2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
279
G’AZNACHILIK-DAVLAT MOLIYASINING ENG MUHIM BO’LAGI
Xalilov Bahromjon Bahodirovich
Osiyo Xalqaro Universiteti o’qituvchisi.
To’ymurodova Dildora Fozilovna
Osiyo Xalqaro Universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15075121
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik va uning tarkibi
to’g’risida, shuningdek ularni ularni amalga oshirish tamoyillari, davlat moliyasidagi asosiy
vazifalari va ularni amalga oshirish bosqichlari to’g’risida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
g’aznachilik, davlat moliyasi, davlat dasturlari, davlat byudjeti, davlat
byudjeti g’azna ijrosi.
Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida davlat
moliyasini isloh qilish muhim ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari sharoitida Davlat
byudjetining roli oshadi va undan samarali foydalanish milliy iqtiso-diyotning rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishi bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini
ta’minlaydi. Hozirgi kunda jahon mamlakatlarida byudjetning kassa ijrosi ikkita usulda, ya’ni bank
va g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna
hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek, Davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan
to‘lashdan iborat. Globallashtirish jarayonlari va iqtisodiyotni liberallashtirilishi moliyaviy sohada
tegishli islohotlar o‘tkazishni talab qiladi. Chunki, davlat xarajatlarini qisqartirish mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi.
«Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy tamoyillari – kassaning yagonaligi hamda
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat byudjetining
g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan maxsus vakolatli mliya organi hamda uning
Qorag‘alpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududlar bo‘linmalari
tomonidan amalga oshiriladi”.
Avvalambor, g‘aznachilik to‘g‘risida so‘z yuritilganda, uning ma’nosini tushuntirishga
harakat qilamiz. «G‘azna» inglizcha “treasure trove” so‘zidan olingan bo‘lib, insonlar tomonidan
ma’lum bir maqsadlarda yerga ko‘milgan oltin va kumushning topilishi hamda bu topilma
podsholarga (davlatga) tegishli bo‘lganligini anglatadi».
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
280
Yuridik ma’lumotnomada ko‘rsatilishicha, g‘azna har qanday mulk emas, balki faqat
pullar, ya’ni oltin va kumush tangalar, valyutalar va chet el valyutalari yoki boshqa qimmatbaho
predmetlar, ya’ni qimmatbaho toshlar, marvaridlar, qimmatbaho quyma metallar, ulardan yasalgan
buyumlar va buyum parchalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasida 2022 yilda
imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan
birgalikda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Ular qatorida respublikada G‘aznachilik tizimining yangi avlod tizimining joriy qilinishi
eng muhim vazifa, deb e’tirof etildi. G‘aznachilik hukumatimizning yaqin kelajakdagi moliya
siyosatining negizini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish ishlari 2022-2026 yillarni qamrab
oladi. Mana shu munosabat bilan 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022 yil 26 apreldagi 144-sonli «Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga
oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga,
asosan, loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida
muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilindi va u hozirda ish olib bormoqda. Loyihaning asosiy
maqsadlari bu davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, Davlat byudjetini tayyorlash
jarayonini isloh qilish va Davlat byudjeti ijrosining G‘aznachilik shakliga o‘tish orqali byudjet
mablag‘larini samarali sarflanishini ta’minlashdan iboratdir.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish uchun Hukumat tomonidan ajratilgan
mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit, Yaponiya hukumati
tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki
tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
G‘aznachilikni joriy etish byudjet daromadlarining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini va
xarajatlar qismida byudjet mablag‘lari-ning maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va
pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi.
Mazkur tizimni joriy etish bilan byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag‘larini maqsadsiz sarflanishdan himoyalash va byudjetni
rivojlantirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin.
Davlat byudjetining G‘aznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga
imkoniyat beradi:
davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko‘rsatkichlarini doimiy
nazorat qilish;
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
281
davlat moliyasining holati to‘g‘risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yig‘ish,
ishlov berish va tahlil qilish;
davlat byudjetining daromad va xarajat qismlarini kassa ijrosini har kungi aniqlashtirilgan
monitoringini o‘tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag‘lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar va xizmatlar
etkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga
oshirish;
moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida va adresli moliyalashtirish
bilan byudjet mablag‘larini bosh taqsimlovchilari tomonidan suiste’mol qilish va noto‘g‘ri
ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish;
byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag‘larini G‘aznachilik hisob
raqamidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar yetkazib beruvchilar hisob raqamiga o‘tkazish orqali pul
oqimlari harakatini tezlashtirish o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarni
moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash;
G‘aznachilik tizimining bir pog‘onasidan ikkinchi pog‘onasiga pul mablag‘lari o‘tkazishni
tezlashtirish orqali byudjet mablag‘larini tezkor harakat qilinishini ta’minlash.
