Authors

  • Dilfuza Nosirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.73622

Keywords:

raqamli texnologiyalar interfaol metodlar ta’lim pedagogika o‘qituvchi pedagogik mahorat kasbiy tayyorgarlik interaktiv ta’lim.

Abstract

Ushbu maqola bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda raqamli texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida interfaol metodlar va raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, ularning o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishdagi roli, shuningdek, ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

background image


Mart, 2025-Yil

355

BO‘LAJAK TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARINI KASBIY TAYYORLASHDA

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nosirova Dilfuza

Guliston davlat pedagogika institute “Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi”

katta o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15098142

Annotatsiya. Ushbu maqola bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda

raqamli texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil

qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida interfaol metodlar va raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi,

ularning o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishdagi roli, shuningdek, ushbu jarayonda

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar, ta’lim, pedagogika, o‘qituvchi,

pedagogik mahorat, kasbiy tayyorgarlik, interaktiv ta’lim.

Аннотация. В данной статье анализируются особенности использования

цифровых технологий и интерактивных методов в профессиональной подготовке будущих

учителей педагогики. Рассматривается применение интерактивных методов и цифровых

технологий в современной системе образования, их роль в повышении педагогического

мастерства учителей, а также возможные проблемы и пути их решения в данном

процессе.

Ключевые слова: цифровые технологии, интерактивные методы, образование,

педагогика, учитель, педагогическое мастерство, профессиональная подготовка,

интерактивное обучение.

Abstract. This article analyzes the specific features of using digital technologies and

interactive methods in the professional training of future educators. It examines the application of

interactive methods and digital technologies in the modern education system, their role in

enhancing teachers' pedagogical skills, as well as potential challenges and solutions in this

process.

Keywords: digital technologies, interactive methods, education, pedagogy, teacher,

pedagogical skills, professional training, interactive learning.

Jahonda yuz berayotgan ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida fanlarda yangi tarmoqlarning

paydo bo’lishi hamda fanlararo integratsiyaning jadal rivojlanishi oliy ta’lim tizimida


background image


Mart, 2025-Yil

356

mutaxassislarni tayyorlash jarayonida axborotlar, xususan bilim, ko’nikma va malakalarga

qo’yilgan talablarning ortishiga olib kelmoqda. Bunday sharoitlarda bo’lajak o’qituvchilarni

tayyorlash jarayoniga innovatsion va integratsion texnologiyalarni joriy qilish, axborotlarni

uzatishda fanlararo aloqadorlik tamoyillariga qat’iy amal qilish muammolari yuzaga kelmoqda.

Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilarini tayyorlash

jarayonining innovatsion va integratsion texnologiyalarini takomillashtirish zaruriyatini

oshirmoqda. Dunyo miqyosida bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash mazmuni, ijtimoiy va tabiiy

yaxlitlik sifatida real dunyoning mavjudligi va rivojlanishi qonunlari, uning elementlari o’rtasidagi

asosiy aloqalar va munosabatlarning tabiati haqida tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan

tadqiqotlar olib borilmoqda.

Xususan, innovatsion fikrlashni rivojlantirish muammosining o’ziga xos xususiyatlari,

ta’limni tashkil etish jarayonida innovatsiya va integratsiya muammolari, integratsiyaning nazariy

masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda,

bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini ta’lim jarayonini

tashkil etishning innovatsion va integratsion texnologiyalari, jumladan, integratsiya

jarayonlarining qonuniyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan boyitish dolzarb vazifalarga

aylanmoqda. Mamlakatimizda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish,

umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, tabaqalashtirish, variativ o’quv rejalari, fanlarni

o’qitishda o’quvchilarni hayotga tayyorlash tamoyillarini keng joriy qilish masalalariga alohida

e’tibor qaratilmoqda. “Pedagogika sohasi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari uchun

zamonaviy o’quv jarayoni vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli

texnologiyalarni qo’llash nazariyasi va metodologiyasini joriy etish...” vazifalari belgilanib,

talabaning aqliy, intellektual va jismoniy kuchlarini raqamli texnologiyalar orqali ma’lum bir

maqsadga yo’naltirish, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirish, bilimlarni, dizaynni,

kommunikativ-nutq

hamda

tashkiliy

bilim

va

ko’nikmalarni

rivojlantirishda

axborotkommunikatsiya texnologiyalari va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda nazariy

bilim, amaliy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan innovatsion yondashuvlar

asosida fanlararo integratsiyaning samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy

asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining

2022-yil

28-yanvardagi

“Yangi O’zbekistonning 2022–2026-yillarga

mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF–60-son, 2019-yil 8-oktyabrdagi

“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

tasdiqlash to’g’risida”gi PF–5847-son, 2022-yil 6-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasining 2022–


background image


Mart, 2025-Yil

357

2026- yillarga mo’ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF–

60-son Farmonlari, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va

ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlarda faol ishtirok etishini

ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–3775-son, 2022-yil 21-iyundagi

“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlari faoliyatini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–289-son Qarorlari va ushbu sohaga

tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat

qiladi.

