Authors

  • Mahliyo Abdullayeva
  • Xayriniso Xusanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81441

Keywords:

Polshalik dehqonlar avtobiografiya xat filistayn bogemian kreativ.

Abstract

Bu asarda mualliflar Polsha dehqonlarining AQShga migratsiya jarayonini va bu jarayon davomida ularning ijtimoiy hayoti, qadriyatlari, madaniyati va shaxsiy tajribalari qanday o‘zgarishini tahlil qiladilar. Ular bu orqali migratsiya faqat geografik emas, balki ijtimoiy va madaniy transformatsiya ekanligini isbotlaydilar. Kitob sotsiologik metod sifatida shaxsiy hujjatlar — xatlar, kundaliklar, avtobiografiyalar va boshqa hayotiy hujjatlarga tayanadi. Bu usul orqali oddiy insonning boshidan kechirgan hayotiy tajribalari orqali yirik sotsiologik tushunchalar ishlab chiqiladi.

background image

2001

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

U.TOMAS VA F.ZNANETSKIYNING “POLYAK DEHQONI YEVROPADA VA

AMERIKADA” ASARI

Abdullayeva Mahliyo Damin qizi

O’zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 1- kurs talabasi.

e-mail:

abdullayevamahliyo793@gmail.com

Xusanova Xayriniso Tayirovna

Ilmiy rahbar: “Sotsiologiya” kafedrasi dotsenti, sotsiologiya doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.15293868

Annotatsiya. Bu asarda mualliflar Polsha dehqonlarining AQShga migratsiya jarayonini

va bu jarayon davomida ularning ijtimoiy hayoti, qadriyatlari, madaniyati va shaxsiy tajribalari

qanday o‘zgarishini tahlil qiladilar. Ular bu orqali migratsiya faqat geografik emas, balki

ijtimoiy va madaniy transformatsiya ekanligini isbotlaydilar.

Kitob sotsiologik metod

sifatida shaxsiy hujjatlar

— xatlar, kundaliklar,

avtobiografiyalar va boshqa hayotiy hujjatlarga tayanadi. Bu usul orqali oddiy insonning

boshidan kechirgan hayotiy tajribalari orqali yirik sotsiologik tushunchalar ishlab chiqiladi.

Kalit so’zlar: Polshalik dehqonlar, avtobiografiya, xat, filistayn, bogemian, kreativ.

“ПОЛЪСКИЙ КРЕСТЪЯНИН В ЕВРОПЕ И АМЕРИКЕ” У.ТОМАС И

Ф.ЗНАНЕСКОГО

Аннотация. В этом труде авторы исследуют процесс миграции польских

крестьян в США и анализируют, как в ходе этого процесса изменяется их социальная

жизнь, ценности, культура и личный опыт. Исследование доказывает, что миграция —

это не только географическое перемещение, но и социально-культурная трансформация.

Книга основана на личных документах — письмах, дневниках, автобиографиях и

других жизненных свидетельствах. Такой подход позволяет через индивидуальный опыт

простого человека выявить важные социологические закономерности.

Ключевые слова: Полъские крестъяне, автобиография, писъмо, филистимлянин,

богемный, креатив.

“THE POLISH PEASANT IN EUROPE AND AMERICA BY” W.THOMAS AND

F.ZNANESKY

Abstract. In this study, the authors examine the migration of Polish peasants to the

United States and analyze how their social lives, values, culture, and personal experiences

change in the process. The research demonstrates that migration is not just a geographical

relocation, but also a social and cultural transformation.


background image

2002

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

The book is based on personal documents—letters, diaries, autobiographies, and other

life records. Through this method, the authors draw broad sociological insights from the

individual experiences of ordinary people.

Keywords: Polish peasants, autobiography, letter, philistine, bohemian, creative.

Empirik sotsiologiya sohasidagi e'tiborli ishlardan birinchi navbatda Chikago maktabi

vakili U.Tomas va F.Znanetskiyning «Polyak dehqoni yevropa va Amerikada» asari sotsiologik

tadqiqotidir.

Uilyam Ayzek Tomas (1863-1947) - Chikago universiteti sotsiologiya professori (1900-

1918), sotsiologiyada psixologizm vakili, sotsiologiya fanining ilk ilmiy jurnali “American

Journal of Sociology ”ning redaktori (1895-1917), shuningdek, Chikago maktabining asoschisi

hisoblanadi.

U.Tomasning F.Znanetskiy bilan birgalikda yozgan 5 jildlik “Polyak dehqoni yevropa va

Amerikada” (1918-1920) nomli kitobida individual va guruhiy maqsad va qadriyatlar tahliliga

asosiy e'tibor qaratilgan. Individ tomonidan vaziyatning aniqlanishi guruh qadriyatlari bilan mos

kelmasa, kapitalistik jamiyatni ko‘pgina kasalliklarga duchor etuvchi ziddiyat va ijtimoiy

dezintegratsiya yuzaga keladi deyiladi. U.Tomas tomonidan shakllantirilgan holatni aniqlash

teoremasi quyidagicha: “Insonlar holatni real deb baholar ekan, ular o‘z oqibatlariga ko‘ra ham

realdir”.