Respublikada davlat moliyasini isloh qilish dasturining maqsadi xarajatlarni samarali
boshqarish, pul-kredit intizomini mustahkamlash va ajratmalarni oldingi vazifalarni nazarda
tutgan holda taqsimlash, byudjet ijrosi va byudjet nazoratini samarali ta’minlash, uning tiniqligini
oshirish va davlat mablag‘larini ishlatganligi uchun hisobotni takomillashtirishga yo‘naltiriladi.
Mazkur maqsadlarga erishish uchun byudjet ijrosi va uni tayyorlashni takomillashtirish,
shu jumladan, G‘aznachilik tizimini joriy qilish va uni barcha zaruriy jihozlar, axborot
texnologiyalari bilan ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.
REFERENCES
1.
Qudratova, G. M. (2025). INNOVASION MARKAZLAR: RIVOJLANISHI,
TAQQOSLAMA TAHLIL VA KELAJAKDAGI TENDENSIYALAR.
ANALYSIS OF
MODERN SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(7), 98-104.
2.
Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY.
Modern Science and Research
,
2
(12), 559-568.
3.
Bahodirovich, X. B. (2025). XO’JALIK MUOMALALARI TA’SIRIDA BALANSDA
SODIR BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND
INNOVATION
,
1
(6), 356-361.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
282
4.
Бахтиёров, Д., & Алимова, Ш. А. (2025). КОНКУРЕНЦИЯ НА РЫНКЕ: КАК
БОРЬБА КОМПАНИЙ ВЛИЯЕТ НА ЦЕНЫ, КАЧЕСТВО И ИННОВАЦИИ.
Modern
Science and Research
,
4
(2), 463-471.
5.
Hakimovich, T. M. (2025). KORXONALARDA RAQOBATBARDOSH EKSPORTNI
YO‘LGA QO‘YISH VA MARKETING STRATEGIYALARI.
ANALYSIS OF MODERN
SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(4), 193-205.
6.
Azimov, B., & Hamidov, A. (2025). THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF
MANAGING ORGANIZATIONAL COSTS IN THE ECONOMIC SECURITY
SYSTEM.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 356-363.
7.
IKROMOV, E. (2025). THE TAX SYSTEM OF UZBEKISTAN AND ITS
FEATURES.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 240-246.
8.
Raxmonqulova, N. O. (2025). SAMARALI RAHBARNING XUSUSIYATLARI,
LIDERLIK USULLARI VA ULARNING TASHKILOT MUVAFFAQIYATIGA
TA'SIRI.
Science, education, innovation: modern tasks and prospects
,
2
(1), 29-35.
9.
Shadiyev, A. X. (2025). MINTAQANING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI
BOSHQARISH
MEXANIZMINI
TAKOMILLASHTIRISH.
STUDYING
THE
PROGRESS OF SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 145-150.
10.
Supiyevna,
B.
M.
(2025).
XUSUSIY
TАDBIRKОRLIKDА
MEHNАT
MОTIVАTSIYАSINI ОSHIRISH YОʻLLАRI.
STUDYING THE PROGRESS OF
SCIENCE AND ITS SHORTCOMINGS
,
1
(7), 126-132.
11.
Naimova, N. (2025). CLASSIFICATION OF INTERNATIONAL MARKETING
STRATEGIES EXISTING APPROACHES.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 683-688.
12.
Jumayeva, Z. (2025). A NEW THEORY OF ECONOMIC GROWTH: AN
EVOLUTIONARY APPROACH.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1),
869-873.
13.
Bobojonova, M. (2025). PRICE LEVELS IN THE GREEN ECONOMY AND THEIR
APPLICATION.
Journal of Applied Science and Social Science
,
1
(1), 109-117.
14.
Jumayeva, Z. (2025). THE ROLE OF TRADE POLICY IN ENSURING THE
COMPETITIVENESS
OF
THE
NATIONAL
ECONOMY:
MODERN
APPROACHES.
International Journal of Artificial Intelligence
,
1
(1), 483-488.
2025
MARCH
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 3
283
15.
Ibragimov, A. (2025). PROSPECTIVE WAYS OF ATTRACTING FOREIGN
INVESTMENT TO THE NATIONAL ECONOMY.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 137-143.
16.
Djurayeva, M. S. (2024). BASICS OF DIGITAL MARKETING.
Gospodarka i
Innowacje
,
51
, 153-159.
17.
Bahodirovich, X. B. (2025). BUXGALTERIYADA QIMMATLI QOG’OZLAR
HISOBI.
MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING
SOLUTIONS
,
1
(7), 407-411.
18.
Raximova, L. (2025). THE IMPACT OF THE SHADOW ECONOMY ON THE
ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.
International Journal of Artificial
Intelligence
,
1
(1), 585-590.
19.
Igamova, S. (2025). THE UZBEK ECONOMIC MODEL.
International Journal of
Artificial Intelligence
,
1
(1), 857-868.
20.
Хasanova, G., & Qurbonova, X. (2020). WAYS TO PROMOTE INTEGRATED
COLLABORATION OF HIGHER EDUCATION AND VOCATIONAL COLLEGES IN
ECONOMIC MODERNIZATION.
Интернаука
, (7-1), 66-69.
21.
Soliq huquqi. –T. TDYU, 2017. 283 b.