Tarbiya nafaqat oilada, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan

jarayonlar bo'libgina qolmay, balki uning yetakchi g'oyalari gazeta va jurnallar, ommaviy axborot

vositalari orqali singdirilgan mafkurani ham o'z ichiga oladi. Chunonchi, tarbiya ta'limga nisbatan

kengroq bo'lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat

tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shunday ekan, tarbiya ta'lim olish

bilan uzviy chambarchas bog'liq holda amalga oshirilib kelinadi. Ta'lim-tarbiya orqali shaxsda

ezgu ma'naviy-axloqiy sifatlar tarkib topib boradi.

Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim

muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy

tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish

sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik

pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom

e'tiqotlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan.

Oliy ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislarni tayyorlashda kasbiy-metodik

tayyorgarlik tamoyili muhim o'rinni egallaydi. Bu tamoyilni tadqiq etgan pedagog olimlar

V.A.Suhomlinskiy, V.P. Bespalko V.A.Slastenin, I.YA.Lerner, A.K.Markova, E.F.Zeer,

N.N.SHahmatova V.V.Kraevskiy, I.A.Zimnyaya, A.V.Barannikov, V.A.Adolf, M.V.Dolgih, A.R.

Hayrullin[61] kabi pedagog-olimlar shug’ullanishgan[4].

O'zbekistonolimlaridanbo'lajako’qituvchilarni bilim va malakalarni shakllantirish,

malakali kadrlar tayyorlash masalasini U.Tolipov, N.Sayidahmedov, F.Yuzlikayev, N.Muslimov,

O.Qo'ysinov, D.Himmataliyev, B.Rahimov, M.Urazova, SH.Urakov, N.Niyazova va boshqalar

o'zlarining ilmiy-tadqiqotlarida muammoni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil etishgan[6].

Kasbiy-metodik tayyorgarlik va kasbga yo'naltirilganlik asosida, insonning kelajak kasbiga

nisbatan munosabatini ifodalovchi ehtiyojlar, qiziqish va nizomlar tizimi tushuniladi.


background image


Mart, 2025-Yil

358

V.Kuzmina va V.A.Slastenin o'z asarlarida pedagogik mutaxassisliklarga nisbatan kasbiy-

metodik tayyorgarlik muammolarini o'rganib chiqadilar[5].

Bo'lajak tarbiya fani o’qituvchilarda kasbiy-metodik rivojlanishini takomillashtirish

modelining asosiy tarkibiy qismlaridan biri-bu ta'lim tamoyillari hisoblanadi. “Princip” atamasi

lotincha “principium” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, “asos”, dastlabki, nazariyaning boshlang’ich

holati, ilm-fan, mashqlar” degan ma'noni anglatadi. Principlar -bu asosan nazariya va fanning

asosiy tahminlari bo'lib, ular har bir inson javob berishi kerak bo'lgan asosiy talablardir. Pedagogik

tamoyillar-bu asosiy g’oyalar bo'lib, unga rioya etilishi pedagogik maqsadlarga erishishga yordam

beradi. Oliy ma'lumotli o’quv jarayonini o'rganayotgan olimlar quyidagi didaktik prinsiplarni

tanlaydilar:

-

onglilik va faollik;

-

muntazam va izchil;

-

ilmiy tavsif;

-

ko'rinishi;

-

mahkamlik;

-

mavjudlik;

-

nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog’liqlik.

Pedagogik psixologiyasida bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligi modeli

kasbiy va ijtimoiy-psixologik sifatlar, bilimlar, malakalar hajmi va strukturasining in'ikosi sifatida

ta'riflanadi. Shu nuqtai nazarda bakalavr modeli odatda quyidagi komponentlarni o'zichiga oladi:

-bo'lajak o'qituvchilarining faoliyati taqozo etadigan psixologik normalar

-professiogrammasi;

-bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy-lavozim talablari, bakalavr faoliyati mazmunini aniq-

ravshan tasvirlash, ya'ni bakalavr muayyan biror lavozimga ega bo'lganda kasbiy vazifalarni

qanday hal qilishi;

-bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy-lavozim talablari, bakalavr faoliyati mazmunini aniq-

ravshan tasvirlash, ya'ni bakalavr muayyan biror lavozimga ega bo'lganda kasbiy vazifalarni

qanday hal qilishi;

-kasbiy faoliyatning zaruriy turlari va ular malakasi darajasining qo'shilishi.

Mavzuga doir ilmiy adabiyotlar va mavjud holat tahlilidan ko‘rinadiki, quyidagilar

o‘qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, o‘zini o‘zi tahlil qilish va baholash,

o‘zini o‘zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:

● ta’lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari;


background image


Mart, 2025-Yil

359

● zamonaviy texnologiyalarning takomillashuvi;

● jamiyat ehtiyoji hamda ta’limga bo‘lgan talabning o‘sishi;

● jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o‘qituvchi rolining o‘zgarishi;

● DTS va o‘quv dasturlarining optimallashtirilishi.

Jamiyatdagi globallashuvning keskin o‘sib borishi, jahon miqyosida ta’lim

tizimidagi islohotlar mazkur jarayonning faol ishtirokchisi va amaliyotga tatbiq etuvchi

takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun esa, dunyo ilm-fanida

o‘qituvchi kompetensiyasini shakllantirish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini

takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha pedagog va uslubchi olimlar

tomonidan olg‘a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganish lozim [7]. Ammo, mazkur

tadqiqotlar va boshqa pedagogik-psixologik ilmiy tadqiqot ishlarida bo’lajak tarbiya fani

o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish ilmiy

pedagogik muammo sifatida yetarli darajada tadqiq etilmagan. Xususan: – ayrim tadqiqotlarda

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari keng yoritilgan;

– o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘lajak mutaxassislar

misolida o‘rganilgan;

– fanni o‘qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish

texnologiyasi, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini

tashkil etish mazmuni, ko‘rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta’minoti, axborot

resurslarini shakllantirish tizimi, pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy

faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan;

– bo’lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy

tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilmagan;

– bo’lajak tarbiya fani o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va

kasbiy rivojlantirish muammolari alohida qayd etilmagan;

– o‘qituvchilarning kasbiy va metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar,

o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, mexanizmi, shartsharoitlari va metodikasi

mazkur tadqiqotlarda yoritilmagan;

– bo’lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va

pedagogik jihatlari ilmiy asoslanmagan.

Xulosa qilib aytganda, bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilarini kasbiy-metodikasini oshirish

va dars jarayonida interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, ijodiy izlanish va


background image


Mart, 2025-Yil

360

mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan

bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilarining

bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or

pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya

jarayonini sifatini yanada oshirishini kafolatlaydi. bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy-metodik

tayyorgarligini takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston va xorijlik pedagog-olimlarning ilmiy

ishlaridan kelib chiqib uning didaktik imkoniyatlari va modelini ishlab chiqildi. Unga ko'ra kasbiy-

metodik tayyorgarlik jarayonini maqsadi, vazifalari, tamoiyl va mazmun, shakl, uslublar va

vositalarga rioya etilishida pedagogik natijalarga erishiladi. Bunga kasbiy-metodik tayyorgarligi

takomillashtirish bevosita ta'lim jarayonini tashkil etishning shakl, usul va vositalarini to'g’ri

tanlashga bog’liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O’zbekistonning

2022–2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF–60-son

2.

2019-yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF–5847-son

3.

2022-yil 6-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasining 2022–2026- yillarga mo’ljallangan

innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF–60-son Farmonlari

4.

Nosirova, D. (2023). BO‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN

“PEDAGOGIK MAHORAT” DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING

SHART-SHAROITI.

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

,

2

(6), 67-70.

5.

Nosirova, D. (2024). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARI UCHUN

“PEDAGOGIK MAHORAT” DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

SAMARADORLIKNI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA.

Евразийский журнал

академических исследований

,

4

(4), 35-39.

6.

Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini

takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation

international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 7.2\ISSN:2181-3337.2114-

2121 betlar.

7.

http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf


background image


Mart, 2025-Yil

361

8.

Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the

methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual

development of students

//

The field of scientific research International scientific-

online conference Part 4 November 30

th

Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-

121 betlar.

https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Yangi O’zbekistonning 2022–2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF–60-son

2019-yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF–5847-son

2022-yil 6-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasining 2022–2026- yillarga mo’ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF–60-son Farmonlari

Nosirova, D. (2023). BO‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI UCHUN “PEDAGOGIK MAHORAT” DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING SHART-SHAROITI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2(6), 67-70.

Nosirova, D. (2024). BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARI UCHUN “PEDAGOGIK MAHORAT” DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIKNI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA. Евразийский журнал академических исследований, 4(4), 35-39.

Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 7.2ISSN:2181-3337.2114-2121 betlar.

Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // The field of scientific research International scientific-online conference Part 4 November 30th Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-121 betlar. https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595