Sotsiologik tadqiqotlar texnikasi rivojida U.Tomas tomonidan ilgari surilgan usul, ya’ni

inson faktorini o‘rganishda shaxsiy hujjatlar (xat, kundalik, avtobiografiya, xotiralar va h.)dan

foydalanish usuli sotsiologiya va sotsial psixologiya fanlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Florian Znanetskiy (1882-1958) sotsiologiyani sotsial tashkilotlar to‘g‘risidagi fan

sifatida baholaydi. Unga ko‘ra, sotsiologiya nafaqat guruhning alohida a’zolari o‘rtasidagi, balki

uning har bir a’zosi va umuman, butun bir guruh tarkibidagi o‘zaro munosabatlarni ham belgilab

beruvchi xulq-atvor qoidalarini o‘rganishidir. Sotsial tashkilotning asosini sotsial institutlar

tashkil etadi. Jamiyatning o‘zgarishi atrof-muhit bilan O‘zaro ta’sirlashuv natijasi sifatida talqin

etiladi. Jamiyat muhitga moslashish natijasida o‘zgaradi, insonlar esa — jamiyatga. U.Tomas va

F.Znanetskiyning «Polyak dehqoni yevropa va Amerikada» kitobi empirik sotsiologiyaga tamal

toshini qo‘ygan asar sifatida mutaxassislar tomonidan empirik sotsiologiyaning xrestomatik,

klassik asari deb ta’riflanadi. Buning sabablari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

1.Asar asosiga tadqiqot predmeti sifatida olingan aniq va lokal muammo qo‘yilgan. Bu

yerda, polshalik dehqonlarning XX asr boshida AQShga emigratsiyasi haqida, o‘z mamlakatida

qolgan va yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tgan polshalik dehqonlarning qiyosiy tavsifi (tahlili)

haqida gap bormoqda.


background image

2003

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

2.Empirik aniq-sotsiologik tadqiqot usullaridan foydalanishga asosiy urg‘u berilgan. Ular

orasida eng muhimi - shaxsiy hujjatlarni o‘rganish usuli bo‘lib chiqdi.

3.Asar mualliflarining vujudga keluvchi ijtimoiy jarayonlarni, optimallashtirishga

qaratilgan xulosa va yakunlarining amaliy tusda ekanligi bilan ajralib turadi: ayrim ijtimoiy

umumiyliklarning yangi hayot sharoitlariga moslashuvi, ko‘rsatib o‘tilgan hodisalar munosabati

bilan, nizolarni yengib o‘tish (yoki ularga yo‘l qo‘ymaslik) shular jumlasidan.

Znanetskiy va Tomas tadqiqotining predmeti Amerikaga ko‘chib o‘tgan, turmushning

yangi shakllari (adaptatsiya) oldida turb qolgan polyak dehqonlarining oilalari edi. Tadqiqotda 8

ta asosiy muammo ajratiladi:

1) sotsial tashkilot turi va individualizmni muvofiqlashtirish muammosi;

2) individual va sotsial faollik muammosi;

3) "anormallik" muammosi;

4) kasb muammosi;

5) jinslararo o‘zaro munosabatlar muammosi;

6) sotsial baxt muammosi;

7) irq va madaniyatlar kurashi muammosi;

8) madaniy hayotni optimal tashkillashtirish muammosi.

Qo‘yilgan barcha masalalar empirik jihatdan o‘rganildi. Masalan, besh jildli kitobning

ikki jildi hech qanday izohlarsiz 28 ta polyak oilasining yozishmalaridan iborat. Bu

yozishmalarning birlamchi tahlili o‘ziga xos tarzda amalga oshirilgan. Masalan, bir guruhga er-

xotinlarning yozishmalari, ikkinchisiga boshqa oilaga turmushga chiqib ketgan qizlarning

yozishmalari ajratilgan. Shuningdek, urf-odatlar, axborotlar, his-tuyg‘ular, adabiy, ishbilarmon

va h.k. guruhlar ajratilgan. Tadqiqotda 8 mingta hujjatdan foydalaniladi.

Mualliflar tomonidan berilgan ikkinchi tadqiqot ususli avtobiografiyalarni o‘rganish

metodidir. Uchinchi jild Amerikaga ko‘chib ketgan Lyubotinlik Vladik Vishnevskiy degan

insonning avtobiografiyasi asosiga qurilgan. Florian Znanetskiy va Uilyam Tomaslar ijtimoiy

hayot shart-sharoitlari o‘zgarishining insonning qarashlari o‘zgarishiga ta’sirini kuzatishga

harakat qilganlar.

Tadqiqotda keltirilgan shaxsiy hujjatlar konkret insonlarning motivatsiyasi dinamikasini

ko‘rishda ishonarlilikni oshiradi. Olingan ma’lumotlar “sotsial xulq-atvorning barqaror

namunasi” ning universal tipologiyasini qurishga yordam berdi.

Znanetskiy va Tomaslar sotsial xarakterning uchta turini ajratib ko‘rsatdilar.

Birinchisi - “filistayn” - barqarorlikka yo‘nalgan, an'anaviy vaziyatlami xush ko‘ruvchi,

konformist va tashqi muhitda o‘zgarishlarga aktiv qarshilik ko‘rsatuvchi insonlar turi.


background image

2004

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ikkinchisi — “bogemian” - kutilmagan reaksiya vo xulq-atvorlami namoyon etuvchi,

yangi sharoitlarga tez vo oson moslanuvchi insonlar turi.

Oxirgi tur - “kreativ” - aktiv faoliyat yurituvchi, xilma-xillikka moyil va maqsadga

intiluvchan insonlar turi.

Bu asar XX asming boshlari uchun yangilik edi. Konkret faktlarga asoslangan sifatli

xarakter kasb etuvchi materiallardan qurilgani uchun u sotsiologiyada yangi so‘z sifatida qabul

qilindi.

“Polyak dehqoni yevropada va Amerikada” kitobida qadriyat va yo‘l-yo‘riqlar sotsiologik

kategoriya va empirik instrumentariyalarga xos ma’noga ega bo‘lgan asar hisoblanadi. Ikkala

muallifninng ta’kidlashlaricha, Italiyada spirtli ichimliklar sotish do‘konlari ko‘p bo‘lgan, ammo

u yerda ichkilikbozlik darajasi spirtli ichimliklar bilan savdo qilishga qat'iy chegaralar qo‘yilgan

AQSh dagiga nisbatan yuqori bo‘lmagan; og‘ir moddiy sharoitlarda kun ko‘radigan oilalar

polyak dehqonlari jamoasida ko‘p uchragan, qulay moddiy va yashash sharoitlarida yashaydigan

polyak aristokratiyasi orasida, aksincha, oilalarning barham topishi oddiy holga aylangandi.

Znanetskiy va Tomas tomonidan to‘plangan hujjatli manbalarning ko‘rsatishicha, polyak

dehqonlarini iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga ko'chirilishi ular doirasida axloqiy

muhitning yaxshilanishiga olib kelmadi.

Moslashuv (adaptatsiya) davrida - aksincha, axloqning yomonlashuvi va oilaviy

aloqalarning susayishi ko‘zga tashlangan. «Polyak dehqoni yevropada va Amerikada» kitobining

mualliflari fikricha, kishilar hayotining moddiy sharoitlari bilan ular tomonidan axloqiy

me'yorlarga amal qilish o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emas.[1]

Bu asar orqali sotsiologiyada tadqiqotlar o‘tkazishning yangi turi qo‘llanilib, unda zamon

va makon bilan cheklanmagan juda ko‘p dalillar o‘rganilgan. Shunga ko‘ra, tadqiqotlar

o‘tkazishda tekshirishning maxsus tartibi va texnikasi ham qo‘llanila boshladi: kuzatish,

intervyu, anketa tarqatish va modellashtirish, to‘plangan materiallarni statistic jihatdan ishlash,

diagramma, gragiklar tuzish kabilar.[2]

Xulosa qilib aytganda, “Polyak dehqoni Yevropada va Amerikada” asari madaniy

sotsiologiya, muhojirlik tadqiqotlari va etnografiya sohalarining rivojlanishiga kata hissa

qo‘shgan. Bu asar sotsiologiya tarixidagi muhim ilmiy meroslardan biridir. Asar migratsiyaning

shaxsiyat va jamiyatga bo‘lgan ta’sirini real hayotiy hujjatlar asosida chuqur tahlil qilgan.

Mualliflar Polsha dehqonlarining yangi jamiyatga moslashuvini, qadriyatlar tizimidagi

o‘zgarisharni va madaniy transformatsiyalarni tasvirlab, migratsiyani murakkab ijtimoiy jarayon

sifatida ochib berganlar.


background image

2005

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

Sotsiologiya tarixi Toshkent “Innovatsiya- ziyo” 2020

2.

G.SH.Jiyanmuratova

3.

O‘zbekiston Milliy univertiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, “Sotsiologiya” kafedrasi

“Sotsiologiya ” nomli darslk. Toshkent: “VNESHNVESTPROM” -2023.

4.

https://uz. Wikipedia.org

5.

Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutayevna Sotsiologiya tarixi

6.

Darslik / - Toshkent: “Innovatsiya –ziyo ’’

References

Sotsiologiya tarixi Toshkent “Innovatsiya- ziyo” 2020

G.SH.Jiyanmuratova

O‘zbekiston Milliy univertiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, “Sotsiologiya” kafedrasi “Sotsiologiya ” nomli darslk. Toshkent: “VNESHNVESTPROM” -2023.

https://uz. Wikipedia.org

Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutayevna Sotsiologiya tarixi

Darslik / - Toshkent: “Innovatsiya –ziyo ’’