Authors

  • Sanobar Abdullayeva
  • Navruza Mamatqulova
  • Abdumavlon Obilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.76022

Keywords:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy tibbiyot ta’lim talaba tashxis.

Abstract

Axborot texnologiyalarining mahsuli inson faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo‘lgan axborot tizimini o‘z ichiga oladi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo‘llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo‘llashdan maqsad-jamiyat va insonning butun xayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini samarali hal etishdir. Ushbu maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sohalar bilan aloqadorligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

background image

1623

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING SOHALAR BILAN

ALOQADORLIGI

Abdullayeva Sanobar Berdiyevna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti

Mamatqulova Navruza Shokirboy qizi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi

Obilov Abdumavlon Abdurofiq o‘g‘li

Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15115906

Annotatsiya.

Axborot texnologiyalarining mahsuli inson faoliyatining barcha sohalarida

qo‘llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo‘lgan axborot tizimini o‘z ichiga

oladi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida

yanada keng qo‘llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo‘llashdan

maqsad-jamiyat va insonning butun xayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini

samarali hal etishdir. Ushbu maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sohalar

bilan aloqadorligi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy tibbiyot, ta’lim,

talaba, tashxis.

RELATIONSHIP OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES

WITH SPHERES

Abstract.

The product of information technologies includes an information system that is

used in all spheres of human activity, has an organizational, economic and social structure.

Information systems and technologies are increasingly used in various spheres of human activity

from year to year. The purpose of their creation, implementation and widespread use is to

effectively solve the problems of informatization of society and all aspects of human life. This

article provides information on the relationship of information and communication technologies

with sectors.

Keywords:

Information and communication technologies, modern medicine, education,

student, diagnosis.

ВЗАИМОСВЯЗЬ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

С СЕКТОРАМИ

Аннотация.

Продукт информационных технологий включает в себя

информационную систему, которая используется во всех областях человеческой

деятельности и имеет организационную, экономическую и социальную структуру.

Информационные системы и технологии с каждым годом находят все большее


background image

1624

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

применение в различных областях деятельности человека. Целью их создания, запуска и

повсеместного использования является эффективное решение задач информатизации

общества и всей жизнедеятельности человека. В данной статье представлена

информация о взаимосвязи информационно-коммуникационных технологий и отраслей.

Ключевые слова:

Информационно-коммуникационные технологии, современная

медицина, образование, студент, диагностика.

KIRISH:

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z rivojlanish yo‘lini tanlab

rivojlanib bormoqda. Bu yo‘l demokratik huquqiy davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor

iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lidir.

Respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq

toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik bazasini izchil takomillashtirishga

alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu tamoyil asosida ilg‘or axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari salohiyati, yutuqlari, innovatsiyalari mamlakat rivoji, xalqimiz turmush

darajasini yanada yuksaltirish, odamlar dunyoqarashini o‘zgartirish, mamlakatimiz nufuzini

jahonga yoyishga yo‘naltirilayotgani diqqatga sazovordir. Axborot inqilobi va axborotlashgan

jamiyatning shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda bilimlarning rolini tubdan o‘zgartirib

yubordi. Zamonaviy sharoitlarda asosiy iqtisodiy faoliyat turi bo‘lib, axborotlarni ishlab chiqish

va iqtisodiyotni samarali amal qilishi uchun undan foydalanish hisoblanadi. Bunda asosiy ishlab

chiqarish omili bo‘lib bilimlar hisoblanadi va bu bilimlar ta’lim tizimi orqali yetkazib beriladi.

Zamonaviy o‘quv-tarbiyaviy jarayoni asosida ta’lim oluvchi shaxsini barkamol

rivojlantirish kontseptsiyasi yotadi.

Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

hozirgi

kunda

hayotimizning

barcha

jabhalariga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki

ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday texnologiyalar

axborotlashgan jamiyat negizini tashkil etib, kishilarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin

qilmoqda. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlaridan

biri sifatida undan foydalanishning global xarakterga egaligini keltirib o‘tish mumkin. Shu bois,

“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha jabhalariga tatbiq etishni takomillashtirish chora-

tadbirlari ta’kidlangan. Bu esa, iqtisodiy tizimda mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni

oshirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA:

Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivojlanishiga ta’sir

etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi.


background image

1625

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lib,

hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot

texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi

o‘rin egallamoqda. Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik

materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan

biridir. Milliy dasturda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning bu muhim vositasiga alohida

urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televidenie)dan foydalanish

darajasi ikki omil bilan aniqlanadi:

O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan

didaktik materiallarni ishlab chiqish.

Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan

metodikjihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish.

Ma’lumki, talabani shaxs, mutaxassis, fuqaro sifatida shakllantirish oliy ta’limning asosiy

vazifalaridan biri hisoblanadi. Talaba mustaqil fikrlashga, izlanishga, fan, texnika, madaniyat va

jamiyatdagi fundamental va hayotiy amaliy muhim muammolarni hal etish jarayonidagi

muloqotga tayyor bo‘lishi kerak. Bunday talab zamonaviy mehnat bozori uchun raqobatbardosh

bitiruvchilarni tayyorlashdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda

mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga

ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda ta’lim

siyosati va ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlarni zaruratini belgilab beruvchi jahon rivojlanishida

umumiy tendentsiyalarni e’tiborga olishi lozim.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga

ta’siri nihoyatda yuqori bo‘lib, bu, eng avvalo, mehnat unumdorligining o‘sishi, raqobatdoshlik

ta’minlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari

kamayishida namoyon bo‘ladi. Pirovardida mamlakat eksport salohiyati yuksalib, tashqi

bozorlarga chiqish, yangi savdo yo‘nalishlarini ochish imkoniyati kengayib boraveradi.

Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’siri nihoyatda yuqori

hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi hozirda muhim ahamiyat

kasb etmoqda. Qisqa muddatli «Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan

foydalanish» aloxida fan sifatida talabalarga tegishli malakalarni egallashga yordam beradi. Bu

esa o‘z navbatida ta’lim samaradorligini oshirishga, darslarning qiziqarli va mazmunli bo‘lishiga

olib keladi.


background image

1626

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish uchun pedagog-o‘qituvchi

nafaqat axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, balki, axborot uzatish va

qayta ishlash mahoratini to‘la egallashi, ayni paytda ta’lim oluvchilarda axborot madaniyatini

shakllantira olishi lozim. Buning uchun pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish maqsadga

muvofiqdir. Pedagogik dasturiy vositalar-kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini

qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim

jarayonining samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy

texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi.

Tibbiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari juda muhim o‘rinni egallaydi.

Kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, qog‘oz sarfini kamaytirish

va boshqaruv apparati faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi.

Ma’muriy-boshqaruv va sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va korxonalari xodimlariga

kompyuter texnikasi va elektron hujjatlar aylanishi tizimi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi

uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

sohasida rahbar va xodimlar malakasi va ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha, kompyuter va axborot

texnologiyalaridan va axborot havfsizligidan unumli foydalanishga xizmat qiladi.

Uzoq masofadan turib bemorlarga diagnoz qo‘yish, bemorlar sog‘ligini saqlashga doir

turli maslahatlar berish, meditsina sohasi mutahasislarining malakalarini aniqlash uchun elektron

testlardan foydalanish va boshqa shu kabi ishlarni bajarishda katta ahamiyat kasb etadi.

Axborot texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal

etish mumkin:

1. firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;

2. firmadagi ishlarning ahvoli haqidagi davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

3. istalgan joriy so‘rovlarga javob olish va ularni qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari

ko‘rinishida rasmiylashtirish.

XULOSA:

Bugungi «axborot asri» deb qaralayotgan davrda tegishli ma’lumotlar va

axborotlarsiz jamiyat hayotining biror sohasida samarali faoliyat yuritish yoki ijobiy natijalarga

erishish mumkin emas. Shu jihatdan olganda, axborotni jamiyat hayotining tashkil etuvchi

zaruriy omillardan biri deb aytish mumkin. Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini

yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish

yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Zero, «Aynan zamonaviy aloqa va axborot

texnologiyalari tizimini keng ko‘lamda rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning

taraqqiyot darajasini ko‘rsatadigan mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.


background image

1627

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

REFERENCES

1.

