darajada va kuchli psixologik energiyaga

to‘yinishini ta’minlaydigan jarayon shakllanar edi.

Ishning amaliy tavsiyalari.

Turizm mashg‘ulotlariga bolalarni jalb etishda ular

organizmini tibbiy nazoratdan o‘tkazish kerak. Shahar va qishloq madaniyat markazlariga,

muzeylar va tarixiy yodgorliklarga, istirohat bog‘lariga, cho‘milish havzalariga sayrlarga barcha

yoshdagi bolalarni jalb etish mumkin.

Sayohatlarga umumiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida safar jihozlarini tayyorlash, kiyimlar

va poyabzal tanlash, yuk xaltalarni, chodirlarni tayyorlash, turizm va sayohatlar to‘g‘risida nazariy

bilimlarni shakllantirish, sayohat va safar joylari hayvonot va o‘simlik dunyosi, milliy meroslar,

tarixiy yodgorliklar xaqida kino va videofilmlar tomosha qilish, Vatan va uning tarixi xaqida,

mashxur allomalar haqida kechalar, tajribali sayohatchilar, ustoz murabbiylar bilan uchrashuvlar

uyushtirish, yosh bolalarni sayohat shakllariga o‘rgatish, axloqiy sifatlar, do‘stlik, birodarlik,

jamoatchilik, mardlik, tashkilotchilik, odiyllik, halollik kabi hislatlar shakllantiriladi.

Sayohatchilarning maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari jismoniy harakat malaka va

ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirish, ya’ni

sayohatchilarda maxsus nazariy va amaliy bilim malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdir.

Safarlar va sayohatlarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida sayohatchilar hayotiy zarur

bo‘lgan yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oshib o’tish, osilish, tayanish, sudralish,

emaklash, uloqtirish, surish, ko‘tarish, suzish, cho‘milish, suvlarni kechib o‘tish, sol va qayiqlarda

harakatlanish kabi harakatlarni o’rganadilar.

Ko‘p kunlik safarlarga jismoniy va maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘smir bolalarni

jalb etiladi. Sayohatlarga chiqish bir necha tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan so‘ng amalga oshirilishi

kerak. Safar yo‘nalishi, davomiyligi va o‘tkazish vaqti, sayohatchilar umumiy va maxsus

tayyorgarligiga, shuningdek, ob-havo va iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlanishi shart.


background image

1261

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bir xil yo‘nalishdagi sayohatga muntazam chiqish shart emas. Safar davomida har bir

tadbir avvali va yakunida sayohatchilarni yo‘qlama qilishni tashkil etish zarur. Tunash joylariga

o‘rmon joylarining chekkasi, daraxtlar oz joylari, qir-adirlarning shamoldan pana joylari,

qoyalardan uzoq, tosh va tuproq ko‘chishi xavfi yo‘q, suv havzalaridan kamida 50 metr uzoqlikda

bo‘lishi, hayvonlar inidan, avtomobil trassalaridan, sanoat korxonalaridan, elektr stansiyalaridan

uzoq bo‘lishini ham hisobga olish albatta eng zarur hisoblanadi.

Tunash joylari quruq shox shabbalardan, tosh va kesaklardan tozalaniladi. Belgi yoki

bayroqlar bilan chegaralanadi. Bir kishilik, ikki kishilik va ko‘p kishilik chodirlarni o‘rnatish

uchun joy tanlash va tayyorlash hamda chodirlarni tikishda qoidalarga rioya qilanadi. Chodirlar

shamol yo‘nalishiga qarshi qilib o‘rnatiladi.

Suhbat qilib o‘tirish, gulxan yoqish joylari tanlanadi. Ommaviy ovqat tayyorlash uchun

yoki mustaqil gulxan yoqishda texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunda gulxan

o‘rmon ichida bo‘lmasligi, o‘choqlar tosh devorlari bilan o‘ralgan bo‘lishi o‘rinli. Gulxan uchun

uzoq yonadigan yog‘li yog‘ochlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Daraxtlarni kesish, o‘zboshimchalik bilan o‘tinlar tayyorlash ta’qiqlanadi. Gulxan

cho‘g‘lari o‘chirib tashlanishi, kullar ko‘milishi zruriy amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishdir.

Gulxanga bolalarni yaqinlashtirmaslik hamda tez alangalanuvchi moddalarni gulxanlardan

uzoqroqda tutish, gulxan yoquvchi tayinlash, sovuq mavsumda isinishda ehtiyot choralarni ko‘rish

kerak.

