ISSUES OF IMPROVING THE FINANCIAL MECHANISM OF SMALL BUSINESS ENTITIES

HAC
Google Scholar
To share
Xalilov , B. (2024). ISSUES OF IMPROVING THE FINANCIAL MECHANISM OF SMALL BUSINESS ENTITIES. Modern Science and Research, 3(1), 747–753. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28430
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the measures implemented in our country to financially support small business entities and develop their activities. Scientific proposals aimed at the development of small business and private entrepreneurship have also been developed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

747

KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINING MOLIYAVIY MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Xalilov Bahromjon Bahodirovich

Osiyo Xalqaro Universiteti, Buxoro.

“Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10558932

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy

jihatdan qo’llab-quvvatlash hamda ular faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar: kredit, investitsiya, kichik biznes, moliyaviy barqarorlik, mikromuhit.

ISSUES OF IMPROVING THE FINANCIAL MECHANISM OF SMALL

BUSINESS ENTITIES

Abstract. This article describes the measures implemented in our country to financially

support small business entities and develop their activities. Scientific proposals aimed at the
development of small business and private entrepreneurship have also been developed.

Key words: credit, investment, small business, financial stability, microenvironment.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ФИНАНСОВОГО МЕХАНИЗМА

СУБЪЕКТОВ МАЛОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

Аннотация. В данной статье описаны меры, реализуемые в нашей стране по

финансовой поддержке субъектов малого предпринимательства и развитию их
деятельности. Также разработаны научные предложения, направленные на развитие
малого бизнеса и частного предпринимательства.

Ключевые слова: кредит, инвестиции, малый бизнес, финансовая устойчивость,

микросреда.

Milliy iqtisodiyotda muhim o’rin egallab borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sohasini yanada rivojlantirish hamda bu orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop
mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlari yaratish hamda buning asosida aholi daromadlarini
ko’paytirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash borasida ahamiyatga molik ishlar amalga
oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq to’lov tushumlari hajmining
ko’payishi va iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichi hisoblangan yalpi ichki mahsulot
salmog’ining oshishiga asosiy turtki bo’lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati
jamiyatimizdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning tayanchiga hamda asosiy kuchiga
aylanib bormoqda.

Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib

kelinayotgan islohatlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa
vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining
o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank - moliya tizimi faoliyatini
mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy
islohotlarini bosqichlarida iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilmasida tub o’zgarishlarga asos


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

748

solishdan iborat g’oyat muhim masala bu tadbirkorlik va xususiy biznesni tashkil etish va
rivojlantirishdir.

O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo’yicha Harakatlar

strategiyasida «milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida
sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish hamda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini
yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish»

1

muhim yo’nalishlardan biri

sifatida belgilab berildi.

Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi, xususan, milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va

barqarorligini ta’minlash unda faoliyat yuritayotgan sub’ektlar moliyaviy barqarorligini oshirishni
talab qiladi. Yuqoridagi vazifalarning ijrosi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari
moliyaviy barqarorligini oshirish masalalarini ilmiy jihatdan tadqiq etishni taqozo etadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o’rni tobora mustahkamlanib

borayotganining o’zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan dalolat
beradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijasida yalpi
ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2010 yildagi 31 foizdan bugungi
kunda 59,4 foizga etdi yoki qariyb 2 barobar oshdi. Ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining
uchdan bir qismi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 98,1 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band
jami aholimizning 78 foizdan ortig’i mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda.

2022 yilning yanvar-dekabrida iqtisodiyot tarmoqlarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning

sanoatdagi ulushi 34,7 %, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi - 98,1 %, qurilishda - 66,6 %,
investitsiyada - 34,9 %, savdoda - 86,3 %, eksportda - 26,5 %, importda - 55,8 %va xizmatlar
sohasidagi - 55,2 % ulushi aniq ko'rsatilgan.