Abdullayeva S., Maxmudova Z., Xujakulov S. TIBBIY TA’LIMDA VR TEXNOLOGIYA

//Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 1140-1144.

2.

Berdiyevna, A. S., & Olimjonovna, T. F. (2022). INNOVATIVE APPROACHES IN THE

EDUCATION SYSTEM TO INCREASE YOUTH PARTICIPATION. Web of Scientist:

International Scientific Research Journal, 3(3), 674-677.

3.

Toxirova, F. O., Malikov, M. R., Abdullayeva, S. B., Ne’matov, N. I., & Rustamov, A. A.

(2021). Reflective Approach In Organization Of Pedagogical Processes. European

Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

4.

Berdiyevna, A. S., Fazliddinovich, S. R., & Uralovich, R. N. (2022). Use of Information

Technology in Improving the Quality of Education. Eurasian Research Bulletin, 14, 134-

138.Abdullayeva, S. B., & Dosmurodova, S. S. (2022). THE ROLE OF THE FAMILY IN

THE FORMATION OF VALUE DIRECTIONS IN YOUTH. Procedia of Theoretical and

Applied Sciences, 1(1), 93-95.

5.

Berdiyevna, A. S., & Shokirovich, X. S. (2023). Prospective Directions of

Implementation of Modern Information Technologies in Education. Eurasian Journal of

Research, Development and Innovation, 17, 7-11.

6.

Berdiyevna, A. S., Akramovna, M. M., & Olmasovna, R. P. (2023). Research in the

Process of Education of Medical Students Shaping Their Abilities. Eurasian Journal of

Learning and Academic Teaching, 17, 95-99.

7.

Berdiyevna, A. S., Ilhomovna, M. Z., & Ogli, K. S. S. (2023). Modern methods of

information exchange in polyclinic conditions. Genius Repository, 25, 16-20.

8.

Abdullayeva, S., Maxmudova, Z., & Xo’jaqulov, S. (2023). MODERN METHODS OF

INFORMATION EXCHANGE IN POLYCLINIC CONDITIONS. Modern Science and

Research, 2(10), 304-310.

9.

Berdiyevna, A. S. (2024). AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA

VOSITALARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI

YONALISHLARI VA KELAJAGI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR

ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(2), 152-157.

10.

Абдуллаева, С., & Раупова, Р. (2024). ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА

ВАЗИФАЛАРИНИ ЎРГАНИШ-БЎЛАЖАК ПЕДАГОГЛАР ФАОЛИЯТИНИНГ

АСОСИЙ ОМИЛИДИР. Modern Science and Research, 3(1), 91-97.


background image

1628

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3

11.

Ilhomovna, M. Z., Berdiyevna, A. S., Shaxboz o’g’li, Y. T., & Mirkobilovna, S. R.

(2023). The Importance of IT Technologies in Ultrasound Examinations. Journal of

Intellectual Property and Human Rights, 2(12), 121-125.

12.

Berdievna, A. S., Sobirovich, S. O., & Ibrahimovna, N. N. (2023). Distinctive Features of

the Distance Learning System in Medical Education: the Opportunity to Learn at a

Convenient Time, Place and Environment. Journal of Intellectual Property and Human

Rights, 2(12), 33-38.

13.

Mirkhaydarova, F. S., & Axmedova, F. S. (2023). FEATURES OF DIABETES

MELLITUS IN HIV-INFECTED PATIENTS. American Journal of Pediatric Medicine

and Health Sciences, 1(08), 271-275.

14.

Абдуллаева,

С.

Б.

(2023).

ТИББИЁТДА

ТАЛАБАЛАРГА

АХБОРОТ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА ЖАРАЁНЛАРНИ МАТЕМАТИК МОДЕЛЛАШТИРИШ

ФАН

МОДУЛИНИ

ЎРГАТИШДА

МОТИВАЦИЯЛАРНИНГ

АҲАМИЯТИ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY

JURNALI, 3(12), 27-30.

15.

Berdiyevna, A. S., Eshmamatovna, D. N., & Shukhratovna, D. S. (2023). THE ROLE OF

ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN MEDICAL DISEASE PREDICTION. EUROPEAN

JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE, 3(3), 5-9.

16.

Berdievna, A. S., & Shokirovich, K. S. (2024). The Role of it in the Field of Medicine,

Use Of Computer Technology In Modern Diagnostic Methods. Miasto Przyszłości, 51,

162-166.

References

Abdullayeva S., Maxmudova Z., Xujakulov S. TIBBIY TA’LIMDA VR TEXNOLOGIYA //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 1140-1144.

Berdiyevna, A. S., & Olimjonovna, T. F. (2022). INNOVATIVE APPROACHES IN THE EDUCATION SYSTEM TO INCREASE YOUTH PARTICIPATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 674-677.

Toxirova, F. O., Malikov, M. R., Abdullayeva, S. B., Ne’matov, N. I., & Rustamov, A. A. (2021). Reflective Approach In Organization Of Pedagogical Processes. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

Berdiyevna, A. S., Fazliddinovich, S. R., & Uralovich, R. N. (2022). Use of Information Technology in Improving the Quality of Education. Eurasian Research Bulletin, 14, 134-138.Abdullayeva, S. B., & Dosmurodova, S. S. (2022). THE ROLE OF THE FAMILY IN THE FORMATION OF VALUE DIRECTIONS IN YOUTH. Procedia of Theoretical and Applied Sciences, 1(1), 93-95.

Berdiyevna, A. S., & Shokirovich, X. S. (2023). Prospective Directions of Implementation of Modern Information Technologies in Education. Eurasian Journal of Research, Development and Innovation, 17, 7-11.

Berdiyevna, A. S., Akramovna, M. M., & Olmasovna, R. P. (2023). Research in the Process of Education of Medical Students Shaping Their Abilities. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 17, 95-99.

Berdiyevna, A. S., Ilhomovna, M. Z., & Ogli, K. S. S. (2023). Modern methods of information exchange in polyclinic conditions. Genius Repository, 25, 16-20.

Abdullayeva, S., Maxmudova, Z., & Xo’jaqulov, S. (2023). MODERN METHODS OF INFORMATION EXCHANGE IN POLYCLINIC CONDITIONS. Modern Science and Research, 2(10), 304-310.

Berdiyevna, A. S. (2024). AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA VOSITALARIDAN TA’LIM JARAYONIDA FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YONALISHLARI VA KELAJAGI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(2), 152-157.

Абдуллаева, С., & Раупова, Р. (2024). ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯ МЕТОДЛАРИ ВА ВАЗИФАЛАРИНИ ЎРГАНИШ-БЎЛАЖАК ПЕДАГОГЛАР ФАОЛИЯТИНИНГ АСОСИЙ ОМИЛИДИР. Modern Science and Research, 3(1), 91-97.

Ilhomovna, M. Z., Berdiyevna, A. S., Shaxboz o’g’li, Y. T., & Mirkobilovna, S. R. (2023). The Importance of IT Technologies in Ultrasound Examinations. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 2(12), 121-125.

Berdievna, A. S., Sobirovich, S. O., & Ibrahimovna, N. N. (2023). Distinctive Features of the Distance Learning System in Medical Education: the Opportunity to Learn at a Convenient Time, Place and Environment. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 2(12), 33-38.

Mirkhaydarova, F. S., & Axmedova, F. S. (2023). FEATURES OF DIABETES MELLITUS IN HIV-INFECTED PATIENTS. American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences, 1(08), 271-275.

Абдуллаева, С. Б. (2023). ТИББИЁТДА ТАЛАБАЛАРГА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА ЖАРАЁНЛАРНИ МАТЕМАТИК МОДЕЛЛАШТИРИШ ФАН МОДУЛИНИ ЎРГАТИШДА МОТИВАЦИЯЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(12), 27-30.

Berdiyevna, A. S., Eshmamatovna, D. N., & Shukhratovna, D. S. (2023). THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN MEDICAL DISEASE PREDICTION. EUROPEAN JOURNAL OF MODERN MEDICINE AND PRACTICE, 3(3), 5-9.

Berdievna, A. S., & Shokirovich, K. S. (2024). The Role of it in the Field of Medicine, Use Of Computer Technology In Modern Diagnostic Methods. Miasto Przyszłości, 51, 162-166.