Chodirlarda tungi dam olishda olovsiz yoritgichlardan foydalanish muhim. Uxlash

qoplaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni doimo toza va quruq saqlash kerak. Tunash vaqtlarida

navbatchilar tayyorlash ehtimoldan holi emas. Sayohatchilarning kechki va ertalabki yo‘qlama

qilishni joriy qilish amalga oshiriladi.

Ko‘p kunlik safarlarga chiqish uchun sayohatchilar guruhi maxsus tayyorgarlikka ega

bo‘lish kerak. Shuningdek, tunash bilan sayohat qilishga faqat 16 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar

ota-onalari ruxsatidan so‘ng jalb etiladi.

Murakkab yo’nalishdagi safarlar davomida, tabiiy ofatlar natijasida ko‘plab

jarohatlanishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday jarohatlanishlar aksariyati tayanch harakat

apparati, muskul tizimi hamda bosh miya jarohatlari bo‘ladi. Bunda muskul tizimi lat yeyishi,

suyakning ochiq va yopiq sinishi, bosh miyaning jarohatlanishi, yumshoq to‘qimalarning ochiq

jarohatlari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, quyosh va issiq urishi, sovuq yeyish, hushdan ketish,

nafas olish va yurak urishining bexos to‘xtashi, zaharli o‘simliklar va mevalar iste‘mol qilganda,

zaharli hashoratlar, ilon va yirtqich hayvonlar hujumida, suvda va ko‘chkida cho‘kkanda, qor

ostida qolganda, yashin urganda, kuyganda jarohatlanish va zaharlanish mumkin.

Tunash joylarini albatta tekshirish va tozalash zarur. Tunda navbatchilik tashkil etish kerak.


background image

1262

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Safar davomida kundalik yuritish, bo‘lib o‘tgan hodisalar va voqealarni qayd etib borish

kerak. Sayohatchilar shaxsiy gigiyena va jamoat gigiyena talablariga rioya qilishlari, o‘z vaqtida

dam olishlari va ovqatlanishlari zarur. O‘simliklar va hayvonot dunyosiga, ekologiyaga zarar

yetkazmaslik, ruxsatsiz ov qilmaslik, o‘simliklarni nazoratsiz iste’mol qilmaslik kerak. Aloqa

vositalari yordamida sayohatchilar kayfiyati, tadbirlar, o‘tkazilgan masofa xaqida doimo ma’lumot

berib borish kerak va shart.

Xulosa.

Mustaqillik yillari O‘zbekist Respublikasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini

rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun yetarli darajada

huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va ularning ijrosi ta’minlandi. Turizm sohasi dunyo

iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa

ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda, aynan O‘zbekiston uchun

xam.

Xukumatimiz tomonidan Turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan

farmonlar, qonun va qarorlar ijrosini ta’minlanishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora tadbirlari bu

yo‘nalishni yurtimizda barqaror rivoj topishiga xizmat qilmoqda. Bu isloxatlardan kelib chiqib

shuni aytishimiz mumkinki, sport-sog‘lomlashtirish turizmi yurtimizda rivojlanishi insonlarni

salomatligining mustaxkamlanishida muxim omil bo‘lib hisoblanadi.

Tog‘ turizmi va sport-sog‘lomlashtirish turizmidan inson yiliga kamida ikki uch marta

unumli foydalanish zarur. Zero, turizm nafaqat ichki xotirjamlik va yengillik, balki ma’nan, ham

jismonan salomatlik garovidir.

REFERENCES

1.

O‘zbekist Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul

qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma

qullangan turizm to‘g’risidagi qonunini.

2.

Daurenov E.Yu, Turizm. Darslik. ‘‘O‘zkitobsavdonashryoti” nashriyoti. 2020 y.

3.

Daurenov E.Yu. Turizm. Darslik. T. TTvaESI nashriyoti. 2014 y.

4.

Daurenov E.Yu. Turizm. Darslik. ‘‘O‘zkitobsavdonashryoti” 2016 y.

5.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 |

2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory

Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI:

10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

References

O‘zbekist Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan turizm to‘g’risidagi qonunini.

Daurenov E.Yu, Turizm. Darslik. ‘‘O‘zkitobsavdonashryoti” nashriyoti. 2020 y.

Daurenov E.Yu. Turizm. Darslik. T. TTvaESI nashriyoti. 2014 y.

Daurenov E.Yu. Turizm. Darslik. ‘‘O‘zkitobsavdonashryoti” 2016 y.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

Most read articles by the same author(s)