Ana shu raqamlardan ko’rinib turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo’lishiga

qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal
etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora katta rol o’ynamoqda.

Xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada

kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli
islohotlarni davom ettirilishi tufayli 2022 yilda iqtisodiyotning ushbu sektorida barqaror
rivojlanishi qayd etildi.

Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, faol investitsiya siyosatining yuritilishi,

shuningdek eksport salohiyatini kengaytirishni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar 2022 yil
mobaynida kichik biznesning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari ijobiy dinamikasini ta’minladi.

Hududlar bo`yicha kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi eng ko`p Jizzax (84,3 %),

Samarqand (80,0 %), Buxoro (79,8 %), Surxondaryo (79,4 %), va Namangan (79,0 %)
viloyatlarida tashkil etdi. Navoiy viloyatida ushbu ko`rsatkich past bo`lib qolmoqda va 42,4 % ga
teng, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 54,3 %ni tashkil etadi.

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar

strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni. PF-4947-son, 2017 yil 7 fevral. – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami. 2017 y., 6-son, 70-modda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

749

Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk

huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga

oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va

texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy
investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining
me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni
rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini
ish joylari bilan ta’minlaydi; to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini,
moddiy-texnika bazasini yangilaydi va texnik qayta kurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni
qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h. k.

2022 yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari kreditmoliyaviy

jihatdan faol qo’llab-quvvatlandi. 2022 yilda iqtisodiyotning ushbu sektoriga yo’naltirilgan
investitsiyalar 37504,7 mlrd. so’mni respublikadagi barcha investitsiyalardagi ulushi 34,9%ni
tashkil etdi. Jami jalb etilgan investitsiyalar hajmi 2021 yilga nisbatan 20,4 foizga oshgan. Birinchi
navbatda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi kichik korxonalarni rivojlantirish bo’yicha yangi
investitsiya loyihalarini kreditlash hajmi kengaytirildi.

Tahlilar natijasiga asosan O’zbekiston hududlarida 2022 yilda faoliyat yuritayotgan xorijiy

investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni jami 6960 tani tashkil etgan. Shu jumladan, ularni
asosiy qismi Toshkent shahriga to’g’ri kelib, ularning soni 4394 tani tashkil etadi. Lekin, hozir
O’zbekistonda investitsiyalash uchun barqaror salohiyatga ega bo’lgan mintaqalarning aksariyat
qismida ularning ulushi kam hisoblanib Xorazm viloyatida 66 ta, Qashqadaryo viloyatida 72 ta,
Navoiy viloyatida 90 ta, Sirdaryo viloyatida 103 tani tashkil etgan. Bu esa bir tomondan mahalliy
hukumatning qulay investitsion mikromuhit yaratish bo’yicha sa’y-harakatlarining sustligi bilan
baholansa ikkinchi tomondan loyihalarni amalga oshirishdagi mavjud muammolar bartaraf
etilmasligi, mazkur hududlarda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishdagi
asosiy to’siqlardan bo’lib qolishligi bilan baholanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida tijorat

banklari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar, jumladan, ushbu sektor sub’ektlarini
kreditlash hajmlarining o’sishi ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to’ldirish va aholi bandligini
oshirishga sezilarli hissa qo’shmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash borasida tijorat

banklari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar, jumladan, ushbu sektor sub’ektlarini
kreditlash hajmlarining o’sishi ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to’ldirish va aholi bandligini
oshirishga sezilarli hissa qo’shmoqda.

Banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Banklar

tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

750

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etishga
qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.

2022 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta

jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 38,8 trln. so’m yoki 2014 yildagiga
nisbatan 4,5 barobar ko’p investitsion kreditlar ajratildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni kengaytirishga

qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan,
ajratilayotgan kreditlar hajmining jadal sur’atlarda oshishida o’z aksini topmoqda.

Mamlakatimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o’sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik sub’ektlarining o’rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
barqaror ko’rsatkichni tashkil etmoqda.

Bunda ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, jumladan, ajratilayotgan kreditlar hajmining

jadal sur’atlarda oshishi ham muhim omil bo’lmoqda.

2022 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori

2021 yilga nisbatan 1,6 barobardan ziyodga oshib, qariyb 30,6 trln. so’mni, shundan mikrokreditlar
hajmi 1,5 barobarga ortib, 6,2 trln. so’mdan ortiqni tashkil etdi.

Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 668,4 mlrd. so’m,

xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 3561,7 mlrd. so’m, xizmat ko’rsatish va servis
sohasini rivojlantirishga 6 547,8 mlrd.so’m, aholiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
1748,5 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniyalari hisobidan 1 039,3 mln. AQSh dollari miqdorida kredit
mablag’lari ajratildi. Shu bilan birga, «Mikrokreditbank» ATB tomonidan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlariga 437,6 mlrd. so’m miqdorida yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,2
barobarga ko’p mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatildi.

Mamlakatimizda kichik tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishga qaratilgan moliya-kredit

tizimining boshqa mexanizmlari bilan bir vaqtda qo’llanilgan, soddalashtirilgan soliqqa tortish
tizimi kichik tadbikorlik sub’ektlarining soliq majburiyatlari bo’yicha hisob-kitoblarni
kamaytirishga xizmat qilishi bilan birga, soliq idoralarida soliq ishini yuritishni ham
yengillashtirdi. Keyingi yillarda kichik biznes sub’ektlari uchun yaratilgan sharoit natijasida
mazkur tarmoqning mamlakat

YaIMdagi salmog’ining ortishiga qulay zamin yaratmoqda. Bunday natija birinchi

navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llabquvvatlanayotgani
samarasidir. Bundan tashqari, soliqqa tortish amaliyotida mazkur sub’ektlar zimmasidan soliq
yukining optimal darajasini aniqlash masalasi dolzarb bo’lib, davlat soliqlar orqali ular faoliyatini
cheklashi yoki maqsadli tarzda rag’batlantirishi munkin. Bu esa amalda kichik biznes sub’ektlarini
soliqqa tortishda davlat tomonidan rag’batlantirishni anglatadi.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ulkan yutuqlar qo’lga

kiritilayotganiga qaramay, uning imkoniyatlaridan hali to’liq foydalanilmagan jihatlar ham
mavjud. Jumladan, mamlakatimizda kichik biznes subektlari sonining jadal sur’atlar bilan
o’sishiga qaramay, hali ularning etarli darajaga erishmaganligi, ayniqsa, iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarida u qadar katta salmoqqa ega emasligi mazkur soha imkoniyatlaridan to’liq
foydalanmayotganligini ko’rsatadi. Iqtisodiyotda kichik biznes subektlari salmog’ini oshirish
ma’lum chegaralarga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

751

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida qo’yidagi chora

tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes muhiti yaratish, xususiy

mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo’naltirilgan qonun

xujjatlarini takomillashtirish;

xususiy tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berish, davlatning boshqaruv funktsiyalari va

belgilangan me’yorlarni qisqartirish;

kichik biznes sub’ektlarining moliya-kredit va xomashyo resurslaridan, ular ishlab

chiqargan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng foydalanishni ta’minlaydigan
bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;

kichik korxonalarni tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro’yxatdan

o’tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish;

kichik biznes sub’ektlarini qurish va ularni muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari –

energiya va gaz ta’minoti, suv va issiqlik ta’minoti hamda boshqa tarmoqlarga ulanishi bo’yicha
shart-sharoitlarni yaxshilash va muddatlarini qisqartirish.

REFERENCES

1.

Shadiyev, A. K. (2023). Stages of Development of The Digital Economy in Uzbekistan and
Future Plans. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development,

2(12), 333-

340.

2.

Shadiyev, A. (2022). O‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING
INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz),
13(13).

3.

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ”
ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ. САМАРҚАНД
ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

4.

Bazarova, M. S. (2022). FACTORS THAT ENSURE THE SUCCESSFUL
IMPLEMENTATION OF A SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS IN THE
FIELD OF HIGHER EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal, 10(11), 582-586.

5.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE
SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

6.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting Standards
(IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42, 746–750.

7.

Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF
THE REGIONAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(12), 301-305.

8.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE
INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

9.

Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM
KLASTERI SOHASIDAGI TADBIRKORLIK RIVOJIDA DAVLATNING O’RNI.
BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2),
73-76.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

752

10.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI, 1(2), 23-28.

11.

Рахманкулова,

Н.

(2023).

РОЛЬ

ИНВЕСТИЦИЙ

В

РЕГИОНАЛЬНОМ

ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ. Gospodarka i Innowacje., 36, 168-170.

12.

Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC
SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559–568.

13.

To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI
MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-394.

14.

To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN
FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje.,

42, 399-

408.

15.

Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE) BASED
ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477–482.

16.

Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern
Science and Research, 2(12), 499-505.

17.

Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and Research,
2(12), 470–476.

18.

Очилов, Ш. Б., & Жумаева, З. К. (2017). Основные направления развития инноваций в
республике Узбекистан. Инновационное развитие, (6), 45-47.

19.

Жумаева, З. К., & Тошев, Ф. З. (2017). Пути дальнейшего совершенствования
привлечения прямых иностранных инвестиций в экономику Узбекистана.
Инновационное развитие, (4), 66-68.

20.

Akbarovna, N. N. (2023). BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARINING
IQTISODIYOTDA TURGAN ORNI. Gospodarka i Innowacje., 42, 517-520.

21.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern
Science and Research, 2(12), 889–893.

22.

22.Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

DAVLAT

BUDJETI

DAROMADLARINI

TAQSIMLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 41, 321-325.

23.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI
YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY ISHBILARMONLIK MUHITINI
SHAKLLANTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 481-484.

24.

Ikromov, E. (2023). REGULATION OF BUSINESS ACTIVITY IS SIMPLIFIED. Modern
Science and Research, 2(12), 1107–1111.

25.

Jumayeva, Z. (2023). BASICS OF NATIONAL ECONOMIC DEVELOPMENT. Modern
Science and Research, 2(12), 296–300.

26.

Bustonovna, J. Z. (2023). PECULIARITIES OF THE AGRICULTURAL ECONOMY IN
THE COUNTRIES OF THE EUROPEAN UNION. Finland International Scientific Journal
of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1256-1260.

27.

Abidovna, A. S. (2023). MONTE CARLO MODELING AND ITS PECULIARITIES IN
THE IMPLEMENTATION OF MARKETING ANALYSIS IN THE ACTIVITIES OF THE
ENTERPRISE. Gospodarka i Innowacje., 42, 375-380.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

753

28.

Abidovna, A. S. (2023). PRIORITY DIRECTIONS OF ANALYSIS OF CHANNELS OF
PROMOTION OF THE MAIN ACTIVITY OF THE ENTERPRISE AND SEPARATE
COMMUNICATION PROGRAMS. Gospodarka i Innowacje., 42, 369-374.

References

Shadiyev, A. K. (2023). Stages of Development of The Digital Economy in Uzbekistan and Future Plans. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(12), 333-340.

Shadiyev, A. (2022). O‘QUV EKSKURSIYASI-TURIZMNI O ‘QITISHNING INNOVATSION USULI SIFATIDA. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 13(13).

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ. САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

Bazarova, M. S. (2022). FACTORS THAT ENSURE THE SUCCESSFUL IMPLEMENTATION OF A SYSTEM OF KEY PERFORMANCE INDICATORS IN THE FIELD OF HIGHER EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 582-586.

Bahodirovich, K. B. (2023). EVOLUTION OF THE AUDITING PROFESSION IN THE SMART MACHINE AGE. Gospodarka i Innowacje., 41, 450-454.

Khalilov Bahromjon Bahodirovich. (2023). The International Financial Reporting Standards (IFRS) Mean to Businesses and Investors in Uzbekistan. Miasto Przyszłości, 42, 746–750.

Raxmonqulova, N. (2023). DEVELOPMENT STRATEGY IN THE DEVELOPMENT OF THE REGIONAL ECONOMY. Modern Science and Research, 2(12), 301-305.

Abdulloev, A. J., & Rakhmankulova, N. O. THEORETICAL ASPECTS OF THE INNOVATIVE ENTREPRENEURSHIP CONCEPT.

Sh, Y. D., & Rakhmanqulova, N. O. (2021). XUSUSIY SHERIKCHILIK VA TURIZM KLASTERI SOHASIDAGI TADBIRKORLIK RIVOJIDA DAVLATNING O’RNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 73-76.

Явмутов, Д. Ш., & Рахманкулова, Н. О. (2021). РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(2), 23-28.

Рахманкулова, Н. (2023). РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ В РЕГИОНАЛЬНОМ ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ. Gospodarka i Innowacje., 36, 168-170.

Sodiqova, N. (2023). A POLITICAL ECONOMY ANALYSIS OF ECONOMIC SECURITY. Modern Science and Research, 2(12), 559–568.

To’rayevna, S. N. (2023). DEMOKRATIYA VA IQTISODIYOT O'RTASIDAGI MUNOSABAT" SIYOSIY SHAXS" NAZARIDAN. Gospodarka i Innowacje., 42, 387-394.

To’rayevna, S. N. (2023). YETAKCHILIK USLUBI SIFATIDA MURABIYOTDAN FOYDALANISH MENEJERLARNI TAYYORLASH. Gospodarka i Innowacje., 42, 399-408.

Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE) BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477–482.

Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE. Modern Science and Research, 2(12), 499-505.

Toshov, M. (2023). HR BOSHQARMASIDA KPI TIZIMI. Modern Science and Research, 2(12), 470–476.

Очилов, Ш. Б., & Жумаева, З. К. (2017). Основные направления развития инноваций в республике Узбекистан. Инновационное развитие, (6), 45-47.

Жумаева, З. К., & Тошев, Ф. З. (2017). Пути дальнейшего совершенствования привлечения прямых иностранных инвестиций в экономику Узбекистана. Инновационное развитие, (4), 66-68.

Akbarovna, N. N. (2023). BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARINING IQTISODIYOTDA TURGAN ORNI. Gospodarka i Innowacje., 42, 517-520.

Nargiza, N. (2023). THE ROLE OF PROPERTY RELATIONS IN SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 889–893.

22.Ibodulloyevich, I. E. (2023). DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI TAQSIMLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 41, 321-325.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN QULAY ISHBILARMONLIK MUHITINI SHAKLLANTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 481-484.

Ikromov, E. (2023). REGULATION OF BUSINESS ACTIVITY IS SIMPLIFIED. Modern Science and Research, 2(12), 1107–1111.

Jumayeva, Z. (2023). BASICS OF NATIONAL ECONOMIC DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(12), 296–300.

Bustonovna, J. Z. (2023). PECULIARITIES OF THE AGRICULTURAL ECONOMY IN THE COUNTRIES OF THE EUROPEAN UNION. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1256-1260.

Abidovna, A. S. (2023). MONTE CARLO MODELING AND ITS PECULIARITIES IN THE IMPLEMENTATION OF MARKETING ANALYSIS IN THE ACTIVITIES OF THE ENTERPRISE. Gospodarka i Innowacje., 42, 375-380.

Abidovna, A. S. (2023). PRIORITY DIRECTIONS OF ANALYSIS OF CHANNELS OF PROMOTION OF THE MAIN ACTIVITY OF THE ENTERPRISE AND SEPARATE COMMUNICATION PROGRAMS. Gospodarka i Innowacje., 42, 369-374.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов